scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM VA OTA-ONA HAMKORLIGINING AHAMIYATI

Jo'rаyevа Mohigul Аvаzbek qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida ota-ona hamkorligining ahamiyati yoritilgan. Bola shaxsining har tomonlama rivojlanishida oilaviy tarbiya va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning o‘rni tahlil qilingan. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida doimiy muloqot, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, pedagogik maslahatlar va tarbiya jarayonida birgalikda ishtirok etish kabi jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada ota-onalar va tarbiyachilarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bolaning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida muhim omil ekani ta’kidlanadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 305 MAKTABGACHA TA’LIM VA OTA-ONA HAMKORLIGINING AHAMIYATI Jo‘rаyevа Mohigul Аvаzbek qizi Qo‘qon DU 2-bosqich mаgistrаnti https://doi.org/10.5281/zenodo.17547901 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida ota-ona hamkorligining ahamiyati yoritilgan. Bola shaxsining har tomonlama rivojlanishida oilaviy tarbiya va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning o‘rni tahlil qilingan. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida doimiy muloqot, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, pedagogik maslahatlar va tarbiya jarayonida birgalikda ishtirok etish kabi jihatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada ota-onalar va tarbiyachilarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bolaning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida muhim omil ekani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ota-ona hamkorligi, bola rivoji, tarbiya, ta’lim tashkiloti. Bola hayotining dastlabki yillari uning kelgusidagi taqdirini, intellektual va ma’naviy rivojini belgilab beradi. Shu bois maktabgacha ta’lim nafaqat davlat ta’lim siyosatining, balki butun jamiyatning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish va maktab ta’limiga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bunda, albatta, ota-onalarning faol ishtiroki va hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, oilaviy tarbiya va maktabgacha ta’lim tashkilotsi faoliyatining uyg‘unligi bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi omildir. Shu nuqtai nazardan, davlat siyosatida ham ota-ona va ta’lim tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 1 gi Qonunida ota-ona va ta’lim tashkiloti hamkorligi alohida qayd etilib, “ota-onalar bolalarning ta’lim-tarbiyasida faol ishtirok etish huquqiga ega”ligi ta’kidlangan. Ushbu yondashuv, bir tomondan, ota-onalarning mas’uliyatini oshirsa, ikkinchi tomondan, tarbiyachilar bilan birgalikda bola tarbiyasida samarali natijaga erishishga xizmat qiladi. Ota-ona va MTT hamkorligining ijtimoiy-pedagogik ahamiyati bolalar rivojlanishida va komil shaxs bo‘lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi. Insonning ma’naviy va intellektual shakllanishi ilk yosh davridan boshlanadi. Shu sababli bola tarbiyasida nafaqat ta’lim tashkiloti, balki oilaning ham roli beqiyosdir. Oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritmasa, bolaning rivojlanishida bo‘shliqlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bola MTTda odob-axloq qoidalarini o‘rgansa-yu, uyda bunga e’tibor berilmasa, bola ongida ziddiyatli holatlar paydo bo‘ladi. Demak, oilaviy tarbiya va ta’lim tashkilotsi faoliyati uyg‘unligi bolaning shaxs sifatida barkamol bo‘lishida muhim omildir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota onalar bilan hamkorlikning bir qator shakllari mavjud. 1 ¹ O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. 2019-yil 16-dekabr, O‘RQ-595son. lex.uz/docs/4646908 REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 306 Ma’rifiy uchrashuvlar va seminarlar. Tarbiyachilar ota-onalar uchun “Farzand tarbiyasida oila va bog‘chaning roli”, “Bolaning nutqini rivojlantirish yo‘llari” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘tkazadi. Bunday tadbirlar ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirishga, zamonaviy tarbiya usullarini o‘zlashtirishga va farzand tarbiyasida samarali yondashuvlarni qo‘llashga yordam beradi. Seminarlar davomida ota-onalar bolalar psixologiyasi, yosh xususiyatlari, ularni rag‘batlantirishning samarali usullari, oilada ijobiy muhit yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar oladilar. Bundan tashqari, bunday uchrashuvlar ota-onalarning bir-biri bilan tajriba almashishiga, turli tarbiyaviy vaziyatlarga yechim topishda bir-biridan o‘rganishiga imkon yaratadi. Ochiq mashg‘ulotlar. Ota-onalar bolalar bilan birgalikda darslarda qatnashib, ta’lim jarayonini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu orqali ular farzandlarining qanday bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirayotganini, tarbiyachilarning darsni qanday tashkil etishini ko‘rishlari mumkin. Ochiq mashg‘ulotlar ota-onalarga bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan o‘yin, mashq va dars usullarini ko‘rish hamda uy sharoitida davom ettirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ota-onalar dars jarayonida bolalarning o‘zaro munosabatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari, o‘z fikrini ifoda etish qobiliyatini kuzatib, farzandlaridagi ijobiy yoki rivojlantirilishi zarur bo‘lgan jihatlarni aniqroq tushunib oladilar. Ijodiy va sport tadbirlari. Bayramlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar, teatr sahnalari va turli ijodiy loyihalarda ota-onalarning faol ishtiroki bolaning ijtimoiylashuvi, tashabbuskorligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Bunday tadbirlar bolaga o‘zini ko‘rsatish, ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rganish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Ota-onalar farzandlari bilan birga ijodiy ishlar qilish orqali ular bilan hissiy aloqani mustahkamlaydilar, bu esa oilaviy munosabatlarni yanada iliqlashtiradi. Shuningdek, sport tadbirlarida birgalikda qatnashish ota-onalarga sog‘lom turmush tarzini namuna sifatida ko‘rsatish va bolani faol hayotga undash imkonini beradi. Individual suhbatlar. Tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam muloqot qilib, bolaning rivojlanishidagi yutuq va muammolarni muhokama qiladilar. Bu suhbatlar orqali ota-onalar farzandining psixologik holati, qiziqishlari, intellektual rivoji va ijtimoiy moslashuv darajasi haqida aniq ma’lumot oladilar. Tarbiyachilar esa ota-onalarga bolaga uyda qanday yordam ko‘rsatish, rivojlanishdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yoki mavjud qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Shuningdek, individual suhbatlar ota-onalarga bolaning bog‘chadagi kundalik faoliyatidan xabardor bo‘lib turish, muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda birgalikda yechim topish imkonini beradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish. Bugungi kunda ko‘plab MTTlarda ota-onalar uchun onlayn guruhlar tashkil etilib, unda tarbiyachilar bolalarning kundalik faoliyati haqida ma’lumot beradilar. Bu turdagi muloqot ota-onalarga bog‘chada o‘tilayotgan mashg‘ulotlar, kun tartibi, bolalarning yutuqlari yoki diqqatga sazovor jihatlari haqida tezkor ma’lumot olish imkonini beradi. Masalan, Telegram, WhatsApp yoki maxsus mobil ilovalar orqali o‘qituvchilar bolaning darsdagi ishtiroki, ijodiy ishlari, surat va videolarni yuborishadi. Bu esa ota-onaga bog‘cha jarayonidan doimiy xabardor bo‘lib turish, zarur bo‘lganda tezkor tarzda savollar berish yoki takliflar bildirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, onlayn aloqa ota-onalar va tarbiyachilar o‘rtasidagi hamkorlikni zamonaviy texnologiyalar orqali yanada qulay va samarali qiladi. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Jumladan, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 307 to‘g‘risida” 2 gi Qonunda ota-onalarning o‘z farzandi ta’lim-tarbiyasida faol ishtirok etishi huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ham ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish va ularning ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Psixolog olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, bola 3–6 yosh oralig‘ida shaxsiy fazilatlari shakllanadi. Shu davrda oilaviy tarbiya bilan MTT tarbiyasi o‘zaro mos kelmasa, bola shaxsida qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Vygotskiy, Montessori kabi mutaxassislarning fikricha, bola rivojida ijtimoiy muhit asosiy rol o‘ynaydi, bunda esa ota-ona va tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlik hal qiluvchi omildir. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Ota-onalar maktabi” dasturi keng joriy qilinmoqda. Ushbu tashabbus orqali ota-onalar pedagogik, psixologik va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha bilim oladilar. Bu nafaqat oilaviy tarbiya samaradorligini oshiradi, balki MTT bilan hamkorlikni mustahkamlaydi. Xorijiy tajribalarga murojaat qilsak, masalan, Finlyandiya, Yaponiya, Janubiy Kareya, Germaniya maktabgacha ta’lim tizimida ota-onalarning faol ishtiroki majburiy tartibda yo‘lga qo‘yilgan. Har bir ota-ona yil davomida kamida bir necha bor bolalar bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi, bu esa bola ta’limidagi ishtirokni yanada oshiradi. Ota-ona va MTT o‘rtasidagi hamkorlik quyidagi natijalarni beradi: Bolaning maktab ta’limiga puxta tayyorlanishi, farzandda ijtimoiy faollik va mas’uliyat hissining shakllanishi, otaonalarda pedagogik savodxonlikning ortishi, tarbiyachilar faoliyatining samaradorligi oshishi, oila va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi. Xulosa. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlik bugungi kunda bolalarning har tomonlama rivojlanishida eng muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Bola hayotining ilk bosqichlarida oila va ta’lim tashkilotsi birgalikda harakat qilsa, uning bilimga bo‘lgan qiziqishi, ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy fazilatlari uyg‘un rivojlanadi. Tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan ma’rifiy uchrashuvlar, seminarlar, ochiq mashg‘ulotlar, ijodiy va sport tadbirlari ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish bilan birga, bolalarga sog‘lom va ijobiy muhit yaratadi. Shuningdek, davlat tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida ota-onalarning bola tarbiyasidagi ishtirokini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani ushbu jarayonning davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi. Xorijiy tajribalar ham ota-onalar va ta’lim tashkilotlarining yaqindan hamkorligi bolaning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Demak, oilaviy tarbiya bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining uyg‘unligi bolani kelajakda ijtimoiy faol, mustaqil fikrlaydigan, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish, tarbiyachilar bilan muntazam muloqotda bo‘lishi va tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etishi bugungi kunda har bir oilaning muhim vazifasiga aylanishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. O‘RQ-595son, 2019-yil 16-dekabr. — https://lex.uz/docs/4646908 2 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”. 2019-yil 16-dekabr, O‘RQ-595son. lex.uz/docs/4646908 REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 308 2. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Kayumova N.M., Azimova M.N. Maktabgacha pedagogika. — Toshkent: “Tafakkur” nashriyoti, 2019. — 688 b. 3. Nazirova G.M. Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi. — Toshkent: “Bookmany print”, 2024. — 386 b. 4. Karimova D.A., Jo‘rayeva M.M. Oila va bog‘cha hamkorligi orqali bola tarbiyasi. — Toshkent: “Ziyo”, 2023. 5. Nazirova G.M. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish. — Toshkent, 2024. — 491 b. 6. Babayev D. Maktabga tayyorlovda ota-ona va MTM hamkorligi. Ilmiy maqola. — Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari nomzodi. http://nozima39.zn.uz 7. Vygotskiy L.S. Bolalar psixologiyasi va rivojlanish nazariyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2020. — 210 b. 8. Hasanboyeva O. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida oilaning roli. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. — 180 b. 9. Tojiboyeva N., Shodmonova Z. Maktabgacha ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlar. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. — 256 b. 10. Mirzaahmedova D. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning hamkorlik modeli. — Toshkent: Ma’rifat, 2023. — 210 b. 11. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 12. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168