scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILADA GENDER TAFOVUTLARI ASOSIDA BOLALAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK TAHLILI

Olimjonova Ummugulsun Odiljon qizi

Abstract

Ushbu tezisda bolalarning psixologik va pedagogik rivojlanishida gender tafovutlarining o‘rni tahlil qilingan. O‘g‘il va qiz bolalarning shaxsiy rivojlanishidagi psixologik farqlar, pedagogik jarayonda gender yondashuvning ahamiyati hamda maktabgacha ta’lim tizimida uning o‘rni yoritib berilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 323 OILADA GENDER TAFOVUTLARI ASOSIDA BOLALAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK TAHLILI Olimjonova Ummugulsun Odiljon qizi Qo‘qon DU 2 -bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17547952 Annotatsiya. Ushbu tezisda bolalarning psixologik va pedagogik rivojlanishida gender tafovutlarining o‘rni tahlil qilingan. O‘g‘il va qiz bolalarning shaxsiy rivojlanishidagi psixologik farqlar, pedagogik jarayonda gender yondashuvning ahamiyati hamda maktabgacha ta’lim tizimida uning o‘rni yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: gender, psixologik rivojlanish, pedagogik jarayon, maktabgacha ta’lim, tarbiya. Bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida bolaning shaxsiy rivojlanishini chuqur o‘rganish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, gender tafovutlari – ya’ni o‘g‘il va qiz bolalarning psixologik hamda pedagogik xususiyatlarini hisobga olish tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bola rivojlanishi nafaqat umumiy qonuniyatlarga, balki uning jinsiga xos bo‘lgan psixologik va fiziologik jihatlarga ham bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 1 ”, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti 2 ” ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam huquqiy asosini belgilab berdi. Maktabgacha ta’lim tizimida genderga asoslangan yondashuvni qo‘llash esa tarbiyachilardan pedagogik mahorat, psixologik bilim va nozik yondashuvni talab qiladi. Maktabgacha yosh davri – bu bolaning shaxsiyati shakllanishida hal qiluvchi bosqich bo‘lib, aynan shu davrda bola o‘z “men”ini anglay boshlaydi, atrof-muhitdagi ijtimoiy munosabatlar mazmunini idrok etadi va ularni o‘zlashtira boradi. Ayniqsa, bolalarda ijtimoiy rollar, shu jumladan gender rollarni tushunish va o‘zlashtirish jarayoni aynan maktabgacha yoshda shakllana boshlaydi. Shuning uchun mazkur davrda bola rivojiga ijtimoiy-psixologik omillar, ayniqsa, genderga oid omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda gender masalasiga bo‘lgan yondashuv sezilarli darajada rivojlanib bordi. So‘nggi yillarda esa gender tenglikni taʼminlash bo‘yicha muhim davlat dasturlari ishlab chiqildi. 2019-yilda “Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida 3 ”gi Qonun qabul qilindi. 2022-yilda esa “2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagı PQ-4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori. 3 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi. (2019). “Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 324 taraqqiyot strategiyasi 4 ”da “Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirishi...”, shuningdek, “... xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llabquvvatlashni yanada kuchaytirish...” kabi vazifalar ilgari surib kelinmoqda. Bu hujjatlar asosida ta’lim tizimida genderga sezgir yondashuvni shakllantirish, pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish jarayonlari izchil olib borilmoqda. Bu jarayonda o‘g‘il va qiz bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish va rollarga asoslangan faoliyatlarda (masalan, rol o‘ynash o‘yinlari, muloqotli mashg‘ulotlar) har bir bolaga teng imkoniyat yaratish kabi yondashuvlar shakllandi. Gender tenglik tushunchasi va bolaning psixologik rivojlanishi. Gender tushunchasi nafaqat biologik farqlar, balki jamiyatda shakllangan ijtimoiy normalar, qadriyatlar va stereotiplarga ham asoslanadi. Bolaning psixologik rivojlanishida gender omillari katta rol o‘ynaydi. Chunki bola dunyoni anglash jarayonida “men kimman?”, “men o‘g‘il bola yoki qiz bolamanmi?”, “mening vazifalarim nimalardan iborat?” degan savollarga javob topadi. Shu jarayonda ota-ona, tarbiyachi, jamiyatning qarashlari hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ularning psixologik va pedagogik rivojlanish xususiyatlari nafaqat yoshga, balki jinsga ham bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. Har bir bola o‘ziga xos rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lsa-da, gender omili bu sur’atlar va o‘quv faoliyatining shakllanish uslublariga ta’sir ko‘rsatadi. Agar pedagoglar ta’lim jarayonida bolalarning jinsiy farqlarini inobatga olmasalar, bu ularning o‘quv motivatsiyasini pasaytirishi va ijtimoiy faolligini cheklashi mumkin. Shu sababli, zamonaviy pedagogika gender yondashuvni shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning ajralmas qismi sifatida baholaydi. Scott 5 ta’kidlaganidek, gender — bu ijtimoiy jihatdan ishlab chiqilgan kategoriyadir va uni hisobga olmaslik ijtimoiy tengsizlikni mustahkamlashi mumkin. Psixologik nuqtayi nazardan qaralganda, qiz bolalar odatda emotsional sezgirligi, tez nutq rivojlanishi va ijtimoiy muloqotga moyilligi bilan ajralib turadi. Masalan, maktabgacha yoshda qizlar biror voqeani so‘zlab berishda yoki ertak aytishda faolroq bo‘lsa, o‘g‘il bolalar ko‘proq predmetli o‘yinlar orqali o‘zini namoyon etadi. Bu jarayonda biologik farqlar bilan bir qatorda, ijtimoiy stereotiplar ham ta’sir qiladi. Shuningdek, o‘smirlik davrida gender identifikatsiya yanada kuchayadi. O‘smir bola o‘zini jamiyatda qaysi rol orqali ko‘rishini aniqlashga intiladi. Agar bu davrda psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijobiy gender yondashuv bo‘lmasa, unda o‘zini past baholash, ishonchsizlik yoki noto‘g‘ri rol tanlash xavfi paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham psixologlar bolada gender identifikatsiyani to‘g‘ri shakllantirish tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri ekanini ta’kidlashadi. Pedagogik jarayonda gender tafovutlar sezilarli darajada ahamiyatga ega. Pedagogik jarayon — bu bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan izchil faoliyatdir. Ammo ko‘p hollarda pedagoglar yoki ota-onalar bolalarni tarbiyalashda gender stereotiplarga berilib ketadilar. Masalan, o‘g‘il bola sportchi yoki rahbar bo‘lishi kerak, qiz bola esa uy ishlariga tayyorlanishi kerak, degan qarashlar keng tarqalgan. Aslida esa har bir bola o‘z qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra yo‘naltirilishi lozim. Pedagogik yondashuvda gender tafovutlarni hisobga 4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. 5 Blakemore, J. E. O., Berenbaum, S. A., & Liben, L. S. (2019). “Gender Development.” New York: Psychology Press. pp. 120–b. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 325 olish deganda, bolalarning tabiiy farqlarini to‘g‘ri qabul qilish, ammo ularni imkoniyat jihatidan cheklamaslik tushuniladi. Masalan, o‘g‘il bolalar faol, tashabbuskor bo‘lishi mumkin, lekin ularda ham ijodiy, musiqiy qobiliyatni rivojlantirish zarur. Qiz bolalar mehribon, muloqotga moyil bo‘lishi mumkin, ammo ularda ham rahbarlik qobiliyati, sportga qiziqish bo‘lishi tabiiydir. Bugungi kunda pedagogik jarayonda “gender neytral yondashuv” tushunchasi keng qo‘llanmoqda. Bu yondashuvga ko‘ra, bolalar faqat jinsiy farqlarga asoslanib ajratilmaydi, balki ularning individual xususiyatlari asosida tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim bolalarning asosiy shaxsiy sifatlari shakllanadigan davrdir. Shu sababli bu bosqichda gender tenglikni ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Tarbiyachilar o‘yin faoliyatini tashkil etishda o‘g‘il va qiz bolalarning qiziqishlarini hisobga olish bilan birga, ularni turli faoliyatlarga birgalikda jalb etishi zarur. Masalan, qurilish kublari bilan o‘ynashda qizlarga ham ishtirok etish imkonini berish, sport mashg‘ulotlarida esa qizlarni ham faol qatnashishga undash muhimdir. Shuningdek, qizlar odatda rolli o‘yinlarda ko‘proq tashabbus ko‘rsatadi, chunki ular nutqiy va ijtimoiy jihatdan faolligi bilan ajralib turadi. O‘g‘il bolalar esa konstruktiv o‘yinlarda yechim topishga moyildir. Agar pedagog bu farqlarni birlashtirib, umumiy o‘yin tashkil etsa, natija yanada samarali bo‘ladi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’limda gender yondashuvning yana bir muhim vazifasi — bolalarni kelajakdagi hayotga tayyorlashdir. Chunki bu yoshda shakllangan qarash va odatlar bolaning butun hayotida davom etadi. Agar qiz bola “men faqat uy ishlari bilan shug‘ullanishim kerak” deb tarbiyalansa, kelajakda u o‘zini ijtimoiy faoliyatdan chetda his qiladi. O‘g‘il bola esa “men his-tuyg‘ularni ifodalamasligim kerak” deb o‘rgatilsa, unda ruhiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Gender tenglikni ta’minlashning psixologik ahamiyati juda muhimdir. Bolalarda bu tushunchani erta yoshdan shakllantirish esa yosh avlod tarbiyasida yetakchi o’rin egallaydi. Chunki bola oilada va ta’lim tashkilotida olgan tarbiyani kelajakda o‘z hayotida davom ettiradi. Psixologik nuqtayi nazardan qaralganda, gender tenglikni ta’minlash bolalarda: ⚫ o‘zini hurmat qilish, ⚫ boshqalarni qadrlash, ⚫ mas’uliyatni teng bo‘lishish, ⚫ hamkorlikda ishlash, ⚫ adolatga intilish kabi sifatlarni shakllantiradi. Gender stereotiplari — bu jamiyatda keng tarqalgan, lekin ilmiy asosga ega bo‘lmagan jinsga oid tasavvurlar bo‘lib, ular bolalarning erkin va to‘laqonli rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, “o‘g‘il bola faqat kuchli bo‘lishi kerak”, “qiz bola uy ishlari bilan shug‘ullanishi lozim” kabi ijtimoiy kutishlar bolada o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish yo‘lida psixologik to‘siq yaratadi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar pedagoglar bolaga uning jinsi asosida cheklovchi rol yuklasa, bu ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini pasaytiradi va ijodiy salohiyatining rivojlanishini cheklaydi. UNESCO 6 ma’lumotlariga ko‘ra, gender stereotiplari ta’lim tizimida barqarorlik va tenglikni ta’minlashga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biridir. Shu boisdan, har bir pedagog o‘z faoliyatida har bir bolaning individual qobiliyatlariga tayangan holda, ularga gender neytral muhit yaratishga harakat qilishi kerak. 6 UNESCO. (2022). “Gender Equality in Education: Foundations for the Future.” Paris: UNESCO Publishing. pp. 27–29. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 326 Aksincha, gender stereotiplari kuchli bo‘lgan muhitda bola o‘z qobiliyatini erkin namoyon qila olmaydi. Bu esa uning o‘ziga ishonchini pasaytiradi, psixologik noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shu sababli ta’lim tashkilotlarida gender tenglikka asoslangan dasturlar, interfaol o‘yinlar, loyihalar tashkil etilishi lozim. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bolalarning psixologik va pedagogik rivojlanishi jarayonida gender omili muhim ahamiyat kasb etadi. O‘g‘il va qiz bolalar umumiy rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunsalar-da, ularning shaxsiy sifatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari o‘ziga xosdir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida gender tafovutlarni hisobga olish bolaning imkoniyatlarini kengaytirish, uning shaxs sifatida to‘laqonli rivojlanishini ta’minlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda gender tenglikni ta’minlash, avvalo, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning o‘zaro hurmat, hamkorlik, mas’uliyat va adolat kabi sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, gender tenglikni ta’minlash orqali bolalarda stereotiplardan xoli dunyoqarash shakllanadi, ularning qobiliyatlarini erkin namoyon etishi uchun qulay muhit yaratiladi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimida gender yondashuvni keng joriy etish nafaqat bolalarning shaxsiy rivojlanishiga, balki jamiyatda tenglik, adolat va barqarorlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”. 2019-yil 2-sentabr, O‘RQ-562. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. 5. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q., Kayumova N.M., Azimova M.N. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: Tafakkur, 2020. 6. Vygotskiy L.S. Bolaning psixologik rivojlanishi. – Moskva: Pedagogika, 2018. 7. Elkonin D.B. Psixologiya razvitiya rebenka. – Moskva: Akademiya, 2019. 8. Scott J. Gender: Useful Category of Historical Analysis. – New York: Routledge, 2016. 9. UNESCO. Global Education Monitoring Report: Gender Report. – Paris, 2021. 10. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 11. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173