scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNI OILA BILAN HAMKORLIKDA ISHLASHGA TAYYORLASHDA PEDAGOGIK FANLAR INTEGRATSIYASI

Qoraboyeva Zohida To'lanboyevna

Abstract

Maqolada talabalarni kelgusida oila bilan hamkorlikda samarali ishlash kompetensiyalarini shakllantirishning zarurligi, pedagogik fanlarni o‘qitishda integrasion yondashuv asosida oila tarbiyasi va ota-onalar bilan hamkorlikka doir bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari va shart-sharoitlari yoritilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 327 TALABALARNI OILA BILAN HAMKORLIKDA ISHLASHGA TAYYORLASHDA PEDAGOGIK FANLAR INTEGRATSIYASI Qoraboyeva Zohida To‘lanboyevna dotsent, Namangan davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17547964 Annotatsiya. Maqolada talabalarni kelgusida oila bilan hamkorlikda samarali ishlash kompetensiyalarini shakllantirishning zarurligi, pedagogik fanlarni o‘qitishda integrasion yondashuv asosida oila tarbiyasi va ota-onalar bilan hamkorlikka doir bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari va shart-sharoitlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: hamkorlik; integratsiya; integrasion yondashuv; pedagogik fanlar; loyiha ta’limi; yaxlit bilimlar; ijtimoiy-pedagogik ko‘nikmalar; seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, konferentsiya, davra suhbati, pedagogik mehmonxonalar. Mamlakatimizda aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlari va pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Konsepsiyada oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish va ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini beruvchi amaliy mashq, topshiriq va pedagogik vaziyatlar bilan boyitish, talabalarda baxtli oilaviy hayot, farzand tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish 1 zarurligi alohida qayd etildi. Haqiqatdan ham, respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar pedagog kadrlarning kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishni talab etmoqda. Oliy ta’lim tizimida talabalarni nafaqat nazariy jihatdangina emas, balki oila, maktab va jamoatchilik bilan samarali hamkorlik qila oladigan yetuk mutaxassis sifatida tayyorlash dolzarb amahiyat kasb etadi. Bunday tayyorgarlikni samarali tashkil etishda fanlararo integratsiya asosida o‘qitish, nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy-pedagogik ko‘nikmalarni shakllantirish talab etiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”da: - ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborini oshirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; 1 Ўзбекисон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 31 декабрдаги 1059-сонли “Узлуксиз маънавий тарбия концепциясини тасдиқлаш ва уни амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарорига 1-Илова. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 328 - muammoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish hamda notinch oilalar farzandlarini psixologik qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan choralarini qo‘llash bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish; - o‘quvchilarning yosh psixologiyasiga bog‘liq fe’l-atvori hamda ruhiy olamidagi salbiy o‘zgarishlarni oila va maktab jamoasi bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish o‘qituvchi-pedagoglar zimmasiga yuklatildi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti zimmasiga bolaning qonuniy vakillari (ota-onalar) bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga huquqi bilan birga bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berish 2 majburiyatlari ham yuklatilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-onalar bilan hamkorlik tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlar quyidagi shakllarda amalga oshirilishi zarur: bolalar rivojlanishining dolzarb masalalari bo‘yicha ota-onalarning malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish (seminar, ota-onalar klubi, trening, maslahat, konferentsiya, davra suhbati, pedagogik mehmonxonalar va boshqalar); muntazam ravishda muloqot (kommunikatsiya)ni ta'minlash (ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlagan holda pedagoglarning ota-onalar bilan online va offline uchrashuv va yig‘ilishlarni o‘tkazishi, elektron xabarlar almashishi, bolaning rivojlanishi haqida ma'lumot berishi va boshqalar) 3 . Shu bois, zamonaviy oliy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarni nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarga, balki ijtimoiy munosabatlarni ta’minlaydigan oila va jamoatchilik bilan hamkorlikka ham tayyorlash muhim vazifalardan biriga aylandi. Talabalarning oila bilan samarali muloqot va munosabat o‘rnata olish va hamkorlik qilish qobiliyatini egallashi kelgusida ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda bakalavriat ta’lim bosqichida pedagogik fanlar integratsiyasi asosida talabalarni oila bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlashning innovasion texnologiyalarini tadbiq etish imkoniyatlarini yaratish zarur. Talabalarni oila bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlashda fanlar integratsiyasi ularning o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirish, fanlararo bilimlar negizida murakkab ijtimoiy munosabatlarni tushunib yetish va farzand tarbiyasida oilaga ko‘maklashishga xizmat qiladi. Chunki pedagogik bilimlar mazmuni bir-biridan ajralgan fanlarning yig‘indisi emas, balki yaxlit bilimlar tizimiga aylansa, shunda talabalar fanlararo bog‘liqlikni tushunib, ularni hayotiy muammolarni hal qilishda qo‘llay olishi lozim. Intergativ yondashuv pedagogik jarayonning xohlagan tarkibiy qismida integratsiya tamoyilini ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi hamda uning bir butunligini va tizimliligini ta’minlaydi. Integrativ jarayonlar tizimning alohida elementlarini yoki butun tizimning sifat jihatidan qayta yaratilishi jarayonlaridir. 2 O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son. https://lex.uz/docs/4646908. 3 «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/. Toshkent-2022 y. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 329 X.Yulbarsova o‘z tadqiqotlarida 4 fanlarning nazariy taraqqiyotida differensial holat ham mavjud bo‘ladi, integratsiya esa amaliyotda o‘zaro bog‘liqlikni bildiradi va u jarayonning ijtimoiy, pedagogik-psixologik ahamiyatini yanada ortishini ta’kidlaydi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o‘rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosi bo‘lib. bunga turli darslarga tushunchalarga ko‘p marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin 5 . Talabalarni oila bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlash, ularning kasbiy faoliyatida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tayyorgarlikni samarali tashkil etishda fanlararo integratsiya asosida o‘qitish, nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy-pedagogik ko‘nikmalarni shakllantirish talab etiladi. Talabalarni oila bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlashda pedagogik fanlar integratsiyasida quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur: - fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash; - ta’lim mazmunini yaxlit tizimga aylantirish; - talabalarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; - oila bilan hamkorlikka doir bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga kompleks yondashish; - talabalarni turli vaziyat va muammolarni hal qilishga tayyorlash. Olib borilgan ilmiy izlanish va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachilar, oilalar va jamoat a’zolari o‘rtasidagi kuchli hamkorlik bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishiga ijobiy hissa qo‘shadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ushbu hamkorlikni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida berilayotgan ta’limni kuchaytirish va kengaytirish, shuningdek, uyda va jamiyatda sodir bo‘layotgan qiziqish va ta’limni rivojlantirish uchun zarur degan ishonchga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlaydigan tarbiyachi va ota-onalarning hamkorligi sheriklarning teng huquqli pozisiyasini, o‘zaro ta’sir qiluvchi tomonlarning individual imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda hurmat qilishni anglatadi va tarbiyachilar, ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni amalga oshirishning eng muhim usuli bu - o‘zaro munosabatdir 6 . Pedagogik oliy ta’lim muassasalarining 60110200 - “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida talabalarni bir qator pedagogik fanlar orqali oila bilan hamkorlikka doir bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ta’lim jarayonida fanlararo bilimlarni o‘zlashtirishga integrasion yondashuvni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalariga (2022-2025-o‘quv yillarida) quyidagi pedagogik (majburiy va tanlov) fanlar kiritilgan: 4 Юлбарсова Х.А., Интегратив ёндашув асосида бўлажак ўқитувчиларнинг коммуникатив компетентлигини шакллантириш технологияси. пед.фан.бўйича фалс. док. (PhD) дисс. – Арзамас, 2020. 5 Мавлонова Р.А., Раҳмонқулова Н.Ҳ. Бошланғич таълимнинг интеграциялашган педагогикаси. Тошкент, ТДПУ, 2006, 102 б. 6 Шин А.В., Мирзиёева Ш.Ш., Грошева И.В ва бошқалар. Оилалар ва маҳаллий жамоатчилик билан ҳамкорлик. Методик қўлланма (Биринчи нашр), Тошкент, 2020, 80 б. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 330 2-rasm. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan pedagogik fanlar. Pedagogik fanlar o‘quv dasturiga kiritilgan mavzularni tahlili shuni ko‘rsatadiki, oila va talabalar tomonidan farzand tarbiyasi bilan nazariy ma’lumotlarni o‘rganishda integrasion yondashuv imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Quyida pedagogik fanlararo integratsiyani taqozo etadigan mavzularni ko‘rib chiqamiz/ Maktabgacha ta’lin yo‘nalashida o‘qitiladigan pedagogik fanlar va integratsialashgan mavzular 1-jadval. FANLAR VA MAVZULAR MAZMUNI I.UMUMIY PEDAGOGIKA Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. O‘quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash. II. MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYANI TASHKIL ETISH. ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PEDAGOGIKASI MTT va oila hamkorligi. Oilada bola tarbiyasi haqidagi mutafakkirlar ta’limoti. MTTning oila bilan ishlash shakllari. Oila bilan ta’lim tashkiloti o‘rtasida ijtimoiy sheriklik asoslari. III. BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI. Pedagogning ota-onalar bilan olib boradigan ijtimoiy faoliyati. Ota-ona qaramog’ida bo‘lmagan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat. Ta’lim-tarbiya rivojlantirish vazifalarini hal etishga ijtimoiy pedagogik yondashuv. Oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat olib borish. IV. OILA PEDAGOGIKASI. MTTning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va metodlari. Yillik yakuniy ilmiy-amaliy konferensiya. Ochiq eshiklar kuni. Ota-onalar majlisi. Pedagogik maslahat. IV. INKLYUZITIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA Inklyuziv ta’lim siyosatining jahon miyosida nazariy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi. Xalqaro miyosda: ta’lim, oila instituti, ota-onalarga yordam berish siyosati, imkoniyati cheklangan bolaning chegaralib qolishi, yakkalanib qolishi, atrof-muhitdagi nogironlikni keltirib chiqaruvchi omillar. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ota-onalar, mahalla va pedagoglarning o‘rni va hamkorligi. VI. OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. Bolajonlarning uylariga borish -yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishish. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkazish. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg‘or tajribalar bilan fikr almashish, o‘rtoqlashish. MTTning ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishinnng mazmuni va usullari. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar bo‘yicha yillik reja tuzish. Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 331 Otaonalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Tarbiyachining oilani borib ko‘rishi. Ota-onalar bilan shahsiy suhbatlar. Guruhiy maslahatlar va majlislar. Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni, suhbatlar, ko‘rgazmalar tashkil etish.Konsertlar tadbirlar qo‘yib berish. Ota-onalar kengashi va jamoatchilik bilan ishlash MTTda ota-onalar kengashi tashkil etish. MTTning ota-onalar bilan ishlash yillik ish rejasi.Ota-onalarni MTT ishiga yaqinlashtirish. Ularni MTTdagi tarbiyaviy ishlar bilan tanishtirish. Yuqorida qayd etilgan fanlar o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular bo‘lajak pedagoglarni ota-onalar bilan hamkorlikka olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari, metodlari va vositalariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi. Otaonalar bilan hamkorlikka bo‘yicha pedagogik bilimlarni integratsiyalash jarayonida nazariya va amaliyot bir-biri bilan uyg‘unlashtirilishi zarur. Shundagina, bo‘lajak pedagoglar nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganadilar. Biz mazkur muammo yuzasidan olib borgan tajriba-sinov ishlarimizda talabalarning mustaqil ta’limi topshiriqlari shakliga fanlararo loyihalarni yaratish vazifasini kiritdik. Fanlararo loyiha — bu bir nechta o‘quv fanlari mazmunini uyg‘unlashtirgan holda, haqiqiy hayotiy muammo yoki mavzu asosida olib boriladigan, ijodiy va tadqiqotga asoslangan ta’limiy faoliyat turi sanaladi. Bir semestrda o‘qitiladigan fanlar kesimida talabalar 2 yoki 3 fandan bitta loyiha ishini taqdim etishlari rejalashtirildi. Fanlararo loyihalar quyidagi ta’lim muammolarini hal etish imkonini beradi: - ta’limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta’minlaydi; - nazariy ma’lumotlarni amaliyot bilan bog‘laydi; - talabalarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb qilish imkonini beradi; - kasbiy layoqatni shakllantiradi va shaxsiy rivojlanishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga quyidagi mavzular tavsiya etildi: 1. Fanlar: “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” + “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” (2023-2024 o‘quv yili). Loyiha ishi mavzulari: “Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiylashuvida oila va MTT hamkorligi”, “Nomaqbul oilalarda bola tarbiyasi: ijtimoiy-pedagogik muammolar va yechimlar”, 2. Fanlar: “Umumiy pedagogika” + “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika”+ “Otaonalar bilan hamkorlik texnologiyalari” (2024-2025 o‘quv yili). Loyiha ishi mavzulari: “Yangi O‘zbekistonda zamonaviy oila va maktabgacha ta’lim hamkorligi”, “Ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar bilan hamkorlik texnologiyalari”, “Raqamli ta’limda ota-oana ishtiroki: imkoniyat, shart-sharoit va muammolar”. Tavsiya etilgan mavzular bo‘yicha talabalar loyiha ishini quyidagi bosqichlarda bajarishlari ta’minlandi: I-bosqich: hayotiy vaziyatlarga asos bo‘ladigan, fanlararo tahlilni talab etadigan mavzuni tanlash (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash). II-bosqich: tanlangan mavzuga oid turli fanlardan ma’lumotlarni o‘rganish, axborot to‘plash, tahlil etish va umumlashtirish (nazariy tahlil). III-bosqich: kuzatish, suhbat, anketa, tahlil kabi tadqiqot metodlarini qo‘llash (mavzuni amaliyotga yo‘naltirish). IV-bosqich: olingan natijalar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 332 V-bosqich: Loyiha natijasini taqdim etish (taqdimot, hisobot, ma’ruza, videomaterial...). Talabalar tomonidan bajarilgan fanlararo o‘quv loyihalari ta’lim jarayonini real hayot bilan bog‘lash, loyiha mazmunini bir necha fanlarga tegishli bilimlar asosida umumlashtirish, talabalarda muloqot, hamkorlik, tahlil va mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kompleks yondashuv orqali kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish imkonini berdi. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak pedagoglarni oila bilan hamkorlik tizimidagi faoliyatga tayyorlashda pedagogik bilimlarni integratsiyalash zarur va shartdir. Chunki fanlararo integratsiya ota-onalar bilan hamkorlik sohasida zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etishga, fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga va o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-sonli “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga 1-Ilova. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son. https://lex.uz/docs/4646908. 3. «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/. Toshkent-2022 y. 4. Yulbarsova X.A., Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. ped.fan.bo‘yicha fals. dok. (PhD) diss. – Arzamas, 2020. 5. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.H. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Toshkent, TDPU, 2006, 102 b. 6. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V va boshqalar. Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik. Metodik qo‘llanma (Birinchi nashr), Toshkent, 2020, 80 b.