scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Tulevberdiyeva Aydana Hamidulla qizi

Abstract

Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onalarning o‘rni va mas’uliyati hamda zamonaviy sharoitda qo‘llanilayotgan pedagogik va psixologik yondashuvlar keng qamrovda tahlil qilingan. Oilada ota-onaning farzand tarbiyasidagi ishtiroki nafaqat an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolish, balki yangi zamon talablari asosida sog‘lom fikrlaydigan, barkamol, mustaqil va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish jarayonida ham muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Pedagogik nuqtai nazardan, ota-onalar bolaning ta’lim-tarbiyasida asosiy tarbiyachi bo‘lib, uning intellektual rivojlanishi, axloqiy qarashlari, mehnatga munosabati va ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda yetakchi o‘rin tutadi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogika oilaviy tarbiyani demokratik tamoyillarga asoslangan holda olib borish, bolaning qobiliyat va individual xususiyatlarini hisobga olish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlashni talab etadi. Psixologik yondashuvlarda esa bolaning emotsional rivojlanishi, ota-onalar bilan bo‘lgan muloqot sifati, mehr-muhabbat, e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning psixik taraqqiyotga ta’siri yoritilgan. Ota-onaning farzand bilan o‘zaro munosabatlaridagi muloqot madaniyati, ijobiy psixologik muhit yaratish, stress va nizolardan himoya qilish, shuningdek, bolada o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish kabi omillar alohida ta’kidlanadi.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 333 FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Tulevberdiyeva Aydana Hamidulla qizi Qoʻqon davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17547975 Annotatsiya. Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onalarning o‘rni va mas’uliyati hamda zamonaviy sharoitda qo‘llanilayotgan pedagogik va psixologik yondashuvlar keng qamrovda tahlil qilingan. Oilada ota-onaning farzand tarbiyasidagi ishtiroki nafaqat an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolish, balki yangi zamon talablari asosida sog‘lom fikrlaydigan, barkamol, mustaqil va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish jarayonida ham muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Pedagogik nuqtai nazardan, ota-onalar bolaning ta’lim-tarbiyasida asosiy tarbiyachi bo‘lib, uning intellektual rivojlanishi, axloqiy qarashlari, mehnatga munosabati va ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda yetakchi o‘rin tutadi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogika oilaviy tarbiyani demokratik tamoyillarga asoslangan holda olib borish, bolaning qobiliyat va individual xususiyatlarini hisobga olish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlashni talab etadi. Psixologik yondashuvlarda esa bolaning emotsional rivojlanishi, ota-onalar bilan bo‘lgan muloqot sifati, mehr-muhabbat, e’tibor va qo‘llabquvvatlashning psixik taraqqiyotga ta’siri yoritilgan. Ota-onaning farzand bilan o‘zaro munosabatlaridagi muloqot madaniyati, ijobiy psixologik muhit yaratish, stress va nizolardan himoya qilish, shuningdek, bolada o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish kabi omillar alohida ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Farzand tarbiyasi, ota-onalar roli, shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya, hamkorlikda ta’lim, kommunikativ yondashuv, pozitiv intizom, media savodxonlik, zamonaviy hayot uyg‘unligi. Bugungi globallashuv davrida tarbiya jarayoniga raqamli texnologiyalar, psixologik treninglar, inklyuziv ta’lim yondashuvlari, gender tengligi kabi tushunchalar ham kirib kelmoqda. Shu bois farzand tarbiyasida ota-onalarning roli pedagogik va psixologik nuqtai nazardan yanada chuqur tahlilni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, qator davlat hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020), Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ota-onalar mas’uliyatini oshirish, oilada sog‘lom ma’naviy muhit yaratish masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbek jamiyatida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni qadimdan yuqori baholangan. Ammo bugungi kunda ayrim muammolar ham mavjud: raqamli asrda otaonalarning farzandlar bilan yetarli muloqot qilmasligi, mehnat migratsiyasi tufayli ota-onasiz qolayotgan bolalar sonining ko‘payishi, ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida bolalarning axloqiy qadriyatlari zaiflashishi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun davlat darajasida ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqilmoqda. Masalan, O‘zbekistonda “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi”, “Barkamol avlod” markazlari, psixologik maslahat markazlari faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar farzandni mustaqil fikrlovchi, tashabbuskor, ijodkor shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, psixologik yondashuvlar esa bolaning ruhiy holati, emotsional muvozanati, ota-ona bilan muloqot sifati va ijtimoiy moslashuv jarayoniga REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 334 alohida e’tibor qaratadi. Aynan pedagogik va psixologik omillarning uyg‘unligi sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashning asosiy sharti hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika fanida otaonalarning farzand tarbiyasidagi rolini belgilovchi bir nechta yondashuvlar mavjud: inklyuziv yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, axborot-kommunikatsion yondashuv va hamkorlik pedagogikasi. Inklyuziv yondashuv imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyat hayotiga to‘liq jalb etishda ota-onalarning asosiy rolini ta’kidlaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim esa bolaning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Axborot-kommunikatsion yondashuv zamonaviy texnologiyalarning tarbiyaga ta’sirini o‘rganadi. Hamkorlik pedagogikasida esa otaona, maktab va mahalla uchligi muhim rol õynaydi. Psixologiyada farzand tarbiyasida qo‘llaniladigan bir nechta metodlar ham mavjud. Pozitiv tarbiya bola xatti-harakatini jazolash emas, balki ijobiy rag‘batlantirish orqali yo‘naltirishga asoslanadi. Emotsional intellektni rivojlantirish ota-onaning mehribonligi va muloqot ko‘nikmalari orqali yuzaga chiqadi. Amerikalik psixolog D. Baumrindning “ota-onalik uslublari” tipologiyasiga ko‘ra, demokratik uslubda tarbiyalangan bolalar ijtimoiylashuv darajasi yuqori, erkin fikrlovchi va mas’uliyatli shaxs bo‘lib shakllanadi. Oilaviy psixoterapiya esa ota-ona va farzand o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan ushbu mavzu dolzarbligi shundaki, ota-onalar tarbiyadagi an’anaviy tajribalarni zamonaviy ilmiy qarashlar bilan uyg‘unlashtirgan holda farzandlarini hayotga tayyorlashlari kerak. Bu esa jamiyatda sog‘lom, ma’naviy boy, mustaqil fikrlaydigan, Vatan va xalq manfaatlariga sodiq yoshlarni voyaga yetkazishda muhim omil bo‘ladi. Hozirgi kunda ota-onalar farzandning birlamchi tarbiyachisi bo‘lib, uning shaxsiyati, dunyoqarashi va xulq-atvorini shakllantirishda beqiyos o‘rin tutadi. Bola avvalo oilada insoniy qadriyatlarni, axloqiy me’yorlarni va ma’naviy an’analarni o‘zlashtiradi. Ota-onaning kundalik hayotdagi xatti-harakati, o‘zaro munosabati, ishlash madaniyati va insonlarga bo‘lgan munosabati farzand uchun eng kuchli tarbiyaviy vosita hisoblanadi. Shu bois, ota-ona qanday bo‘lsa, ko‘pincha farzand ham shunday bo‘lib ulg‘ayadi. Farzand tarbiyasida ota-onalar bir nechta muhim yo‘nalishlarda faoliyat yuritadilar. Avvalo, axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Bola rostgo‘ylik, adolat, halollik, mehribonlik kabi insoniy fazilatlarni ota-onasidan ko‘radi va o‘z hayotiga singdiradi. Ma’naviy tarbiya ham shunchalik muhim bo‘lib, unda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va diniy qarashlar avvalo ota-ona namunasi orqali bolaga yetkaziladi. Shu tarzda farzand xalqining madaniyati va ma’naviy boyligini asrab-avaylashni o‘rganadi. Shu bilan birga, ota-onalar farzandning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini ham qo‘llab-quvvatlashi lozim. Bolani kitob o‘qishga jalb qilish, qo‘shimcha bilim olishga rag‘batlantirish, ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish – uning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi alohida o‘rin tutadi. Chunki bola ota-onaning aytgan so‘zidan ko‘ra qilgan ishidan ko‘proq ta’sirlanadi. Ota-ona tartibli, mehnatsevar, halol va bilimdon bo‘lsa, farzand ham shu sifatlarni o‘zlashtiradi. Shuningdek, ota-onaning farzandga mehr va e’tibori, ruhiy qo‘llab-quvvatlashi bolaning psixologik barqarorligini ta’minlaydi. Bola o‘zini qadrlanganini va sevilganini his qilsa, unda ishonch, ijobiy kayfiyat va tashabbuskorlik kuchayadi. Aksincha, e’tiborsizlik yoki sovuqqonlik farzandda o‘ziga ishonchsizlik, agressiya yoki uyatchanlikni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bilan birga, ota-onaning vazifasi faqat oilaviy muhit bilan cheklanmaydi. Ular farzandni jamiyat hayotiga tayyorlashlari, uni ijtimoiy faol, Vatan va xalq manfaatlariga sodiq inson sifatida tarbiyalashlari zarur. To‘g‘ri tarbiya natijasida farzand jamiyatda hurmat qozonadi, o‘z huquq va burchlarini anglaydi, mas’uliyatli va tashabbuskor shaxs bo‘lib ulg‘ayadi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 335 Ota-onalarning farzand oldidagi eng muhim burchlari quyidagilardan iborat: Bolaga mehr berish va uni qadrlash; Sog‘lom oilaviy muhit yaratish; Ilmga, odobga va halollikka o‘rnak bo‘lish; Zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish; Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. Xulosa Farzand tarbiyasi – bu insoniyat oldidagi eng ulkan mas’uliyatlardan biridir. Bola – jamiyatning kelajagi, millatning ertangi kuni va insoniyatning davomiyligidir. Bugungi kunda zamonaviy pedagogik va psixologik qarashlar shuni ta’kidlaydiki, bola faqatgina buyruq yoki jazolash orqali emas, balki samimiy muloqot, tushuntirish, rag‘batlantirish va o‘zaro ishonch orqali to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiriladi. Shaxs sifatida qadrlangan bola o‘zini jamiyatda ham erkin, mas’uliyatli va faol inson sifatida ko‘rsatadi. Shuni unutmaslik kerakki, farzand tarbiyasi davomida ota-ona ham o‘z ustida ishlaydi, o‘rganadi, sabrni, adolatni, mehrni chuqurroq his etadi. Demak, tarbiya – bu ikki tomonlama jarayon: bola ulg‘ayadi, ota-ona esa kamol topadi. Xulosa qilib aytganda, sog‘lom, bilimli, barkamol va baxtli avlodni tarbiyalash ota-onaning mehr-muhabbati, sabr-toqati, bilimdonligi va mas’uliyatiga bog‘liq. Shu bois, har bir ota-ona farzand tarbiyasini o‘zining eng oliy burchi, eng muqaddas vazifasi deb bilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Vygotsky L.S. “Mind in Society”. Harvard University Press, 1978. 2. Baumrind D. “Parenting Styles and Adolescent Development”. 1991. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil. 4. Forobiy A.N. “Fozil shahar ahli”. Toshkent, 1993. 5. Navoiy A. “Mahbub ul-qulub”. Toshkent, 1983.