scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR NUTQINING TO'LIQ RIVOJLANISHIDA OILA BILAN HAMKORLIKNING AHAMIYATI

Xakimjonova Mastona Burxonjon qizi, Muminova Umida Mirsalim qizi

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining shakllanishi va rivojlanishida oila muhitining o‘rni hamda pedagogik hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda oila bilan hamkorlikning samarali shakllari, ota-onalarning pedagogik madaniyati va ularning nutq rivojiga ta’siri tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi tizimli hamkorlik bolaning nutqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida muhim omil ekanligi aniqlangan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 349 MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR NUTQINING TO‘LIQ RIVOJLANISHIDA OILA BILAN HAMKORLIKNING AHAMIYATI Xakimjonova Mastona Burxonjon qizi1, Muminova Umida Mirsalim qizi2 1Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi 3-politexnikum o‘qituvchisi, 2Qo‘qon DU Maktabgacha ta’lim yo‘nalsihi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17548041 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining shakllanishi va rivojlanishida oila muhitining o‘rni hamda pedagogik hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda oila bilan hamkorlikning samarali shakllari, ota-onalarning pedagogik madaniyati va ularning nutq rivojiga ta’siri tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi tizimli hamkorlik bolaning nutqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida muhim omil ekanligi aniqlangan. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh davri, psixik rivojlanish, nutq, nutqning rivojlanishi, nutqiy nafas olish, nutq me'yori, nutq faoliyati, oila, hamkorlik, pedagogik madaniyat, kommunikativ kompetensiya. KIRISH Maktabgacha yosh davri inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biridir. Aynan shu davrda bolaning shaxsiyati, hissiy-emotsional holati, tafakkuri va nutqi jadal rivojlanadi. Nutq bolaning tafakkurini shakllantiruvchi, atrof-muhit bilan muloqotini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri — maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri, boy va ifodali nutqni shakllantirishdir. Bu jarayonning samaradorligi faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga emas, balki oila bilan hamkorlikning darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Bola ulgʻayar ekan, unda soʻzlashishga ehtiyoj paydo boʻla boshlaydi, dastlab atrofdagilarini taniydi, eshitgan soʻz va jumlalarini asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Tilga kirgach esa uning soʻz boyligi jadal oʻsadi. Oddiy soʻzlar, keyinchalik sodda gaplardan va toʻliq, yoyiq gaplardan foydalanadi. Dialogik nutq oilada, ota-ona, aka-opalar davrasida vujudga keladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirishda oila hamkorligining ahamiyati juda katta. Oila — bu bola uchun ilk ta’lim va tarbiya manbaidir. Shu sababli, oilaning maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilishi bolaning nutq rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. ADABIYOTLAR TAHLILI Oila bolaning hayotidagi birinchi va eng muhim ta’lim muassasasidir. Bola hayotining dastlabki yillarida uning dunyoqarashi, axloqi, hissiyotlari, va eng muhimi, nutqi rivojlanadi. Nutq, nafaqat kommunikatsiya vositasi sifatida, balki bola dunyoni anglash, fikrlash va o‘z histuyg‘ularini ifodalash imkoniyatini taqdimetadi. Shu sababli, oila hamkorligining nutq rivojlanishidagi o‘rni juda katta va muhimdir. Sharq mutafakkirlarining merosida bolalarning rivojlanishida, ularning ta’lim va tarbiyasi masalalari muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 350 berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo`llari ko`rsatib berilgan. Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog‘i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida ham yoritilganini ko`rishimiz mumkin. Beruniy bola to‘g‘ri rivojlanishi uchun ota – onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o‘yinlar uyushtirishlari, ular bilan o‘zaro suhbatlar o`tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to`g`risidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik g`oyasi yotadi. U har bir ota –ona o`z farzandlariga ana shu g`oyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining to‘g‘ri rivojlanishi psixologik rivojlanishning asosiy garovi ekanligini ota – onalar o‘z farzandlariga o‘qtirishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo`yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota – onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Koshifiy o‘zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash va nutq qobiliyatlarini o‘stirish masalasiga alohida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga alohida ahamiyat berishni talab etadi. Bu muammoda oilaviy hamda tashqi muhit muhim o‘rin tutadi. U “Bola to‘g‘ri so‘zli, va’daga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi kerak” - deb o‘tgan. Bundan tashqari psixolog olimlardan L.S.Vigotskiy, A.N.Leontevlar bola nutqi rivojida oila — birlamchi ijtimoiy muhit bo‘lib, u muloqotning tabiiy sharoitini yaratadi, ota-onalarning pedagogik savodxonligi va bolaga ijobiy emotsional munosabati nutq rivojlanishining psixologik asoslarini mustahkamlaydi hamda oila bilan hamkorlik maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ham dolzarb bo‘lib, u bolaning nutqiy, kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishda kompleks yondashuvni ta’minlashini o‘zlarining qarashlarida ta’kidlab o‘tganlar. NATIJA Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda oila bilan hamkorlik quyidagi jihatlarda muhim ahamiyat kasb etadi: - nutqiy muhitni boyitadi; - ota-ona va bola o‘rtasidagi emotsional yaqinlikni kuchaytiradi; - bolaning ijodiy tafakkuri va so‘zlash madaniyatini rivojlantiradi; - maktabgacha ta’lim muassasasi bilan oila o‘rtasida yagona tarbiyaviy makonni shakllantiradi. Demak, oila va pedagog hamkorligida tashkil etilgan nutqni rivojlantirish faoliyati bolalarda til, muloqot, tafakkur va shaxsiy o‘sishni ta’minlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – ularning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishining ajralmas qismidir. Ushbu jarayon faqatgina maktabgacha ta’lim tashkilotida emas, balki oila muhitida ham izchil va uyg‘un tarzda olib borilishi lozim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar va tarbiyachilar o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolaning nutqiy faolligini oshiradi, uning muloqotga kirishishiga, so‘z boyligini kengaytirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila a’zolari, ayniqsa ona tilining rivojlanishida bevosita ishtirok etib, bolaga to‘g‘ri nutq namunasini ko‘rsatish, tinglash va fikr almashish muhitini yaratish orqali ta’lim tashkilotidagi ishlarni samarali tarzda to‘ldirib boradi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 351 Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatida ota-onalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ularni pedagogik jarayonga faol jalb etishi lozim. Faqat ana shundagina bolalar nutqining to‘laqonli rivojlanishiga erishish mumkin bo‘ladi. REFERENCES 1. Yuldasheva D.M. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA OILA HAMKORLIGINI AHAMIYATI. https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/download/52126/33094/57527 2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasini va uni o`qitish metodikasi. Toshkent “O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Adabiyot jamg`armasi” 2006-B.68. 3. 1. Vygotskiy L.S. Psixologiya razvitiya rechi u detey. — Moskva: Pedagogika, 1982. 4. 2. Leontyev A.N. Deятельность. Сознание. Личность. — Moskva: Nauka, 1977. 5. Abdullayeva D. Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodikasi. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 6. Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari” moduli bo‘yicha O‘quv-uslubiy majmua. –T.: TDPU, 2018. 7. Umaraliyeva X.X. MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIDA NUTQNING AHAMIYATI. https://scienceresearch.uz/index.php/iv/article/view/938/1730