KREATIV TARBIYACHILARNI TARBIYALASHDA OTA-ONALAR ISHTIROKINI TA'MINLASH YO'LLARI
Abstract
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘sishi, uning psixikasining rivojlanishi va ta’lim olish jarayonida bolada bilish jarayonlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari, fikr yuritishda yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklar hamda ularning yechimlari, kichik maktab yoshi davrida yuz beradigan psixologik o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 352 KREATIV TARBIYACHILARNI TARBIYALASHDA OTAONALAR ISHTIROKINI TA’MINLASH YO‘LLARI Xalkuziyeva Dilnoza Baxadirovna1, Rasulova Durdonaxon Shavkatjon qizi2, Xalimova Saidaxon Vohidjon qizi3 1Qo‘qon davlat universiteti doktoranti, 2,3Qo‘qon davlat universiteti talabasi, https://doi.org/10.5281/zenodo.17548045 Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘sishi, uning psixikasining rivojlanishi va ta’lim olish jarayonida bolada bilish jarayonlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari, fikr yuritishda yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklar hamda ularning yechimlari, kichik maktab yoshi davrida yuz beradigan psixologik o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: kreativ tarbiyachi, maktabgacha ta’lim, ota-onalar ishtiroki, hamkorlik, ijodiy rivojlanish, pedagogik integratsiya. KIRISH Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo lgan masala hisoblanadi, - deb ta’kidlaydi davlatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoev. Bolaning shaxsiyati ko'plab omillar ta'siri ostida shakllanadi, ular ijtimoiy, milliy, madaniy, tabiiy, maxsus tashkil etilgan, psixologik omillar bo'lishi mumkin. Ammo asosiy omillardan biri bu bola yashaydigan, rivojlanadigan va tarbiyalanadigan muhitdir. Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari, ayniqsa, kreativlik darajasi, bolaning intellektual hamda ijodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kreativ tarbiyachi — bu yangilikka ochiq, muammolarga noodatiy yondashuvchi, bolalarda erkin fikrlashni rag‘batlantira oluvchi mutaxassisdir. Bunday tarbiyachilarni tayyorlashda oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim pedagogik shartlardan biridir. Chunki ota-onalar bolalarning birinchi tarbiyachilari sifatida ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas ishtirokchilaridir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Pedagogning ko’p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo’lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo’lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbar, o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg’ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo’lgan shaxslardir. “Kreativlik” tushunchasi o’zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya vapedagogika lug’atlariga asoslanib tarbiyachining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash mumkun.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 353 Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Ta’lim sohasiga qo’yiladigan talablar orasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy va kreativ kompetentligini oshirish uchun qator choratadbirlar yo’lga qo’yilgan. Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talab – eng avvalo o’z ustida izlanishlar olib borishidir. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tizimida eng muhim ehtiyoj maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarining kasbiy yetukligi bilan birga kreativ kompetentligi hamdir. Tadqiqot jarayoni quyidagi metodologik asoslar orqali olib borildi: • Nazariy tahlil — kreativlik, hamkorlik va ota-onalar ishtiroki to‘g‘risidagi ilmiy manbalar o‘rganildi; • Kuzatuv — MTTlarda tarbiyachi va ota-onalarning o‘zaro muloqoti tahlil qilindi; • Suhbat va so‘rovnoma — ota-onalar va tarbiyachilarning fikrlari, amaliy tajribalari o‘rganildi; • Amaliy tajriba — ota-onalar ishtirokidagi kreativ mashg‘ulotlar tashkil etildi. NATIJA Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar ishtirokini ta’minlash kreativ tarbiyachilar faoliyatining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Quyidagi yo‘nalishlar ayniqsa samarali bo‘lib chiqdi: 1. Ota-onalar uchun ijodiy seminar va treninglar tashkil etish — bolalarning qiziqishlarini rivojlantirishga oid metodik ko‘nikmalarni o‘rgatadi. 2. “Tarbiyachi–oila–bola” uchlik modeli asosida integratsiyalashgan mashg‘ulotlar o‘tkazish. 3. Ota-onalarni rivojlantiruvchi markazlar faoliyatiga jalb etish — u yerda ular o‘z farzandlari bilan birgalikda ijodiy mashg‘ulotlarda qatnashadilar. 4. Kreativ loyiha va ko‘rgazmalarda ota-onalar ishtirokini ta’minlash — bu jarayon oilaviy qadriyatlar va pedagogik birdamlikni kuchaytiradi. 5. MTT pedagoglari uchun ota-onalar bilan muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan treninglar tashkil etish. Kreativ tarbiyachilarni tayyorlashda oila bilan hamkorlik - bu faqat bolalar rivojiga emas, balki tarbiyachining o‘z kasbiy o‘sishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar ishtiroki tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda yangi usullarni sinab ko‘rishga, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga undaydi. Shu bilan birga, oila bilan pedagogik muloqotning samarali shakllarini ishlab chiqish tarbiyachilarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantiradi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazarsolish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib, tarbiyachining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin. Tarbiyachining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish layoqatidir. Har bir tarbiyachi MTTda pedagogik jarayon tashilotchisi hisoblanadi va uni yaxshi va qiziqarli tashkil etish ham tarbiyachiga bog’liq jarayondir. Pedagog tarbiyachilar mashg’ulotlarga yangicha usul bilan yondashishi, kreativ g’oyalar yaratishi, yangilikka intilishi va bu bilan tarbiyalanuvchilarni mashg’ulotlarga qiziqtira olishi, ulaning ongini yangi bilimlar
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 354 bilan boyitishi, o’qishga, ta’lim olishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishi, ularning eng katta yutug’i hisoblanadi. Kreativ tarbiyachilarni tarbiyalashda ota-onalar ishtirokini ta’minlash - bu zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimining ajralmas yo‘nalishidir. Ushbu hamkorlik o‘zaro ishonch, ochiqlik va ijodiy muhitga asoslanishi zarur. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, oila va MTT birgalikdagi faoliyati natijasida tarbiyachilarning kasbiy kreativligi oshadi, bolalar esa o‘z ijodiy salohiyatini erkin namoyon eta boshlaydi. REFERENCES 1. Волосовец Т.В. Разработка спецификаций развивающей предметно-пространственной среды дошкольной образовательной организации в соответствии с ФГОС дошкольного образования // Детский вопрос.2013. № 11. – С.20–22. -URL: http://goo.gl/VhpiUr. 2. Клецина И. С. Психология гендерных отношений: учебно-методическое посо-бие. – Санкт-Петербург: РГПУ им. А. И. Герцена, 2018. – 102 с. 3. Козлова С.А., Теория и методика ознакомления дошкольников с социальным миром. – М.: Инфра-М, 2018. -146 с. 4. Мануйлов Ю. С. Средовой подход в свете педагогических идей Льва Семё-новича выготского // Вестник. 2019. № 4. Ч 1 -С. 315-320 5. https://muhaz.org/reja-kirish-asosiy-qism-i-bob-iroda-togrisida-umumiy-tushuncha.html page=3 6. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation_for_view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC 7. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 8. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 9. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 10. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305