BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK AMALIYOTGA TAYYORLASHNING AMALDAGI MAZMUNI
Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etilishi, bunda shaxsning mavjud hayotiy tajribasidan foydalanish, hayotiy tajriba kasbiy-amaliy faoliyat natijasida yuzaga kelishi to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 372 BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK AMALIYOTGA TAYYORLASHNING AMALDAGI MAZMUNI Xushnazarova Ma’mura Nodirovna Qoʻqon davlat pedagogika instituti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD), dotsent ORCID: 0000-0001-8643-7729 https://doi.org/10.5281/zenodo.17548085 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etilishi, bunda shaxsning mavjud hayotiy tajribasidan foydalanish, hayotiy tajriba kasbiy-amaliy faoliyat natijasida yuzaga kelishi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: kasbiy bilim, shaxsiy sifatlar, innovatsion shakl, metod, diagnostika, aksiologik munosabat, qadriyatlar tizimi, faoliyat motivlari, aksiologik mezon, ta’limni insonparvarlashtirish, kasbiy kompetentlik. Аннотация. В данной статье рассматривается необходимость инновационных подходов к процессу подготовки будущих учителей, использования имеющегося жизненного опыта человека, жизненного опыта, возникающего в результате профессионально-практической деятельности. Ключевые слова: профессиональные знания, личностные качества, инновационная форма, метод, диагностика, ценностная установка, система ценностей, мотивы деятельности, аксиологический критерий, гуманизация образования, профессиональная компетентность. Annotation. This article discusses the need for innovative approaches to the process of training future teachers, using the existing life experience of a person, life experience arising as a result of professional-practical activity. Key words: professional knowledge, personal qualities, innovative form, method, diagnosis, axiological attitude, value system, activity motives, axiological criterion, humanization of education, professional competence. Jamiyatdagi o‘zgarishlar, mutaxassislarning kasbiy bilim va shaxsiy sifatlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar pedagogika oliygohlaridagi ta’lim mazmunini yangilash, o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi. Shu asosda bugungi kunda pedagogika oliygohlaridagi moddiy-texnik ta’minotni takomillashtirish, o‘quv-uslubiy imkoniyatlar doirasini kengaytirish bo‘yisha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlashning amaldagi mazmuni pedagog mutaxassis shaxsiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar doirasida takomillashtirilmaganligi, bu sohadagi ilmiytadqiqot natijalarining to‘laqonli amaliyotga tatbiq etilmayotganligi, pedagogika oliygohlaridagi mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi imkoniyatlari va mavjud holat diagnostikasidan kelib chiqib, mazkur ta’lim muassasalari o‘qitish tizimiga innovatsion texnologiyalarning to‘laqonli joriy etilmayotganligi tadqiqot muammosiga nisbatan kontseptual yondashuvni talab etadi. Ijtimoiy pedagogik amaliyotning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, talabalarda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib, mazkur vazifani bajarish asosida ta’lim
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 373 oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta’minlanadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldiga qo‘yiladigan masalalardan eng muhimi ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi. Olim N.Muslimov shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika belgilarini quyidagicha tavsiflaydi: shaxsning psixik, jismoniy, intellektual, axloqiy rivojlanishini birgalikda egallashi va unda aniq doiradagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; erkin, mustaqil fikrlovshi va harakatlanuvchi shaxs, turli xil o‘quv va hayotiy vaziyatlarda asosli tanlash qobiliyatiga ega insonparvar fuqaroni shakllantirishga butun kuchni to‘plash; o‘quv-tarbiya jarayonini samarali qayta yo‘naltirishga erishish uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash. Talabalar shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning sub’ekti sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko‘rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning yangi turlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish; qiyinchiliklarni a’lo darajada enga bilish, o‘sish va mustahkam o‘rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish; o‘zining ijtimoiy roli funktsiyasini bajarishda faol munosabatda bo‘lish va hokazo. Hradilning “O‘zlik va ong. Ob’ektiv hayotiy shart-sharoitlarni etkazish va sub’ektiv hayot tarzi” nomli tadqiqotida bo‘lаjаk mutaxassis shaxsiy hayot tarzining kasbiy faoliyati bilan mutanosibligi quyidagicha keltirib o‘tilgan: 1. Hayotiy sharoitlari: kundalik hayotiy shart-sharoitlari (yashash sharoitlari, o‘qish va mehnat qilish shart-sharoitlari, dam olish, moliyaviy ta’minoti, ta’lim resurslari: kitob, kompyuter, obro‘-e’tibor va boshq.). 2. Hayot shakllari: Yashayotgan oilasining strukturasi (oilaning katta-kichikligi, bir yoki bir necha avlodlarning birgalikda yashashi), hozirda yashayotgan shakli (alohida, o‘rtog‘i yoki qarindoshi bilan va boshq.). Boshqa odamlar bilan o‘lchovsiz birga yashashning tuzilishi (yadro oilasida, yakka tartibda, noqonuniy sheriklikda va boshq.). 3. Idrok va saviya: Ma’lum guruhga xos yoki individual shakllangan idrok qilish shakli, saviyasi, ijtimoiy muhitga ta’siri, o‘zaro aloqasi, ijtimoiy muhitdan shaxsiy rivojlanish uchun foydalana olish qobiliyati (liberal, jamoa, klassik, an’anaviy). 4. Hayot tarzi: kundalik hayotda erkin tanlangan, jamiyatda mavjud namunalar asosida shakllangan va tashqi tomondan bilish mumkin bo‘lgan belgilar majmuasi. 5. Hayotiy faoliyatni tashkil etish: kundalik hayotiy faoliyatini ma’lum qadriyatlar va me’yorlar asosida tashkil etish, ayniqsa kelgusi hayotini rejalashtirish, maqsadlarini amalga oshirish nuqtai nazari (turli vaziyatlar, to‘siqlarda ishonchni yo‘qotmaslik). 6. Submadaniyat: ma’lum bir guruhga tegishli qadriyatlar va me’yorlarning majmuasi bo‘lib, ba’zan jamiyatdagi asosiy shakllangan madaniyatdan farqlanadi, ba’zi hollarda zid bo‘lishi mumkin. Pedagog olima N.Egamberdieva o‘zining ilmiy izlanishlarida bo‘lаjаk o‘qituvchilarda ijtimoiy moslashish jarayonlarini tadqiq qilib, bu jarayonlar uch asosiy sohada amalga oshishini ta’kidlab o‘tadi: 1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish. 2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 374 3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlashdagi muhim jihatlardan yana biri – bu shaxsning mavjud hayotiy tajribasi sanaladi. Aslida hayotiy tajribasi kasbiyamaliy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi kasbiy ko‘nikma va malakalarning yig‘indisi sifatida ifodalanadi. Biroq, bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnat tajribasining etishmasligi o‘zlaridagi mavjud kasbiy bilimlarini hali amaliy faoliyatda sinab ko‘rmaganliklari, real kasbiy faoliyat talablari haqida aniq tasavvurlarining etarli emasligidan guvohlik beradi. Bu esa ta’limning mazmun va metodik aspektlariga, kasbiy istiqbol rejalarini belgilashga, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxs imkoniyatlariga asoslangan optimal amaliy sharoitini yaratishga to‘sqinlik qiladi. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonida nazariya va amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yishning samarali metodik aspektlarini ishlab chiqish va tatbiq etish talabalardagi mehnat tajribasining shakllanishi, Shuningdek, faoliyatli yondashuv darajasining ortishiga olib keladi. Ma’lumki, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi – bu inson o‘z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik – inson hayotidagi faol mustaqil holat va maqomdir. U inson tug‘ilishidanoq unga xos bo‘lib, uning ilk psixologik namoyon bo‘lishi – bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o‘tgani sari u o‘z shaklini o‘zgartiradi ya’ni, insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo‘zg‘atuvchi sabablar paydo bo‘lib, inson o‘z-o‘zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi va shaxsiy “Men”ini kashf etadi. Mazkur jarayonda pedagog shaxs rivojlanishi muhitining loyihalovchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni shaxs rivojlanishi jarayonida pedagog va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi muhit o‘ziga xos mazmunli shaklga aylanib, bu erda muloqot muhiti bo‘lajak o‘qituvchi ichki dunyosining shakllanish mexanizimi sifatida vujudga keladi. Ijtimoiy pedagogik amaliyotni samarali olib borilishiga to‘sqinlik qiladigan omillar quyidagilar deb hisobladik: • individualizm, shaxslararo munosabatlar va ijtimoiy o‘zaro harakatlar tizimini buzuvshi ijtimoiy begonalashish; • peshqadamlikka (liderlikka) intilishning kuchliligi; • tarbiyaviy og‘ishlarning mavjudligi, jamoada ishlay olmaslik, qarorlar qabul qilishda tajribasizlik, hissiy va kognitiv faoliyatning nomutanosibligi va boshq. Bo‘lаjаk o‘qituvchi shaxsining o‘zini o‘zi tarbiyalashida uning yo‘naltirilganligi va “Men” kontseptsiyasi o‘z-o‘zini tarbiyalash mexanizmlarining asosini tashkil etadi. Talabalarning axloqiy etuklik darajasi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan birgalikda o‘zini o‘zi tarbiyalashi, oldiga qo‘ygan maqsadlariga etishishining asosiy mezoni hisoblanadi. Talaba bo‘lаjаk o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyati natijasini anglash, baholash ko‘nikma va malakalari: • ijtimoiy pedagogik amaliyotning jamiyat uchun ahamiyatini, o‘z faoliyatini nazorat qilishi va tanqidiy baholay olishi; • ma’naviy-ma’rifiy sohadagi muammolar echimining to‘g‘riligini aniqlashi, jamiyatdagi voqea va hodisalarga real baho berishi; • nazariy va amaliy ko‘nikmalarning to‘g‘riligi, ya’ni mustahkamligini tekshirishi, o‘zini o‘zi boshqarishi va nazorat qilishining muhim tizimi sanaladi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 375 Bu tizim asosida talaba shaxsi rivojlanishining psixologik omillari: ehtiyojlari, yo‘naltirilganligi va “Men” kontseptsiyasi mavjud. Talaba shaxsining o‘z-o‘zini rivojlantirishi va boshqarish mexanizmi amaliy ta’limda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va psixologik bilimlarga asoslangan holda tashkil etiladi. Zamonaviy pdagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonlarida talabalarning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojlari hamda motivatsiyalarini hisobga olgan holda o‘zini o‘zi rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bo‘lаjаk o‘qituvchi o‘zini o‘zi rivojlantirish va boshqarish mexanizmiga: o‘zini o‘zi bilishi, o‘zini tarbiyalashi, o‘zini ko‘rsata olishi, xattiharakatlarini nazorat qilishi kiradi. Ijtimoiy pedagogik amaliyotning asosiy vazifalaridan biri ham shaxsni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil ravishda bilimini oshirishga, ijodiy fikrlarini shakllantirishga yo‘naltirishdan iborat. Bunday vazifani amalga oshirish uchun tayyor bilimlar, ko‘nikma va malakalar muhim o‘rin tutadi. Vaholanki, bugun talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishdagi passiv iste’molchi emas, balki uning faol ijodkoriga aylantirish zarurati mavjud. Bo‘lаjаk o‘qituvchi har qanday nazariy va amaliy muammoni echa oladigan, uni echish yo‘llarini ilmiy yoki metodik jihatdan tahlil qilishni uddalaydigan, eng munosib va mos yo‘llarni topib, uning to‘g‘riligini isbotlab bera oladigan bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirishda o‘z ustida mustaqil ishlashlari kasbiy faoliyatda intellektual tashabbus va tafakkurni rivojlantirish uchun psixologik-didaktik sharoitlarni yaratishdan iborat. Talabalarning o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lishi uning har tomonlama rivojlanishi, etuk mutaxassis bo‘la olishi yo‘lidagi muhim omildir. Milliy va xalqaro adabiyotlar, tadqiqotlar tahlili talabalarni kasbiy, ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlashni ularda ijtimoiy kompetentsiya rivojlantirish bilan uzviylikda tadqiq qilishgan. Talabalarning bo‘lajak o‘qituvchi sifatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish ijtimoiy ahamiyatini anglash, taklif qilingan yangi metodik yondashishlar va ularning qo‘llanilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati ko‘rsatkichi, shaxsiy qiziqishlarning aniq bo‘lajak kasb ta’limi, ta’lim muassasasi, jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligining namoyon bo‘lishi ijtimoiy kompetentsiyasini tavsiflaydi. Shuningdek, axloqiy madaniyat, ideallar, ma’naviy qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda respublikamizda talaba-yoshlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga tayyorlashda yetuk komil shaxsni tarbiyalash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli olib borilmoqda. Talaba-yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy rolini oshirish hamda mustahkamlashda volontyorlik faoliyatining ahamiyati katta. Yaqin o‘tgan davrda butun dunyoda kechgan koronovirus pandemiyasi davrida ayniqsa volontyorlar faoliyati sezilarli namoyon bo‘ldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. Betti Readon. Bag‘rikenglik: tinchlik sari olg‘a qadam. YuNESKO, 2005 2. Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik: (yuz savolga – yuz javob) / Mas’ul muharrir O.Yusupov.–T.: Toshkent Islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. 3. Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi. – T.: Fan va texnologiya, 2015. – 5-6 b. – B. 160. 4. Christian E.W. Kremser. The Misery of Historicism Today: The Generational Theory of William Strauss and Neil Howe. Brill publishing house, 2019. – 179-205 p.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 376 5. M.N.Xushnazarova. Volontyorlik faoliyatining ijtimoiy–pedagogik muammolari. Science problems .UZ.Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari.№ 12 /2 (3)- 2023 . 311315 6. M.N.Xushnazarova. Volontyorlik (ko‘ngillilik) faoliyatining innovatsiyon shakllari va ularning pedagogik tahlili. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari.2024.(1/4) ISSN 21817324,229-232 7. M.N.Xushnazarova. Oliy ta’lim talabalari orasida volontyorlikning mikro darajadagi omillariga e’tibor qaratish. NamDU ilmiy axborotnomasi . 2023 yil 12-con.792-796. 8. M.N.Xushnazarova.The need to use the experience of foreign countries regarding the improvement oft he pedagogical conceptual mechanism of volunteer activities. Journal of Advanced Zoology.Volume 44.issue-2 Year 2023 Page 3765-3771. 9. M.M.Umarova Unveiling the physiological basis and specificity of memory in preschool children.International Journal of PedagogikaVol 4 No 03 2024 91-96 10. M.M.Umarova “Pedagogical problems of harmonization of the manajement system of a preschool educational organization” SJIF IMPACT FACTOR GALAXY Scopus ва Wеb оf Sciencе ( October, 2022)