SHARQ VA G'ARB OLIMLARI ME'ROSIDA OILA VA FARZAND TARBIYASI
Abstract
Ushbu maqolada Sharq va G’arb olimlarining oila va farzand tarbiyasiga oid merosi keng qamrovda tahlil qilinadi. Oila institutining jamiyatdagi muhim o‘rni, farzand tarbiyasining psixologik, ijtimoiy va axloqiy jihatlari yoritiladi. Maqolada Sharq madaniyati va an’analarining ruhiy tarbiya va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, G’arbning ilmiy yondoshuvi va zamonaviy pedagogik usullari taqqoslanadi. Shuningdek, farzand tarbiyasida xalqaro tajriba va zamonaviy yondoshuvlarning integratsiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 377 SHARQ VA G‘ARB OLIMLARI ME’ROSIDA OILA VA FARZAND TARBIYASI Yigitaliyeva Gullola Mirobil qizi Qo‘qon DU 2bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17548095 Annotatsiya. Ushbu maqolada Sharq va G’arb olimlarining oila va farzand tarbiyasiga oid merosi keng qamrovda tahlil qilinadi. Oila institutining jamiyatdagi muhim o‘rni, farzand tarbiyasining psixologik, ijtimoiy va axloqiy jihatlari yoritiladi. Maqolada Sharq madaniyati va an’analarining ruhiy tarbiya va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, G’arbning ilmiy yondoshuvi va zamonaviy pedagogik usullari taqqoslanadi. Shuningdek, farzand tarbiyasida xalqaro tajriba va zamonaviy yondoshuvlarning integratsiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Oila, farzand tarbiyasi, psixologik tarbiya, axloqiy qadriyatlar, Sharq olimlari, G’arb olimlari, madaniyatlararo ta’lim, pedagogika, jamiyat O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda bolalar ta’limining sifatini oshirish, pedagogik jarayonlarni yanada takomillashtirish va jamiyatning barcha qatlamlarida ta’limni teng ravishda taqdim etish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, avvalo, bolalarning shaxsiy va intellektual salohiyatining shakllanishi, ijtimoiy va madaniy muhitga muvaffaqiyatli moslashishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1 PQ-3955-son qarori hamda uning ijrosiga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar maktabgacha ta’lim tizimini jahon talablariga mos tarzda rivojlantirishga xizmat qilmoqda.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun yaratilgan rivojlantiruvchi muhit, ularning jamiyatga moslashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Bolalar 5 yoshgacha bo‘lgan davrda o‘zlarining asosiy psixologik, ijtimoiy va intelektual ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu davrda bolalar uchun yaratilgan ta’lim muhitining sifatini ta’minlash, ularning o‘rganish qobiliyatini va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, “Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat’i nazar, kim bo‘lishidan qat’i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo‘lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o‘zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman”, — dedi u.”. Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak nasl qanday boʻlib yetishishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini oʻtaydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi.O‘z navbatida, oilaviy 1 O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3955-son qarori(lex.uz)
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 378 munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ma’naviy munosabatlar bilan belgilanadi va ularta’sirida o‘zgarib boraveradi» 2 . Shu bois oila — insoniyat taraqqiyotining asosiy tayanchi, jamiyat barqarorligining kafolati hisoblanadi. Oila mustahkam bo‘lgan joyda jamiyat ham so G’lom, taraqqiyparvar va kelajakka ishonch bilan intiluvchi bo‘ladi Binobarin, «Oila dunyosi» bir qator ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy rishtalar bilan uzviy bo G’langan yaxlit «dunyo» bo‘lib, bunda butun boshli tarix, millat, davlat o‘z ifodasini topgan bo‘ladi 3 . Ibn Sino o‘zining “Tadbir ul-manzil” nomli kichik, ammo nihoyatda foydali maʼlumotlarga to‘la bo‘lgan risolasida mazkur masala borasida takrorlanmas maʼlumot va nasihatlarni keltiradi. Mazkur asarda oila, uning inson va jamiyat hayotidagi bebaho ahamiyati, oila boshli G’ining vazifalari, uy-joyni idora etish shartlari, farzand tarbiyasida amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar, oila rahbarining o‘ziga juft tanlashda eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilingan. Oila boshqaruvida mana shunday tadbirlar amalga oshirilganda, oila mustahkamligi taʼminlanadi. Bunday oilada yetuk va so G’lom farzandlar dunyoga keladi. Farzandning oila mustahkamligidagi beqiyos ahamiyatini to‘ G’ri anglagan holda, Ibn Sino ota-onaning farzand taʼlimida, tarbiyasida eʼtibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtaladi. Alloma ota-onaning farzand oldidagi birinchi vazifasi sifatida unga chiroyli ism qo‘yish masʼuliyatini taʼkidlab ko‘rsatadi. Albatta farzandga ism tanlash masalasida nihoyatda eʼtiborli bo‘lmoq lozim. Zero, chiroyli ism farzand ruhiyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi, uning kelajakda yuksak axloqiy xislatlarni kasb etishiga sababchi bo‘ladi. Ota-ona farzand tarbiyasida uning diniy va dunyoviy bilimlarni egallashiga alohida eʼtibor qaratishi, oila qurish yoshiga yetgach, uni uylantirib qo‘yishi ham oilaning go‘zal ko‘[rinishda davom etishiga sabab bo‘ladi 4 . Shuningdek, A.R.Beruniy o‘zining mashhur "Hindiston" asarida turli xalqlarning qadriyati va tafakkur qilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy hayoti bilan bo G’liq bo‘lgan urf-odatlari, xudoga ishonishlari, do‘zax va jannat haqidagi fikrlari bayon qilingan. 5 Bu fikrlar oilaning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rnini ko‘rsatadi. Chunki, oila nafaqat avlodlarning davomiyligini ta’minlaydi, balki tarbiyaning uzluksizligini ham kafolatlaydi. O‘rta asr mutafakkirlaridan Abu Bakr ar-Roziyning (865-925) komil inson tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni haqidagi qarashlari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ar-Roziy o‘z asarlarida insonlarda yaxshi xulqni shakllantirish va badxulqlikni yo‘qotish yo‘llari hamda usullari haqida yozadi, aql bilan ish ko‘rishga, hissiyotlarni jilovlay olishga, me’yorida lazzatlanishga, lahzalik lazzatga umrini baxshida qilmaslikka chaqiradi. U inson axloqan pok bo‘lishida ijtimoiy omillarga ko‘p e’tibor beradi hamda odamni ijtimoiy faollikka, jamiyatga foyda keltirib yashashga chorlaydi. 6 Kuzatganimizdek, bugungi tarbiya sharoitida ham ar-Roziyning milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqidagi fikrlari ko‘plab oqilona xulosalar chiqarishga imkon beradi. Yetuk o‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniyning 1913 yilda yozgan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida bola tarbiyasi va umuman, uning ijtimoiy roli falsafiy-pedagogik jihatdan keng ochib beriladi. Alloma tarbiya jarayonida oila va jamoatchilikning rolini, ularning 2 Vatan tuyg‘usi. –Toshkent: O‘zbekiston, 1996, 82-b 3 Oila, ma’naviyat va ijtimoiy hayot. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. –Toshkent: 1998, 3-b. 4 Abu Ali ibn Sino. Tadbir ul-manzil. Muhammad Najmiy Zinjoniy tarjimasi. -Tehron: Eron milliy kutubxonasi, 1902. -28 b. 5 Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. -T.: Me’ros, 1998. -132 b. 6 Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. T.: O’zbekiston, 2016 –424 b.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 379 hamkorligini, ota-ona va jamiyat tomonidan singdiriladigan qadriyatlarni alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, barkamꝍl shaxsning har tomonlama bilimlarga ega bo‘lishi, yaxshi tarbiya egasi bo‘lishi, bir tomondan ijtimoiy muhit va ꝍilaviy sharoitdagi muhim qadriyatlarga bo G’liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolaning G’ayrat va shijoatiga, sa’y-harakatlariga, xꝍhish intilishlariga bo G’liq bo‘ladi. A.Avloniy asarlaridagi odob-axloq hamda yoshlar tarbiyasiga ba G’ishlangan chuqur falsafiy G’oyalar, bolalarni axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan qarashlari bugungi kunda ham yoshlarni to‘ G’ri yo‘lga boshlashda insoniyat va jamiyatga nisbatan turli xil qabihliklarni amalga oshirmaslikka undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sharq va Gʻarb oilalarini taqqoslaganda, Yevropa oilalarida ayrim o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlanadi. Jumladan, nikohsiz birga yashashning keng tarqalishi, ajralishlar sonining ortishi hamda tu G’ilishning kamayishi bunga misol bo‘la oladi. Baʼzi G’arb olimlari hatto nikohni butunlay bekor qilish lozim, chunki u inson erkinligini cheklaydi, deb hisoblaydilar. Aslida, esa bu qarash insoniyat taraqqiyotiga zid bo‘lib, ijtimoiy hayotga mos emas. Sharq tarbiyasida esa ota-onalar oila farovonligini taʼminlashda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda va ayniqsa jinsiy tarbiyaga alohida eʼtibor beradilar. Z. Freyd taʼlimotiga ko‘ra, oila faqat birga yashash uchun emas, balki to‘laqonli hayot kechirish va insoniy ehtiyojlarni qondirish uchun ham muhimdir. Shu bois, oilada so G’lom muhitni mustahkamlash uchun quyidagi yo‘nalishlarga amal qilish maqsadga muvofiq: yoshlarni sport, jumladan, oilaviy sportga jalb etish; farzandlarda hayotni oqilona tashkil etish va reproduktiv madaniyatni rivojlantirish; milliy qadriyatlar bilan uy G’unlashgan so G’lom turmush tarzini tar G’ib qilish; ota-onalarning tarbiyaviy savodxonligini va pedagogik-psixologik salohiyatini oshirish; yoshlarni mustaqil hayot, kasb-hunar va oilaviy hayotga tayyorlash; oilaviy muhitda farzandlarning umumiy dunyoqarashini kengaytirish. Zamonaviy oilalarning yana bir muhim belgisi – nuklear tuzilishidir. Lotincha “nucleus” – “yadro” so‘zidan olingan bu atama er-xotin va bolalardan iborat oilani anglatadi. Bunday oila shakli, ayniqsa, G’arb taʼsiri ostida keng tarqalmoqda. Kelin va qaynona alohida yashagani uchun nizolar kamayadi, oila aʼzolari bir-biriga hurmat va mehr bilan munosabatda bo‘ladilar. Kelin-kuyov mustaqil hayot tarziga, iqtisodiy masalalarni rejalashtirishga va farzandlarni o‘zlari tarbiyalashga o‘rgana boradilar. Xulosa qilib aytganda, Sharq olimlari merosida farzand tarbiyasi axloq, odob va ma’naviyatga asoslangan bo‘lsa, G‘arb olimlari shaxs erkinligi, mustaqil fikrlash va huquqiy yondashuvni ilgari surgan. Bugungi kunda ushbu ikki tajribani uyg‘unlashtirish sog‘lom, bilimli va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3955-son qarori(lex.uz) 2. Vatan tuyg‘usi. –Toshkent: O‘zbekiston, 1996, 82-b 3. Oila, ma’naviyat va ijtimoiy hayot. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. –Toshkent: 1998, 3-b. 4. Oila, ma’naviyat va ijtimoiy hayot. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. –Toshkent: 1998, 3-b.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 380 5. Abu Ali ibn Sino. Tadbir ul-manzil. Muhammad Najmiy Zinjoniy tarjimasi. -Tehron: Eron milliy kutubxonasi, 1902. -28 b. 6. Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. -T.: Me’ros, 1998. -132 b. 7. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. T.: O‘zbekiston, 2016 –424 b. 8. Сорокин П. Человек. Цивилизация. Общество. М.: «Полит. лит-ра», 1992. –С. 297302.10. 9. Held, K.Heimwelt,Fremdwelt, die eine Welt /PhänomenologischeForschungen / Hrsg. E.W.Orth. –Freiburg / München 1991. –Bd. 24/25 (Perspektiven und Probleme der HusserlschenPhänomenologie). –S. 316. 10. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. T.: O‘zbekiston, 2016 –424 b. 11. Inomova M.O. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari (mustaqil hayot bo‘sag‘asidagi yoshlar): Pedagogika fanlari doktori... dis./ Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. – Toshkent, 1998. 279-bet. 12. Shodmonova Sh.S. Oilada kichik maktab yoshidagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari: Ped.fanlari nomzodi. Dis./Nizomiy nomidagipedagogika universiteti. –Toshkent, 2001. 14-bet 13.Сороколетова О.В. Любовь - как главная ценность семьи // Евразийский форум. 2015. No1 (7). 13. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305 14. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education