scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI YO'LLARI

Toshkanova, Sevinch; Jabborova, Malohat Azimovna

Abstract

Ushbu maqola talaba shaxsida ijtimoiy faollikni shakllantirishda muhim sanaladigan omillar va mezonlar haqida so‘z yuritadi. Shuning barobarida o‘quvchi bu maqoladan «ijtimoy faoliyat» tushunchasining bugungi kunda talqin qilinayotgan ma’nolari to‘g‘risida, uning ahamiyati borasidagi qarashlarni; talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish bugun nechog‘lik zaruratga aylanayotgani hamda uning sabablarini tahlil qiladi. Bu maqoladan pedagogika va psixologiya sohasining vakillari, soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talaba va magistrlar ham erkin izlanuvchilar foydalanishi mumkin.

Full text

396 TALABALARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI Toshkanova Sevinch SHDPI Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jabborova Malohat Azimovna, Shahrisabz davlat pedagogika instituti dotsenti v.b., Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqola talaba shaxsida ijtimoiy faollikni shakllantirishda muhim sanaladigan omillar va mezonlar haqida so‘z yuritadi. Shuning barobarida o‘quvchi bu maqoladan «ijtimoy faoliyat» tushunchasining bugungi kunda talqin qilinayotgan ma’nolari to‘g‘risida, uning ahamiyati borasidagi qarashlarni; talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish bugun nechog‘lik zaruratga aylanayotgani hamda uning sabablarini tahlil qiladi. Bu maqoladan pedagogika va psixologiya sohasining vakillari, soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talaba va magistrlar ham erkin izlanuvchilar foydalanishi mumkin. Kalit so’zlar. Ijtimoiy faoliyat, talaba, shaxs, harakatchanlik, konstruktivlik. Abstract. This article discusses the factors and criteria that are important in the formation of social activity of the student. At the same time, from this article the reader learns about the meaning of the concept of "social activity" today, its importance; analyzes how important it is to form student social activity today and why. This article can be used by representatives of the field of pedagogy and psychology, students and undergraduates studying in this field. Keywords. Social activity, student, personality, dynamism, mobility, constructiveness. Respublikamizda Oliy ta‟lim mazmuni va kadrlar tayyorlash jarayonlarini ilg„or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarning muhim yo„nalishi sifatida alohida e‟tibor qaratilmoqda. Shu bilan bir birga talabalarning kasbiy faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini to„liq anglashiga erishish, ijtimoy talab va majburiyatlarga mas‟uliyatni munosib qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O„zbekiston Resublikasini yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan «Harakatlar strategiyasi»da ham «Jismonan sog„lom, ruhan va aqliy jihatdan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‟iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish» singari ahamiyatli va muhim vazifalar belgilab qo„yilgan edi [1]. Bu talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik va psixologik tomondan xususiyatlariga aniqlik kiritish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik modeli va auditoriyadan tashqari 397 bo„lgan holatlarda mashg„ulotlar tarkibini shakllantirishda interfaol hamda zamonaviy texnologiyalarga murojaat etishni talab qiladi. Shu boisdan ham ishning eng avvalida, ijtimoiy faoliyatning aynan Nima va qanday bo„lishini hamda talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirishning omillari va mezonlarini o„rganib, so„ngra texnologiyalarni tadbiq qilish lozim bo„ladi [2]. “Ijtimoiy faoliyat” tushunchasi bugungi kunda keng va tor ma‟noda talqin qilinmoqda. Keng va tor ma‟noda ijtimoiy faollik deganda shaxsning ijtimoiylik darajasini aks ettiruvchi sifat tushuniladi, ya‟ni uning ijtimoiy butunlik bilan aloqalari, jamiyat manfaatlari yo„lida harakat qilishga tayyorligi, jamoat manfaatlarini qabul qilish chuqurligi, tor ma‟noda esa ijtimoiy faollik deganda, shaxsning ma‟lum bir ijtimoiy hamjamiyat bilan aloqasini ifodalovchi sifati tushuniladi. Biz “ijtimoiy faoliyat” kategoriyasini ushbu ilmiy maqolada tor ma‟noda ko„rib chiqamiz. Zamonaviy ta‟lim makoni bugun kasbiy jihatdan barkamol, ijtimoiy faol va raqobatbardosh kadrlarga, jamiyatni barqaror, xavfsiz, muvaffaqiyatli ta‟minlashga tayyor bo„lgan mutaxassislarga ehtiyoji bor. Chunki jamiyat insoniyat oldiga yanada murakkab vazifalarni qo„ymoqda [3]. Bunday jarayonlarda jamiyatga zarur mutaxassislar o„z taqdirini belgilash, o„z-o„zini anglash, erkin va mustaqil fikrlash, lo„nda qilib aytganda, ijtimoiy faol shaxs bo„lmog„i darkor. Talaba yoshlar ijtimoiy guruh sifatida o„ziga xos sanaladi. Demak, u yoshlikning barcha xususiyatlarini o„zida jamlaydi, shuningdek, o„ziga xos quyidagi xususiyatlari bilan buni tasdiqlaydi: - oliygohda ta‟lim bilan bog„liq faoliyat; - eng bilimli yoshlar qatlami; - bilim xodimlarini to„ldirish uchun zaxira; - ziyolilarning ajralmas qismi; - ijtimoiy kelib chiqishining heterojenligi; - ma‟lum bir guruhning o„zini o„zi anglashi; - manfaatlar jamiyati va submadaniyat [4]. Talaba yoshlarning ijtimoy faolligini shakllantirish zarur. Bunda albatta, bir tomondan o„zgaruvchan ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda harakat qilish joiz bo„lsa, boshqa tarafdan esa, ushbu ijtimoy-demografik guruhning o„ziga xos xususiyatlari, uning ichki tabaqalanishi, jamiyatdagi o„rni va roli, shungdek,yoshlarning orasidagi ehtiyojlarning mavjud ziddiyatli jihatini hal etish va uni ijtimoiy sub‟yekt sifatida hamda ularni amalga oshirish imkoniyatlarini ham 398 nazardan chetda qoldirmaslik darkor. Talabalarda ijtimoiy faolikni shakllantirishni boshqarish ham ahamiyatlidir. Bunda talabalarning ijtimoiy shakllanishini boshqarish samaradorligining asosiy mezoni talaba yoshlarning faolligi uning barcha faoliyati turlarining yuqori darajasi va manfaatlarning boshqa ijtimoiy subyektlar manfaatlariga yuqori darajada muvofiqligidir. Xulosa qilib aytganda, o„sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O„zbekiston, 2017. 2. Usarov, J. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies. 3. Ernazarova, G. (2016). Improvement of Vocational Training of Vocational Colleges students ‟on basis of Acmeological Approach. Eastern European Scientific Journal. 4. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal.