O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING TARIXIY TAJRIBASI
Abstract
Mustaqillikka erishgunimizga qadar yillar monaynida xotin- qizlarning savod olishi, uni jamiyatga tatbiq etishi dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda. O’shbu maqola davomida xotin-qizlarni jamiyatda aralashuvi va siyosiy harakatlarga erkaklardek teng huquqda qatnashishi va ular bilan qaysi sohalarda teng huquqli ekanliklari muhokama qilinadi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 311 O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING TARIXIY TAJRIBASI. Boboyorova Lobar Ozod Qizi boboyor[email protected] Millat Umidi universiteti amaliy buxgalteriya va Moliya fakulteti 1-kurs talabasi Annotatsiya: Mustaqillikka erishgunimizga qadar yillar monaynida xotinqizlarning savod olishi, uni jamiyatga tatbiq etishi dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda. O’shbu maqola davomida xotin-qizlarni jamiyatda aralashuvi va siyosiy harakatlarga erkaklardek teng huquqda qatnashishi va ular bilan qaysi sohalarda teng huquqli ekanliklari muhokama qilinadi. Kalit so’zlar: huquq, Turkiston,Sovet tuzumi, Sovet ittifoqi, SSSR, bolsheviklar, iqtisodiy me’yorlar, Andijon, kattaqurg’on, Kogon, Toshkent, hujum, prezident, Oliy Majlis Senati, taraqqiyot strategiyasi, huquqiy savodxonlik, Tarixiy jarayonlarda ayollarning o’rni. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda ayollar mavzusining matbuotda ko'tarilishi ijtimoiy o'zgarishlar va modernizatsiya jarayonlari bilan bog'liq edi. Bu davrda jadidchilik harakati kuchayib, jamiyatni isloh qilish va bilim darajasini oshirishga e'tibor qaratiladi. Ayollarning huquqlari, oila va jamiyatdagi o'rni haqida turli qarashlar paydo bo'ladi va bu masalalar gazetalarda muhokama qilina boshlaydi."Туркестанские ведомоети"va "Turkiston viloyatining gazeti" kabi nashrlar ayollar mavzusini ommaga tanishtirib, ularning huquqlarini shar'iy qonunlar doirasida tahlil qilishadi. Gazetalar turli qarashlarni aks ettirib, bir tomondan ayollarning ilm olish, oilaviy hayotda huquqlarini himoya qilishga intilishlarini qo'llab-quvvatlagan, boshqa tomondan esa ularning faqatgina oilaviy vazifalar bilan cheklanib, erkaklar bilan teng bo'lmasligini targ'ib qiluvchi maqolalarni ham chop etishgan. Bu munozaralar ayollarning jamiyatdagi o'rniga nisbatan turlicha yondashuvlarni namoyon qilib, Turkiston jamiyatida ayollarning huquqlari va roli masalasida keskin fíkrlar to'qnashuviga sabab bo'ladi. 1875-yilda "Туркестанские ведомости" gazetasida P. Maevning "O'rta Osiyo ayollarining huquqlari" nomli maqolasida, O'rta Osiyo ayollarining huquqlari dastlab past baholanishi mumkin bo'lsa-da, aslida ular o'z huquqlarini bilish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishganligi ta’kidlanadi.. 1889-yilda Turkestanskiye Vedomosti gazetasi Genri D'Estréning Revue Scientifiqueda chop etilgan "Le voile des musulmanes" maqolasini qayta chop etdi. Ushbu maqolada muallif musulmon ayollari yevropalik ayollarga qaraganda ko'proq erkinliklarga ega, degan kutilmagan va original qarashni bildiradi. Gazeta bu fikr o'ziga xosligi tufayli e'tibor qaratishga arziydi, deb qayd etadi]. Ba'zi ilg'or fikrli musulmon ayollari orasida erkaklar bilan teng huquqlar va ozodlik uchun talablar paydo bo'layotgan edi, bu harakat asosan tatar ayollari orasida tarqalgan edi. Turkiston viloyatining gazetasining 1913-yil 28noyabr sonida tatar ayollarining musulmon ayollariga teng huquqlar va ozodlik talab qilib yozgan maktubi e'lon qilinadi. Unda "Sharq xalqlarining erkaklari, bilinglar, biz johillikdan chiqmagunimizcha, sizlarga birlik yo'q", deb yozilgan edi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 312 XX asrning boshlarida Turkiston madaniy hayotida xotin-qizlar ham ishtirok eta boshlaydilar, ularning ichida tatar ayollarining o'rni alohida edi. Jumladan, tatar muallimalari yangi usul maktablarida qizlarga ta'lim berishgan. Shuningdek, musulmon xotin-qizlari o'sha davrda urf bo'lgan turli maktablardagi ochiq imtihonlarda chetdan bo'lsa-da, kuzatish imkoniga ega bo'lganlar . Sovet Tuzumi davridagi o’zgarishlar. 1917-yildagi bolsheviklar inqilobidan keyin SSSR hukumati uzoq muddatda kuchli va buzilmas sotsialistik rejim o'rnatish uchun iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga harakat qildi. Buning uchun ko'plab huquqiy me'yorlar va targ'ibot vositalaridan foydalanildi. Sovet tuzumi Ittifoqning boshqa joylarida bo'lgani kabi O'rta Osiyoda ham ittifoq iqtisodiyotiga erishishga, ateistik, tenglikparast va dunyoviy davlat barpo etishga, til, madaniy va an'anaviy farqlaridan qat'i nazar, bir xil qadriyatlarga ega bo'lgan sovet xalqini yaratishga harakat qildi. Bundan tashqari, Sovet Ittifoqi an'anaviy turmush tarzi bilan bog'liq muammolarni o'zgartirishga, yo'q qilishga yoki hal qilishga harakat qildi.Sovet hukumatining kun tartibidagi masalalardan biri O'rta Osiyo "Ayollarni ozod qilish" edi. Bolsheviklar "ayollarni ozod qilish"dan maqsad asosiy e'tiborni iqtisodiy va siyosiy sohalarda yangi ishchi kuchini yaratishga qaratgan. Ular kommunistik jamiyatni barpo etish va uni bardavom qilish uchun ayollar muhim ijtimoiy qatlam ekanligiga qattiq ishonardilar. Ayollar bo'lajak kommunistik avlodlarning onalari deb hisoblangan va Sovet Ittifoqi turli mintaqalarning turli xususiyatlaridan qat'i nazar, butun Ittifoqdagi ayollarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ishtirokini rag'batlantirgan. Sovet hukumatining o'zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishdek murakkab ish 1919-yil 12noyabrda RKP(b)ning Turkiston o'lka qo'mitasida xotin-qizlar bo'limini tashkil etish bilan boshlagan edi. Keyinchalik u Turkiston KP Markaziy Qo'mitasi xotin-qizlar bo'limiga aylantirildi. Sovet rahbarlari mamlakatning barcha hududlarida ayollarni ozod qilish uchun ko'p harakat qilishgan. Ideal iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda ayolni erkak bilan tenglashtirish edi. Buning uchun Sovet rahbarlari ayollarga onalik va xotinlik rolini bajarishda yordam berish uchun ma'naviy va moddiy yordam ko'rsatdilar. Biroq, Sovet Ittifoqining maqsadlari Ittifoqning turli mintaqalarida ayollarni ozod qilish har xil sharoit va usullar bilan bog’liq edi.Shu sababli Lubin shuni takidlaydiki, Sovet Ittifoqining ayollarni ozod qilish siyosati huquqiy masala bo'lsa-da, Markaziy Osiyoda bu ijtimoiy va iqtisodiy me'yorlar haqida emas, balki diniy va an'anaviy jamiyat masalasi edi. Ayni vaqtda hududlarda xotin-qizlar bo'limlarini tashkil etish masalasiga ham alohida e'tibor berila boshlandi. 1919-yil noyabrda Toshkent,1919-yil 14dekabrda Samarqand, 1919-yil fevralda Farg'onada, 1920-yil martda Sirdaryoda, so'ngra Andijon, Kattaqo'rg'on, Kogon va boshqa hududlarda xuddi shunday bo'limlar ochila boshlandi.1920-yilga oxiriga kelib respublikada 40 ga yaqin xotin-qizlar bo'limlari faoliyat yuritdi.[3] 1920-yillarda butun SSSRda ayollarning jamiyatdagi rolini qayta koʻrib chiqish, ularni baʼzi uy ishlaridan ozod qilish, ularga taʼlim olish va erkaklar bilan teng asosda ishlash imkoniyatini berishga qaratilgan siyosat amalga oshirildi. Chunki „Sharq ayollari“ SSSRda ayollarning teng huquqqa ega boʻlmagan toifasi deb hisoblangan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 313 1920-yillarning oʻrtalaridan boshlab „Sharq ayollarini ozod qilish“ harakati uchun hujum degan maxsus nom paydo boʻldi.Hujum (turkiy tillarda — tajovuz, arabcha hujum) — 1920— 1930-yillarda sovet Oʻrta Osiyosida olib borilgan va ayollarning mavqeini oʻzgartirish uchun qilingan harakat. Ammo hujum, birinchi navbatda, paranjini ommaviy olib tashlash va yoqish kabi keskin harakatlar bilan yodda qoladi. 1924-yilda qalinni bekor qilish to‘g‘risidagi farmon chiqarilgandan keyin birinchi bo‘lib o‘zbek mehnatkashlarining xotinlari paranjini tashladilar. 1927-yil 8-martda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi MK O‘rta Osiyo byurosining birinchi kotibi I.Zelenskiy boshchiligi bilan Samarqandning Registon maydonida minglab o‘zbek ayollari ro‘mollarini yechdilar, ularni toʻplab, keyin olovda yoqib yubordilar. Shu kuni 10 ming ayol paranjisini tashlagan. Keyingi uch oy ichida yana 90 000 ayol paranjini yechdi. 1920-yillarning oʻrtalarida Oʻzbekiston va Tojikistonda roʻmolni yechish boʻyicha ayollar harakati ommaviy tus oldi, unga Tojixon Shodiyeva nomi berildi, u roʻmolni yechish boʻyicha ommaviy harakatni birinchi boʻlib amalga oshirgan ayollardan edi.Bu harakat ko’plab noroziliklarga sabab bo’ldi. Paranji kiyishga qarshilik keyingi 15 yil ichida ham davom etdi. Bu jarayon xotin-qizlarni nafaqat jamiyatga aralashish masalasida balki diniy e’tiqodimizga ham ta’sir o’tkazmay qolmadi. Mustaqillik yillarida yangi bosqich. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng, davlat tomonidan xotinqizlarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan bir qator qonunlar va dasturlar ishlab chiqildi. 1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir fuqaroning, shu jumladan, ayollarni teng huquqlilikni kafolatladi. Biroq, amalda xotin-qizlar hali ham ko'plab sohalarda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikka duch kelishdi. Xotin-qizlar va oilaviy siyosat sohasidagi dasturlar muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1994-yilda O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi xotinqizlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda faol ishtirokini ta'minlash, oilaviy va gender tenglikni rag'batlantirish edi.Xotin-qizlarning siyosiy va iqtisodiy ishtiroki1990-yillar davomida xotinqizlarning siyosiy va iqtisodiy ishtiroki cheklangan bo'lsa-da,ularga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari boshlandi. O'zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy ishtirokini kengaytirishga qaratilgan bir qator qonunlar va tashabbuslar mavjud edi, lekin bu boradagi islohotlar o'z samarasini darhol bermadi. Parlamentda xotin-qizlar 1990-yillarda davomida juda kam sonni tashkil etdi. Misol uchun, 1994-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida faqat 5 nafar ayol deputat bo’lsa, bu ko’rsatkich 2000-yillarda biroz oshdi. 2009yilda Oliy Majlisda xotin-qizlarning ulushi 15%atrofida bo’ladi, bu esa o’zgarishlar kuzatilayotganini anglatadi. Bundan tashqari ’’ Tadbirkor ayol’’ O’zbekiston ishbilarmon ayollar assosiatsiyasi 2016-yildan harakatini boshlab kelmoqda, asosiy maqsadi ayollarning mustaqil va iqtisodiy jihatdan erkin bo’la olishlari, o’zlariga yangi imkoniyatlar ochib, muvaffaqiyatli va baxtli bo’la olishlarini namoyish etishga qaratilgan. Yangi O’zbekiston davrida islohotlar va natijalar.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 –2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonining ilovasidagi 69 – maqsad – “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ularning jamiyat hayotidagi faolligini ta’minlash” deb nomlanib, unda Yangi O‘zbekistondagi xotin-qizlar siyosati bo‘yicha barcha ustuvor masalalar kompleks tarzda teran bayon etilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 314 qolaveradi”. [Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2021. – B.249.] Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi ularning huquqiy savodxonligini oshirish, iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, davlatning muhim maqsadlari qatoridan o‘rin olgan. Mamlakatimizda so‘ngi besh yil davomida gender tenglik masalasiga ulkan ahamiyat bermoqda. Gender tenglik Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan va qo‘llab-quvvatlash zarurligi e’tirof etilayotgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 58-moddasida“Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlatishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi” deb takidlangan. [Y angi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi - https://lex.uz/uz/docs/-6445145] O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyat hayotida ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor berildi. Shu sababli mamlakatimizda olib borilayotgan xotin-qizlarga oid islohotlar hamda ijtimoiy faol ayol va uning axloqiy xatti-harakatlarining jamiyat ravnaqidagi oʻrnini tahlil etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan hisoblanadi. Davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, oila, mahalla, jamoat tashkilotlari, fuqarolik institutlari faolyatida ayollarning ijtimoiy faolligi nihoyatda zarur bo‘lib, ulardagi ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirish va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Zero, ular jamiyat va millatning tayanchi, shaxsning fazlu kamoli va axloqiy barkamolligida asosiy o‘rinni egallovchi insonlardir. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 –2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF60-son Farmonining ilovasidagi 69 – maqsad – “Xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash ularning jamiyat hayotidagi faolligini ta’minlash” deb nomlanib, unda Yangi O‘zbekistondagi xotin-qizlar siyosati bo‘yicha barcha ustuvor masalalar kompleks tarzda teran bayon etilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolaveradi”. [Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2021. – B.249.] Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi ularning huquqiy savodxonligini oshirish, iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, davlatning muhim maqsadlari qatoridan o‘rin olgan. Xulosa: Har qaysi yilda sodir bo’lgan o’zgarishlar keyingi yetilib kelayotgan keyingi qatlamga ijobiy ta’sir ko’rsatishi bilan
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 315 birgalikda ayrimlarida salbiy ta’sir ham o’tkazmay qolamagan. Mustaqillik yillaridan keyin xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligi sezilarli tarzda oshdi. Foydalanilgan adabiyotlar: Батафсил к.: Насретдинова Д.М. Туркистоннинг маданий хаётида татар бошккирд аёлларининг тутган урни (XIX асрнинг охири - XX асрнинг биринчи чораги). - Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун такдим этилган диссертация автореферати. - Тошкент, 2011. - 29 б. Мусулмон хотин-кизларининг тенг хукуклик тугрисидаги хати // Туркистон вилоятининг газети. 1913. 28 ноябр. Покрывала мусульманских женщин // Туркестанские ведомости. - 1889. -№11. Права среднеазиатской женщины // Туркестанские ведомости. - 1875. -№22. Алимова Д.А. Женский вопрос в Средней Азии. История изучения и современные проблемы. Ташкент,1991.С.19 Ozge OZ DOM, Muslim Women in Soviet Central Asia, Tarih incelemeleri Dergisi XXXIII / 1,2018, b.94 Nishonboyeva Q.V. O'zbekistonda xotin-qizlar masalasini hal etishning madaniy jihatlari/2030 yillar/ tajriba va oqibatlar. Tarix fan.diss.,1998. bet-31 Abilov.U, Boboyeva.Z “Gender tadqiqot asoslari kursi xususiyatlari”: - Т-2003; - B. 276 O’razaliyeva.Gtnder va ayollar huquqiy madaniyati. -Toshkent. – 2009. – B.5-7. Антология гендерной теории. - Минск: Пропилен, 2000. - Б. 383 . Шинелева Л.Т. Женщина и общество. - Ташкент: Политиздат, 1990. - С. 76. Gasanova M. Ayol huquqi va erkinliklari. //Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar sohasida xotinqizlarga nisbatan tahqirlanishning yo’l qo’yilmasligi. - Т.:Adolat, 2002. - B. 37. https://inlibrary.uz/index.php/new-uzbekistan/article/view/3213
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 316 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2019. – B.17 – 66. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi - https://lex.uz/uz/docs/-6445145 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni //https://lex.uz/docs/5841063 Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2021. – B.249. Право и защита семъи государством. Мананкова Р.П. Указ. Соч.,С. 21-22. Нечаева А. М. Брак, семья, закон. М.: Наука, 1984, С. 74. Гаврилова Н. В. Нарушения функций семьи как объект социологического исследования// Семья философского и социологического исследования. Л.,1974,с.104.