Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 229 THE ROLE OF THE ACCOUNTING AND AUDIT SYSTEM IN ECONOMIC DEVELOPMENT Eshqorayev Javohir Termez State University of Engineering and Agrotechnology, Faculty of Economics, Forestry and Veterinary Medicine, Accounting and Auditing Department eshqorayevj[email protected] ANNOTATION This article discusses the legal and regulatory framework of auditing activities, in particular, how auditing is regulated in the Republic of Uzbekistan in the areas of external and internal audit, the rights and obligations of audit organizations, and the requirements for licensing the audit process. The Law “On Auditing Activities” and the National Standards of Auditing Activities are analyzed as the main documents that determine the organizational, methodological and professional rules of the audit process. The professional responsibility of audit organizations, the norms regulating relations with clients, and the procedure for formalizing audit results are also explained. The study concludes with proposals aimed at ensuring transparency in the audit process, preventing conflicts of interest, and increasing the reliability of financial statements. Keywords : Audit, auditor, audit activities, license, audit report, audit organization, internal audit, external audit, national standards (AFMS), financial reporting, legal framework, control, accounting, legislation, responsibility BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT TIZIMINING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi eshqorayevja[email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada auditorlik faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari, xususan, O‘zbekiston Respublikasida auditorlik tashqi va ichki audit yo‘nalishlarida qanday tartibga solinishi, auditorlik tashkilotlarining huquq va majburiyatlari hamda auditorlik jarayonini litsenziyalash talablari yoritib berilgan. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun va Auditorlik faoliyatining milliy standartlari audit jarayonining tashkiliy, metodik va kasbiy qoidalarini belgilab beruvchi asosiy hujjatlar sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, auditorlik tashkilotlarining kasbiy javobgarligi, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar hamda audit natijalarini rasmiylashtirish tartibi izohlangan. Tadqiqot auditorlik jarayonida shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan takliflar bilan yakunlanadi. Kalit so‘zlar Audit, auditor, auditorlik faoliyati, litsenziya, auditorlik xulosasi, auditorlik tashkiloti, ichki audit, tashqi audit, milliy standartlar (AFMS), moliyaviy hisobot, huquqiy asos, nazorat, buxgalteriya hisobi, qonunchilik, javobgarlik.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 230 Buxgalteriya hisobi qachon vujudga kelgani masalasi bu soha mutaxassislari uchun doimo qiziq mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Adabiyotlarda bu borada uch xil yondashuv uchraydi: 1. ayrim olimlar buxgalteriya hisobi taxminan 3000 yil avval, qadimiy Shumer, Bobil va Misr davlatchiligi shakllanishi jarayonida sodda hisob-kitob shakllarida paydo bo‘lganini ta’kidlashadi; 2. keng tarqalgan ilmiy qarashga ko‘ra, buxgalteriya hisobi XV asr oxirida italyan matematigi Luka Pacioli (1445–1515) tomonidan yozilgan “Schyotlar va yozuvlar haqida traktat” asari nashr etilishi bilan ilmiy fan sifatida shakllangan; 3. boshqa manbalarda buxgalteriya hisobi XX asr boshlarida, birinchi nazariy maktablar va ilmiy qarashlar tizimli ravishda shakllana boshlagan davrdan rivojlanishni boshlagani qayd etiladi. “Buxgalter” atamasi nemischa “Buchhalter” so‘zidan olingan bo‘lib, “kitob tutuvchi” ma’nosini bildiradi. Ingliz tilida esa bu soha “accounting” deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan barcha operatsiyalarni hujjatlar asosida qayd etish, ularni tizimlashtirish, guruhlash va yakunda moliyaviy hisobot shaklida taqdim etish jarayonidir. Buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni bajaradi: • xo‘jalik jarayonlarini uzluksiz kuzatish; • kuzatish natijalarini miqdoriy ko‘rinishda ifodalash; • xo‘jalik operatsiyalarini dastlabki hujjatlarda qayd etish; • ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlash va nazorat qilish. Ushbu vazifalar korxona va butun iqtisodiyot miqyosida iqtisodiy rejalashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslashda muhim ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobining rivojlanish bosqichlari 1. Boshlang‘ich davr (Qadimgi dunyo — XV asr): 2. Bu davrda iqtisodiy operatsiyalar sodda shaklda qayd etilgan bo‘lib, xo‘jalik jarayonlarining murakkablashuvi natijasida ikki yoqlama yozuv prinsipi shakllana boshladi. Amalga oshirilgan operatsiyalarni yozuvga olishga katta e’tibor qaratildi. 3. Luka Pacioli davri (XV asr oxiri): 4. Zamonaviy buxgalteriya tizimining tamal toshi qo‘yildi. Pacioli hisobotni aniq, tartibli va tizimli yuritish zarurligini asoslab berdi. Dastlabki schyotlar rejasi paydo bo‘ldi. 5. Nazariy-amaliy davr (1850–1900-yillar): 6. Xo‘jalik jarayonlariga huquqiy maqom berildi, balans, foyda, tannarx, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari tushunchalari shakllandi. Buxgalteriya hisobi iqtisodiy tahlil vositasiga aylandi. 7. Ilmiy davr (1900–1950-yillar): 8. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, xarajatlarni to‘g‘ri guruhlash, to‘g‘ri va egri xarajatlarni ajratish, “direkt kost”, “standart kost” kabi usullar shakllandi. Boshqaruv va moliyaviy hisob tizimlari ajrala boshladi. 9. Hozirgi davr (1950-yildan hozirgacha): 10. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (MSFO/IFRS) qabul qilindi. Axborot texnologiyalari keng joriy qilindi, hisob jarayonlari avtomatlashtirildi. Buxgalteriya axboroti endilikda mulk egalari, jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qilmoqda. Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari • Uzluksizlik – korxona faoliyati davom etadi deb hisoblanadi; • Ishonchlilik – ma’lumotlar aniq va ishonchli bo‘lishi lozim;
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 231 • Qiyoslanish – ko‘rsatkichlarni davrlar bo‘yicha solishtirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Buxgalteriya axboroti — bu boshlang‘ich hujjatlar asosida qayta ishlangan va moliyaviy hisobot ko‘rinishida taqdim etiladigan tizimli ma’lumotlardir. Audit davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat turi bo‘lib, uning huquqiy asoslari ichki va tashqi auditga nisbatan alohida tartibda belgilangan. Ichki auditning me’yoriy asoslari O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida» va «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» qonunlarida, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan. Bu hujjatlarga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari korxona doirasida ichki audit tizimini tashkil etish, uning tartibi va reglamentlarini ishlab chiqish hamda ular ijrosini ta’minlashlari lozim. Tashqi audit esa yuqoridagi huquqiy manbalardan tashqari «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun, hukumat qarorlari, Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) va tegishli yo‘riqnomalar asosida amalga oshiriladi. Mazkur Qonun 29 ta moddadan iborat bo‘lib, unda auditorlik faoliyatining mazmuni, maqsadi, vazifalari, auditorlik tashkilotlarini tuzish va tugatish tartibi, litsenziyalash shartlari, auditorning huquq va majburiyatlari, auditorlik xulosasi va hisoboti rasmiylashtirish tartibi aniq belgilangan. Qonunga muvofiq tashqi auditni faqat maxsus litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, davlat organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bevosita ta’sischilik asosida auditorlik tashkilotlari ochishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Auditorlik tashkilotlarini tuzish va litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori hamda unga muvofiq tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda belgilangan. Mazkur normativlarga ko‘ra: • auditorlik tashkiloti ustav kapitali eng kam ish haqining kamida 1200 barobari miqdorida bo‘lishi; • ustav kapitalining kamida 51 foizi auditorlarga tegishli bo‘lishi; • tashkilot shtatida kamida ikki nafar auditor faoliyat yuritishi; • auditorlik tashkiloti rahbari auditor malakasiga ega bo‘lishi shart. Agar tashkilot belgilangan muddatda (tuzilgan kundan boshlab bir yil ichida) ustav kapitalini shakllantirmasa, u yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita olmaydi va qonunchilikka muvofiq tugatiladi. Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun olingan litsenziya 5 yil muddatga beriladi va uning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng faoliyatni davom ettirish uchun yangidan litsenziya rasmiylashtirilishi talab etiladi. Qonunning 3–4-moddalariga ko‘ra, auditor — bu O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida maxsus tayyorlov kursini tugatgan va Davlat attestatsiya komissiyasi imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda kvalifikatsiya sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Auditorlik tashkilotlarining huquqlari va majburiyatlari (o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega: • auditorlik tekshiruvini rejalashtirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav hujjatlari, buxgalteriya hisob ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlari bilan oldindan tanishib chiqish;
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 232 • tekshiruv jarayonida xo‘jalik operatsiyalari bilan bog‘liq barcha hujjatlarni to‘liq hajmda olish va ularda qayd etilgan aktivlar va majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish; • moddiy javobgar shaxslardan zarur og‘zaki va yozma tushuntirishlarni talab qilish; • uchinchi shaxslar tomonidan tasdiqlangan axborotni so‘rab olish; • auditorlik xulosasini shakllantirish uchun zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda, auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish; • tekshiruv jarayoniga boshqa auditorlar yoki mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish. Shuningdek, Qonunning 7-moddasiga ko‘ra auditorlik tashkilotlari faqat auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin va quyidagi majburiyatlarga ega: • auditni amalga oshirishda amaldagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; • tekshirilayotgan tashkilotga o‘zlarining litsenziyasi va auditorlar malaka sertifikatlarini taqdim etish; • tekshiruv davomida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; • auditorlik hisoboti va xulosasida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalaridagi qonunbuzilishlar aniq ko‘rsatilishi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berilishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustidan davlat soliq organlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruv kamida 24 oy o‘tgandan so‘ng o‘tkazilishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari audit jarayonida sodir etilgan buzilishlar uchun quyidagi javobgarliklarni o‘z zimmasiga oladi: • noto‘g‘ri auditorlik xulosasi natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash; • litsenziyaning vaqtincha to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi; • auditorlarning malaka sertifikatlari bekor qilinishi; • ataylab buzilish hollarida — jinoyat javobgarligigacha boruvchi choralar qo‘llanilishi mumkin. Qonunga ko‘ra, auditorlik tashkiloti bir vaqtning o‘zida mijozga auditorlik xizmatini ham, konsalting (buxgalteriya yuritish) xizmatini ham ko‘rsatishi mumkin emas. Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan. Auditning huquqiy bazasida Auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) ham muhim o‘rin tutadi. AFMS auditning o‘tkazilish tartibi, usullari, auditorlarning kasbiy etikasi, ish hujjatlarini yuritish va xulosani rasmiylashtirish bo‘yicha yagona me’yorlarni belgilaydi. Standartlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan 10 kun o‘tib kuchga kiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. http//com/iqtisodiyot.uz-buxgalteriyaning_vujudga_kelishi 2. http//com/stat.uz 3. https://lex.uz/docs 4. https://buxgalter.uz/doc-o‘zbekiston_respublikasining_buxgalteriya_hisobi