Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 80 METAVERSE MUHITIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINING QO‘LLANILISHI Abdurasulova Durdona Sherzod qizi Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti ORCID: https://orcid.org/0000-0002-7468-0593 e-mail: [email protected] Annotatsiya. Metaverse — bu zamonaviy texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi bo‘lib, u virtual va real dunyolarni o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlaydi hamda inson faoliyatining huquqiy chegaralarini kengaytiradi. Mazkur maqola metaverse muhitida intellektual mulk huquqlarining qo‘llanilishiga doir nazariy va amaliy masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mualliflik huquqi, patentlar va tovar belgilariga oid me’yorlarning virtual reallikda tatbiqi, NFT texnologiyalarining huquqiy tabiati, virtual aktivlarga egalik huquqi hamda yurisdiksiya bilan bog‘liq muammolar tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, mavjud intellektual mulk huquqlari normalarining moslashuvchanligi va ular himoya qilayotgan obyektlarining nomoddiy tabiati virtual muhitda qo‘llanilishi imkonini beradi. Biroq, metaversening o‘ziga xos xususiyatlari – markazlashtirilmaganlik, transchegaradorlik, virtual aktivlarning xususiyatlari – yangi huquqiy mexanizmlar va tartibga solish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Maqolada O‘zbekiston milliy qonunchiligi uchun amaliy tavsiyalar va takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etilgan. Kalit so‘zlar: Intellektual mulk, metaverse, NFT, blokcheyn, raqamli aktivlar, mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi. Abstract. Metaverse represents a new stage of modern technological development that ensures the integration of virtual and real worlds and expands the legal boundaries of human activity. This article is devoted to the study of theoretical and practical aspects of the application of intellectual property rights in the metaverse environment. The research analyzes the implementation of copyright, patent, and trademark norms in virtual reality, the legal nature of NFT technologies, ownership of virtual assets, and jurisdictional challenges. The findings indicate that the flexibility of existing intellectual property norms and the intangible nature of the protected objects make their application possible in the virtual environment. However, the unique features of the metaverse — decentralization, cross-border nature, and the specific characteristics of virtual assets — require the development of new legal mechanisms and regulatory measures. The article also presents practical recommendations and directions for improving the national legislation of Uzbekistan. Keywords: intellectual property, metaverse, NFT, blockchain, digital assets, copyright, patent, trademark. Аннотация. Metaverse — это новый этап современного технологического развития, обеспечивающий интеграцию виртуального и реального миров и расширяющий правовые границы человеческой деятельности. Настоящая статья посвящена изучению теоретических и практических аспектов применения прав интеллектуальной собственности в среде Metaverse. В исследовании проанализированы применение норм
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 81 авторского права, патентного и товарного знаков в виртуальной реальности, правовая природа NFT-технологий, вопросы собственности на виртуальные активы и проблемы юрисдикции. Результаты исследования показывают, что гибкость действующих норм интеллектуальной собственности и нематериальный характер охраняемых объектов позволяют применять их в виртуальной среде. Вместе с тем, уникальные особенности Metaverse — децентрализация, трансграничный характер и специфика виртуальных активов — требуют разработки новых правовых механизмов и мер регулирования. В статье предложены практические рекомендации и направления совершенствования национального законодательства Республики Узбекистан. Ключевые слова: интеллектуальная собственность, Metaverse, NFT, блокчейн, цифровые активы, авторское право, патент, товарный знак. Kirish. COVID-19 pandemiyasi davrida muzey yoki galereyaga borish, do‘kondan kiyim sotib olish, konsertga borish, sayohat qilish yoki ish joyida hamkasblar bilan loyihada hamkorlik qilish kabi oddiy kundalik faoliyatlarning aksariyati butun dunyo bo‘yicha karantin va xavfsizlik cheklovlari sababli imkonsiz bo‘lib qoldi. Ijtimoiy masofa saqlash yangi normal holatga aylandi va hayotimizning ko‘plab jihatlariga ta’sir ko‘rsatdi. Bu ayniqsa ish faoliyati insonlararo aloqaga tayanadigan kasblar, masalan, musiqachilar uchun og‘ir bo‘ldi. Ko‘plab insonlar metaverse tushunchasi bilan ilk bor aynan shu davrda tanishgan. 2020– 2021-yillarda Fortnite (Ariana Grande, Travis Scott) va Roblox (Lil Nas) kabi virtual o‘yinlar ichida o‘tkazilgan virtual konsertlar bu jarayonni boshlab berdi. Ariana Grandening konserti 78 million, Travis Scottniki esa 46 million tomoshabinni jalb qilgan (Mirrorworld, 2022). Bunga qadar ham ba’zi san’atkorlar, masalan Marshmello (2019), shunday tajriba o‘tkazgan edi. Jismoniy muloqotning yo‘qligi va kriptovalyutalar hamda NFTlarga qiziqishning ortishi natijasida virtual dunyolarga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. Natijada quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni, Virtual tovarlar (real mahsulotlarning raqamli nusxalari) yaratildi, kriptovalyutalar tovarlarning to‘lov vositasi sifatida ishlatildi, NFTlar blokcheynda ishlab chiqildi, ular virtual tovarlar yoki san’at asarlariga tegishli bo‘ldi, Metaverse uchun dasturiy ta’minotlar va yangi qurilmalar (AR/VR) ishlab chiqildi. Biroq, buning ortidan huquqiy muammolar paydo bo‘ldi. Internetning dastlabki bosqichida uni “qonunsiz hudud” deb hisoblashganidek, metaverse ham shubhasiz quyidagi savol paydo bo‘ladi: Real dunyo uchun ishlab chiqilgan intellektual mulk normalari metaverseda qanday darajada qo‘llanilishi mumkin va ular qanday muammolarni keltirib chiqaradi? Material va metodlar. Tadqiqot davomida metaverse muhitida intellektual mulk huquqlarining o‘rni, xususan mualliflik huquqi, patentlar va tovar belgilari bilan bog‘liq huquqiy muammolar tahlil qilindi. Xorijiy davlatlar qonunchiligi, Yevropa Ittifoqi amaliyoti hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy bazasi qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, virtual tovarlar, NFTlar va raqamli aktivlarga nisbatan huquqiy himoya mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab chiqildi. Maqola huquqiy-nazariy tahlil, solishtirma-huquqiy metod va analitik yondashuv asosida yozildi. Tadqiqot obyektini metaversedagi mualliflik asarlari, patentlanadigan ixtirolar va tovar belgilarining virtual shakllari tashkil etadi. Ushbu metodlar intellektual mulk
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 82 normalarini tizimli tahlil qilish, amaliy muammolarni aniqlash va metaverse uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qildi. Tadqiqot natijalari va tahlili Ko‘pchilik “metaverse” atamasini Facebook kompaniyasining nomini “Meta” deb o‘zgartirgani bilan bog‘lasa-da, bu so‘z ancha oldin paydo bo‘lgan. U Neal Stivenson tomonidan yozilgan 1992-yildagi “Snow Crash” nomli ilmiy-fantastik romanida birinchi bor ishlatilgan [1]. Bu kitob Web 1.0 davrida yozilgan bo‘lsa ham, muallif Internetning kelajakda virtual reallikka asoslangan sohaga aylanishini oldindan tasavvur qilgan edi. “Atama etimologiyasi” quyidagicha: yunoncha “meta” – “keyingi”, lotincha “universus” – “butun” yoki “bitta butun” degan ma’noni bildiradi. Shuningdek, garchi bu tushuncha so‘nggi yillarda mashhur bo‘lgan bo‘lsa-da, 2003yildan buyon mavjud bo‘lgan “Second Life” nomli 3D virtual dunyo hozirgi metaversening ajdodlaridan biri hisoblanadi [2]. Ushbu o‘yinning ishtirokchilari (avvallari u faqat o‘yin deb hisoblangan) o‘z virtual hayotlarini yaratishlari, avatarlar orqali o‘zaro muloqot qilishlari, virtual tovarlar sotib olishlari va sotishlari, hatto ularni “Linden Dollar” deb atalgan virtual valyutada to‘lashlari mumkin edi. Metaverse tushunchasiga aniq, yagona ta’rif berish mushkul, chunki bu yangi texnologik hodisa hali to‘liq shakllanmagan. Hozircha “metaverse” uchun bir xil yuridik ta’rif ham yo‘q. Ba’zi olimlar uni Internet rivojlanishining yangi bosqichi deb atashadi, boshqalar esa Internetning vorisi deb hisoblashadi. Yana boshqalar metaverseni foydalanuvchilar o‘z uyidan chiqmasdan turib turli faoliyat – xarid qilish, o‘yin o‘ynash, hamkorlik qilish va hokazolarni amalga oshira oladigan virtual makon deb ta’riflaydi. Shunga qaramay, biz metaverseni quyidagi asosiy belgilar bilan tavsiflanadigan keng tushuncha sifatida qabul qilishimiz mumkin: Virtual reallik (VR), Virtual aktivlar, Raqamli shaxslar (avatarlar yoki “digital twins”), O‘zaro integratsiya (interoperability). Bu elementlar turli xil metaverse turlarida turlicha darajada namoyon bo‘ladi [3]. Metaverse markazlashgan (masalan, Second Life) yoki markazlashmagan (masalan, Decentraland) shaklda faoliyat yuritishi mumkin. Unga brauzer orqali (2D) yoki VR (Virtual Reality) yoki AR (Augmented Reality) ko‘zoynaklari orqali kirish mumkin [4]. Shuningdek, haptik kostyumlar yordamida ham tajriba qilish mumkin. Metaverse hammaga ochiq bo‘lishi yoki faqat ma’lum foydalanuvchilar guruhi uchun mavjud bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, metaverse hozircha yagona tizim emas. Bugungi kunda bir-biriga ulanmagan ko‘plab alohida metaverselar mavjud va ularning soni tez sur’atlar bilan ortib bormoqda. Intellektual mulk huquqlari nuqtai nazaridan, metaversedagi virtual tovarlar/xizmatlar hamda “almashilmaydigan tokenlar (NFTlar)”ning qo‘llanilishi katta ahamiyatga ega. Ammo bu mavzuni chuqurroq muhokama qilishdan avval, ushbu ikki toifa — virtual tovarlar/xizmatlar va NFTlar o‘rtasidagi farqni aniq tushuntirib olish zarur. Virtual tovarlar (va zarur hollarda xizmatlar) — bu moddiy bo‘lmagan mahsulotlar bo‘lib, ular: real dunyodagi jismoniy tovarlarning raqamli nusxasi bo‘lishi mumkin (masalan, virtual mashina yoki avatar uchun kiyim-kechak) yoki butunlay yaratuvchining tasavvuri mahsuli bo‘lishi va faqat raqamli shaklda mavjud bo‘lishi ham mumkin [5]. Bundan tashqari, metaversedagi har bir virtual tovar NFT bilan tasdiqlanishi shart emas, ammo NFT orqali tasdiqlanishi mumkin. Agar ular NFT bilan bog‘langan bo‘lsa, ularning savdosi blokcheyn texnologiyasi orqali amalga oshiriladi, ya’ni metaverse ichidagi onlayn bozorlarda tranzaksiyalarni blokcheyn ta’minlaydi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 83 NFTlarga kelsak, ularning o‘zi bilan ular tegishli bo‘lgan raqamli obyekt o‘rtasidagi farqni aniqlab olish muhimdir. NFTlar — bu blokcheynda ro‘yxatdan o‘tgan yagona raqamli sertifikatlar bo‘lib, ular raqamli obyektning haqiqiyligini tasdiqlaydi. NFT — bu raqamli sertifikat, u esa ma’lum bir raqamli obyektga (virtual tovar yoki raqamli san’at asariga) tegishli bo‘ladi, ammo u obyektning o‘zi emas. NFTlar kripto-valyutalardan farqli ravishda bir-biriga almashtirilmaydi — shu bois ular “nonfungible” deb ataladi [6]. Shuningdek, NFTlar kripto ma’lumot birligi sifatida ba’zi texnik atributlarga ega, ammo ular huquqiy jihatdan o‘z-o‘zidan mulk huquqini bermaydi. Metaversening asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan — moddiy bo‘lmagan (nomoddiy) narsalarni yaratish va ularni himoya qilish g‘oyasi intellektual mulk huquqlari uchun yangilik emas. Uch asrdan ortiq vaqt davomida intellektual mulk huquqining maqsadi inson aqli yaratuvchanligi mahsulotlarini himoya qilish bo‘lgan. Shuning uchun, intellektual mulk huquqlari metaversening shakllanishida markaziy o‘rin egallashi tabiiy hol. Metaverse ishtirokchilari ham real dunyoda bo‘lgani kabi, intellektual mulk huquqi normalariga rioya qilishlari shart. Internetda bo‘lgani kabi, metaverseda ham “huquqiy bo‘shliq” mavjud emas. Shubhasiz, intellektual mulk huquqlari virtual olamda ham amal qiladi, ayniqsa ularning moddiy bo‘lmagan tabiatiga ko‘ra [7]. Biroq, mavjud milliy va Yevropa Ittifoqi intellektual mulk me’yorlarini virtual holatlarda qanday qo‘llash kerakligi masalasi hanuz sudlar tomonidan aniqlanishi kerak bo‘lgan muammo bo‘lib qolmoqda. Ba’zi mutaxassislar fikricha, IMHning moslashuvchan tabiati va u metaversedagi aktivlar bilan o‘xshash sohalarni himoya qilgani sababli, ularni metaverseda qo‘llash uchun to‘liq isloh qilish talab etilmaydi. Ammo shunga qaramay, ba’zi huquqiy moslashtirishlar zarur bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, tarix davomida texnologik taraqqiyotlar — bosma mashina, radio, televideniye, fotokopiya, raqamli texnologiyalar va internet — intellektual mulk huquqi uchun sinov sifatida qaralgan, biroq har safar u mavjud qonunlar doirasida zamon talablariga moslashgan. Demak, “g‘ildirakni qayta ixtiro qilish” zarurati tug‘ilmagan. Sud amaliyotida (Landgericht Köln, 2008) virtual olamda yaratilgan asarlar ham mualliflik huquqi bilan himoya qilinishi mumkinligi allaqachon tasdiqlangan. Masalan, “Second Life” o‘yinidagi asarlar bunga misol bo‘la oladi. Raqamli san’at va uning onlayn bozorlari metaversedan ancha oldin mavjud bo‘lgan. Bu soha yillar davomida foydali biznes hisoblanib kelgan (Papastefanou, 2022, p.344). Raqamli texnologiyalar paydo bo‘lgach, ko‘plab san’at turlari raqamli formatga o‘tgan. NFT sotib olish orqali siz faqat tokenning o‘ziga egalik qilasiz, lekin bu asarning mualliflik huquqiga egalikni bildirmaydi. NFT bilan asar o‘rtasidagi aloqa huquqiy emas, balki ishonchga asoslangan. Shu sababli, NFTlar atrofidagi “san’atdagi inqilob” g‘oyasi ko‘p hollarda texnik va huquqiy chegaralar e’tiborga olinmagan holda ideallashtirilgan. Bundan tashqari, NFT yaratish (minting) jarayonining o‘zi mualliflik huquqi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin, chunki asarni blokcheynga yuklash — bu asar nusxasini yaratish harakati bo‘lib, u muallifning mutlaq huquqi hisoblanadi [8]. Shuning uchun faqat muallif yoki uning ruxsati bilan harakat qiluvchi shaxs NFT yaratishi mumkin, aks holda bu huquqbuzarlik hisoblanadi. Patentlar mavzusiga kelsak, metaverse bilan bog‘liq patent arizalari hozirda juda qizg’in muhokamada. Patentlar o‘z egalariga ixtirodan iqtisodiy foyda olish huquqini beradi va shu orqali innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Shu bois, metaversedagi ixtirolar ham real dunyodagilar kabi yangi bo‘lishi, ijodiy qadamni o‘z ichiga olishi, va sanoatda qo‘llanilishi kerak [9].
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 84 Metaverse texnologik jihatdan yangi hodisa bo‘lgani sababli, ko‘plab kompaniyalar strategik ravishda patent olishga kirishgan, masalan: Roblox, Nvidia, Epic Games, Microsoft, IBM, Unity, Apple va, albatta, Meta. Bu patentlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: dasturiy ta’minot ixtirolari, qurilmalar (VR/AR ko‘zoynaklar, sensorlar, foydalanuvchi interfeyslari), Mixed Reality (MR) va Extended Reality (XR) texnologiyalari (De Pablo, 2023). Masalan, Nike kompaniyasi 2019-yilda “CryptoKicks” loyihasi uchun “kriptografik tarzda himoyalangan raqamli aktivlar tizimi” nomli patent olgan [10]. Bu patent foydalanuvchiga real oyoq kiyim sotib olganda, unga raqamli nusxa va NFT biriktirish imkonini beradi. Shu orqali foydalanuvchining avatari o‘z metaversesida shu poyabzalni “kiyishi” mumkin. Bundan tashqari, NFT real poyabzalning haqiqiyligini tasdiqlovchi sertifikat vazifasini ham bajaradi. Shu bilan birga, patent huquqida hali aniqlik kiritilishi kerak bo‘lgan savollar mavjud, masalan, avatar tomonidan yaratilgan ixtirolarga kim egalik qiladi? patentlarning hududiy chegaralari metaverseda qanday aniqlanadi? metaversedagi ixtirolar “yangi” deb tan olinadimi? Bu savollar hali o‘zining huquqiy javobini topmagan. Metaverse kontekstida eng qiziqarli va muhim intellektual mulk turlaridan biri bu— tovar belgisi (trademark). Mualliflik huquqi adabiyot, san’at va ilmiy asarlarga, patentlar esa ixtirochilikka taalluqli bo‘lsa, tovar belgilari — bu tijorat faoliyatida tovar yoki xizmatlarni boshqalarinikidan farqlash uchun ishlatiladigan belgilarni himoya qiluvchi huquqdir. Tovar belgisi bir vaqtning o‘zida biznes vositasi ham, huquqiy himoya obyekti ham bo‘lib, uning vazifasi — bozordagi tovarlar yoki xizmatlarni ajratib ko‘rsatishdir. Dastlab, milliy va Yevropa Ittifoqi qonun chiqaruvchilari savdo belgilarini tartibga solishda faqat jismoniy tovarlar va xizmatlarni farqlashni ko‘zda tutgan edi. Ular metaverse kabi mustaqil virtual bozor paydo bo‘lishini tasavvur ham qilmagan. Shu sababli, metaversening paydo bo‘lishi yangi va bahsli huquqiy savollarni keltirib chiqardi. Ko‘plab kompaniyalar virtual reallikni yangi biznes imkoniyati sifatida tan oldi. Bu, ayniqsa, kosmetika, moda va sport sanoatida yaqqol ko‘rinadi (masalan, Nike, Converse). Bu kompaniyalar mahsulotlarini virtual kiyim-kechak (“skins”) yoki “phygital” (ya’ni, real va virtual mahsulot kombinatsiyasi) sifatida taklif qilmoqda [11]. Masalan, Hugo Boss, Tommy Hilfiger, Versace va Levi’s yaqinda AQSh Patent va Savdo Belgilari Idorasiga (USPTO) arizalar topshirib, metaverseda virtual tovarlar va virtual ko‘rgazma maydonlari yaratishni rejalashtirdi. Ular hattoki Decentraland platformasidagi “Metaverse Fashion Week” kabi virtual moda namoyishlarida ham ishtirok etishmoqda (Cryptoflies, 2023). Ammo ba’zi kompaniyalar hali metaversedagi faoliyatni boshlamagan. Bu holatdan uchinchi tomonlar foydalanib, ularning brendlarini metaverseda o‘z foydasiga ishlatmoqda. Masalan, Hermès ishi (Eshaghian, 2023) yoki Gucci va Prada bilan bog‘liq holatlar (Uhlenhut & Bernhardt, 2023, p.143). Ba’zilar hatto bu brendlar nomini yomon niyatda o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qilgan. Shuning uchun kimdir boshqa kompaniya belgilarini virtual tovarlar yoki NFTlarda ishlatishi mumkinmi degan savol o‘rtaga tashlanmoqda. Bu savolga aniq javob yo‘q, va faqat kelajakdagi sud amaliyotlari bu masalaga aniqlik kiritadi degan umiddamiz. Ammo kompyuter o‘yinlari sohasida ba’zi tamoyillar allaqachon sudlar tomonidan belgilangan. Masalan, agar o‘yinda haqiqiy avtomobil modelining virtual nusxasi va uning brendi ishlatilgan bo‘lsa, foydalanuvchilar bu mashinani asl ishlab chiqaruvchiga tegishli deb o‘ylamaydi, balki uni haqiqiylikni aks ettiruvchi detal sifatida qabul qiladi. Masalan, “Call of Duty” o‘yinidagi Humvee harbiy avtomobili — bu badiiy ifoda sifatida ishlatilgan. AQShdagi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 85 Nyu-York Janubiy okrugi sudi buni adolatli foydalanish (fair use) deb topgan va shu sababli tovar belgisi buzilishi holati bo‘lmagan. Ammo bu tamoyil metaverseda tovar belgilariga to‘liq tatbiq etiladimi yo‘qmi, ushbu masala ochiq qolmoqda. Chunki metaverse bozorlarida foydalanuvchilar aynan brendlangan virtual mahsulotni izlaydi. Masalan, kimdir real hayotda Louis Vuitton kiyimini ololmasa, metaverseda uning virtual nusxasini sotib olib, status ramzi sifatida ishlatishi mumkin. Demak, virtual brendlar ham real brendlar kabi nufuz belgisiga aylanmoqda. Real dunyodagi kompaniyalar virtual bozorlarga kirayotganda, o‘z brendlarini virtual tovarlar uchun ham ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. Chunki ashyoviy tovarlardagi himoya har doim ham virtual muhitga avtomatik tarzda o‘tmaydi. Ba’zi olimlar bu masalada shunday deydi: Virtual va real tovarlar o‘rtasida ba’zi o‘xshashliklar bor, lekin ular to‘liq almashtiruvchi emas (Tann, 2022, p.1646). Masalan, ularning taqdimoti, tarqatish usullari va maqsadli auditoriyasi turlicha. Ammo reklama platformalari va marketing usullari o‘xshash bo‘lgani uchun, ular o‘rtasida ma’lum ma’noda o‘xshashlik mavjud. Natijada, kompaniyalar virtual mahsulotlar uchun alohida tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari zarur, aks holda uchinchi tomonlar ularga o‘xshash brendlarni metaverseda ishlatishi mumkin. Mashhur brend egalari esa “bog‘liqlik ehtimoli” (association)ni isbotlasa, bu ularning tovar belgilarini metaverseda ham huquqiy himoya qilish uchun yetarli bo‘ladi Metaverse uchun savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishda bir nechta muammolar paydo bo‘ladi. Masalan, patentlarda bo‘lgani kabi, hududiylik prinsipi — ya’ni, virtual tovarlar uchun himoya qaysi mamlakatlarda amal qiladi? Bundan tashqari, qaysi tovar va xizmatlar sinfiga metaverse brendlari kiritilishi kerak? Bugungi kunda metaversega qiziqqan kompaniyalar 9, 35, 36, 41 va 42-sinflarni tanlashmoqda: 9-sinf — yuklab olinadigan virtual tovarlar (masalan, raqamli fayllar, dasturlar), 35-sinf — virtual chakana savdo xizmatlari, 41-sinf — virtual turlar, ko‘rgazmalar, 42-sinf — kripto-aktivlar bilan ishlash xizmatlari [12]. WIPO tomonidan 2023-yildan kuchga kirgan Nice Classification 12-nashrida [13] ham shu o‘zgarishlar aks etgan. Masalan, fizik charm buyumlar (18-sinf) endi virtual formatda 9sinfga o‘tgan. Bu sinfga “NFT orqali tasdiqlangan raqamli fayllar” kiritilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Intellektual Mulk Idorasi (EUIPO) 2023-yilda o‘z yo‘riqnomalarini yangiladi. EUIPO endi “downloadable goods” (yuklab olinadigan tovarlar) atamasini aniq tovar turi bilan belgilashni talab qiladi, masalan: “NFT orqali tasdiqlangan raqamli san’at fayllari” — 9-sinf, “Virtual kiyimlar savdosi” — 35-sinf (EUIPO, 2023, 6.25). Xulosa va takliflar. Metaverse muhitida intellektual mulk huquqlarining qo‘llanilishi masalasi zamonaviy huquqshunoslikning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mavjud intellektual mulk qonunchiligi asosan virtual muhitga ham qo‘llanilishi mumkin, biroq bir qator maxsus tartibga solish choralari talab etiladi. Birinchidan, mualliflik huquqi metaverseda yaratilgan raqamli san’at asarlarini himoyalashda samarali vosita bo‘lsa-da, NFT texnologiyasi yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. NFT sotib olish avtomatik ravishda mualliflik huquqlarini bermaydi va ko‘pchilik foydalanuvchilar bu farqni tushunmaydi. Ikkinchidan, patent tizimi metaverse texnologiyalarining rivojlanishida muhim rol o‘ynasa-da, dasturiy ta’minot patentlash bo‘yicha mintaqaviy farqlar mavjud. Uchinchidan, tovar belgilarining virtual mahsulotlarda himoyasi
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 86 maxsus yondashuvni talab qiladi, chunki real va virtual shakllar o‘rtasidagi bog‘liqlik huquqiy jihatdan har doim ham aniq belgilanmagan. O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi hamda “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunlarida hozircha metaverse, NFT yoki sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asarlar bilan bog‘liq maxsus normalar mavjud emas. Shu sababli, xorijiy amaliyotda shakllanayotgan yondashuvlardan foydalanish muhim. Xususan, Yevropa Ittifoqi va AQSh tajribasida virtual tovarlar uchun alohida tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, NFTlarni huquqiy obyekt sifatida tan olish hamda mualliflik huquqini tokenlash mexanizmlarini joriy etish kuzatilmoqda. O‘zbekiston qonunchiligida ham raqamli asarlar va metaverse obyektlarini himoya qilish uchun huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarur. Bu, avvalo, NFT va raqamli aktivlarning huquqiy maqomini belgilash, mualliflik va patent huquqlarining metaverse sharoitida tatbiq etilishini aniqlashtirish hamda raqamli muhitdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlarining blokcheyn texnologiyasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi tizimini yo‘lga qo‘yish, milliy reyestrlarni raqamlashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Shu yo‘l bilan metaversedagi ijodiy faoliyatni qonuniy himoya qilish, muallif va ishlab chiquvchilarning manfaatlarini himoyalash imkoniyatlari kengayadi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston uchun asosiy vazifa — xalqaro tajriba va milliy huquq tizimini uyg‘unlashtirgan holda, metaverse muhitiga mos intellektual mulk siyosatini shakllantirishdir. Shu orqali mamlakatimiz innovatsion rivojlanishda orqada qolmay, global raqamli iqtisodiyotda faol ishtirok eta oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Theresa Uhlenhut & Johannes Bernhardt (2023). Markenrecht im Metaverse. WRP 69(2), s. 139-146. 2. European Union Intellectual Property Office (2022a). IP and the Metaverse. Alicante: EUIPO. 3. Markus Kaulartz, Alexander Schmid & Felix MüllerEising (2022). Das Metaverse – eine rechtliche Einführung. RDi 12/2022, s. 521-532. 4. Philipp A. Rauschnabel, Alexander Brem & Young K. Ro (2018). “Antecedents to the adoption of augmented reality smart glasses: A closer look at privacy risks.” Journal of Business Research, 92(C), 374-384. 5. Tann, C. (2022). “Virtual Goods and NFTs: Intellectual Property Challenges in the Metaverse.” European Intellectual Property Review (EIPR), Vol. 44, No. 12, pp. 1645– 1651. 6. Grieger, Max J.; von Poser, Till; Kremer, Kai (2021). Die rechtswissenschaftliche Terminologie auf dem Gebiet der Distributed-Ledger-Technology. Zeitschrift für Digitalisierung und Recht (ZfDR), Heft 4/2021, S. 394-410. 7. Andy Ramos, “The Metaverse, NFTs and IP Rights: To Regulate or Not to Regulate?” (2022) 8. Garbers-von Boehm, K., Haag, H., & Gruber, K. (2022). Intellectual property rights and distributed ledger technology with a focus on art NFTs and tokenized art: Study requested by the JURI committee (Policy Department for Citizens' Rights and Constitutional Affairs Publication No. PE 737.709). European Parliament.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 87 https://www.europarl.europa.eu/RegData/etudes/STUD/2022/737709/IPOL_STU(2022)73 7709_EN.pdf 9. European Innovation Council and SMEs Executive Agency. 2022. Intellectual Property in the Metaverse. Episode III: Patents. Available at: https://intellectual-propertyhelpdesk.ec.europa.eu/news-events/news/intellectual-property-metaverse-episode-iiipatents-2022-05-30_en (20. 5. 2023). 10. United States Trademark and Patent Office. Patent No. US 10, 505,726 B1, 2019. Available at: https://patents.google.com/patent/US10505726B1/en (11. 5. 2023). 11. Prior, P. (2021, June 30). Phygital—What is it and why should I care? Forbes. https://www.forbes.com/sites/forbesbusinesscouncil/2021/06/30/phygital--what-is-it-andwhy-should-i-care/ 12. Hugendubel, J., & Dönch, J. (2022). Der Einsatz von NFTs und anderen Token im Sport – Ein Überblick. Sportrecht und E-Sportrecht in der Praxis, (11), 451-457. 13. WIPO. (2023). Nice Classification. 12th Edition. https://www.wipo.int/classifications/nice/ 14. Mešević, I. R. (2023). Intellectual property rights in the metaverse. Regional Law Review, 345-359. https://doi.org/10.56461/iup_rlrc.2023.4.ch22 15. Mirrorworld. 2022. Ariana Grande to Travis Scott: The Biggest Metaverse Concerts. Available at: https://www.mirrorworld.media/lil-nas-x-to-travis-scott-the-biggestmetaverse-concerts/ (9. 5. 2023). 16. EUIPO. 2022a. IP and the metaverse. Available at: https://tinyurl.com/ydwznh5e (13. 5. 2023).