scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PALERMO KONVENSIYASI DOIRASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI XALQARO-HUQUQIY MEXANIZMLAR

Shoyimov Bekzod Shuhrat o'g'li

Abstract

Bugungi globallashuv sharoitida korrupsiya nafaqat alohida davlatlarning ichki muammosi, balki xalqaro miqyosdagi xavf omiliga aylanib bormoqda. Korrupsion tizimlar ko‘pincha transmilliy uyushgan jinoyatchilik tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning faoliyati davlat chegaralaridan tashqariga chiqadi va iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka tahdid soladi. Shu bois Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2000-yil 15-noyabrda Italiyaning Palermo shahrida “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiya”ni qabul qildi. Ushbu hujjat korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallashtirish, uyushgan jinoiy guruh tashkil etish va sud-tergov faoliyatiga noqonuniy aralashuv kabi xavfli jinoyat turlariga qarshi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 32 PALERMO KONVENSIYASI DOIRASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI XALQARO-HUQUQIY MEXANIZMLAR Shoyimov Bekzod Shuhrat o‘g‘li Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 1-kurs magistratura talabasi Kirish. Bugungi globallashuv sharoitida korrupsiya nafaqat alohida davlatlarning ichki muammosi, balki xalqaro miqyosdagi xavf omiliga aylanib bormoqda. Korrupsion tizimlar ko‘pincha transmilliy uyushgan jinoyatchilik tarmoqlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning faoliyati davlat chegaralaridan tashqariga chiqadi va iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka tahdid soladi. Shu bois Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2000-yil 15-noyabrda Italiyaning Palermo shahrida “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiya”ni qabul qildi.1Ushbu hujjat korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallashtirish, uyushgan jinoiy guruh tashkil etish va sud-tergov faoliyatiga noqonuniy aralashuv kabi xavfli jinoyat turlariga qarshi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan. Palermo konvensiyasi davlatlarga korrupsiyaga qarshi kurashda yagona yondashuv, o‘zaro huquqiy yordam, jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish va noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni musodara etish kabi mexanizmlarni taklif etadi. Bu hujjat, aslida, korrupsiya jinoyatining transmilliy tus olgan holatlarida xalqaro adolat tamoyillarini ta’minlash uchun yaratilgan eng muhim normativ asoslardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga 2004-yil 8-yanvarda qo‘shilib, transmilliy jinoyatchilikka va korrupsion xavflarga qarshi kurashish borasida xalqaro majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Shu tariqa mamlakat korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini milliy qonunchilikka bosqichma-bosqich implementatsiya qilish jarayonini boshladi. Jumladan, 2017-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi” qonun, 2014-yilda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi” qonunlar shuningdek, 2025-yilda qabul qilingan 71-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident farmoni, shuningdek 402-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori shular jumlasidandir. Mazkur tezisning maqsadi — Palermo konvensiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi ishlab chiqilgan xalqaro-huquqiy mexanizmlarni tahlil qilishdan iborat. Palermo konvensiyasining yaratilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan oldindan rejalashtirilgan yoki muqarrar jarayon emas edi. Transmilliy uyushgan jinoyatchilik masalasi xalqaro darajada ilk marotaba 1975-yilda muhokama qilina boshlagan, biroq u paytda bu masala huquqiy jihatdan yetarli e’tibor qozonmagan edi. Faqatgina 1990-yillarning o‘rtalariga kelib, uyushgan jinoyatchilik milliy xavfsizlik va suverenitetga jiddiy tahdid solayotganini anglab yetgan davlatlar bu sohada umumiy xalqaro mexanizm zarurligini tan oldilar.21994-yilda Neapolda o‘tkazilgan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Jahon vazirlar konferensiyasida ham davlatlar yangi xalqaro konvensiya zarurligida kelisholmagan edi. Bu davrda asosan Italiya va AQSh tashabbus ko‘rsatib, mazkur konvensiya g‘oyasini 1https://www.unodc.org/unodc/en/organized-crime/intro/UNTOC.html 2https://opil.ouplaw.com/display/10.1093/law:epil/9780199231690/law-9780199231690e1121?p=emailAOZIQaYYctEaU&d=/10.1093/law:epil/9780199231690/law-9780199231690-e1121 ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 33 faol ilgari surgan. Italiya uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashdagi uzoq tarixiy tajribasiga tayangan holda BMT darajasida huquqiy mexanizm yaratish g‘oyasini ilgari surdi, AQSh esa jarayonni siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab, muzokaralarning yo‘nalishini o‘z manfaatlariga moslashtirishga harakat qildi.3 Shunga qaramay, konvensiya loyihasini BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etgan davlat Polsha hukumati bo‘ldi. 1998-yilda Bosh Assambleya maxsus qo‘mita tuzib, yangi BMT konvensiyasi loyihasini ishlab chiqishni boshladi. Muzokaralar ikki yil davom etdi va bu jarayonga italiyalik diplomat Luiji Lauriola raislik qildi. Turli huquq tizimlariga — ya’ni kontinental (romano-german) va umumiy huquq (anglo-sakson) tizimlariga xos tafovutlar, jinoyat turlari va terminologiya bo‘yicha kelishmovchiliklarga qaramay, 2000-yilda 15noyabrda Italiyaning Palermo shahrida Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha BMT konvensiyasi qabul qilindi. Bu hujjat BMT doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida birinchi yuridik majburiy kuchga ega xalqaro shartnoma bo‘ldi. Ungacha mavjud bo‘lgan BMT hujjatlari asosan “soft law” – ya’ni tavsiyaviy model qonunlar, qo‘llanmalar va deklaratsiyalar shaklida edi.4Palermo konvensiyasi esa davlatlar o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni real mexanizmlarga asoslab berdi: dalillarni almashish, jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish, birgalikda tergov o‘tkazish, hamda qonunlarni uyg‘unlashtirish imkonini yaratdi. Konvensiyaning asosiy ahamiyati shundaki, u uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya o‘rtasidagi uzviy aloqani huquqiy darajada e’tirof etdi. Aynan shu sababli, Palermo konvensiyasi korrupsiyani ham transmilliy xavf sifatida ko‘rib, unga qarshi xalqaro mexanizmlarni shakllantirish uchun huquqiy poydevor yaratdi. U quyidagi yo‘nalishlarda davlatlarga aniq majburiyatlar yuklaydi: Palermo konvensiyasi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashda yagona xalqarohuquqiy maydonni shakllantirdi. Uning asosiy afzalligi shundaki, u “uyushgan jinoyatchilik guruhi” va “transmilliy jinoyat” kabi tushunchalarni aniq huquqiy kategoriya sifatida belgilab berdi. Bu, avvalo, korrupsiya va moliyaviy firibgarlik kabi ko‘p hollarda xalqaro elementga ega bo‘lgan jinoyatlarni baholashda muhimdir. Konvensiya korrupsiyani transmilliy xarakterdagi jinoyat ekanligini, unga qarshi kurashishda konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlarning majburiyatlarini va korrupsiyaga qarshi kurashishning keng qamrovli choralari o‘z aksini topgan.5Bu xalqaro majburiyat, korrupsiya bilan bog‘liq harakatlarni faqat ma’muriy huquqbuzarlik sifatida emas, balki og‘ir ijtimoiy xavfli jinoyat sifatida baholashni anglatadi. O‘zbekiston bu borada allaqachon jinoyat tarkiblarini belgilab olgan bo‘lsa-da, Palermo konvensiyasi bu jarayonni xalqaro hamkorlik doirasida mustahkamlashni nazarda tutadi. Ya’ni, agar pora yoki jinoyat elementlari xorijiy amaldorlar, kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda ularning ham ishtiroki transmilliy jinoyat tarkibiga kiradi. Shu yo‘sinda, korrupsiya endi ichki ma’muriy buzilish emas, balki xalqaro xavfsizlikka tahdid deb qaraladi. Konvensiya korrupsiyadan olingan daromadlarni musodara qilish, qaytarish va qayta taqsimlash tizimini joriy etadi. Jinoyat yo‘li bilan topilgan aktivlarni aniqlash va ularni qonuniy muomaladan chiqarish korrupsiyani iqtisodiy jihatdan foydasiz holga keltiradi. Shu o‘rinda, ayrim davlatlar tajribasi, xususan, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoda uchrayotgan holatlar, xalqaro mexanizmlarning naqadar muhimligini ko‘rsatadi. Masalan, 2010-yillarda Wing Lo (Xitoy jinoyatshunosi, City University of Hong Kong professori) va Lewis (xalqaro 3Ian Tennant. Fulfilling the promise of Palermo? A political history of the un convention against transnational organized crime(article). Journal of Illicit Economies and Development (JIED). 2021. 53-71 4Felsen, D and Kalaitzidis, A. A Historical Overview of Transnational Crime, In: Reichel, P and Albanese, J (eds.), Handbook of Transnational Crime and Justice. SAGE Publications. 2005. 5Niyozova S.S. Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi [Matn]:o'quv qo'llanma. T.:TDYU nashriyoti, 2025. – 71 b ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 34 xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi) o‘z chiqishlarida shunday fikrlarni bildirgan — ya’ni Xitoydagi ba’zi mintaqalarda uyushgan jinoyat tarmoqlari politsiya va mahalliy hokimiyat bilan “norasmiy himoya” yoki “protection racket” asosida aloqador bo‘lib qolgan. Bu hodisani ular “himoya soyaboni” deb atashgan.6Xalqaro ekspertlar qayd etganidek, bu holat nafaqat ichki boshqaruvdagi zaiflik, balki transmilliy moliyaviy oqimlar ustidan yetarli nazoratning yo‘qligidan ham dalolat beradi. Shunday sharoitda Palermo konvensiyasi doirasida shakllangan aktivlarni musodara qilish, noqonuniy boyliklarni qaytarish va xalqaro sud-huquqiy hamkorlik tizimi korrupsiya tarmoqlarining moliyaviy manbalarini kesishning eng samarali yo‘lidir. Konvensiyaning 16-moddasi, ya’ni “ekstraditsiya” normalari korrupsiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur modda shuni nazarda tutadiki, agar bir davlat hududida jinoyat sodir etgan shaxs boshqa davlatga qochib o‘tsa, uni jinoyat sodir etilgan davlatga topshirish xalqaro majburiyat hisoblanadi. Bu qoidaning mohiyati — korrupsion amaldorlarning jazosiz qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Chunki korrupsion shaxslar ko‘pincha o‘z mamlakatlaridagi javobgarlikdan qochish uchun xorijda boshpana izlaydi. Agar davlatlar o‘rtasida ekstraditsiya shartnomasi mavjud bo‘lmasa, Konvensiyaning o‘zi shu jarayon uchun huquqiy asos sifatida ishlatilishi mumkin. Bu juda muhim tamoyil, chunki korrupsion jinoyatlar ko‘p hollarda davlatlar o‘rtasida maxsus shartnoma mavjud bo‘lmagan holatda yuz beradi. Xulosa. Palermo konvensiyasi zamonaviy xalqaro huquqning korrupsiyaga, jinoyatchilik tarmoqlariga va ularning moliyaviy asoslariga qarshi kurashishdagi eng muhim universal hujjatlaridan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Ushbu konvensiya korrupsiyani alohida jinoyat sifatida emas, balki transmilliy uyushgan jinoyatchilikning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ko‘radi. Shu yondashuv orqali u korrupsiya muammosini kengroq tizimda — jinoyatni moliyalashtirish, pul yuvish, noqonuniy boylik orttirish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mexanizmlari bilan birgalikda hal etishga yo‘naltirilgan. Konvensiya nafaqat davlatlarni umumiy majburiyatlar bilan bog‘laydi, balki ularga o‘z milliy qonunchiliklarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish, korrupsiyaga qarshi organlar o‘rtasida axborot almashish, ekstraditsiya va moliyaviy razvedka tizimini takomillashtirish majburiyatini yuklaydi. Shu orqali hujjat korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning institutsional asosini yaratgan. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 8-yanvarda mazkur konvensiyaga qo‘shilgani mamlakatning korrupsiyaga qarshi siyosatini xalqaro majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Bu bilan davlat o‘zining huquqiy tizimini global xavfsizlik tamoyillariga, ayniqsa, shaffoflik, hisobdorlik va xalqaro hamkorlik tamoyillariga moslashtirish yo‘lida qat’iy intilayotganini ko‘rsatdi. Shunday qilib, Palermo konvensiyasi korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro-huquqiy me’yorlarini tizimlashtirib, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, huquqiy hamkorlik va institutsional barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. U nafaqat jinoyatchilikka qarshi hujjat, balki huquq ustuvorligini global miqyosda qaror toptirishga qaratilgan umumiy strategik konsepsiyadir. O‘zbekiston uchun esa u korrupsiyani ildizidan bartaraf etishga qaratilgan huquqiy modernizatsiya jarayonining ajralmas yo‘nalishidir. 6André Standing. Transnational Organized Crime and the Palermo Convention: A Reality Check. New York: International Peace Institute, December 2010. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 35 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). United Nations Convention against Transnational Organized Crime (UNTOC): Introduction. [Elektron manba] – URL: https://www.unodc.org/unodc/en/organized-crime/intro/UNTOC.html 2. Oxford Public International Law (OPIL). United Nations Convention against Transnational Organized Crime (2000). [Elektron manba] – URL: https://opil.ouplaw.com/display/10.1093/law:epil/9780199231690/law-9780199231690e1121 3. Tennant, Ian. Fulfilling the Promise of Palermo? A Political History of the UN Convention against Transnational Organized Crime. Journal of Illicit Economies and Development (JIED), 2021, pp. 53–71. 4. Felsen, D. & Kalaitzidis, A. A Historical Overview of Transnational Crime. In: Reichel, P. & Albanese, J. (eds.), Handbook of Transnational Crime and Justice. SAGE Publications, 2005. 5. Standing, André. Transnational Organized Crime and the Palermo Convention: A Reality Check. New York: International Peace Institute, December 2010. 6. Niyozova S.S. Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2025. – 208 b. 7. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-yil 1-iyul, № 1. 8. O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2024-yil 5-iyun, № 03/24/931/0402.