scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HOKIMIYATLAR BO'LINISH PRINSIPI

Po'latov Saidakbarxon Siddiq o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada biz hokimiyatlar bo‘linish prinsipining mazmun mohiyatiga, uning bugungi jamiyat rivojidagi tadrijiy o‘rnini va hozirgi davlat boshqaruv strukturasining bazaviy asoslariga ta’sirini o‘rganamiz.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 44 HOKIMIYATLAR BO‘LINISH PRINSIPI Po‘latov Saidakbarxon Siddiq o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti, 1-bosqich magistranti e-pochta: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada biz hokimiyatlar bo‘linish prinsipining mazmun mohiyatiga, uning bugungi jamiyat rivojidagi tadrijiy o‘rnini va hozirgi davlat boshqaruv strukturasining bazaviy asoslariga ta’sirini o‘rganamiz. Kalit so‘zlar: Hokimiyatlar bo‘linish prinsipi, sud hokimiyati, qonunchilik palatasi, ijro hokimiyati, tiyib turish. Kirish. Hokimiyatlar bo‘linish prinsipining mazmun va mohiyatini yoritishda biz ko‘proq shaxsiy qarashlarizmiz orqali yondashishga qaror qildik. Barchamizga ma’lumki, ko‘pchilik kashfiyotlar dastlab nazariy jihatdan yaratiladi, so‘ngra esa bu nazariya amaliyotga joriy etiladi. Xuddi shunga o‘xshab hokimiyatlar bo‘linishi islohoti yaqin tarixda amalga oshirilgan bo‘lsa ham bu to‘g‘risidagi nazariyalar ancha ilgari paydo bo‘lgan. Davlat organlari faoliyatining (vakolatlarining) chegaralanishi g‘oyasi eng umumiy ko‘rinishda antik davr donishmandlari – Platon, Aristotel, Polibiy, Likurg va boshqalar tomonidan ifoda etilgan. Lekin biz bu fikrlar hozirgi hokimiyatlar bo‘linish to‘g‘risidagi fikrlar bilan bir xil desak xato bo‘ladi. Dastlab hokimiyatning uchga bo‘linishi AQSH konstitutsiyasida ifoda etilgan. Unga ko‘ra hokimiyat Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va Sud hokimiyatidan iborat bo‘ladi. Bu hokimiyatlar bir birini nazorat qiladi va to‘ldiradi. Asosiy qism. Bizningcha hokimiyat organlarining bo‘linishini tog‘ridan tog‘ri AQSHga bog‘lash xato bo‘ladi. Biz tarix ilmini o‘rganish chog‘ida bu amaliyot qadimgi Afina shahardavlatida va Rim davlatida amalga oshirilganini ko‘rishimiz mumkin. Tarix kitoblarda yoziladiki qadimgi Rim davlatida Ikki konsul bir yil muddatga saylangan. Konsullarning vazifasi Ijroiya hokimiyatini amalga oshirish bo‘lgan. Xalq Majlisi va Uch yuz nafar senat esa qonunlar qabul qilgan. Shuningdek Xalq Tribuni lavozimi joriy etilganki bu lavozim egasi Xalq manfaatlarini himoya qilgan va Senatning ham Konsullarning ham qarorlarini bekor qilish vakolatiga ega bo‘lgan. Bunda shu jarayonni ko‘rishimiz mumkinki, ijroiya hokimiyati (konsullar) Qonun chiqaruvchi hokimiyat ( Xalq majlisi va Senat ) oldida javobgar bo‘lgan. Bu ayni hozirgi hokimiyatlarning bir birning oldida javobgarligini ifodalovchi jarayondir. Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash nazariyasi fransuz mutafakkiri SH.L. Monteyskyning “Qonunlar ruhi” haqidagi asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlardan iborat bo‘lishi kerak. Ularning har qanday ko‘rinishida biron bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Huquqshunos Saydullyevning fikricha: “Uch hokimiyatdan har biri Qonun chiqaruvchi, Sud, Ijro hokimiyat o‘z vazifalariga ega bo‘lib ular o‘zaro bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanish prinsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo‘ysinmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linadi (Ular bilan bir qatorda bazan tasis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi ). Ushbu pinsipning vazifasi davlat hokimiyati to‘laligicha bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Zero hokimiyatning to‘la bir shaxs yoki organ qo‘lida jamlanishi ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 45 demokratiya va inson huquq hamda erkinliklariga bevosita xavf tug‘diradi, avtoritar tuzum o‘rnatilishiga olib keladi.” Biz ushbu kazusni yozishda jahon davlatlari tajribasini ham o‘rganishga harakat qildik. Hokimiyatning bo‘linish prinsipiga dunyoning deyarli barcha davlatlarida amal qilinar ekan. Ba’zi davlatlar, xususan Saudiya Arabistoni va Vatikan bundan mustasno. Tog‘ri, Saudlarning davlatida Senatga o‘xshash tashkilot bor, lekin u tashkilotning barcha a’zolari davlat rahbari tomonidan tayinlanganligi sababli bu tashkilotni qonun chiqaruvchi tashkilot deb atashimiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Vatikan davlati esa hududiy va aholi soniga ko‘ra o‘ta kichikligi, fuqorolarining esa faqatgina ruhoniylar (Ularning yarmi Kardinallar) tashkil etganligi sababli qonun chiqaruvchi, sud va ijro etuvchi kabi hokimiyatni bo‘lish durust ish emas deb hisoblanadi. Hokimiyatning bo‘linish prinsipiga bizning yurtimiz O‘zbekistonda ham amal qilinadi. O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida: “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininsh prinsipiga asoslanadi.” Shuningdek, Konstitutsiyamizning 18bobi to‘laligicha qonun chiqaruvchi organ hisoblanmish Oliy Majlisga, 20-bobi esa ijro etuvchi organ bo‘lmish Vazirlar Mahkamasiga, 23-bobi esa Sud tizimiga bag‘ishlangan. Biz hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini asl mohiyatini yoritish uchun har bir organning faoliyatiga tog‘ri baho bera olishimiz lozim. Nima uchun insoniyat uzoq taraqqiyot davomida aynan davlat hokimiyatini 3 organ o‘rtasida taqsimlashni muqobil yo‘l deb topdi. Qonun chiqaruvchi organ faoliyatiga to‘xtalib o‘tsak. Tarix kitoblarni o‘qish chog‘ida shunga duch keldikki, davlatchilik tarixining har bir bosqichida qonun chiqaruvchi organga (albatta hozirgi ko‘rinishdan farq qiladigan) o‘xshash tashkilot bo‘lgan. Bu organlar “maslahat kengashi” va shunga o‘xshash nomlar bilan atalgan. Ammo nisbatan mustaqil parlament Angliyada 1265yilda vujudga kelgan. Demokratik jamiyatlarda Qonun chiqaruvchi organning ahamiyatli jihati shundaki bu organ xalq tomonidan saylanadi, va davlatning boshqaruv sistemasida xalqning bilvosita ishtirokini taminlaydi. Xalq davlat boshqaruvidagi o‘z ta’sirining katta qismini aynan qonun chiqaruvchi organ orqali amalga oshiradi. Ya’ni sodda tilda tushuntiradigan bo‘lsak Xalq o‘z vakillariga ovoz berib davlatning tepa qismiga o‘z odamlarini yuboradi va bu organning vazifasi xalqning hohishini oliy hokimiyatda ifoda etadi. Xalq bu organga ovozni o‘zi bevosita berishi bu organ aynan xalqning irodasi bilan quvvatlanganligini bildirib turadi. Ushbu o‘rinda Konstitutsiyamizning haqiqiy javhari bo‘lmish 7moddaning 1qismidagi “Xalq davlat hokimiyatinng birdan – bir manbaaidir” degan so‘zni aytishni joiz deb topdik. Qonunlarni ishlab chiqishda xalqning vakillarining ishtirok etishi qonunlar aynan malum elita toifaning manfaatlariga xizmat qilishi oldini oladi. Ijro etuvchi hokimiyatga ba’zi bir siyosatshunoslar “Davlatning motori” deb tarif beradilar. Buyuk Britaniya bosh vaziri “temir xonim” laqabini olgan Margaret Tetcher ta’kidlaydiki: “Qonunlarning qanchalik mukammal tuzulmasin ammo uning ijrosi yaxshi ta’minlanmasa, Xalq o‘z hayotida qabul qilingan qonunlar ijrosini sezmasa, bu qonunlarni yozish uchun ketgan qog‘ozlarga achinishimiz kerak ”, – degan edi. Ijro hokimiyatining qonun chiqaruvchi organ oldida qonunlarni ijrosi bo‘yicha beradigan hisoboti esa hukumatning xalq oldidagi javobgarligiga qiyoslashimiz mumkin. Sud hokimiyati – bu boshqa organlardan to‘la tarzda mustaqil faoliyat olib boradi. Bizningcha Sud hokimiyatigina mamlakatda to‘la adolatni ta’minlashga qodir yagona tashkilotdir. Zero insoniyat juda ko‘p soxta qonun chiqaruvchi organlarni ko‘rdi. Qonun ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI NOYABR ANDIJON,2025 46 chiqaruvchi organ elita toifa manfaatlariga xizmat qilib qo‘ymasligi uchun chinakam mustaqil sud tizimi lozimdir. Xulosa o‘rnida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, insoniyat tarixi davomida o‘zi uchun adolatli jamiyat tuzish uchun kurash olib bordi. Buning natijasida ma’lum bir rivojlanish bosqichlaridan o‘tdi. Oxir-oqibat esa aynan biz yashab turgan jamiyatdagi uch hokimiyatchilik tizimini yoqlab chiqdi. Bu boshqaruv tizimi o‘z mohiyatiga ko‘ra hokimiyatning ma’lum qatlam qo‘lida to‘planib qolishiga qarshi qaratilgan edi. Bilamizki hokimiyatning ma’lum bir shaxs yoki shaxslar qo‘lida to‘planishi natijasida insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyatlar sodir etilgan. To‘g‘ri bu tizimdan ham nuqson topuvchilar bor, lekin bu tizimdan mukammalroq boshqaruv shaklini insoniyat kashf qilmagandan so‘ng uch hokimiyatchilik tizimini yo‘qlamasligimizning iloji yo‘q. Maxsus adabiyotlar 1. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent. “Adolat”, 2018. – 528 b. 2. Sh.A. Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Toshkent: TDYU, – 2018. – 220 b. 3. Исломов З.М. Давлат ва ҳуқуқ назарияси / Масъул муҳаррирлар: Ҳ.Раҳмонқулов, академик, ю.ф.д., проф., – Ҳ.Бобоев, ю.ф.д., проф. – Т.: Адолат, 2007. – 916 б. Xorijiy adabiyotlar 1. iHegel's Philosophe des Rechts. Werke B. VIII. s. 314. "Der Staat 1st die W~rk Irchke~t dev konkreten Frelhe~ts." 2. Hans Kelsen. General Theory of Law and State. – Cambridge: Harvard University Press, 2009. –516 p