scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MOLIYAVIY TIZIMDAGI ISLOHOTLARNI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI TO'QIMACHILIK MAHSULOTLARI XALQARO SAVDOSINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevich; Ahmedov Shermuhammad Omonjon o'g'li

Full text

613 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 MOLIYAVIY TIZIMDAGI ISLOHOTLARNI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI XALQARO SAVDOSINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Nurboyev Jaloliddin Mamadiyevich Iqtisodiyot fanlari nomzodi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Mustaqil tadqiqotchi DSc, Email:[email protected] ORCID: 0009-0006-6374-3508 tel:+998902466400 Ahmedov Shermuhammad Omonjon o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Mustaqil tadqiqotchi PhD, Email: [email protected] ORCID: 0009-0009-3469-3486 tel:+998509009859 https://doi.org/10.5281/zenodo.17551635 Jahon savdo tashkiloti (JST) global miqyosda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo qoidalari bilan shug‘ullanadigan yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Jahon savdo tashkiloti xalqaro savdoni tartibga solishda muhim tashkilot bo‘lib, tashkilot faoliyatining asosida xalqaro savdoda ishtirok etagigan davlatlarning asosiy qismi tomonidan kelishilgan, imzolangan va ularning parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan JST kelishuvlari turadi. Jahon savdo tashkiloti universal tashkilot sifatida mamlakatlarga tashqi savdo siyosatining oldindan o‘rnatilgan tamoyillarini qo‘llash huquqini va tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar bilan savdo aloqalar uchun yagona universal savdo-siyosiy bazani yaratish imkoniyatini beradi.[1] Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish, shaffoflashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy o‘sish va insonlar farovonligini oshirishdir.[2] JST xalqaro savdoni tartibga solishda turli ko‘rinishlarda turli vazifalarni bajaradi:[3] − Muzokara o‘tkaziladigan forum. Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlar o‘rtasida savdo masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun hukumat vakillari yig‘iladigan forum vazifasini bajaradi. JST bu borada o‘z faoliyatini 1986-1994-yillarda o‘tkazilgan Urugvay raundi va GATT doirasidagi dastlabki kelishuvlar asosida olib boradi. Davlatlar jahon bozorida turli savdo to‘siqlariga duch kelganda va ularni kamaytirishga harakat qilganda, yuqoridagi muzokaralarda belgilab qo‘yilgan, tashkilotning har bir a’zosi tomonidan ma’qullangan qoidalar savdoni erkinlashtirishda asosiy instrument bo‘lib xizmat qiladi. Ammo, JST ko‘ptomonlama kelishuvlarga asosan istemolchilarni himoya qilish va turli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida ba’zi vaziyatlarda savdo to‘siqlarini saqlab qolishga qarshilik qilmaydi.[4] − Qoidalar yig‘indisi. Tashkilot faoliyatining asosida xalqaro savdoda ishtirok etadigan davlatlarning asosiy qismi tomonidan kelishilgan, imzolangan va ularning parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan JST kelishuvlari yotadi. Ushbu hujjatlar xalqaro tijoratda qonuniy asos vazifasini bajaradi. Tizimning asosiy maqsadi iqtisodiy rivojlanish va farovonlikni oshirish uchun muhim bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida savdo oqimlarini iloji boricha oson, bashoratli va erkin bo‘lishini ta’minlashdir. Ushbu vazifa doirasida nafaqat savdo to‘siqlarini imkon qadar kamaytirish balki kompaniyalar va hukumatlarga savdo qoidalarida to‘satdan o‘zgarish bo‘lmasligini kafolatlaydi. Qisqa qilib aytganda, qoidalar shaffof va kelajakda nima bo‘lishini kafolatlashi kerak.[5] − Nizolarni hal etish. Jahon savdo tashkilotining eng muhim vazifalaridan biri xalqaro savdo aloqalarida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvlarini uchinchi tomon sifatida hal etish hisoblanadi. Yuridik nuqtai nazardan, JST kontseptsiyasi butun dunyo savdo tovarlari, shu jumlagan to‘qimachilik mahsulotlarining taxminan 97 foizini tartibga soladigan ko‘ptomonlama kelishuvlar to‘plami, qoidalar va normalarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ko‘p tomonlama savdo tizimining huquqiy asosi Jahon savdo tashkilotini tashkil etish bo‘yicha Marokash kelishuvi hisoblanadi (Jahon savdo tashkilotini tashkil etish 614 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 bo‘yicha kelishuv). Ushbu kelishuv tashkilotning tashkil etish nizomi va unga ilova qilingan ko‘ptomonlama kelishuvlardan tashkil topgan. To‘qimachilik mahsulotlari jahon eksporti 887,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi, bu ishlab chiqarilgan tovarlar jahon savdosining deyarli 4,7 foizi hisoblanadi. Mehnat intensivligi yuqori bo‘lgan bu sanoat rivojlanayotgan mamlakatlarga ish o‘rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish uchun yuqori salohiyatga ega bo‘lgan sanoatlashtirishning dastlabki bosqichlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bir qancha davlatlar uchun ushbu sanoat ushbu davlatlar iqtisodiyotining strategik tarmog‘i hisoblanadi. Masalan, to‘qimachilik sanoati eksporti Bangladesh davlatining umumiy eksport hajmining 89,7 foizni, Pokiston davlati umumiy eksport hajminining qariyib 60 foizini, Shri-Lankaning 49 foizini, Hindiston va Xitoyning umumiy eksport hajminining mos ravishda 11,3 va 12,2 foizini tashkil etadi. Dastlab to‘qimachilik tovarlari jahon savdosi “Tarif va savdo to‘g‘risidagi bosh kelishuv (GATT)” qoidalaridan tashqarida, ammo shaffoflikning ma’lum bir darajasini ta’minlay olgan ketma-ket ko‘p tomonlama kelishuvlar doirasida amalga oshirilgan. Ushbu vaqtinchalik kelishuvlar importyorlar va eksportyorlar tomonidan maqullangan ikki tomonlama kvotalar to‘plamini o‘rnatgan. “Uzoq muddatli paxta kelishuvi” 1962-1973-yillarda to‘qimachilik tovarlari jahon savdosini tartibga solgan bo‘lsa va “Ko‘p tolali kelishuv” (Multifibre Arrangement) 1974-1994-yillar davomida tovarlar savdosini qoidalarini o‘rnatgan asosiy kelishuv vazifasini bajargan. Turli sabablarga ko‘ra ko‘plab importyor davlatlar “Ko‘p tolali kelishuv”ni tark eta boshlaydi (Shvetsiya, Shvetsariya, Avstraliya ushbu davlatlar orasida). 1994-yilga kelib 1300 to‘qimachilik sanoati import kvotalarini o‘z ichiga olgan kelishuv doirasi to‘rt importyor (AQSh, Yevroa Ittifoqi, Kanada va Norvegiya) va 30ga yaqin rivojlanayotgan exportyor davlatlar faoliyat yuritishgan. JSTning to‘qimachilik bo‘yicha kelishuvida ushbu soha savdo qoidalari 1994-yilda GATT normalariga muvofiqlashtirish 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. 1995-yil 1-yanvarda a’zolardan 1990yilgi to‘qimachilik mahsulotlari import hajmining kamida 16 foizini GATT normalariga muvofiqlashtirishi talab qilingan.1998-yil 1-yanvarda 17 foizi, 2002-yil 1-yanvarda qo‘shimcha yana 18 foizi va 2005-yil 1yanvar kuniga qadar To‘qimachilik va kiyim-kechak to‘g‘risidagi kelishuv muddati tugashida qolgan 49 foizi GATT normalariga muvofiqlashtirilishi belgilangan. Mahsulotlar GATT normalariga muvofiqlashtirilganligi sababli ularga qo‘yilgan har qanday kvotalar olib tashlanadi. Bosqichli integratsiya jarayoni orqali To‘qimachilik va kiyim-kechak to‘g‘risidagi kelishuv qoidalarida nazarda tutilgan to‘qimachilik mahsulotlari tobora qisqarib boradi va kvotalar soni 2005-yil 1-yanvarda To‘qimachilik va kiyim-kechak to‘g‘risidagi kelishuvni o‘z kuchini yo‘qotishiga qadar kamayib boradi. 1-jadval To‘qimachilik sanoti jahon savdo qoidalarini GATT normalariga muvofiqlashtirishning 10 yillik dasturi Bosqichlar Bosqich boshida muvofiqlashtiriladigan mahsulotlar foizi (%) (1990-yilgi savdoga asoslangan) 1-bosqich: 1995-yil 1-yan (1997-yil 31dekabrgacha) 16% 2-bosqich: 1998-yil 1-yan (2000-yil 31dekabrgacha) 17% 3-bosqich: 2002-yil 1-yan (2004-yil 31dekabrgacha) 18% 4-bosqich: GATT normalariga to‘liq muvofiqlashtirish (shuningdek, kvotani 49% 615 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS) ISSN: 2181-2861 bekor qilish) (2005-yil 1-yanvar) Manba: Jahon savdo tashkiloti rasmiy veb sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi To‘qimachilik sanoati 1974-yildan Urugvay roundining so‘ngiga qadar to‘qimachilik mahsulotlari savdoni ikkitomonlama kelishuvlar va Ko‘p tolali kelishuvi orqali tartibga solingan. Ko‘p tolali kelishuvida to‘qimachilik mahsulotlari xalqaro savdosi asosan kvota orqali tartibga solingan. Bu esa asosiy instrumenti tarif orqali tartibga solish bo‘lgan GATT prinsiplariga qarshidir. Shuningdek, ushbu kelishuvda import qiluvchi davlatlar alohida holda export qiluvchi davlatlardan qancha miqdorda import qilishi belgilab qo‘yilganligi sababli, GATTning barcha savdo sheriklarga bir xil munosabatda bo‘lish prinsipiga ham zid hisoblangan. 1995-yildan boshlab Ko‘p tolali kelishuvi o‘rniga JSTning To‘qimachilik va kiyim-kechak to‘g‘risidagi kelishuvi kuchga kirgan. 2005-yilning 1-yanvariga qadar to‘qimachilik sanoati to‘liq GATT qoidalariga moslashtirilgan. Xususan, kvotalar orqali tartibga solish to‘xtatilgan va to‘qimachilik mahsulotlari importi bilan shug‘ullanadigan davlatlar eksport qiluvchi davlatlarni kamsitish holatlari tugatiladi. Hozirga kelib JSTning To‘qimachilik va kiyim-kechak to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud emas. Ushbu kelishuv vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zini yo‘q qilishga qaratilgan JSTning yagona kelishuvi hisoblanadi. Hozirda to‘qimachilik sanoatining tashqi savdosi to‘liqligicha GATT qoida va normalari asosida olib boriladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki GATT-Urugvay raundi doirasida to‘qimachilik sanoati jahon savdosida 1994-yilgacha kuzatilgan muammolarni hal etish maqsadida “To‘qimachilik va kiyim-kechak kelishuvi” ishlab chiqilgan. To‘qimachilik va kiyim-kechak kelishuvining asosiy maqsadi import qiluvchi mamlakatlarga o‘z ichki tarmoqlarini yangi qoidalarga moslashtirish uchun tasodifiy va katta miqdordagi zararlardan qochish maqsadida o‘tish davri berish orqali bosqichma-bosqich to‘qimachilik sanoti jahon savdo qoidalarini Jahon savdo tashkilotining qoidalari va normalariga to‘liq muvofiqlashtirish hisoblangan. Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari savdosi JSTning To‘qimachilik va kiyim-kechak kelishuvi kuchga kirgan sana, ya’ni 1995-yil 1-yanvardan boshlangan 10 yillik o‘tish dasturi asosida tub o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Kelishuv huquqiy jihatdan kuchga kirishidan avval sohaning katta qismi kvotalar orqali tartibga solingan. Kelishuvga ko‘ra, JSTga a’zo davlatlar tashqi savdo siyosatida 2005-yilning 1-yanvarigacha to‘qimachilik mahsulotlariga o‘rnatgan kvotalardan voz kechishi va sanoatni GATT qoidalariga to‘liq integratsiya qilishlari kerak bo‘lgan. To‘qimachilik sanoati 1994-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportining 9,1 foizni tashkil etgan. To‘qimachilik va kiyim-kechak kelishuvini qabul qilish daoirasida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 1994-yildagi GATT kotibiyati hisob-kitobiga ko‘ra to‘qimachilik mahsulotlariga o‘rnatilgan kvotalardan voz kechish va tariflarini kamayishi hisobiga 2005-yilga kelib to‘qimachilik mahsulotlari (kiyikkechak bundan mustasno) savdosi 18 foizga oshishi bashorat qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N. Sirojiddinov, G. Sultanova, L. Mingishov, E. Abdullayev; Влиянии вступления Узбекистана в ВТО на электротехническую отрасль, Аналитический доклад.-Toshkent, BMTning rivojlanish dasturi, 2020-b. 62-65. 2. Юсупов С.Ш. Роль маркетинга в повышении конкурентоспособности продукции текстильной и легкой промышленности Узбекистана. // Материалы международной научно-практической конференции. - Москва, ГОУ ВПО “РЭА им. Г.В.Плеханова”, 2009. -С. 235, 236. 3. Jahon savdo tashkilotining rasmiy veb sayti - https://www.wto.org; 4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasining rasmiy statistika bazasi - https://unctadstat.unctad.org/EN/;-b. 25,56. 5. Савицкая Г.В. “Анализ хозяйственной деятельности предприятий” –М.: ИНФРА-М, 2001. -С. 298, 309.