scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMPLEKS BIRIKMALARNING ELEKTRON TUZILISHI VA KOORDINATSION SONI

Nomozova, Muxlisa

Abstract

Ushbu ilmiy ishda kompleks birikmalarning elektron tuzilishi va koordinatsion soni tahlil qilingan. Elektron tuzilish komplekslarning barqarorligi, reaktivligi hamda fizik kimyoviy xossalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan yoritilgan. Koordinatsion sonning markaziy son atrofida joylashgan liganlar sonini belgilashdagi o‘rni, shuningdek komplekslarning geometrik tuzilishiga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari noorganik kimyo va materialshunoslik sohalarida amaliy ahamiyat kasb etadi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 84 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com KOMPLEKS BIRIKMALARNING ELEKTRON TUZILISHI VA KOORDINATSION SONI Nomozova Muxlisa Samarqand davlat universititeti biokimyo instituti [email protected] Annotatsiya:Ushbu ilmiy ishda kompleks birikmalarning elektron tuzilishi va koordinatsion soni tahlil qilingan. Elektron tuzilish komplekslarning barqarorligi, reaktivligi hamda fizik kimyoviy xossalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan yoritilgan. Koordinatsion sonning markaziy son atrofida joylashgan liganlar sonini belgilashdagi o‘rni, shuningdek komplekslarning geometrik tuzilishiga ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari noorganik kimyo va materialshunoslik sohalarida amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Kompleks birikma, elektron tuzilish, koordinatsion son, ligand, markaziy ion, geometrik tuzilma. Kirish: Kompleks birikmalar kimyoning noorganik sohasida muhim o‘rin tutadi. Ularning elektron tuzilishi va koordinatsion soni moddalar xossalarini, reaksiyaga kirishish qobilyatini hamda barqarorligini belgilovchi asosiy omillardandir. Koordinatsion son markaziy atomga nechta ligand bog‘lana olinishini ko‘rsatadi, bu esa kompleksning geometrik va kimyoviy tuzilishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Kompleks hosil qiluvchi sifatida ko‘proq o‘tish metallarning (dva felementlar)kationlari ishtirok etadi. Tahliliy qism: Kompleks birikmalarda metall ion yoki atomi akseptor, ligand tarkibidagi taqsimlanmagan elektron juftiga ega atom donor atomlarining soniga ko‘ra ligandlar monodentat (1 ta donor atom), bidentat (2 ta donor atom) va polidentat (>2ta donor atomlari) ligandlarga bo’linadi. Luis kislotalarida (markaziy atom) bo‘sh orbitalar mavjud bo‘ladi. Luis asoslarida (ligandlarda) taqsimlanmagan elektron juftlari bo‘ladi. Ligandlarning markaziy atomga bog‘lanishi kompleks birikma xossalariga kuchli ta’sir qiladi.Koordinatsion son markaziy ion bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan atomlar soni bo’lib,kompleksing geometrik shaklini aniqlaydi. Koordinatsion son Molekula shakli Gibridlanish Misol 2 Chiziqli sp [Ag(NH3)2]+ 4 Tekis kvadrat sp2d [PtCl2(NH3)2] 6 Oktaedrik sp3d2 [Co(H2O)6]3+ Koordinatsion son kompleksning barqarorligi, rang berish xususiyati, magnit xossalari va kimyoviy faolligiga bevosita ta’sir qiladi. Shuning uchun komplekslarning elektron tuzilishini bilish ularni sintetik kimyo, bioorganik kimyo va kataliz sohalarida samarali qo‘llash imkonini beradi. Mening fikrimcha: Mening fikrimcha kompleks birikmalarning elektron tuzilishini chuqur o‘rganish ularning kimyoviy faoliyatini yanada yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Bu borada koordinatsion son tushunchasi asosiy o‘rin tutadi, chunki u kompleksning fazoviy shaklini, barqarorligini va ligandlararo ta’sirini belgilaydi. Shuningdek, bunday bilimlar yangi komplekslar sintezini rejalashtirish, ulardan katalizator yoki biologik faol modda sifatida foydalanish imkonini beradi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 85 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Zamonaviy ilm-fan sohalarida ayniqsa nano va bioorganik kimyoda bu bilimlarning ahamiyati yanada kattadir. Xulosa:Xulosa qilib aytganda, kompleks birikmalarning elektron tuzilishi va koordinatsion soni ularning kimyoviy tabiatini, barqarorligini hamda qo‘llanish sohasini belgilovchi eng muhim omillardandir. Bu tushunchalarni chuqur o‘rganish orqali kimyoviy jarayonlarni boshqarish va yangi samarali birikmalar yaratish mumkin. Kompleks birikmalar haqidagi ilmiy izlanishlar kimyo fanining rivojida katta o‘rin tutadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. A.N.Turavo, A.F.Turev. “Kompleks birikmalar kimyosi”,Moskva, 2012. 2. K.A.Kudryavtsev, “Noorganik kimyo asoslari”, Moskva, 2015 3. A.Sh.Karimov. “Koordinatsion birikmalar nazariyasi”, Toshkent 2020. 4. Housecroft.C.E, Sharpe.A.G “Iorganic chemistry”, Pearson Education. 2018.