scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOʻKRAK BEZI SARATONI KELIB CHIQISH SABABLARI, ETIOLOGIYA VA DIAGNOSTIKASI

Xabibullayev Ne'matillo; Ergashev Bekzod Jaloliddin o'g'li; Nazarova Diyoraxon Sherzod qizi

Abstract

Koʻkrak bezi saratoni dunyo boʻylab ayollar orasida eng keng tarqalgan xavfli oʻsmalardan biri hisoblanadi. Har yili millionlab ayollar bu kasallik bilan aziyat chekadi. Koʻkrak bezi saratoni nafaqat jismoniy, balki psixologik va ijtimoiy ta'sirlarni ham oʻz ichiga oladi. Biroq, zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi va davolash usullarining takomillashishi koʻkrak saratoniga qarshi kurashda umid baxsh etadi. Ushbu maqolada koʻkrak bezi saratoni sabablari, belgilari, tashxislash usullari va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot beramiz. Bugungi kunda ko‘krak bezi saratonini rivojlanishi jadallashmoqda. Bunda etiologik omilning ta’siri va uning ko’lami ortishidir. 2022 yilda taxminan 2,3 million ayolda ko‘krak bezi saratoni mavjudligi holatlari aniqlangan. Shu yil davomida bu kasallik tufayli taxminan 670,000 ayol vafot etgan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni 157 davlatda ayollarda eng koʻp uchraydigan saraton turi hisoblangan. 2040 yilda yangi kasallanish holatlari 3 milliondan ortiq bo‘lishi, o‘lim holatlari esa 1 milliondan oshishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha 4,164 yangi holatlar aniqlangan. Shuningdek, ushbu yil ichida servikal saraton (bachadon bo‘yni saratoni) bilan birga, bular ayollarda o‘limga olib keluvchi asosiy sabablar sirasiga kiradi.

Full text

160 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 UDK: 616-006.6 KOʻKRAK BEZI SARATONI KELIB CHIQISH SABABLARI, ETIOLOGIYA VA DIAGNOSTIKASI Xabibullayev Ne‘matillo1 Ergashev Bekzod Jaloliddin o‘g‘li2 Nazarova Diyoraxon Sherzod qizi3 [email protected]1,2,3 Email: ematilloxabibullayev[email protected] Email: [email protected]2 Orcid: https://orcid.org/0009-0000-0382-08112 Email: [email protected]3 Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabalari, Oʻzbekiston Fargʻona shahri, Burhoniddin Margʻinoniy ko‘chasi, 64-uy, +998 95 485 00 70. https://doi.org/10.5281/zenodo.17553729 Annotatsiya. Koʻkrak bezi saratoni dunyo boʻylab ayollar orasida eng keng tarqalgan xavfli oʻsmalardan biri hisoblanadi. Har yili millionlab ayollar bu kasallik bilan aziyat chekadi. Koʻkrak bezi saratoni nafaqat jismoniy, balki psixologik va ijtimoiy taʼsirlarni ham oʻz ichiga oladi. Biroq, zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi va davolash usullarining takomillashishi koʻkrak saratoniga qarshi kurashda umid baxsh etadi. Ushbu maqolada koʻkrak bezi saratoni sabablari, belgilari, tashxislash usullari va davolash usullari haqida batafsil maʼlumot beramiz. Bugungi kunda ko‘krak bezi saratonini rivojlanishi jadallashmoqda. Bunda etiologik omilning ta’siri va uning ko’lami ortishidir. 2022 yilda taxminan 2,3 million ayolda ko‘krak bezi saratoni mavjudligi holatlari aniqlangan. Shu yil davomida bu kasallik tufayli taxminan 670,000 ayol vafot etgan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni 157 davlatda ayollarda eng koʻp uchraydigan saraton turi hisoblangan. 2040 yilda yangi kasallanish holatlari 3 milliondan ortiq bo‘lishi, o‘lim holatlari esa 1 milliondan oshishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha 4,164 yangi holatlar aniqlangan. Shuningdek, ushbu yil ichida servikal saraton (bachadon bo‘yni saratoni) bilan birga, bular ayollarda o‘limga olib keluvchi asosiy sabablar sirasiga kiradi. Kalit so‘zlar: ko‘krak bezi saratoni, saraton. CAUSES, ETIOLOGY AND DIAGNOSIS OF BREAST CANCER Annotation. Breast cancer is one of the most common malignant tumors among women worldwide. Millions of women suffer from this disease every year. Breast cancer involves not only physical, but also psychological and social consequences. However, the development of modern medicine and the improvement of treatment methods give hope in the fight against breast cancer. In this article, we will provide detailed information about the causes, symptoms, diagnostic methods and treatment methods of breast cancer. Today, the development of breast cancer is accelerating. This is due to the influence of the etiological factor and its increasing scope. In 2022, approximately 2.3 million women were diagnosed with breast cancer. During this year, approximately 670,000 women died from this disease. According to the World Health Organization (WHO), breast cancer is the most common cancer in women in 157 countries. In 2040, new cases are expected to exceed 3 million, and deaths are expected to exceed 1 million. In 2022, 4,164 new cases of breast cancer were identified in Uzbekistan. Also, along with cervical cancer, they are among the leading causes of death in women this year. Keywords: breast cancer, cancer 161 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 ПРИЧИНЫ, ЭТИОЛОГИЯ И ДИАГНОСТИКА РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ Аннотация. Рак молочной железы — одно из самых распространенных злокачественных новообразований среди женщин во всем мире. Ежегодно миллионы женщин страдают от этого заболевания. Рак молочной железы имеет не только физические, но и психологические и социальные последствия. Однако развитие современной медицины и совершенствование методов лечения вселяют надежду в борьбу с раком молочной железы. В этой статье мы предоставим подробную информацию о причинах, симптомах, методах диагностики и лечения рака молочной железы. Сегодня развитие рака молочной железы ускоряется. Это связано с влиянием этиологического фактора и его растущими масштабами. В 2022 году рак молочной железы был диагностирован примерно у 2,3 миллиона женщин. В течение этого года от этого заболевания умерло около 670 000 женщин. По данным Всемирной организации здравоохранения (ВОЗ), рак молочной железы является наиболее распространенным видом рака у женщин в 157 странах. Ожидается, что к 2040 году число новых случаев превысит 3 миллиона, а число смертей — 1 миллион. В 2022 году в Узбекистане было выявлено 4164 новых случая рака молочной железы. Наряду с раком шейки матки, рак молочной железы является одной из основных причин смерти женщин в этом году. Ключевые слова: рак молочной железы, рак. Kirish: Koʻkrak bezi saratoni oʻpka saratonidan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan saraton turi boʻlib, ayollar orasida birinchi oʻrinda turadi. JSST ma’lumotlariga koʻra, har yili 1,5 million ayolga koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyiladi[1]. Ushbu kasallik 13 yoshdan 90 yoshgacha boʻlgan ayollarning taxminan 10 foizida uchraydi. Erkaklar ushbu kasallikka kamroq chalinadilar (1%)[2]. Kasallikdan oʻlim holatlari taxminan 50% ni tashkil qiladi. Koʻkrak bezi saratonida yashovchanlik 55 % ni tashkil etadi. Adekvat davo choralari koʻrilmasa, bu koʻrsatkich 10 %ni tashkil qiladi. Yashovchanlik darajasiga koʻplab faktorlar ta’sir qiladi. Agar oʻsma darajalariga qarab yashovchanlik aniqlansa, oʻsmaning boshlangʻich darajalarida 95 %ni tashkil qiladi[1]. Ikkinchi bosqichda, oʻsmaning 5 sm gacha paydo boʻlishida, oʻsma hujayralarining bir ikki tugunlariga metastazlarida yashovchanlik 55-80 %ni tashkil qiladi. Aksariyat hollarda kasallik kech aniqlanadi, chunki uning belgilariga yetarlicha ahamiyat berilmaydi, aynan bilan ham u xavfli hisoblanadi[3]. Asosiy qism: Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish (aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha boʻlib, rivojlanayotgan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past qiymatnitashkil etadi. Koʻkrak bezi saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning 25% ni tashkil qiladi, 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga sabab boʻlgan. Koʻkrak saratoni paydo boʻlishiga olib keluvchi aniq sabablar hali toʻliq oʻrganilmagan, lekin bir qator xavf omillari kasallik rivojlanishi xavfini oshiradi[4]. Ulardan baʼzilari bilan tanishib chiqamiz: 1. Genetik omillar: Koʻkrak saratonining kelib chiqishida genetik omillar muhim rol oʻynaydi. Ayrim ayollarda BRCA1 va BRCA2 genlarida boʻlgan mutatsiyalar kasallikka moyillikni oshiradi. Ushbu genlar hujayralarni oʻsma jarayonlaridan himoya qilishga xizmat qiladi, lekin ular buzilganda koʻkrak va tuxumdon saratoni xavfi sezilarli darajada oshadi. Agar oila aʼzolari orasida koʻkrak saratoni boʻlsa, kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻladi[5]. 162 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2. Gormonal omillar: Estrogen va progesteron gormonlari koʻkrak hujayralarining oʻsishi va boʻlinishida muhim rol oʻynaydi. Gormonal disbalanslar yoki uzoq muddatli gormonal davolanish koʻkrak saratoni xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, reproduktiv omillar ham gormonal taʼsir orqali kasallik rivojlanishiga hissa qoʻshadi: Hayz koʻrishning erta boshlanishi (12 yoshdan oldin) va kech tugashi (55 yoshdan keyin) koʻkrak saratoni xavfini oshiradi[5]. Homiladorlikning kechikishi yoki umuman homilador boʻlmaslik ham kasallikka moyillikni oshiradi, chunki homiladorlik vaqtida estrogen darajasi vaqtincha pasayadi. 3. Yosh omili: Yosh oʻtishi bilan koʻkrak saratoni xavfi ortib boradi. 50 yoshdan katta ayollarda ushbu xavf sezilarli darajada yuqori boʻlib, menopauza davridan keyin kasallikka chalinish ehtimoli oshadi. Buning sababi koʻpincha hujayralarning qarishi va turli genetik oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir[7]. 4. Hayot tarzi bilan bogʻliq omillar ham koʻkrak saratoni xavfini oshirishi mumkin: Semizlik: Semizlik, ayniqsa menopauzadan keyingi ayollarda, koʻkrak saratoni xavfini oshiradi. Yogʻ toʻqimalari estrogenga aylangan gormonlarni ishlab chiqaradi va bu gormonning yuqori darajasi koʻkrak saratonini rivojlantirishi mumkin [8]. Alkogol isteʼmoli: Har qanday miqdorda alkogol isteʼmol qilish koʻkrak saratoni xavfini oshirishi isbotlangan. Alkogol gormonlar muvozanatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi va mutatsiyalar xavfini oshirishi mumkin [7]. Jismoniy harakatsizlik: Kam harakat qilish, ortiqcha vazn ortishi va qondagi estrogen darajasining oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa koʻkrak saratoni xavfini kuchaytiradi. 5. Radiatsiya taʼsiri: Yuqori dozalarda radiatsiyaga duch kelish, ayniqsa bolalik davrida yoki yoshlikda koʻkrak qafasi nurlanishi, koʻkrak saratoni xavfini oshiradi. Radiatsiya hujayralarning DNKsiga zarar yetkazadi va oʻsma rivojlanishiga olib kelishi mumkin [8]. 6. Oziq-ovqat va kimyoviy moddalarga bogʻliq omillar: Ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridagi zararli moddalar va kimyoviy birikmalar ham koʻkrak saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, sogʻlom boʻlmagan ovqatlanish odatlari (yuqori yogʻli ovqatlar, qizdirilgan va qovurilgan mahsulotlar) tanadagi yogʻ miqdorini oshirib, estrogen darajasini koʻtaradi. Shuningdek, ayrim kimyoviy moddalar (masalan, pestitsidlar va endokrin tizimga taʼsir qiluvchi moddalar) hujayra oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin [4]. 7. Stress va psixologik omillar: Ba’zi tadqiqotlar psixologik stress va uzoq muddatli ruhiy holatning koʻkrak saratoni rivojlanishiga taʼsiri borligini taʼkidlaydi. Stress gormonlari immun tizimga taʼsir qilib, organizmning saraton hujayralarini tanib, yoʻq qilish qobiliyatini pasaytirishi mumkin[10]. Koʻkrak bezi saratoni koʻpincha boʻlak hujayralar (sut ishlab chiqaradigan bezlar) yoki kanallarida (boʻlaklarda hosil boʻlgan sut koʻkrak uchiga keladigan yoʻllar) da boshlanadi. Kasallika chalinganlarning 80% dan yuqorisi barmoq uchlari bilan bunday boʻlakni aniqlay oladi. Biroq, koʻkrak saratoni eng erta aniqlash mamogramma orqali amalga oshiriladi [9]. Shuningdek, qoʻltiq ostidagi limfa tugunlarida paydo boʻlgan boʻlaklar ham koʻkrak bezi saratonining belgisi boʻlishi mumkin. Koʻkrak bezi saratonining belgilari boshqa koʻkrak toʻqimalaridan farqli ravishda qalinlashishi, bir koʻkrakning kattalashishi yoki pastroq boʻlishi, koʻkrak shaklini oʻzgarishi, koʻkrak uchining ichkariga tortilishi, terining burishishi, koʻkrak ustida yoki atrofida toshmalar boʻlishi, koʻkrak yoki qoʻltiqning bir qismida doimiy ogʻriq va shish kuzatilishi mumkin. Bunday ogʻriqlar ("mastodiniya") koʻkrak bezi saratoni mavjudligini yoki yoʻqligini aniqlashda ishonchsiz vositadir, ammo koʻkrak sogʻligʻi bilan bogʻliq boshqa muammolarni koʻrsatishi mumkin[11]. 163 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 1. Rasm: Sut bezlarining anatomiyasi va saratondagi holatlari Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni kamdan-kam uchraydigan (faqat koʻkrak bezi saratoni tashxisining 5% dan kamrogʻida kuzatiladi), ammo koʻkrakning yuqori qismida shishgan, qizarib ketgan joylar bilan tavsiflangan koʻkrak bezi saratonining xavfli turidir. Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni saraton hujayralari tomonidan limfa tomirlarining tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Koʻkrak bezi saratonining bu turi koʻproq yosh ayollarda yoki semiz ayollarda uchraydi[12]. Yalligʻlanishli koʻkrak saratoni shish shaklida boʻlmagani uchun baʻzida tashxis qoʻyishda kechikish boʻlishi mumkin. Xatarli oʻsmalar metastatik oʻsmalarga olib kelishi mumkin - ikkilamchi oʻsmalar (birlamchi oʻsimtadan kelib chiqadi), ular kelib chiqish joyidan tashqariga tarqaladi. Koʻkrak bezi saratonining metastatik belgilari metastazning joylashishiga bogʻliq boʻlib, umumiy joylari suyak, jigar, oʻpka va miyani oʻz ichiga oladi. Saraton bunday holatga yetganida, u saratonning 4-bosqichi sifatida tasniflanadi, bu bosqich saratoni koʻpincha oʻlimga olib keladi[13]. Saraton 4-bosqichining umumiy alomatlariga sababsiz vazn yoʻqotish, suyak va boʻgʻimlardagi ogʻriqlar, sariqlik va nevrologik alomatlar kiradi. Ushbu belgilar oʻziga xos boʻlmagan belgilar deb ataladi, chunki ular saratondan boshqa koʻplab kasalliklarda ham namoyon boʻlishi mumkin[14]. Koʻkrak bezi saratoni skriningi, erta tashxis qoʻyish maqsadida sogʻlom ayollarni tekshirish uchun yaratilgan. Skrining tekshiruvi testining koʻkrakni klinik tekshirish, mammografiya, genetik skrining, ultratovush va magnit-rezonans tomografiya kabi bir qator turlari mavjud. 164 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 2 Rasm: Sut bezlari saratonining rengenologik holatlari Koʻkrakni klinik yoki oʻz-oʻzidan tekshirish koʻkrakda boʻlaklar yoki boshqa anormalliklarni his qilishni oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni klinik tekshiruvlar tibbiy yordam koʻrsatuvchi provayderlar tomonidan amalga oshiriladi, oʻz-oʻzidan koʻkrak tekshiruvi esa odamning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi. Koʻkrak saratonini davolash bemorning kasallik bosqichi, oʻsmaning hajmi va turi, shuningdek bemorning umumiy sogʻliq holatiga qarab belgilanadi. Davolash usullari quyidagilardan iborat: 1. Jarrohlik: Saratonli oʻsmani olib tashlash uchun qoʻllaniladi. Bu operatsiya koʻkrakning bir qismini (lumpektomiya) yoki butun koʻkrakni (mastektomiya) olib tashlashni oʻz ichiga olishi mumkin[15]. 2. Radioterapiya: Koʻkrakda qolgan saraton hujayralarini yoʻq qilish uchun nurlanish yordamida qoʻllaniladigan usul. 3. Kimyoterapiya: Saraton hujayralarini yoʻq qilish yoki ularning oʻsishini toʻxtatish uchun dorilar qoʻllaniladi. Kimyoterapiya koʻpincha jarrohlik yoki radioterapiyadan oldin yoki keyin qoʻllaniladi[12]. 4. Gormonal terapiya: Agar oʻsma gormonlarga sezgir boʻlsa, bu terapiya orqali gormonlar taʼsirini bloklash yoki kamaytirish orqali oʻsimta oʻsishini oldini olish mumkin. 5. Maqsadli terapiya: Ushbu usulda saraton hujayralarining oʻziga xos molekulyar xususiyatlariga taʼsir koʻrsatadigan dori-darmonlar qoʻllaniladi, masalan, HER2 musbat oʻsmalarni davolashda maxsus preparatlar ishlatiladi. Xulosa: Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan va dunyo miqyosida jiddiy sog‘liq muammosini keltirib chiqaruvchi onkologik kasalliklardan biridir. So‘nggi yillarda uning kasallanish ko‘rsatkichlari ortib bormoqda, O‘zbekistonda esa oxirgi 30 yil ichida taxminan olti baravar ko‘paygan. Kasallikning rivojlanishida bir nechta omillar ishtirok etadi. Eng muhim sabablardan biri genetik moyillik bo‘lib, BRCA1 va BRCA2 genlaridagi mutatsiyalar saraton xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, gormonal omillar, ya’ni estrogen va progesteron darajalarining disbalansi ham muhim etiologik omillardan hisoblanadi. Yoshning ortishi, semizlik, jismoniy harakatsizlik, alkogol iste’moli, zararli ovqatlanish, radiatsiya ta’siri ham xavfni kuchaytiruvchi hayot tarzi bilan bog‘liq omillar sifatida 165 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 ta’kidlanadi. Shuningdek, psixologik stress va ekologik omillar ham saraton rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash davolash samaradorligini oshiradi. Klinik tekshiruvlar, mammografiya, ultratovush, MRT va genetik skrining kasallikni dastlabki bosqichda aniqlashda muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini tekshirish ham oddiy, ammo samarali usullardan biridir. Davolashda jarrohlik, radioterapiya, kimyoterapiya, gormonal va maqsadli terapiya qo‘llaniladi. Erta tashxis va zamonaviy davolash usullari rivojlangan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasini 80–90% gacha ko‘taradi. Ko‘krak bezi saratonini xalq tabobati usullari bilan davolash samarasizdir va davolanishni kechiktirishi mumkin. Shu bois kasallikning etiologiyasi va diagnostikasini chuqur o‘rganish, aholi o‘rtasida skrining va profilaktik choralarning keng qo‘llanishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ilmiy asoslangan tibbiy yordamni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Bray, F., Ferlay, J., Soerjomataram, I., Siegel, R. L., Torre, L. A., & Jemal, A. (2018). Global cancer statistics 2018: GLOBOCAN estimates of incidence and mortality worldwide for 36 cancers in 185 countries. CA: A Cancer Journal for Clinicians, 68(6), 394–424. 2. World Health Organization. (2023). Breast cancer fact sheet. WHO. https://www.who.int 3. Ergashev, B. (2025). Tish emal prizmalariga yopishib olgan tish blyashka matrixning mikrobiologiyasi va tarkibi. Modern Science and Research, 4(3), 815–820. 4. McPherson, K., Steel, C. M., & Dixon, J. M. (2000). Breast cancer—epidemiology, risk factors, and genetics. BMJ, 321(7261), 624–628. 5. Yager, J. D., & Davidson, N. E. (2006). Estrogen carcinogenesis in breast cancer. New England Journal of Medicine, 354(3), 270–282. 6. Ergashev, B. (2025). Stomatologiyada tish kariesi: Etiologiyasi, diagnostika va davolash usullari. Modern Science and Research, 4(3), 821–828. 7. Collaborative Group on Hormonal Factors in Breast Cancer. (2012). Menarche, menopause, and breast cancer risk: individual participant meta-analysis. The Lancet Oncology, 13(11), 1141–1151. 8. Ergashev, B. (2025). Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko‘nikmalari. Modern Science and Research, 4(2), 151–156. 9. Chen, W. Y., & Colditz, G. A. (2007). Risk factors and hormone-receptor status: epidemiology, prevention, and therapy. Journal of the National Cancer Institute, 99(14), 1000–1002. 10. Ergashev, B. (2025). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR), 1(1), 627–632. 11. Early Breast Cancer Trialists’ Collaborative Group (EBCTCG). (2005). Effects of chemotherapy and hormonal therapy for early breast cancer on recurrence and 15-year survival. The Lancet, 365(9472), 1687–1717. 12. Ergashev, B., & Raxmonov, Sh. (2025). Transmission dynamics of tuberculosis: An epidemiological and biological perspective. Kazakh Journal of Ecosystem Restoration and Biodiversity, 1(1), 28–35. 13. Ergashev, B. J. O‘g‘li. (2025). Uch shoxli nervning yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi va davolash usullari. Research Focus, 4(3), 162–169. 166 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 14. Ergashev, B. J. (2025). Tish kariesi tarqalishining ijtimoiy va biologik omillari: Tahliliy yondashuv. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 427–430. 15. Raxmanov, Sh., Baxadirov, M., & Ergashev, B. (2025). Skin diseases laboratory diagnosis. Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработок, 1(3), 130–132. 16. Ergashev, B. J. (2025). Tish olish operatsiyasidan keyin yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 421–426. 17. Ergashev, B. J. (2025). Tish og‘rig‘ining etiologiyasi, klinik belgilari va zamonaviy davolash usullari. Ta’lim Taraqqiyoti, 1(1), 57–63. 18. Ergashev, B. J. (2025). To‘liq va qisman adentiya etiologiyasi va patogenezidagi muhim faktorlar. Is’hoqxon Ibrat Followers Journal, 1(1), 9–17. 19. Ergashev, B. J. (2025). Yuz nervining yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi, davolash usullari. Research Focus, 4(3), 155–161. 20. Ergashev, B. J. (2025). Energetik ichimliklarning tish emal qavatiga ta’siri va oldini olish usullari (adabiyotlar sharhi). Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 416– 420. 21. Ergashev, B. J. Oglu. (2025). Kennedy classification: Its significance. Tabib, 1(1), 1–7. 22. Ergashev, B. (2023). Tish toshlari. Models and Methods for Increasing the Efficiency of Innovative Research, 1(2), 67–75. 23. Ergashev, B. (2025). Etiology and pathogenesis of acute periodontitis. Modern Science and Research, 4(5), 596–601. 24. Ergashev, B. (2025). The impact of energy drink consumption on the development and mineralization of teeth in adolescents. Академические исследования в современной науке, 4(31), 52–55. 25. Ergashev, B. (2025). Optimizing non-removable orthodontic treatment through individualized therapeutic programs for irreversible malocclusions. Естественные науки в современном мире, 4(7), 60–62.