scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KORXONALARDA ISHLАB CHIQАRISH XАRАJАTLАRI АUDITINING O'ZIGА XOS XUSUSIYАTLАRI VА АXBOROT MАNBАLАRI

Eshqorayev, Javohir

Abstract

Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish jarayonining asosiy jihatlari tahlil qilingan. Ishlab chiqarish xarajatlarini shakllanishi, ularning mahsulot tannarxiga kiritilishi, sarflarning iqtisodiy asoslanganligi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda auditorlik nazoratining tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, audit jarayonida aniqlanishi mumkin bo‘lgan buxgalteriya hisobidagi xatoliklar, xarajatlarni noto‘g‘ri tasniflash, tannarxni sun’iy ravishda oshirish yoki kamaytirish holatlari va ularning moliyaviy natijalarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Auditorlik tekshiruvida foydalaniladigan axborot manbalari, audit protseduralari, tekshiruv bosqichlari hamda amaliy misollar asosida auditorning tavsiyalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi sifatini oshirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 14 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us KORXONALARDA ISHLАB CHIQАRISH XАRАJАTLАRI АUDITINING O‘ZIGА XOS XUSUSIYАTLАRI VА АXBOROT MАNBАLАRI Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi eshqorayevjavohi[email protected]m ANNOTATSIYA Mazkur maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish jarayonining asosiy jihatlari tahlil qilingan. Ishlab chiqarish xarajatlarini shakllanishi, ularning mahsulot tannarxiga kiritilishi, sarflarning iqtisodiy asoslanganligi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda auditorlik nazoratining tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, audit jarayonida aniqlanishi mumkin bo‘lgan buxgalteriya hisobidagi xatoliklar, xarajatlarni noto‘g‘ri tasniflash, tannarxni sun’iy ravishda oshirish yoki kamaytirish holatlari va ularning moliyaviy natijalarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Auditorlik tekshiruvida foydalaniladigan axborot manbalari, audit protseduralari, tekshiruv bosqichlari hamda amaliy misollar asosida auditorning tavsiyalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi sifatini oshirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega. KALIT SO‘ZLAR Auditorlik tekshiruvi, ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxi, buxgalteriya hisobi, nazorat, moliyaviy hisobot, hisob siyosati, audit protseduralari, resurslardan foydalanish samaradorligi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda, avvalo, xarajatlarning shakllanish tarkibi, mahsulot INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 15 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us tannarxiga ularning to‘g‘ri kiritilganligi, umum ishlab chiqarish xarajatlarining xarajat obyektlari o‘rtasida iqtisodiy asoslangan holda taqsimlanishi hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ichki nazorat choralari baholanadi. Shu bilan bir qatorda, buxgalteriya hisob-kitoblarining to‘g‘ri yuritilishi va moliyaviy hisobotlarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos rasmiylashtirilishi, ya’ni korxona faoliyatining qonuniyligi ham auditor tomonidan tahlil qilib boriladi. Korxonada noqonuniy faoliyat mavjudligini bildiruvchi belgilar sifatida quyidagilar namoyon bo‘lishi mumkin: hisob registrlarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri yuritilishi, hujjatlarning qalbakilashtirilishi, ruxsat etilmagan xo‘jalik operatsiyalarining mavjudligi, xarajatlarni hisobga olishda korxona hisob siyosatida ko‘rsatilgan usullarga amal qilinmasligi, tannarxga ortiqcha yoki asossiz sarf-xarajatlarning qo‘shib yuborilishi, hisob ma’lumotlari bilan amaldagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nomuvofiqliklar, jarima va penya to‘lovlarining noto‘g‘ri aks ettirilishi, hamda xarajatlarning noto‘g‘ri davrlarga nisbat berilishi va boshqalar. Moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning buzib ko‘rsatilishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, auditor qo‘shimcha audit protseduralarini amalga oshiradi, testlar o‘tkazadi va aniqlangan buzilishlarning yakuniy moliyaviy natijalarga ta’sir darajasini baholaydi. Shuningdek, korxona rahbariyatiga aniqlangan xatoliklar va ularning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar beradi. Xarajatlar tarkibini chuqur o‘rganishda auditor O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi 54-sonli “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida xarajat elementlari bo‘yicha tahlil olib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini auditdan o‘tkazishdan maqsad — hisobga olish va soliqqa tortish tartibining amaldagi me’yoriy hujjat talablariga muvofiqligini aniqlashdir. Auditor tomonidаn tekshiruv jаrаyonidа quyidаgi mаsаlаlаr hаl etilаdi: INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 16 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us 1-rаsm. Auditor tomonidаn tekshiruv jаrаyonidа hаl etilаdigаn mаsаlаlаr. Ishlab chiqarish xarajatlari auditida asosiy ma’lumot manbalari sifatida: boshlang‘ich hujjatlar, texnik-iqtisodiy me’yorlar, ishlab chiqarish hisobotlari, tahliliy hisob jadvallari, tayyor mahsulotni hisobga olish varaqalari, shartnomalar, schetfakturalar, bank va kassa hujjatlari, yuk xatlari va boshqa tegishli moliyaviy hujjatlardan foydalaniladi. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish xarajatlarining auditdan o‘tkazilishi korxonada buxgalteriya hisobining aniqligi, mahsulot tannarxining to‘g‘ri shakllanishi, moliyaviy natijaning ishonchli aks ettirilishi va soliq majburiyatlarining to‘g‘ri bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois auditorning asosiy vazifasi — xarajatlarni hujjat asosida to‘liq, aniq va qonuniy hisobga olinganligini baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berishdan iboratdir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI ishlаb chiqаrish xаrаjаtlаri tаsnifini nizom tаlаblаrigа mosligini аniqlаsh; tаyyor mаhsulotni bаholаsh bo’yichа usul аsosli tаnlаb olingаnligi vа to’g’ri qo’llаnilаyotgаnini tаsdiqlаsh; egri xаrаjаtlаrni tаqsimlаnish usullаrni mаqsаdgа muvofiqligini tаsdiqlаsh; tаyyor mаhsulot to’liq kirim qilinаyotgаnligini аniqlаsh; jo’nаtilgаn vа sotilgаn mаhsulotlаr hаjmlаrini tаsdiqlаsh; jo’nаtilgаn vа sotilgаn mаhsulotlаr tannarxini tаsdiqlаsh; INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY Volume 02, Issue 05 2025 17 INTERNATIONAL CONFERENCE ON ADVANCE SCIENCE AND TECHNOLOGY universalconference.us 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi ilova «O’zbekiston Respublikasida Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida” gi PQ-3946 –son qarori. 2. Sh.M.Mirzieyov «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak» Xalq so’zi .2017 yil 16 yanvar № 11(6705). 3.“Audit” (darslik). Tulaxodjaeva M.M., Ilhomov Sh.I. va bosh. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti. Iqtisodiyot, 2010. – 456 b.