scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG'URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

Eshqorayev, Javohir

Abstract

So‘nggi yillarda pandemiya, inflyatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik kabi global muammolar sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Shu sharoitda inklyuziv sug‘urta konsepsiyasi moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi himoya vositasi sifatida alohida e’tibor qozonmoqda. Ushbu maqolada inklyuziv sug‘urtaning mohiyati, rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotidagi o‘rni va O‘zbekiston iqtisodiy tizimida uni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida inklyuziv sug‘urtaning ijtimoiy ahamiyati, past daromadli aholi qatlamlarini moliyaviy tizimga jalb etishdagi roli hamda u orqali kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan. Geneva Assotsiatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar – mahsulotlarning mavjudligi, kirishuvchanligi, arzonligi va xabardorlik darajasi – tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, moslashuvchan to‘lov tizimlarini yaratish, davlat tomonidan soliq imtiyozlari va subsidiyalarni kengaytirish, hamda mahalliy hamkorlikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar inklyuziv sug‘urtaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida belgilangan. Natijada, maqolada O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urta tizimini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda global iqtisodiy tizimga integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar keltirilgan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 32 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi [email protected] ANNOTATSIYA So‘nggi yillarda pandemiya, inflyatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik kabi global muammolar sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirdi. Shu sharoitda inklyuziv sug‘urta konsepsiyasi moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi himoya vositasi sifatida alohida e’tibor qozonmoqda. Ushbu maqolada inklyuziv sug‘urtaning mohiyati, rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotidagi o‘rni va O‘zbekiston iqtisodiy tizimida uni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida inklyuziv sug‘urtaning ijtimoiy ahamiyati, past daromadli aholi qatlamlarini moliyaviy tizimga jalb etishdagi roli hamda u orqali kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari yoritilgan. Geneva Assotsiatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar – mahsulotlarning mavjudligi, kirishuvchanligi, arzonligi va xabardorlik darajasi – tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, moslashuvchan to‘lov tizimlarini yaratish, davlat tomonidan soliq imtiyozlari va subsidiyalarni kengaytirish, hamda mahalliy hamkorlikni kuchaytirish kabi yo‘nalishlar inklyuziv sug‘urtaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omillar sifatida belgilangan. Natijada, maqolada O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urta tizimini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda global iqtisodiy tizimga integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar keltirilgan. KALIT SO‘ZLAR: inklyuziv sug‘urta, moliyaviy inklyuziya, kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoya, raqamli texnologiyalar, moliyaviy savodxonlik, rivojlanayotgan mamlakatlar, sug‘urta bozori, barqaror rivojlanish, iqtisodiy xavfsizlik. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 33 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us So‘nggi yillarda pandemiya va inflyatsiya kabi global iqtisodiy muammolar sug‘urtaga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada oshirdi. Ushbu sharoitda "inklyuziv sug‘urta" konsepsiyasi moliyaviy xavf-xatarlarga qarshi himoya vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Inklyuziv sug‘urta ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlar uchun sug‘urta qamrovidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish orqali moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi va u an’anaviy sug‘urta xizmatlaridan foydalana olmayotgan past daromadli aholi qatlamlari uchun moliyaviy himoya vositasi sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Inklyuziv sug‘urta nafaqat sug‘urta xizmatlarining jismoniy va moliyaviy jihatdan mavjudligini ta’minlash, balki ularni aholi ehtiyojlariga mos tarzda loyihalash va yetkazib berish orqali ijtimoiy adolat va iqtisodiy inklyuziyani kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu orqali kam ta’minlangan guruhlar orasida moliyaviy chidamlilikni oshirish, ularni turli makroiqtisodiy zarbalarga nisbatan bardoshli qilish va uzoq muddatli iqtisodiy farovonlikka erishishga hissa qo‘shish mumkin. Ushbu maqolada inklyuziv sug‘urta rivojlanishining ijtimoiy ahamiyati va O‘zbekistonda unga bo‘lgan ehtiyoj xususida nazariy va amaliy yechimlar yoritilgan. Geneva Assotsiatsiyasi 1 tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, inklyuziv sug‘urta tizimlari rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy inklyuziyani kengaytirish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha muhim vosita sifatida qaralmoqda. Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh kabi yetakchi iqtisodiyotlarda 28,000 dan ortiq xonadon ishtirok etgan global so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, aholining turli ijtimoiy-demografik qatlamlari o‘rtasida sug‘urta qamrovi va himoya bo‘shliqlari hali ham sezilarli darajada mavjud. Garchi respondentlarning 85 foizi hech bo‘lmaganda bir ixtiyoriy sug‘urta mahsulotiga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, past daromadli ishchi kuchi, Z avlodi vakillari hamda boshqa guruhlar orasida an’anaviy sug‘urta xizmatlaridan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda. Bundan tashqari, ayrim mamlakatlar kesimida ham o‘ziga xos ehtiyoj va muammolar mavjud: masalan, Yaponiyada Z avlodi orasida sug‘urtalash darajasi past bo‘lsa, Fransiyada keksalar uchun xususiy sog‘liqni saqlash sug‘urtasiga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligi kuzatilmoqda. 2 Inklyuziv sug‘urtaning global ahamiyati ortib borayotgan bir paytda, ushbu konsepsiyaning O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham alohida 1 Geneva assotsiatsiyasi- (to‘liq nomi: The Geneva Association – The International Association for the Study of Insurance Economics) — bu sug‘urta iqtisodiyoti va risklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro ilmiyassotsiatsiya hisoblanadi. U 1973-yilda Shveysariyada, aniqrog‘i, Jenevada tashkil etilgan. 2 INCLUSIVE INSURANCE IN ADVANCED ECONOMIES: Alleviating strains on society report. 2024 y November. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 34 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Mamlakatda aholi daromadlarining notekis taqsimlanishi, norasmiy mehnat bozorining kengligi, ijtimoiy himoya tizimining hali to‘liq qamrovga ega emasligi va moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi – bularning barchasi inklyuziv sug‘urtaning zaruratini yanada oshirmoqda. Hozirda O‘zbekistonda aholining katta qismi, ayniqsa qishloq joylarda yashovchilar, ayollar, yoshlar, norasmiy ishlovchilar va mehnat muhojirlari sug‘urta xizmatlariga yetarlicha kirish imkoniyatiga ega emas. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, kichik bizneslarni moliyaviy xavflardan himoyalovchi mahsulotlar yoki tabiiy ofatlarga qarshi qamrov — bularning barchasi hali keng ommalashmagan. Shu nuqtai nazardan, inklyuziv sug‘urta O‘zbekiston jamiyatida moliyaviy himoya bo‘shliqlarini to‘ldirish, aholining iqtisodiy barqarorligini oshirish va kambag‘allikning oldini olish uchun muhim vosita sifatida qaralishi lozim. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati tomonidan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya strategiyasida ham moliyaviy xizmatlarning inklyuzivligini oshirish alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Mazkur siyosiy va institutsional muhit inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish uchun qulay asos yaratadi. Buni amalga oshirish uchun esa sug‘urta kompaniyalari va davlat o‘rtasida yaqin hamkorlik, moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir kompaniyalar, hamda raqamli yechimlardan foydalanish orqali sug‘urta mahsulotlarini ommabop va qulay shaklda taqdim etish zarur. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv sug‘urta tizimlari ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston uchun esa bu, ayniqsa, pandemiya va inflyatsion bosim ortidan yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar fonida, dolzarb masala sifatida ko‘rilmoqda. Shu jihatdan, O‘zbekiston inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim qadam tashlashi mumkin. 2020-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda sug‘urta bozori yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan atigi 0,36% ni tashkil etgan, bu esa sug‘urtalanganlik darajasining juda past ekanligini ko‘rsatadi. 2022-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 0,34% dan 0,7% gacha o‘zgarib turgan. 2023-yilda esa sug‘urta bozori hajmi 29% ga o‘sib, 8,06 trillion so‘mga yetgan bo‘lsa-da, hayot sug‘urtasi ulushi 24,47% dan 3,53% ga tushib ketgan. 3 Bu raqamlar aholining katta qismi sug‘urtadan foydalanmayotganini anglatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan 2022-yilda o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urta xizmatlari past darajada bo‘lib, asosiy sabablar qatoriga mahsulotlar dizaynining mijozlar 3 https://stat.uz O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 35 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us ehtiyojlariga mos emasligi, past moliyaviy savodxonlik va tarqatish kanallarining cheklanganligi kiradi. 1-rasm. Inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishidagi to‘siqlar 4 Ushbu to‘siqlar sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi, ayniqsa ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan zaif qatlamlar uchun. 1. Mavjudlik to‘siqlari asosan moslashtirilgan sug‘urta mahsulotlarining yetishmasligi bilan bog‘liq. Bu holat ko‘pincha axborot assimetriyasidan kelib chiqadi, bu esa noxush tanlov (ya’ni, yuqori xavfga ega shaxslarning sug‘urtaga ko‘proq murojaat qilishi) va axloqiy tavakkalchilik (sug‘urtalangan shaxslarning xavfsizlik choralariga kamroq e’tibor berishi) kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Sug‘urtalovchilar ayrim demografik guruhlar bo‘yicha risklarni aniq baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning yetishmasligi yoki muassasaviy cheklovlar, jumladan qat’iy tartibga solish choralari tufayli ushbu guruhlarni bozor tashqarisida qoldirishi mumkin. 2. Kirishuvchanlikdagi muammolar, ayniqsa chekka va uzoq hududlarda, infrastrukturaviy va texnologik cheklovlar bilan kuchaytiriladi. An’anaviy tarqatish mexanizmlarining (masalan, agentlar yoki brokerlar orqali) mavjud emasligi yoki cheklanganligi, ushbu hududlardagi aholini sug‘urta xizmatlaridan foydalana olmaslikka olib keladi. Bundan tashqari, raqamli tafovut – internetga ulanish va raqamli savodxonlikning past darajasi – sug‘urtachilar bilan onlayn muloqotni qiyinlashtiradi. 3. Arzonlik inklyuziv sug‘urtaning asosiy iqtisodiy to‘siqlaridan biri hisoblanadi. Kam daromadli guruhlar uchun sug‘urta xarajatlari ko‘pincha boshqa asosiy ehtiyojlar oldida ikkinchi darajaga tushadi. Yuqori sug‘urta premyalari, ayniqsa zararli tanlov va 4 Adabiyotlar ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi Xabardorlik. Arzonlik Kirishuvchanlik Mavjudlik Inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishida to‘rt asosiy to‘siq sohasi ajratiladi: INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 36 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us tarqatish xarajatlari ta’sirida, ushbu xizmatlarni arzonlashtirish imkoniyatlarini cheklaydi. Bundan tashqari, mulkka egalik qilish bilan bog‘liq noto‘g‘ri tasavvurlar (masalan, tabiiy ofatlarga moyil hududlardagi uylar) sug‘urtaga bo‘lgan talabni yanada pasaytiradi. 4. Xabardorlikning pastligi, moliyaviy savodxonlik darajasining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Aholining ko‘plab qatlamlari sug‘urtaning foydali jihatlarini to‘liq tushunmaydi yoki salbiy hodisalar ehtimolini past baholaydi. Bu esa “aniq yo‘qotish”ni istamaslik bilan bog‘liq xulq-atvoriy omillarni kuchaytiradi va sug‘urtani xarid qilishni murakkablashtiradi. Ushbu to‘siqlarni bartaraf etish uchun sug‘urta kompaniyalari ko‘p yo‘nalishli strategik yondashuvni ishlab chiqishlari zarur. Bunga quyidagilar kiradi: Mijozlar orasida ishonchni shakllantirish va mustahkamlash; Maqsadli guruhlar ehtiyojlariga mos mahsulotlar ishlab chiqish; Raqamli texnologiyalar yordamida xizmatlarga kirishuvchanlikni oshirish; Moliyaviy savodxonlikni keng omma orasida targ‘ib qilish; Davlat sektori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Inklyuziv sug‘urtani yuqoridagi tahlillar yordamida rivojlantirgan mamlakatlar sirasiga Hindiston: 2014-yilda boshlangan Pradhan Mantri Jan Dhan Yojana dasturi orqali 500 milliondan ortiq odam bank hisoblariga ega bo‘lib, sog‘liqni saqlash sug‘urtasi bilan qamrab olindi, Tanzaniya: 2006-yilda aholining atigi 11% moliyaviy xizmatlardan foydalangan bo‘lsa, 2019-yilga kelib bu ko‘rsatkich 60% ga yetdi. Bu o‘sish asosan mobil moliyaviy xizmatlar orqali amalga oshdi, Gana: Inklyuziv sug‘urta laboratoriyalari orqali norasmiy sektor ishchilari uchun sog‘liqni saqlash sug‘urtasi mahsulotlari ishlab chiqilib, ro‘yxatdan o‘tganlar soni 30% ga oshdi. O‘zbekistonda inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar 1. Raqamli texnologiyalarni joriy etish: Mobil ilovalar va USSD xizmatlari orqali sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish. 2. Moliyaviy savodxonlikni oshirish: Aholi orasida sug‘urtaning ahamiyati haqida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish. 3. Moslashuvchan to‘lov tizimlari: Past daromadli qatlamlar uchun mos to‘lov variantlarini yaratish. 4. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash: Sug‘urta kompaniyalariga soliq imtiyozlari va subsidiyalar taqdim etish. 5. Mahalliy hamkorlik: Mahalliy hokimiyatlar, jamoat tashkilotlari va banklar bilan hamkorlikda sug‘urta xizmatlarini kengaytirish. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy tizimida inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga, davlat INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 37 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya mexanizmlarini yanada samarali qiladi. Inklyuziv sug‘urtaning kengayishi, barcha ijtimoiy guruhlarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, xususan, kambag‘allikni kamaytirish, norasmiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolarni himoya qilish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va moslashuvchan to‘lov tizimlarini yaratish inklyuziv sug‘urtaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat tomonidan sug‘urta kompaniyalariga taqdim etiladigan soliq imtiyozlari va subsidiyalar, hamda mahalliy hamkorlikni kuchaytirish inklyuziv sug‘urta bozorining kengayishiga muhim turtki bo‘ladi. Agar O‘zbekiston yuqoridagi yo‘nalishlar asosida amalga oshirsa, 5-7 yil ichida sug‘urtalangan aholi ulushini 0,7% dan 5-10% gacha oshirish mumkin. Bu nafaqat aholining moliyaviy barqarorligini ta'minlaydi, balki sug‘urta bozorining o‘sishiga ham xizmat qiladi. Shu tarzda, inklyuziv sug‘urtaning rivojlanishi, nafaqat moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikni, balki O‘zbekistonning global iqtisodiy tizimiga integratsiyasini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Inclusive Insurance and Risk Financing in Uzbekistan: Snapshot and Way Forward 2022. 2. INCLUSIVE INSURANCE IN ADVANCED ECONOMIES: Alleviating strains on society report. 2024 y November. 3. https://stat.uz O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 4. www.imv.uzIqtisodiyot va moliya vazirligi 5. Asian Development Bank. Financial Inclusion and Insurance in Asia and the Pacific. Manila, 2021. 6. Хасанова Б.А. Бошқарув ҳисоби тизимида инновацион ёндашувлар ва уларнинг самарадорлигини ошириш. — Тошкент: “Иқтисод ва молия”, 2020. 7. Abduganiyev A.A. Moliya tizimida inklyuziv sug‘urtaning o‘rni va rivojlanish istiqbollari. — Tashkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2023. 8. OECD. Global Financial Literacy Survey 2022: Bridging the Insurance Gap. Paris, OECD Publishing, 2023. 9. World Bank. Insurance for Development: Strengthening Financial Inclusion through Risk Protection. Washington, DC, 2021. 10. BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP). O‘zbekistonda ijtimoiy himoya va moliyaviy inklyuziya tahlili. — Toshkent, 2022.