"JINOYAT SUDIDA AYBSIZLIK PREZUMPSIYASINING AHAMIYATI"
Abstract
Ushbu maqola orqali aybsizlik prezumpsiya nima ekanligini va aybsizlik prezumpsiya ilk bor qayerda paydo bo’lganligini, aybsizlik prezumpsiya nega kerak ekanligini qisqacha yoritib berilgan
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 225 “JINOYAT SUDIDA AYBSIZLIK PREZUMPSIYASINING AHAMIYATI” Xamdamov Temurmalik Azizbek o’g’li Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17554631 Annotatsiya. Ushbu maqola orqali aybsizlik prezumpsiya nima ekanligini va aybsizlik prezumpsiya ilk bor qayerda paydo bo’lganligini, aybsizlik prezumpsiya nega kerak ekanligini qisqacha yoritib berilgan Kalit so’zlar: Ayibsizlik prezumbsiyasi, “samоsud”, Konsitutsiya, Oliy sud, Yevropa konvensiyasi. «ЗНАЧЕНИЕ ПРЕЗУМПЦИИ НЕВИНОВНОСТИ В УГОЛОВНОМ СУДОПРОИЗВОДСТВЕ» Аннотация. В данной статье кратко раскрывается, что такое презумпция невиновности, где она впервые появилась и зачем она необходима. Ключевые слова: Презумпция невиновности, «самосуд», Конституция, Верховный суд, Европейская конвенция. “THE IMPORTANCE OF THE PRESUMPTION OF INNOCENCE IN CRIMINAL JUSTICE” Annotation. This article briefly explains what the presumption of innocence is, where it first originated, and why the presumption of innocence is necessary. Keywords: Presumption of innocence, “vigilantism”, Constitution, Supreme Court, European Convention. Aybsizlik prezumpsiyasi-bu gumonlanuvchining, ya’ni jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan isbotlanmaguniga qadar ushbu shaxsning aybsiz deb topilishidir. Bu prinsip davlatimizda oliy qadiryat hisoblangan inson sha’nini himoya qilish uchun ham asosiy vosita bo’lib xizmat qilmoqda. Bazi insonlar hali aybi sudda isbotlanmagan shaxsga nisbatan tuxmat va bo’xtonlar yog’dirishadi, hamda, hozirda jamiyatimizga tanish bo’lgan bir tushuncha ham mavjud. Bu “Samosud” tushunchasidir, ya’ni noqonuniy sud qilish va jazo tayinlash, hozirda ko’pchilik insonlar ushbu hatti-harakatning qurboniga aylanishmoqda bunday qonunbuzarliklarga chek qo’yish uchun esa aybsizlik prezumpsiyasi eng yaxshi chora hisoblanadi. Shu sababdan bu prinsip O’zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo’lgan Konsitutsiyasining 28moddasida ham shunday ko’rsatilgan: ”Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanilmaydi”[1]. Ushbu prinsip nafaqat O’zbekistonda balki boshqa davlatlar qonunchiligida ham ajralmas xususiyatga ega. Masalan: xalqaro munosabatlarda asosiy qonunlardan biri bo’lib kelayotgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida “Jinoyat sodir etishda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud muhokamasi yo’li bilan aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir” [2] deb ko’rsatilgan. Shuningdek, Inson huquqlari hamda asosiy erkinliklarini himoya qilish to’grisidagi Yevropa konvensiyasida hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktda ham mazkur prinsip alohida qoida
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 226 sifatida ko’rsatilganini ta’kidlash joiz. Biroq bu prinsip O’zbekiston qonunchiligida Konsitutsiyadan tashqari bir qator qonunlarda ham qayd etib o’tilgan. Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi 2bandiga muvofiq, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, sud hukmlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: Sudlar hukm chiqarishda, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va JPKda belgilangan sudning hukmi qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi, faqat sudlar tomonidan, oshkoralik, jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda koʻrib chiqilishi, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi, odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda va tarjimon yordamidan foydalanishini taʼminlash, taraflarning oʻzaro tortishuvi, dalillarning bevosita va ogʻzaki usulda tekshirilishi, aybsizlik prezumpsiyasi asosida chiqarilishi va ish boʻyicha haqiqiy holatni aniqlash toʻgʻrisidagi jinoyat protsessining muhim prinsiplariga amal qiladilar. Ushbu prinsiplardan har qanday asoslarga koʻra cheklanish, hukmni qonuniy emas deb topishga asos boʻladi. [3] Albatta, bu qonun kecha yoki bugun paydo bo’lgani yo’q, aybsizlik prezumpsiyasining ilk belgilari qadimgi yahudiy qonunlarida boʻlgan. Shuningdek, Qadimgi Rim huquqi bilan bogʻlangan boʻlib, XII-asr Italiya huquqida aybsizlik prezumpsiyasi rasman amal qilgan. Bu davrda aybsizlik prezumpsiyasining qoʻllanishi bugun talqin etiladigan darajada keng boʻlmagan. Yaʼni, hamma ham bu huquqdan foydalana olmagan. Prezumpsiyaning bu shakli tanlov prezumpsiyasi deb atalgan. Undan faqat sharafli, namunali hayot kechirgan hamda yaxshi xulq-atvori bilan tanilgan insonlar, asosan, jamiyatning obroʻli vakillari foydalana olgan, xolos. Tanlov prezumpsiyasining mazkur cheklangan funksiyasi Kontinental Yevropa maktabida shakllangan. Bunga qarshi oʻlaroq, aybsizlik prezumpsiyasining barcha uchun teng boʻlishi kerakligi haqidagi nazariya Kanonikal huquqda vujudga kelgan. Mazkur maktab vakillari oʻz qarashlarini inson fitratan gunohsiz boʻladi, shuning uchun prezumpsiyani barchaga qoʻllash kerak, deya asoslashgan. XV-asrga kelib, Italiyaning oʻzida aybsizlik prezumpsiyasining barcha uchun teng umumiy prinsip ekanligi eʼtirof etila boshlangan. Shuningdek, Anglo-Amerikan huquq maktabida ham aybsizlik prezumpsiyasi parallel tarzda rivojlanib borgan. Aybsizlik prezumpsiyasining bugungi kundagi qiyofasi Uygʻonish davriga kelibgina aniq shaklga ega boʻldi. U qonuniy prinsip sifatida ilk marotaba 1789-yilda qabul qilingan Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Fransiya deklaratsiyasida oʻz ifodasini topdi. XVIIIasrning 2-yarmida aybsizlik prezumpsiyasi har bir insonga kafolatlangan asosiy konstitutsiyaviy huquq sifatida toʻla eʼtirof etildi. Uning zamonaviy qonun tizimlarida qatʼiy oʻrnatilishi XIXasrda yuz berdi. Lekin barcha jabhalarda inson huquqlari toʻla eʼtirof topgan XX asrda ham aybsizlik prezumpsiyasini inkor qiluvchi tuzum va davlatlar mavjud edi. Masalan, 30-yillarda Italiya va Germaniyada hukm surgan fashistlar diktaturasi bu prinsipni rasman inkor etdi. Ikkinchi jahon urushi davrida mazkur davlatlarda millionab odamlarning sudsiz, hukmsiz qatl etilgani tarixiy haqiqatdir. [4]
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 227 Aybsizlik prezumsiyasi o’z natijasini ko’rsatganini isbotlash uchun Fransiyadagi bir mashhur ishni ko’rib chiqsak — bu Dreyfus ishidir. 1894-yilda Alfred Dreyfus ismli yahudiy millatiga mansub fransuz harbiy ofitseri xiyonat qilganlikda, ya’ni Germaniyaga harbiy sirlarni yetkazganlikda noto‘g‘ri ayblangan. Maxfiy harbiy sudda soxta dalillar va milliy hamda diniy kamsitishlar asosida uni aybdor deb topishgan. Dreyfus umrbod qamoq jazosiga hukm qilinib, uzoqdagi Shayton oroliga (Devil’s Island) surgun qilingan. O‘sha paytda jamoatchilik va harbiy rahbariyat Dreyfusni boshidanoq aybdor deb bilgan. Ammo keyinchalik asl aybdor boshqa ofitser ekani aniqlangan. Shunga qaramay, ko‘pchilik bu haqiqatni tan olishni istamagan. Shu vaqtda yozuvchi Emil Zola o‘zining mashhur “Men ayblayman” (“J’Accuse”) nomli ochiq xatini yozib, Dreyfusga adolatli sud jarayoni o‘tkazilishini talab qilgan. U bu orqali har bir inson aybi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi degan prinsipni himoya qilgan. Yillar davom etgan tergov va jamoatchilik bosimidan so‘ng, 1906-yilda Dreyfus to‘liq oqlangan. Bu voqea Fransiyada va butun dunyoda inson huquqlari, adolat va sud mustaqilligi haqidagi qarashlarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Dreyfus ishi shuni ko‘rsatdiki, aybsizlik prezumpsiyasi insonni nohaq ayblovlardan, davlatning suiiste’mol qilishidan va jamoatchilik bosimidan himoya qiladi. Bu prinsip har qanday adolatli sud tizimining asosiy tamoyillaridan biridir. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bu prinsip insonlarning sha’nini himoya qiladi, insonning jamiyatdagi o’rnini himoya qiladi va jamiyat a’zolarining turli xil o’zboshimjaliklar asosida chiqarishi mumkin bo’lgan har qanday tuxmat va bo’xtonlarning oldini oladi. Mana nima uchun bu prinsip jamiyatimiz uchun zarur! Foydalanilgan manbalar 1. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi.www.lex.uz 2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. https://constitution.uz 3. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi qonun.www.lex.uz. 29.07.2021 4. 4www.wikepediya