scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK G'OYALARI

Sattarova, Sitora

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g‘oyalari yoritilgan. Shoir ijodining asosiy tamoyillari sifatida adolat, saxiylik, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, halollik va vafodorlik masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Navoiy asarlarida inson qadr-qimmati, ma’naviy barkamollikka intilish, jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi g‘oyalar markaziy o‘rin egallashi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Navoiy merosining bugungi kunda ham tarbiyaviy va ma’naviy jihatdan dolzarbligi asoslab berilgan.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 84 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us ALISHER NAVOIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARI Chilonzor tuman 2-son texnikum ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Sattarova Sitora Alibek qizi Annotarsiya Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g‘oyalari yoritilgan. Shoir ijodining asosiy tamoyillari sifatida adolat, saxiylik, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, halollik va vafodorlik masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Navoiy asarlarida inson qadr-qimmati, ma’naviy barkamollikka intilish, jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi g‘oyalar markaziy o‘rin egallashi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Navoiy merosining bugungi kunda ham tarbiyaviy va ma’naviy jihatdan dolzarbligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, insonparvarlik, adolat, saxiylik, ilm-ma’rifat, mehroqibat, halollik, vafodorlik, ma’naviy barkamollik. Аннотация В данной статье освещены идеи гуманизма в произведениях Алишера Навои. В качестве основных принципов творчества поэта были проанализированы вопросы справедливости, щедрости, науки и просвещения, доброты, честности и верности. В ходе исследования было показано, что в произведениях Навои центральное место занимают такие идеи, как человеческое достоинство, стремление к духовному совершенству, ответственность перед обществом. Также обоснована воспитательная и духовная актуальность наследия Навои и сегодня. Ключевые слова: Алишер Навои, гуманизм, справедливость, щедрость, наука и просвещение, доброта и сострадание, честность, верность, духовное совершенство Annotation In this article, the ideas of humanism in the works of Alisher Navoi are highlighted. Issues of justice, generosity, knowledge, kindness, honesty, and loyalty are analyzed as the main principles of the poet's work. In the course of the research, it was shown that such ideas as human dignity, the striving for spiritual perfection, and responsibility to society occupy a central place in Navoi's works. Also, the relevance of Navoi's legacy from an educational and spiritual point of view is substantiated. Keywords: Alisher Navoi, humanism, justice, generosity, knowledge and enlightenment, kindness, honesty, loyalty, spiritual perfection. Sharq adabiyoti va madaniy merosining eng yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Alisher Navoiy o‘z davrida adabiyot, tilshunoslik, falsafa va siyosat sohalarida katta iz CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 85 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us qoldirgan. Uning ijodi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham insoniyat uchun bebaho ma’naviy manba hisoblanadi. Navoiyning asarlarida insonparvarlik g‘oyalari alohida o‘rin tutadi. Chunki u insonni eng oliy mavjudot sifatida qadrlaydi, uning ma’naviy komillikka erishishini asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Shu nuqtayi nazardan, Navoiy asarlarida adolat, sahovat, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, halollik va vafodorlik kabi fazilatlar insonparvarlikning asosiy ko‘rinishlari sifatida ulug‘lanadi. Shuningdek, Alisher Navoiy ijodi o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hayotini, xalqning orzuumidlarini ifoda etgan bo‘lib, unda inson qadr-qimmatini yuksaltirish g‘oyasi markazda turadi. Demak, shoir ijodi faqat badiiy zavq beruvchi emas, balki tarbiyaviy, axloqiy va falsafiy ma’noga ham ega. Birinchidan, Navoiy adolatni jamiyat taraqqiyotining eng muhim omili sifatida ta’riflaydi. U o‘z asarlarida, xususan, “Mahbub ul-qulub”da shoh va raiyat munosabatlariga keng o‘rin beradi. Shoir fikricha, adolatli hukmdor xalqni baxtli qiladi, zolim esa jamiyatni barbod etadi. Navoiy insonlarni ijtimoiy mavqeiga qarab emas, balki fazilatlari asosida baholashni targ‘ib qiladi. Shu ma’noda, uning asarlarida insonning qadr-qimmati moddiy boylik yoki nasab bilan emas, balki ma’naviy kamolot va ezgulik bilan o‘lchanishi lozimligi ta’kidlanadi. Ikkinchidan, Navoiy insonparvarlikni saxiylik bilan chambarchas bog‘laydi. “Hayrat ulabror” dostonida u saxiylikni oliyjanoblik sifatida ulug‘laydi, baxillikni esa illat deb qoralaydi. Shoirning fikricha, insonning qo‘lida bor mol-dunyo faqat o‘ziga emas, balki boshqalarga ham naf keltirishi lozim. Bu fikr aslida insonni jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilishga undaydi. Shuningdek, Navoiy saxiylikni faqat moddiy yordam bilan cheklamay, balki ilm berish, yaxshi so‘z aytish, mehribonlik ko‘rsatishni ham sahovat doirasiga kiritadi. Uchinchidan, Navoiy ijodida ilm-ma’rifat eng muhim insonparvarlik g‘oyasi sifatida ko‘tariladi. “Xamsa” dostonlari, xususan, “Farhod va Shirin”da qahramonlarning kuch-qudrati faqat jismoniy emas, balki ilm va tafakkur bilan uyg‘unlashgan holda tasvirlanadi. Shu bilan birga, “Sab’ai sayyor”da ilm va aql-idrok orqali insonning jaholatdan xalos bo‘lishi g‘oyasi ilgari suriladi. Navoiy ilmni insonni yuksaklikka eltuvchi eng asosiy vosita deb biladi. Unga ko‘ra, jaholat zulmat bo‘lsa, ilm ma’rifat nuri bilan insoniyat yo‘lini yoritadi. Bundan tashqari, Navoiy asarlarida mehr-oqibat g‘oyasi keng yoritilgan. U kishilarni birbiriga yordam berishga, dardini tinglashga, g‘amiga sherik bo‘lishga chorlaydi. Shoir fikricha, insoniylikning eng oliy belgisi – bu boshqaga mehr ko‘rsatish, yaxshilik qilishdir. Masalan, “Lison ut-tayr” asarida insonning komillikka erishuvi yo‘lida mehrmuhabbatning zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, Navoiy halollik va vafodorlikni insoniy fazilatlarning eng yuksak ko‘rinishi sifatida ulug‘laydi. Uning asarlarida do‘stlikka sodiqlik, oila va jamiyat CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 10, 2025 86 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us oldidagi burchni halol ado etish, va’daga vafodor bo‘lish kabi g‘oyalar ko‘plab uchraydi. Bu esa insoniy munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy ijodining yana bir muhim jihati shundaki, u axloqiy tarbiya orqali insonni komillikka chorlaydi. “Nasoyim ul-muhabbat”da insonning qalb pokligi, rostgo‘yligi va diyonati komillikka eltuvchi asosiy mezon sifatida tasvirlanadi. Shu bois uning asarlari yosh avlod uchun axloqiy qo‘llanma sifatida ham xizmat qiladi. Xullas, Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g‘oyalari turli yo‘nalishlarda – adolat, saxiylik, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, halollik va vafodorlik timsolida yoritilgan. Shoirning fikricha, inson o‘zini komil etish uchun faqat moddiy emas, balki ma’naviy jihatdan ham boy bo‘lishi lozim. Navoiy nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham insoniyatni ezgulikka, adolat va ma’rifatga chorlab kelmoqda. Shu sababli, Alisher Navoiy asarlari yosh avlodni komillikka, ma’naviy barkamollikka yetaklovchi, ularni mehr-shafqat, insonparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi bebaho manba sifatida qadrlanadi. Demak, shoirning insonparvarlik haqidagi g‘oyalari hozirgi davrda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, balki globalizatsiya sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Abduraxmanova, M. (2025). Alisher Navoiy va zamon munosabati masalasi. Uzbekistan: Language and Culture, 1(01). 2. Alisher Navoiy. Xamsa. To‘liq to‘plam. – Toshkent: Fan, 1991. 3. Ashurova, G. (2023). Kichik nasriy asarlarda Alisher Navoiy siymosining talqin etilishi. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2). 4. Suyunova, S., & Qorayev, S. (2025, May). BUYUK SHOIR VA MUTAFFAKKIR ALISHER NAVOIY ASARLARINING DINIY–TASAVVUFIY MANBALARI. In Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 250-255). 5. Алишер Навоий. Ҳайрат ул-аброр. МАТ. 20 томлик. Т.. –Тошкент: Фан, 1991. 6. Навоий, Алишер. 2011. Тўла асарлар тўплами. 10 жилдлик: 1-жилд. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи