scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FERMER XO'JALIKLARI MOLIYAVIY NATIJALARIGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY FAKTORLARNI O'RGANISH VA IQTISODIY BAHOLASH USULLARI

Eshqorayev, Javohir

Abstract

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tizimli tahlil qilinadi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va ichki imkoniyatlarni aniqlash orqali moliyaviy barqarorlikka erishish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda xususan g‘allachilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklarda hosildorlik, mehnat resurslari, ishlab chiqarish xarajatlari va ularning tarkibi moliyaviy natijalar shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi zanjirli almashtirish (ketma-ket o‘zgarish) usuli orqali baholangan. Ushbu yondashuv fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va kelgusida boshqaruv qarorlarini optimallashtirishga imkon beradi. Tadqiqot natijalari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 38 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us FERMER XO‘JALIKLARI MOLIYAVIY NATIJALARIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY FAKTORLARNI O‘RGANISH VA IQTISODIY BAHOLASH USULLARI Eshqorayev Javohir Termiz Davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi talabasi [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklarining moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tizimli tahlil qilinadi. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va ichki imkoniyatlarni aniqlash orqali moliyaviy barqarorlikka erishish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda xususan g‘allachilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklarda hosildorlik, mehnat resurslari, ishlab chiqarish xarajatlari va ularning tarkibi moliyaviy natijalar shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi zanjirli almashtirish (ketma-ket o‘zgarish) usuli orqali baholangan. Ushbu yondashuv fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va kelgusida boshqaruv qarorlarini optimallashtirishga imkon beradi. Tadqiqot natijalari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Fermer xo‘jaligi, moliyaviy natija, mehnat resurslari, hosildorlik, ishlab chiqarish xarajatlari, omilli tahlil, zanjirli almashtirish usuli, iqtisodiy samaradorlik, qishloq xo‘jaligi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida fermer xo‘jaliklarini shakllantirish tarmoqda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining farovonlik darajasini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Fermer xo‘jaligi — bu unga biriktirilgan yer maydonlaridan foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan, mustaqil xo‘jalik yurituvchi iqtisodiy subyektdir. Ushbu xo‘jalik shakli orqali aholi bandligi ta’minlanmoqda, iqtisodiy faoliyatning kengayishi va ijtimoiy barqarorlik mustahkamlanmoqda. Endilikda asosiy vazifalardan biri mavjud fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ichki rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarish PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 39 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us jarayoniga samarali singdirishdir. Buning uchun xo‘jalikning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni chuqur tahlil qilish talab etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xususan g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yakuniy moliyaviy natijalari bir nechta o‘zaro bog‘langan omillar ta’sirida shakllanadi. Ushbu bog‘liqlikni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin: Q – sotilgan g‘alla hajmi; X – g‘alla yetishtirish jarayonida band bo‘lgan xodimlar soni; Qm – ajratilgan yer maydonining samaradorligi (hosildorlik ko‘rsatkichi), so‘mda; Mx – ekin maydoni bilan ta’minlangan xarajatlar hajmi; Xx – bir xodimga to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori. Moliyaviy natija o‘zgarishiga ushbu omillarning ta’sirini aniqlashda zanjirli almashtirish (ketma-ket o‘zgartirish) usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda natijadagi farq quyidagi umumiy formula asosida hisoblanadi: )()( p x p x p m px x x x x m xpx XMQXXMQXQQQ •••−•••=−= bu yerda: Q_x – ko‘rsatkichning haqiqiy miqdori, Q_p – uning rejalashtirilgan yoki o‘tgan davrdagi qiymati. Avvalo, natija birinchi omil — xodimlar sonining haqiqiy miqdori hisobga olingan holda qayta hisoblanadi va undan bazaviy natija ayriladi. Keyingi qadamda esa xar bir omil o‘z navbatida shu usul asosida tahlil qilinadi: Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni tavsiya qilamiz: 1. )()( p x p x p m pp x p x p m x xXMQXXMQXQ •••−•••= 2. )()( p x p x p m pp x p x x m x qm XMQXXMQXQ •••−•••= 3. )()( p x p x x m xp x x x x m x mx XMQXXMQXQ •••−•••= 4. )()( p x p x x m xp x x x x m x xx XMQXXMQXQ •••−•••= 5. xxmxqmxQQQXQQ= Ushbu omilli tahlil usulidan foydalanish fermer xo‘jaliklari faoliyatida moliyaviy natijalarni aniqlashni ancha aniq va asosli qiladi, xo‘jalikda mavjud ichki imkoniyatlarni aniqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. О‘zbekiston Respublikasining “Fermer xо‘jaligi tо‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri), О‘zR 26.08.2004 y. 662-II-son, 3-modda. 2. Pardayev M.Q. Iqtisodiy tahlil. О‘quv qо‘llanma. Toshkent. Mehnat, 2004. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 40 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 3. Raximov M.Y. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. 2015.-316 b.