OILA TARBIYASIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ISHLARINING MAZMUNI
Abstract
Mazkur maqolada oila tarbiyasi va maktabgacha ta`lim tashkilotlari, umumta`lim maktablarining ota-onalar bilan hamkorlik ishlarining mazmuni yoritilgan
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 389 OILA TARBIYASIDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK ISHLARINING MAZMUNI Mamadjanova Xushruy Shavkatovna1, Mirzamatova Mushtariybonu Baxromjon kizi2 1Qo`qon davlat universiteti, Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi, 2Qo`qon davlat universiteti, Maktabgacha ta`lim yo`nalishi talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17557434 Annotatsiya. Mazkur maqolada oila tarbiyasi va maktabgacha ta`lim tashkilotlari, umumta`lim maktablarining ota-onalar bilan hamkorlik ishlarining mazmuni yoritilgan Kalit so‘zlar: oila, ota-ona, bola, hamkorlik, tarbiya, munosabat Аннотация. В статье рассматривается содержание семейного воспитания и взаимодействие дошкольных образовательных организаций и общеобразовательных школ с родителями. Ключевые слова: семья, родители, ребенок, сотрудничество, воспитание, взаимоотношения. Annotation. This article examines the content of family education and the interactions between preschool educational institutions and general education schools with parents. Key words: family, parents, child, cooperation, education, relationships. Har bir ota-ona o`z bolasining tarbiyasi uchun ma`sul shaxsdir. Bola tarbiyasi oiladan boshlanb, umrini oxirigacha davom etadigan jarayondir, Bola o`sib ulg`ayib, maktabgacha ta`lim tashkilotining, keyinchalik esa umumta`lim maktabining ishtirokchisiga aylanadi. Bolaning rivojlanisshi, o`sishi ikki muhitga bog`lanadi. Birinchisi - oila, ikkinchisi-ta`lim tashkilotlari. Bir boladagi hulq-atvor, irodasiga ikki tomondan ta`sir etish kuchlari boshlanadi. Ta`sir kuchlarining ijobiy bo`lishi ota-onalar bilan pedagog-tarbiyachi va o`qituvchining o`zaro hamkorligiga bog`liq, Maktabgacha ta`lim tashkilotidagi pedagog ota-onalar bilan o`zaro hamkorlikni amalga oshirish borasida ijobiy iqlimni targ'ib qilish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasi uchun quyidagi qadamlarni belgilab beradi: − Pedagoglar maktabgacha ta`lim tashkilotlarining oilalar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rag'batlantiradi va qo'llab-quvvatlaydi. − Barchaga hurmat bilan qarashadi. − maktabgacha ta`lim tashkilot madaniyati jamoatchilik va g'amxo'r munosabatlar hissini rivojlantiradi. − Ota-onalar maktabgacha ta`lim tashkilot faoliyatiga jalb qilinadilar. − Har kim o'zini xavfsiz his qiladi. Ota-onalar va pedagoglar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ota-onalar va pedagoglar jamoasining quyidagi xususiyatlarini aniqlaydi: − Bir-biringiz bilan uchrashishga va diqqat bilan tinglashga vaqt ajrating. − Rejalashtirish va qaror qabul qilish guruhining ajralmas qismlari sifatida birbiringizga munosabatda bo'ling. − Har bir insonga o'z fikrlarini bildirishga va takliflar berishga ijozat bering.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 390 − Muammolarni o'zaro hal qilishni rag'batlantiradigan tarzda kelishmovchiliklarga yondoshing. − Qarama-qarshiliklar mavjud bo'lganda yoki qiyin vaziyatga javob topilmaganda, − ikkinchi fikrni rag'batlantiring. O`zaro hamkorlik jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun vaqtivaqti bilan trening, munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib turilsa, ayniqsa maktab yoshdagi 6–7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulot farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshadi. Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozara bolalarni maktabning ilk bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda sog‘lom bola va sog‘lom muhit sharoitini mustahkam yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan quyidagilarni keltirish joiz: 1.Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik tajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTTlar tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; - oilaga tarbiyachining borishi - ota-onalar uchun suhbat o'tkazish, ularga maslahatlar berish, - ota-onalarning MTT hayoti bilan tanishishlari. 2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari. 3.Ko'rgazmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka Ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Bolani barkamol shaxs sifatida shakllantirish, uning maʼnan va aqlan yetuk boʻlib yetishishiga, davlat va jamiyatimizning ravnaqiga munosib hissa qoʻshishiga erishning eng muhim shartlaridan biri ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini olib borishdir. Ushbu hamkorlikdagi ishlar samarali boʻlishi va bolaning har tomonlama rivojlanishiga haqiqatan ham hissa qoʻshishi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oilalar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni mustahkam oʻrnatishlari zarur. Ota-onalar bilan hamkorlik qilish uzoq davom etadigan mashaqqatli mehnat hisoblanib, bu jarayon quyidagi shakllarda tashkil etiladi: − umumiy va guruh ota-onalar yigʻilishlari; − ota-onalar ishtirokidagi mashgʻulotlar; − foto koʻrgazmalarni birgalikda yaratish; − ochiq eshik kunlari; − seminarlar; − birgalikdagi ekskursiyalar; − teatrlashgan tomoshalar;
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 391 − konferensiyalar; - telegram. Bolaning maktabga borishi uning oilasi va maktab oʻrtasidagi hamkorlikni dolzarblashtiradi. Maktab oʻqituvchilari ota-onalarni farzandlarining maktab hayotiga qiziqishi yoʻqligi, baʼzida maʼlumotlarning pastligi, axloqiy qadriyatlarni yoʼqaligi, passivligi haqida shikoyat qiladilar. Ota - onalar, oʻz navbatida ortiqcha ish yuki, oʻqituvchining befarqligi va bolalar jamoasidagi munosabatlaridan norozi boʻladilar. Jamiyki har bir bola dunyoga kelarkan unda hech qanday “ijobiy va salbiy” taraflari boʻlmaydi. Bolaning tarbiyalash va uning kelajakda qanday inson qilib yetishtirish birinchi oʻrinda ota-onaga bogʻliq. Bugungi kunda koʻrishimiz mumkinki, yosh oilalarning ish bilan band boʻlib, bolaga eʼtibor darajasining pastligi bois bolalari har xil oqimlarga kirib ketayotganini guvoxi boʻlib turibmiz. Ana shunday dolzarb muamoni yechimi ota – onalar va pedagog oʻqituvchilarning oʻzaro hamkorligidadir. Har bir otaona bolaning bogʻcha va maktab yoshiga yetgunga qadar tarbiyasi bilan oʻzi shugʻulanadi Bogʻchada tarbiyachilardan maktabda oʻqituvchilaridan taʼlim va tarbiya oladi oladi. Zero, zamonaviy pedagog hozirgi vaqtda ota – onalar bilan ishlashnining quyidagi samarali shakllarini amaliyotga tadbiq etishi zarur: − Suhbatlar − Ota – onalar yigilishi − Ota – onalarning sinf rahbarlari bilan maslahatlari − Ochiq darslar − Ochiq eshiklar kuni − Savol - javob − Stend va malumot papkalari dizayni − Pedagogik adabiyotlar korkazmalari − Ota-onalar uchun konsertlar − Oqituvchilarning topshiriqlarini bajarishda bolaga yordam berish; − Hammasida faol ishtirok etish guruhdagi ota-onalar uchun tadbirlar; − Bolani nazorat qilish, yangi bilim va konikmalarni ozlashtirishni aniqlash. Birinchi sinfga qabul qilingan boshlangʻich sinf oʻquvchisida hulq-odob normalari shakillangan boʻladi. Bu tarbiyani ijobiy taʼrafga oʻzgartirish ota-ona va oʻquvchiga bogʻliq. Rus oʻqituvchisi V.Suxomlinskiy taʼkidlaganidek “Ildizlar oilada shakllanadi, unda keyinchalik shohchalar, gullar va mevalar” oʻsadi. Oilning axloqiy donoligi maktabning pedagogik donoligiga asoslanadi. Islohotlar davrida taʼlim tizimi shunchalik tez oʻrganildiki, ota – onalar koʻpincha taʼlim sohasiga bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida etarlicha tasavvurga ega boʻlmaydilar oʻquv faoliyati asosan ularning maktab tajribasidan kelib chiqadi,bu koʻpincha orqada qoladi zamonaviy talablar. Ushbu tafovutni hal qilish uchun oʻqituvchi oʻquv jarayonini iloji boricha ochiq xabardor va otaonalarga etkazish kerak. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumta`lim maktablarining oila bilan hamkorlik ishlarini innovasion yondashuvlar asosida tashkil etishni talab etmoqda. Zero, ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsion yondashuvlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan, umumta`lim maktab o`qituvchilaridan hamkorlikda ishlashning yangicha tomonlarini talab etmoqda.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 392 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Komarova, O.A. Razvitiye u pedagogov DOO navikov lichnostno oriyentirovannogo vzaimodeystviya. [Tekst] /O.A.Komarova, Ye.V.Kovalskaya //Spravochnik starshego vospitatelya. – 2012. – № 11. – S. 36–39. 2. Maksimova, N.V. Organizatsiya “Maminoy shkoli” /N.V.Maksimova // Upravleniye DOU. – 2012. –№ 6. – S. 88–99. 3. Serbina, T.Yu. Povыsheniye pedagogicheskoy kompetentnosti roditeley v voprosax fizicheskogo vospitaniya detey rannego vozrasta /T.Yu. Serbina //Doshkolnaya pedagogika. – 2011. – № 10. – S. 60–61.