scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING AXLOQIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Mirzayeva Iroda Ismoilovna

Abstract

Ushbu maqolada pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha, pedagogik nazokat tamoyillari va uning vazifasi, pedagogik nazokat me`yorlari haqida yoritilib ketilgan.

Full text

REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 405 MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHIPEDAGOGLARNING AXLOQIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Mirzayeva Iroda Ismoilovna Qo'qon shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi boshlig’i https://doi.org/10.5281/zenodo.17557502 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha, pedagogik nazokat tamoyillari va uning vazifasi, pedagogik nazokat me`yorlari haqida yoritilib ketilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik nazokat; xulq – atvor; barkamol inson; talabchanlik va qattiqqo‘llik; etnopedagogik tuyg‘ular; informatsion jarayon; qo‘pol va dag‘al so‘zlar; ishonch tuyg‘usi; nisbiylik va sub’ektivlik; dilkashlik; pedagogik takt. Аннотация. В статье рассматриваются понятия педагогического этикета и педагогической вежливости, принципы педагогической вежливости и ее функции, а также нормы педагогической вежливости. Ключевые слова: Педагогическая мягкость; поведение; идеальный человек; требовательность и строгость; этнопедагогические чувства; информационный процесс; грубые и вульгарные слова; чувство уверенности; относительность и субъективность; искренность; педагогический такт. Annotation. This article discusses the concept of pedagogical etiquette and pedagogical politeness, the principles of pedagogical politeness and its function, and the norms of pedagogical politeness. Key words: Pedagogical politeness; behavior; a well-rounded person; demandingness and rigor; ethno-pedagogical feelings; informational process; rude and harsh words; sense of trust; relativity and subjectivity; sincerity; pedagogical tact. Tarbiyachi-pedagogning tarbiyalanuvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita tarbiyalanuvchilar orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan mustahkamlab borish tarbiyachi-pedagogdan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun tarbiyachipedagog avvalo, turli xarakterdagi tarbiyalanuvchilardan iborat bo‘lgan, sinf jamoasida tez-tez o‘zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U tarbiyalanuvchilar hatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi, tarbiyalanuvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar tarbiyachipedagogning zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoliyatning zarur shartidir. Pedagogik nazokat – tarbiyachi-pedagog axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat tarbiyachi-pedagogning tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 406 Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir. Pedagogik nazokat me’yorlari tarbiyachi-pedagogdan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazish tarbiyachi zimmasida. SHunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat tarbiyachi-pedagogsining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z kasbining etuk egasi bo‘lishi zarur. Tarbiyachi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. Tarbiyachi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi, tarbiyalanuvchilarning hatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan tarbiyachigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish tarbiyachi-pedagog axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim fazilatlardir. Tarbiyachi deyarli har kuni tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya hattiharakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo‘lganda tarbiyaviy metodlarni qo‘llaydi. Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy izlanishda bo‘lgan tarbiyachi-pedagog tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga harakat qilishi kerak. Bu narsa tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-atvorini o‘rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, tarbiyalanuvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u tarbiyalanuvchilar jamoasida ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bo‘lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada tarbiyachi-pedagog ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishda tarbiyalanuvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi. Ijobiy natijalarga erishish uchun, tarbiyachi-pedagog tarbiyalanuvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh tarbiyalanuvchi “do‘st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun tarbiyachi-pedagog pedagogik nazokat imkoniyatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishi lozim. O‘zaro ishonch munosabatlari o‘rnatilgach, tarbiyalanuvchilar og‘ir damlarda tarbiyachipedagogdan yordam so‘rab murojaat qiladilar, o‘z mulohazalarini u bilan baham ko‘radilar. O‘zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham tarbiyachi-pedagogga tarbiyalanuvchilarning ba’zan anglab bo‘lmaydigan ichki dunyosini ko‘rish imkoniyatini beradi. Tarbiyalanuvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo‘llash natijasida: • tarbiyachi-pedagog tarbiyalanuvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bilib oladi, tarbiyalanuvchilar bilan munosabatda do‘stona muloqot qilish imkoniyatlari paydo bo‘ladi; REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 407 • tarbiyachi-pedagog tarbiyalanuvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘ladi, ba’zan eshitmasligi kerak bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning o‘zaro sirli gaplarini eshitmasdan o‘tib ketishi mumkin, negaki o‘zgalar gapini tinglash odobsizlikdir; • tarbiyachi-pedagog ba’zan tarbiyalanuvchilar jamoasining kundalik ishlariga aralashmasligi, jamoada ro‘y beradigan ba’zi ko‘ngilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin. Bularning hammasi tarbiyachi-pedagogning tarbiyalanuvchilar bilan bo‘ladigan ixtiloflariga, kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi. Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namunalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mutlaqo o‘zgacha harakatni va muomalani talab qiladigan tarbiyachi-pedagoglar uchun chinakam mahoratdir. CHunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va iste’dodga ega bo‘lgan tarbiyachi-pedagogda yillar davomida shakllanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyоyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va оlijanоb xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “О‘zbekistоn”, 2017. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son 3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. – 464 bet 4. AZ Baxodirovna FORMATION OF A SPIRITUAL WORLDVIEW OF PRESCHOOL CHILDREN THROUGH THE MEANS OF GENRES OF FOLK ORAL CREATIVITY INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN 2023 5. A.Z.Baxodirovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati”, Science and innovation 3 (special issue 31), 34-37 2024y 6. AZ Baxodirovna “Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi”, Science and innovation 3 (special issue 31), 455-460b 2024y 7. Р.F.Mиннуллина, A.Р Нуриева, З.Б.Азизова “Подготовка будущих воспитателей в полилингвальном образовательном пространстве” Science and innovation 3 (special issue 31), 88-91 2024y 8. AZ Bahodirovna BО’LАJАK РЕDАGОGLАRNING KАSBIY-РЕDАGОGIK KОMРЕTЕNTLIK АSОSLАRI Tafakkur manzili 4, 59-67 2023 9. Muminova, G. "HONORARY WOMEN IN UZBEK ART." Science and Innovation 1.6 (2022): 244-247. 10. NG Malikovna INTELLEKTUAL O ‘YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AQLIY RIVOJLANTIRISH Science and innovation 3 (Special Issue 31), 367-371 11. NG Malikovna MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHNING HORIJ TAJRIBALARNI OO ‘RGANISH (BUYUK BRITANIYA MISOLIDA) Science and innovation 3 (Special Issue 31), 118-121 REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 408 12. NG Malikovna, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA OYINNING AHAMIYATIScience and innovation 3 (Special Issue 31), 254-258 13. GM Nazirova, NS Nuraddinovna MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI Science and innovation 3 (Special Issue 31), 520-525 14. AZ Bahodirovna.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING IJTIMOIY VA SHAXSIY TA'LIMITafakkur manzili, 2023 52-58 b 15. AZ Baxodirovna, ADE Qizi, JXI Qizi TA’LIMIGA TAYYORLASHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARScience and innovation, 2024 187-193 b 16. Азизова Зироат. «КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЕ» Журнал молодого исследователя 1 (5) 404-410, 2022 17. Азизова Зироат Баходировна «ЗНАЧЕНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДЕТЕЙ ПРИ ПОДГОТОВКЕ К ШКОЛЕ». Репозиторий открытого доступа 9.11 (2022): 236-240. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ В МИРОВОЙ НАУКЕ 2022 Бостон, США 53 18. З. Азизова, З. Абдуразакова «Правовые и педагогические основы подготовки детей к осуществлению социальной защиты» Журнал молодых ученых 1(5) 395-403.2022