TA'LIM MENEJMENTINING TA'LIM TARBIYA JARAYONIDA MA'NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar pedagoglardan yangi kasbiy talablarni qo‘yishi hamda bunday sharoitlarda malakali mutaxassislarni tayyorlashning strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Kasbiy pedagogik ta’lim tizimining kompetensiya paradigmasiga o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va ta’lim sohasidagi davlat dasturlari asosida kasb-hunar ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yoritiladi. Shuningdek, maqolada kasbiy tayyorgarlik tushunchasi, uning tarkibi va uzluksiz ta’lim tizimidagi roli ko‘rib chiqiladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 414 TAʼLIM MENEJMENTINING TAʼLIM TARBIYA JARAYONIDA MA’NAVIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Niyazova Zumrad Akramovna Maktabgacha ta’lim kafedrasi kabinet mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.17557532 Annotatsiya. Maqolada zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar pedagoglardan yangi kasbiy talablarni qo‘yishi hamda bunday sharoitlarda malakali mutaxassislarni tayyorlashning strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Kasbiy pedagogik ta’lim tizimining kompetensiya paradigmasiga o‘tishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va ta’lim sohasidagi davlat dasturlari asosida kasb-hunar ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yoritiladi. Shuningdek, maqolada kasbiy tayyorgarlik tushunchasi, uning tarkibi va uzluksiz ta’lim tizimidagi roli ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: zamonaviy jamiyat, pedagog, kasbiy tayyorgarlik, kompetensiya paradigmasi, uzluksiz ta’lim, ta’lim islohotlari, O‘zbekiston ta’lim siyosati, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, shaxs ijtimoiy kompetentligi Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar pedagogga yangi talablarni qo‘yadi. Bu keng ko‘lamli umumiy madaniy, ma’naviy professional va maxsus vakolatlarga ega, yangi kasbiy talablar va mehnat sharoitlariga munosib javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak. Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan jamiyatda yashash va ishlashga tayyor bo‘lgan professional mutaxassisni tayyorlash - bu kasbiy pedagogik ta’lim tizimi oldida turgan strategik vazifadir. Shuning uchun bugungi kunda ta’limning kompetensiya paradigmasiga o‘tish dolzarblashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistnning Taraqqiyot O‘zbekiston Stategiyasi to‘g‘risida"gi PF-60-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tadqiqot ishimizga dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. 1 Mamlakatimizda kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri - bu bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik - zaruriy kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o‘z-o‘zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. 2 1 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tizimini 2030yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi3. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). 2 . KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING TEXNOLOGIYALARI SAMARADORLIGI Musayev Otabek Qudratovich Phd dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.13836476.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 415 Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, yosh avlodning har jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, intellektual salohiyatli, ma’nan barkamol ulg‘ayishi uchun, shuningdek yoshlarni qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘qitish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni va o‘quvchilarning kompetentligini shakllantirishdagi zaruriy tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarning kompetentligini shakllantirish modeli va metodlarini takomillashtirish zaruratini asoslaydi. Dotsent S.B.Qorayev, N.I Tirkashev o‘zlarining tadqiqot ishlarida Kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan ta’limning bir qator jihatlarini ko‘rib o‘tganlar,va kasbiy, amaliy kompetentlik turlari va ularning rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilganlar. Ular o‘z tadqiqot ishlarida Zamonaviy yondashuvlar o‘qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadilar. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo‘g‘inlaridagi o‘zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi globallashuv davrida axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlar yoshlarning dunyoqarashiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun zamonaviy ta’lim oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri — yosh avlodni mustahkam ma’naviy qadriyatlarga asoslangan holda tarbiyalashdir. Bunda ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirish muhim pedagogik vazifa sifatida qaraladi. Ma’naviyat — insonning ruhiy, axloqiy va madaniy faoliyatini ifodalovchi, shuningdek, uning harakat va xulq-atvorini belgilovchi tushuncha hisoblanadi. Ma’naviy kompetensiya bu — insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qadriyatlarni anglash, ularni ongli ravishda hayotga tatbiq etish, o‘zini va boshqalarni hurmat qilish, jamiyatdagi axloqiy me’yorlarga amal qilish qobiliyatidir. Bunday kompetensiya inson shaxsining ma'naviy yetukligini, ichki dunyosining boyligini va axloqiy jihatdan barqarorligini ifodalaydi. Ma'naviy kompetensiyaga ega bo‘lgan shaxs o‘z harakatlari va qarorlarida ezgulik, adolat, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak insoniy qadriyatlarga asoslanadi. U bunday qadriyatlarni nafaqat o‘z hayotida qo‘llaydi, balki ularni boshqalarga ham targ‘ib qiladi. Ma'naviy kompetensiya ijtimoiy munosabatlarda insonning o‘zini tutishi, boshqalarga nisbatan xayrixohlik va bag‘rikenglik ko‘rsatishi, shuningdek, jamiyatda ijobiy axloqiy muhitni shakllantirishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Shuningdek, bu kompetensiya yoshlarni yuksak axloqiy g‘oyalarda tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash hamda global madaniy bosimlar qarshisida mustahkam ma’naviy pozitsiyani saqlab qolishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 416 Ta’lim-tarbiya jarayonining aniq maqsadlarga yo‘naltirilganligi — ma’naviy kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishga imkon yaratadi. Har bir dars va tarbiyaviy tadbirda axloqiy maqsadlar ko‘zda tutilishi zarur. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda shaxsda axloqiy me’yorlarga sodiqlikni mustahkamlash lozim. Masalan, Vatanga sadoqat, insonparvarlik, halollik, tinchliksevarlik. Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Tasavvur qiling: ilmli, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan rahbar - ma’naviyatsiz, tarbiyasiz, ahloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfaatini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoyilik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi, chunki unda tarbiya shakllanmagan. Xulq-atvor va odatni shakllantirish - ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning o‘zini anglashidir. Odamning o‘zini anglashi o‘z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o‘z tevarakatrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qqiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuqtainazardan olganda, odamning o‘zini anglashi sub’ektiv ravishda o‘zini «men» deb his qilishida ifodalanadi. Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o‘zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o‘zini anglashi, o‘zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o‘zining o‘tmishi va kelajagini anglashi, o‘z xuquq va burchini anglashi va nihoyat o‘zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi o‘zini anglashiga kiradi. 3 Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qqiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam to‘g‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida sistemali berqiladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muxandisixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo‘la oladi. Bolalar o‘quv maskani yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik o‘quv maskani, 3 Sh.T.Haqberdiyeva International TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATIConference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15th -16th 2022
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 417 o‘smirlik va katta o‘quv maskani yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo‘ladi. 4 Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim laxzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‘nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo‘lib xizmat qqiladi. Shaxsning ta’rifi xulq motivasyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs hislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy tarjimai xoli hisoblanadi. 5 Individ, shaxs va sub’ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi xolatlarga e’tibor qilishi zarur: - inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari); - insoning o‘ziga taallukli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyusiya; - inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o‘zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar. 6 Ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirish — bu shunchaki tarbiyaviy tadbir emas, balki uzluksiz, maqsadli va chuqur o‘ylangan pedagogik jarayondir. U shaxsning ichki dunyosini boyitadi, uni ongli va axloqiy yetuk inson sifatida shakllantiradi. Shu bois, har bir pedagog, otaona, jamoa vakili bu jarayonda faol ishtirok etishi, o‘zining har bir harakati bilan yoshlar uchun ijobiy namuna bo‘lishi zarur. Xulosa qilib aytganda, ma'naviy kompetensiya nafaqat shaxsiy taraqqiyot uchun, balki jamiyatning barqarorligi, madaniy yuksalishi va ma'naviy salohiyatining mustahkam bo‘lishi uchun ham muhim omildir. U har bir insonda tarbiyalanishi, rivojlantirilishi va hayot davomida shakllanib borishi lozim bo‘lgan asosiy kompetensiyalardan biridir. Rahbar o’zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqara olishi mumkin. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostguylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi. Uning bilimdonligi, faolligi, mehnatkashligi, 4 Samaridin Barakayevich Qorayev Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti Nodir Ilxomovich Tirkashev mustaqil tadqiqotchi. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING ASOSIY JIHATLARI. Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 5 Sh.T.Haqberdiyeva International TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATIConference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15th -16th 2022 6 Sh.T.Haqberdiyeva International TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATIConference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15th -16th 2022
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 418 kamtarligi, ma’naviyati va madaniyati, ma’rifatliligi o’qituvchilar, bo’lajak kasb egalarining hurmat-ehtiromiga sazovor etadi. 7 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tizimini 2030yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi3. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). 2. Kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning texnologiyalari samaradorligi Musayev Otabek Qudratovich Phd dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.13836476. 3. Sh.T.Haqberdiyeva International TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATIConference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15th -16th 2022. 4. Samaridin Barakayevich Qorayev Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti Nodir Ilxomovich Tirkashev mustaqil tadqiqotchi. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING ASOSIY JIHATLARI. Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 5. Sh.T.Haqberdiyeva International TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATIConference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15th -16th 2022 6. Sh.T.Haqberdiyeva International TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING MOHIYATI VA BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISH JARAYONINING O`QUV FAOLIYATIDAGI AHAMIYATIConference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15th -16th 2022 7. Samaridin Barakayevich Qorayev Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti Nodir Ilxomovich Tirkashev mustaqil tadqiqotchi. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING ASOSIY JIHATLARI. Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 7 Samaridin Barakayevich Qorayev Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti Nodir Ilxomovich Tirkashev mustaqil tadqiqotchi. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN TA’LIMNING ASOSIY JIHATLARI. Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723