FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONANING ROLI
Abstract
Hozirgi kunda maktab oʻquvchilari ustozlarni qadriga yetmayotganlariga guvoh boʻlamiz. Ular ustozning emas ilmning qadriga yetishmayapti. Oʻzlarida bor deb bilgan ilmni ustozlarida yoʻq bilib ularga nisbatan hurmatsizlik qilishayapti. Bu maqolada ushbu ish naqadar yomon ekanligi va bu qilayotgan ishlari bilan ilmni oyoq-osti qilishayotganliklari toʻgʻrisida tavsiyalar berilgan, va oʻquvchilarni ustozlarni, ilmni qadriga yetishga targʻib qilingan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 419 FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONANING ROLI Soliyev Aminjon Obid oʻgʻli Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17557567 Annotatsiya. Hozirgi kunda maktab oʻquvchilari ustozlarni qadriga yetmayotganlariga guvoh boʻlamiz. Ular ustozning emas ilmning qadriga yetishmayapti. Oʻzlarida bor deb bilgan ilmni ustozlarida yoʻq bilib ularga nisbatan hurmatsizlik qilishayapti. Bu maqolada ushbu ish naqadar yomon ekanligi va bu qilayotgan ishlari bilan ilmni oyoq-osti qilishayotganliklari toʻgʻrisida tavsiyalar berilgan, va oʻquvchilarni ustozlarni, ilmni qadriga yetishga targʻib qilingan. Kalit so‘zlar: maqsad, ilm, Ustoz, oʻquvchi, maktab, odob, axloq, hurmat, izzat, tavoze va kibr. Maktab oʻquvchilari orasida ilmga qiziqishi yuqori boʻlganlari anchagina , hattoki ularning ilmga shavqlari shu darajadaki bir daqiqa vaqtini ham bekorchi ishga sarflashga rozi boʻlishmaydi. Ammo oʻquvchilar orasida shunday ham ilmga behurmat , beeʼtiborlari borki, oʻqituvchilarni haqorat qilishadi, kitoblarni yirtib ularni xarob qilishadi. Ana oʻshanday oʻquvchilarni bir kuni ilm xor qiladi. Unday oʻquvchilarni bemaqsad , beilm , behurmat, beodob, be tavoze deyiladi. Endi biroz bularga taʼrif bersak . Maqsad Oʻquvchilarda bir maqsad yoʻqligi uchun ular na ilmga na hunarga na boshqa bir ishga qiziqishadi. Hoʻsh maqsad oʻzi nima uchun kerak? Mening fikrimcha maqsadsiz hayot bir hech . Inson umrining avvalida hayotiga maqsad qoʻyishi va ana oʻsha maqsad bilan hayot kechirishi kerak. Aks holda bu yashagan umrida na bir foydali ish qila oladi va na bir oʻzidan iz qoldira oladi. Bir umr yashagan hayoti bir hech boʻlib oʻtib ketadi. Oʻquvchilarimiz orasida maqsadi yoʻqlari ilmni , ustozni qadriga yetishmaydi. Agar ularda maqsad boʻlganda edi albatta ilmga ehtiyoti boʻlishini bilib ilmni va ustozlarni qadriga yetgan boʻlishardi. Beilmlilik Ilmsiz insonga johil, omi deyishadi . Chunki haqiqatdan ham kishida ilm boʻlmasa qilayotgan ishidan maqsad nima , yoki bu ishni nima uchun qilayapti, yoki nima uchun bu ishni qilmasligi lozim bilmaydi. Bunday insonlarni esa oqil deb boʻlmaydi. Oʻquvchilar orasida endi ilm olishni istab yoʻlga chiqganlari bor. Ular hali endi bu ilm yoʻliga kirishdi. Bu yaxshi albatta ammo men ilm olayapman deb boshqa yon atrofdagilarni johil , omi deb bilishlik asl johillikdir. Ilm yoʻliga chiqgan kishi har kuni oʻzining ilm sizligini bilib borsagina haqiqiy tolib boʻladi, oʻzini esa johil deb biladi boshqalarni emas. Chunki u har kuni ilm olar ekan hech narsani bilmasligini bilib boradi. Natijada yon atrofdagilarni johil emas oqil , ilmli deb biladi. Nega? Chunki undan ham nimadir oʻrgangan boʻladi. Luqmoni Hakim bu haqida shunday deydi “Men odobni odobsizdan o‘rgandim, chunki uning qilganlarini qilmadim.” Behurmatlilik Oʻquvchilarni ilmga boʻlgan hurmatlari oz balki shuning uchundir ular ustozlarni ham hurmat qilishmaydi. Yoʻq biz bunday boʻlishimiz kerak emas , biz ustozlarga hurmatda boʻlib ilmga hurmatda ekanligimizni isbot qilishimiz kerak. Ilmning hurmati shuki har joyda va har
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 420 kimga uni soʻzlamaslikdir. Ilmni no oʻrin gapirish uni xor qilish demakdir. Har kishiga soʻzlash ham unga boʻlgan hurmatsizlik boʻladi. Johil kalima qadrini qaydan bilsin ilmga hurmatni qaydan bilsin. Har bir narsaning oʻz haqqi bor boʻlganidek ilmning ham haqqi bor . Uning haqqi uni oʻz egasiga , ilmni hurmat qiladigan uni qadrlaydigan , uni xor qilmaydigan insonga tarqatish, berishdir. Ming afsuslar boʻlsinki baʼzi ilm egalari ilmni pullab, yoki egallagan ilmini tarqatmay ilmni xor qilishmoqda. Ali roziyallohu anhu shunday deydi: Menga bir harf oʻrgatgan kishining quliman-xohlasa sotsin, xohlasa qul qilib ishlatsin, xohlasa ozod qilisin” Beodoblilik Oʻquvchilar orasida odobsiz boʻlganlari bor bu ham ularni ilmsiz ekanligidan dalolatdir. Ilm oʻz sohibini odobli qiladi. Agar ilm sohibiman degan kishi odobsiz boʻlsa u kishida ilm maqsadi hosil boʻlmabdi . Shu onda bir savol tugʻiladi. Birinchi ilm oʻrganiladimi yoki odob yaʼni birinchi qaysi biriga katta eʼtibor berishimiz lozim? Ulamolarimizning hayotlariga qarasak avvalo odob oʻrganganliklarini koʻramiz ya’nı bu degani agar ilmdan avval odob oʻrganilsa , ilmga baraka boʻladi, ilm olishda tartib boʻladi, va bu tartib ilmning tez ega boʻlishini taminlaydi. Bu haqda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Saiʼyd ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deydilar: “Hech bir ota oʼz farzandiga yaxshi odob oʼrgatishdan ortiq hadya qila olmaydi”. (Imom Termiziy rivoyati). Betavozelik Endi tavoze haqida fikr yuritsak, ilm sohibi doim tavozeli boʻladi. Afsuslar boʻlsinki oʻquvchilarimiz orasida ilm bilan kibrga ketganlari koʻp . Bu esa yaxshi holat emas. Nega? Chunki kibr ilm sohibini johil bir inson qilib qoʻyadi. Ilm bilan kibr tuygan kishi oʻz ilmini takrorlash, uni koʻpaytirish, tarqatish oʻrniga u bilan kibrlanib bor ilmini yoʻqotishiga sabab boʻlib qoladi. Lekin tavoze bilan yurgan ilm sohibi doim oʻz ilmini oʻzligini va ilmga qilgan hizmati uni haqqini ado etmaganligini oʻylab oʻz ustida ertayu kech tinim bilmay ishlaydi. Bu esa uning ilmini yanada oshishiga zamin yaratadi. Alisher Navoiy shunday deydi: Mutakabbir kezibon shaharda xoru mardud, Mutavoziʼni gʻaniy ayladi durri maqsud. Ustoz Ustoz bu ilmga oʻzini bagʻishlagan kishi demakdir. Ustoz shunday boʻlishi kerakki oʻquvchilarini oʻz qobiliyatlaridan kelib chiqib ,hayotda toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan inson boʻlishi lozim. Ustoz misoli bir gugurt donasi kabi , oʻquvchilar esa misoli oʻtin , ustoz oʻzi yongandan keyin oʻquvchilarni ham yoqa bilishi kerak . Boʻlmasam u qanday ustoz boʻldi. Oʻtinning orasida hoʻli boʻlganidek oʻquvchilar orasida ham ilmga ragʻbati yoʻqlari boʻladi. Ustoz ana oʻsha oʻquvchilarni oʻz olovi alangasida isitib ilmga qalbida muhabbat uygʻotishi lozim. Ustoz doim oʻquvchilarni oʻzidan ulugʻ deya bilishi lozim . Negaki, ustozning vazifasi shunchaki bir oʻquvchi tarbiyalashi emas, balki kelajak tarbiyalashi . Modomiki kelajak tarbiyalash ustozning vazifasi, uni oʻzidan ulugʻ bilishi kelajakka boʻlgan hurmat-ehtiromidan boʻlishi lozim. Oʻquvchilarga qaranganda kelajakni koʻrishi lozim. Bor kuchi bilan oʻquvchilarni tarbiyasi bilan shugʻullanishi kerak. Alisher Navoiy ustozlarni ulugʻlab shunday bayt yozgan: Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 421 Oʻquvchi Oʻquvchi uldirki misoli bir hech bir joyiga yozilmagan, boʻm boʻsh daftar kabidir. U daftarga nima yoziladi? qanday narsalar yoziladi ? yaxshi narsalarmi yoki yoman narsalar buni oʻzi hal qiladi. Bu boʻm boʻsh daftarning yozuvchisi har doim oʻquvchining oʻzi . Yoziladigan daftar-da oʻzi yozuvchi-da oʻzi. Ustoz misoli bu daftarning muharriri. U daftarga sarlavha qoʻyadi , egri yozuvlarni toʻgʻirlab , toʻgʻri yozuvlar yozadi. Bu yoziladigan umr daftarining qanday va qay mazmunda boʻlishi oʻquvchi va oʻqituvchiga bogʻliq. Oʻquvchi hayot daftari mazmunli , baxtli , ilmga limmo-lim boʻlishini istasi, hayotda oʻz umr daftarini nimalar bilan toʻldirayapti eʼtibor bermogʻi lozim . Bu daftarga muharrir etib kimni tayinladi bunga ham eʼtibor berishi kerak. Zero baxtli yoki baxtsiz hayot bu ikki omilga bogʻliq . Maktab Oʻquvchi oʻz umr daftarini yozishni oʻrganadigan va ul daftarni yozadigan ilk joy maktabidir. Maktabagi taʼlimi bilan umrini oxirigacha oʻz daftarini yozadi. Maktab soʻzining lugʻaviy maʼnosi ham arab tilidan olingan boʻlib,” yoziladigan joy” degan maʼnoni bildiradi. Xulosa Ey oʻquvchilar oʻz umr daftaringizni yozadigan maktabda har bir olgan ilm, oʻrgangan harfingizni , kalimaning qadrini biling! Oʻrgangan bilimingizni qadriga yetingki hayotingiz, umr daftaringiz goʻzal boʻlsin. Ilmdan maqsad hosil boʻlsin. Ilmga doim hurmatda boʻlingki ilm sizni yuksaklarga olib chiqsin , sizni xor qilmasin. Hayotda toʻgʻri ustoz tanlangki umr daftaringizning tahriri goʻzal boʻlsin. Olgan ilmingizga amal qilingki odobli boʻling. Ilmingiz bilan kibrlanmangki tavozeli boʻlib ilmning choʻqqisiga chiqing. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar (Tarjimon: Mirzo Kenjabek). – Toshkent, 2020. 2. https://t.me/mana_buyuklar 3. https://uz.tgstat.com/channel/@manfaatlilm 4. http://www.instagram.com/muslimuzportali 5. https://ravza.uz/