scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG'I BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Qo'chqorov Sherzodbek Dilshodjon o'g'li

Abstract

Tezisda O‘zbekistonda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar mazmunan tahlil qilingan. Tadqiqotda Prezidentning 2025‑yil 18-apreldagi PF–67-sonli farmoni hamda 21-oktabrdagi PQ–313-sonli qarorlarining soliq tizimiga ta’siri, ayniqsa tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan yengilliklar o‘rganilgan. Muammo sifatida yuridik shaxslar zimmasidagi yer solig‘i yukining og‘irligi va to‘lov tartibining murakkabligi qayd etilgan. Ushbu hujjatlar orqali soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, soliq yuklamasini kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilangan. Tadqiqot natijalari yuridik shaxslarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishda amaliy ahamiyatga ega.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR Muallif: Qo‘chqorov Sherzodbek Dilshodjon o‘g‘li 1 Affilyatsiya: Soliq qoʻmitasi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo inspeksiyasi Davlat soliq Katta inspektori 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17558400 АNNОTАTSIYA Tezisda O‘zbekistonda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar mazmunan tahlil qilingan. Tadqiqotda Prezidentning 2025-yil 18-apreldagi PF–67sonli farmoni hamda 21-oktabrdagi PQ–313-sonli qarorlarining soliq tizimiga ta’siri, ayniqsa tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan yengilliklar o‘rganilgan. Muammo sifatida yuridik shaxslar zimmasidagi yer solig‘i yukining og‘irligi va to‘lov tartibining murakkabligi qayd etilgan. Ushbu hujjatlar orqali soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, soliq yuklamasini kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilangan. Tadqiqot natijalari yuridik shaxslarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Кalit sо`zlаr: Yer solig‘i, Yuridik shaxslar, Soliq ma’muriyatchiligi, Prezident farmoni PF-67, PQ-313 qarori, Soliq imtiyozlari, Tadbirkorlik subyektlari, Moliyaviy yengilliklar, Iqtisodiy islohotlar, Soliq siyosatini takomillashtirish. KIRISH So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar jarayonida soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, soliq tizimini raqamlashtirish, soliq yuklamasini kamaytirish hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qator Prezident farmonlari, qarorlari hamda turli qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Shulardan biri — 2025-yil 18-aprel kuni qabul qilingan PF–67-sonli “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmondir. Mazkur Farmon mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, soliq sohasida ham muhim o‘zgarishlarni belgilab berdi. Bundan tashqari, 2025-yil 21-oktyabrda qabul qilingan PQ–313-sonli qaror orqali O‘zbekistonning olis hududlarida aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida yo‘ldosh aloqa texnologiyalariga oid loyihalarga soliq imtiyozlari berilishi belgilandi. Bu qaror tadbirkorlikni rag‘batlantirish, infratuzilmani kengaytirish hamda iqtisodiy faollikni oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish, ularning iqtisodiy mazmunini va amaliy ahamiyatini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Mazkur tezis aynan shu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarning “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji mohiyati, huquqiy asoslari va ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini ilmiy jihatdan tahlil etishga qaratilgan. ASOSIY QISM 2025-yil 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–67-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida” deb nomlangan. Ushbu farmon bilan soliq sohasida qator muhim o‘zgarishlar tasdiqlandi. Xususan, farmonning “Bojxona to‘lovlari va soliq ma’muriyatchiligi” bobining 13qismida quyidagi norma belgilangan: “ 20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalari 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanilishiga ruxsat berilsin ”[1]. Mazkur norma asosida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i ma’muriyatchiligi tizimiga muayyan yengilliklar kiritildi. Bizga ma’lumki mazkur soliqlarni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshirilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi “Yer solig‘i” deb nomlanib, u ikki asosiy qismdan iborat: “Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i” va “Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i”. “Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i” bobida ushbu soliq turining soliq to‘lovchilari, soliq solish obyekti, soliq bazasi, soliqni hisoblash va to‘lash tartibi hamda boshqa huquqiy me’yorlar belgilangan[2]. Mazkur bobga ko‘ra, yuridik shaxslar ikki toifaga bo‘linadi: - Aylanmadan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar – ular yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismini har chorak uchinchi oyining 20-sanasiga qadar to‘lashlari shart. - Aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar – ular esa yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismini har oyning 10-sanasiga qadar to‘lashlari lozim. Biroq, yanvar oyi uchun soliq to‘lovi 20-yanvarga qadar amalga oshiriladi. Agar soliq majburiyati soliq davri davomida, soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin yuzaga kelsa, unda mazkur majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida to‘lanishi kerak. Shuningdek, Soliq kodeksiga binoan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq to‘lov tartibi biroz farq qiladi. Ya’ni, bunday yerlar bo‘yicha yillik soliq summasining 30 foizi hisobot yilining 1-sentyabriga qadar, qolgan qismi esa 1-dekabrga qadar to‘lanishi lozim [3]. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, yer solig‘i to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash Soliq kodeksiga ko‘ra odatiy tartib hisoblanmaydi. Shu sababli PF–67-sonli farmonga muvofiq ushbu soliqlarni to‘lash muddatlariga qo‘shimcha imkoniyatlar berilishi orqali yuridik shaxslarga moliyaviy yengilliklar yaratildi. Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy yuklamasini yumshatish va ularning ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktyabrdagi PQ–313-sonli “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror bilan o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil etish bilan bog‘liq loyihalar uchun soliq imtiyozlari va preferensiyalar belgilandi. 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji Xususan, ushbu qaror doirasidagi loyihalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, resurs soliqlari, jumladan yer solig‘i bo‘yicha ham imtiyozlar belgilandi. Qarorda quyidagicha belgilangan: “Markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari hamda ularning yer maydonlari yer solig‘idan ozod etiladi”[4]. Mazkur norma orqali Respublikaning chekka hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining aloqa infratuzilmasini rivojlantirish faoliyati rag‘batlantirilmoqda, bu esa iqtisodiy rivojlanish va hududlararo raqamli tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. XULOSA Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar mamlakatda soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoit yaratish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Xususan, 2025-yil 18-aprel kuni qabul qilingan PF–67sonli Prezident farmoni bilan yer va mol-mulk soliqlarini to‘lash muddatlarini bo‘libbo‘lib amalga oshirish imkoniyati yaratilgani korxonalar uchun muhim yengillik bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu o‘zgarish yirik va o‘rta darajadagi korxonalar uchun pul mablag‘larini yanada oqilona boshqarish, aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish faoliyatini uzluksiz davom ettirish uchun qo‘shimcha imkonini beradi. Shu bilan birga, PQ–313-sonli Prezident qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari, xususan, yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirish loyihalari uchun yer solig‘idan ozod etish chorasi, respublikaning olis hududlarida axborotkommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat soliq yuklamasini kamaytirish, balki mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, hududlar o‘rtasidagi raqamli aloqalarni yaxshilash hamda investitsion jozibadorlikni kuchaytirish uchun muhim omil hisoblanadi. Umuman olganda, mazkur islohotlar soliq siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish yo‘lida muhim bosqichdir. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. https://www.lex.uz/uz/docs/- 4674902 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.10.2025-yildagi PQ-313son. https://lex.uz/uz/docs/-7787621 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.04.2025-yildagi PF-67-son. https://lex.uz/uz/docs/7483820 4. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi rasmiy veb-sayti. https://www.gov.uz/oz/soliq 5. Yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi. https://gov.uz/oz/advice/70/document/1335