DAVLAT TIBBIYOT MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBOTLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AXBOROT VA NAZORAT ASOSLARI
Abstract
Maqolada davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobotlarining axborot va nazorat funksiyalarini takomillashtirish masalalari yoritilgan boʻlib sogʻliqni saqlash tizimida moliyaviy intizomni mustahkamlash, mablagʻlardan samarali foydalanish va shaffoflikni oshirishda buxgalteriya hisobotlarining oʻrnini tahlil qilishga e'tibor qaratilgan. Fargʻona viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hamda OITSga qarshi kurash markazi misolida amaliy tajriba oʻrganilib, UzASBO dasturi asosida buxgalteriya hisobi yuritishning afzalliklari hamda mavjud muammolar koʻrsatib oʻtilgan.
Full text
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji DAVLAT TIBBIYOT MUASSASALARIDA BUXGALTERIYA HISOBOTLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AXBOROT VA NAZORAT ASOSLARI Muallif: Sultonova Mushtariy Abdulabbosovna 1 Affilyatsiya: Fargʻona davlat texnika universiteti, tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17558562 АNNОTАTSIYA Maqolada davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobotlarining axborot va nazorat funksiyalarini takomillashtirish masalalari yoritilgan boʻlib sogʻliqni saqlash tizimida moliyaviy intizomni mustahkamlash, mablagʻlardan samarali foydalanish va shaffoflikni oshirishda buxgalteriya hisobotlarining oʻrnini tahlil qilishga eʼtibor qaratilgan. Fargʻona viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hamda OITSga qarshi kurash markazi misolida amaliy tajriba oʻrganilib, UzASBO dasturi asosida buxgalteriya hisobi yuritishning afzalliklari hamda mavjud muammolar koʻrsatib oʻtilgan. Кalit sо`zlаr: buxgalteriya hisobi, hisobot, nazorat funksiyasi, axborot tizimi, UzASBO, IPSAS, davlat tibbiyot muassasasi, moliyaviy shaffoflik, sogʻliqni saqlash. KIRISH Hozirgi kunda sog‘liqni saqlash tizimi davlat tomonidan ijtimoiy sohaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Tibbiyot muassasalarida moliyaviy boshqaruvning samaradorligi ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi, shaffofligi va tahliliy imkoniyatlariga bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi tizimi faqat ma’lumot yig‘ish emas, balki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida byudjet muassasalarining, jumladan tibbiyot tashkilotlarining buxgalteriya hisobi UzASBO avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuritiladi [1]. Ushbu tizim Moliya vazirligi tomonidan joriy etilgan bo‘lib, davlat sektori buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlarga (IPSAS) [2] bosqichmabosqich moslashtirishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, ayrim tibbiyot muassasalarida (jumladan, Farg‘ona viloyatida) pullik xizmatlardan tushgan daromadlarni hisobga olish jarayonlari hali ham qisman qo‘lda amalga oshirilib kelinmoqda. Bu esa hisobotlarning ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib buxgalteriya hisobini yurishini sekinlashtirmoqda. Mazkur maqolada davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobotlarining axborot va nazorat funksiyalarini kuchaytirish, ularni avtomatlashtirilgan tizim asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar keltiriladi. ASOSIY QISM Axborot funksiyasi — buxgalteriya hisobotlarining boshqaruv tizimiga xizmat qiluvchi eng muhim vazifasidir. Hisobotlar yordamida tashkilot faoliyatining moliyaviy natijalari, resurslardan foydalanish samaradorligi va kelajakdagi rivojlanish “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji yo‘nalishlari baholanadi. Davlat tibbiyot muassasalarida axborot funksiyasi quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: • byudjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha batafsil tahliliy ma’lumot taqdim etish; • pullik tibbiy xizmatlardan tushgan daromadlarni tahlil qilish; • mablag‘larning maqsadli sarflanishini kuzatish; • moliyaviy natijalar asosida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish. Masalan, Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida har chorakda shakllantiriladigan hisobotlar asosida xizmatlar hajmi va xarajatlar tuzilmasi tahlil qilinadi. Bu ma’lumotlar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdim etiladi va keyingi byudjet rejalashtirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimida samarali moliyaviy boshqaruv uchun buxgalteriya hisobotlarining tahliliyligi va raqamlashtirilganligi muhim ahamiyatga ega. Nazorat funksiyasi — buxgalteriya hisobotlarining davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanishni, daromadlar va xarajatlar ustidan qat’iy moliyaviy nazoratni ta’minlashdagi roli bilan belgilanadi. Davlat tibbiyot muassasalarida nazorat ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: 1. Davlat nazorati — Moliya vazirligi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 2. Ichki nazorat — tibbiyot muassasasi buxgalteriya bo‘limi tomonidan muntazam o‘tkaziladi. Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurash markazida pullik xizmatlardan tushgan daromadlar bo‘yicha ma’lumotlar hozirda “bildirgi” shaklida qog‘oz ko‘rinishda taqdim etiladi. Ushbu bildirgilar asosida mukofotlar hisoblanadi. Ammo bu jarayonni elektron shaklga o‘tkazish zarur, chunki buxgalteriya nazoratining aniqligini va tezkorligini oshiradi. IFAC tavsiyalariga ko‘ra, davlat muassasalarida buxgalteriya hisobotlari nazorat mexanizmlari bilan integratsiyalashgan axborot tizimi orqali yuritilishi kerak [3]. Shvetsiya, Koreya va Turkiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “Accrual accounting” tizimi asosida ishlovchi integratsiyalashgan moliyaviy tizimlar moliyaviy shaffoflikni 25–30% oshirgan [4]. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, Byudjet kodeksi, hamda Moliya vazirligining UzASBO bo‘yicha buyrug‘lariga asoslanadi [5-6]. Ushbu hujjatlar davlat muassasalarida yagona elektron axborot tizimini yaratish, moliyaviy shaffoflikni oshirishni ko‘zda tutadi. UzASBO dasturi buxgalteriya yozuvlarini avtomatik tarzda yuritish, xarajatlarni nazorat qilish va hisobotlarni real vaqt rejimida tayyorlash imkonini beradi. Lekin ayrim tibbiyot muassasalarida hali ham Excel va qog‘oz ko‘rinishidagi ma’lumotlar saqlanmoqda. Shuning uchun quyidagi takliflar ishlab chiqildi: • pullik xizmatlardan tushgan daromadlar bo‘yicha yagona elektron bildirgi shaklini ishlab chiqish; • UzASBO tizimiga “Daromadlar fondi” moduli kiritish; • 0% soliq stavkasidagi daromadlarni rivojlantirish fondi sifatida alohida analitik hisobda yuritish; • ichki audit tizimini avtomatlashtirish. Xalqaro amaliyotda IPSAS standartlari asosida tibbiyot muassasalarining moliyaviy hisobotlari “Accrual accounting” tizimiga asoslangan holda yuritiladi. Bu tizim sog‘liqni saqlash sohasida mablag‘lar harakatini aniq kuzatish va nazorat qilish
12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji imkonini beradi. Shvetsiya, Koreya Respublikasi, Turkiya davlatlarida buxgalteriya hisobi integratsiyalashgan moliyaviy boshqaruv tizimlari orqali yuritiladi. Farg‘ona viloyatida joylashgan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va OITSga qarshi kurash markazida buxgalteriya hisobi UzASBO va Excel dasturlari orqali yuritiladi. Biroq, pullik xizmatlardan tushgan daromadlar qog‘oz shaklidagi bildirgilar asosida kiritilmoqda. Shu sababli, bildirgi shaklini elektron formatda joriy etish va UzASBO tizimiga integratsiya qilish tavsiya etiladi. 1-jadval Farg‘ona viloyati tajribasi va xalqaro standartlar taqqoslanishi Yo‘nalish Farg‘ona viloyati tajribasi IPSAS va IFAC tajribasi Taklif Hisobot tizimi UzASBO + Excel Integratsiyalashgan moliyaviy tizim UzASBO modullarini kengaytirish Nazorat Qisman qo‘lda To‘liq raqamli audit Ichki audit avtomatlashtirish Daromadlar Qog‘oz bildirgi Elektron registr Elektron shakl joriy etish Soliq imtiyozlari 0% stavka, ajratmasiz Analitik fond yuritiladi “Rivojlantirish fondi” schoti ochish Bu jadvaldan ko‘rinadiki, O‘zbekiston tibbiyot muassasalari xalqaro amaliyot yo‘nalishida faol harakat qilmoqda, biroq integratsiya darajasi hali to‘liq emas. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat tibbiyot muassasalarida buxgalteriya hisobotlarining axborot va nazorat funksiyalarini takomillashtirish sog‘liqni saqlash tizimi boshqaruvining ajralmas qismidir. Axborot funksiyasi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy ilmiy tavsiyalar: 1. UzASBO tizimini rivojlantirish orqali buxgalteriya hisobotlarini raqamlashtirish, ichki auditni avtomatlashtirish hamda IPSAS standartlariga moslashtirish zarur. UzASBO tizimida “Pullik xizmatlar daromadi” va “Rivojlantirish fondi” modullarini ishlab chiqish. 2. Har bir tibbiyot muassasasi uchun yagona elektron bildirgi shaklini joriy etish. 3. Ichki nazorat tizimlarini raqamli platformaga o‘tkazish. 4. Buxgalterlar va iqtisodchilarni xalqaro standartlar bo‘yicha o‘qitish. Bu chora-tadbirlar davlat tibbiyot muassasalarining moliyaviy barqarorligini oshiradi, sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va ishonchlilikni mustahkamlaydi. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. Zamirovich, J. S. (2024). BYUDJET HISOBI TUSHUNCHASI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(06), 180-186. 2. IPSASB (2024). Handbook of International Public Sector Accounting Standards. https://www.ipsasb.org/publications/2024-handbook-internationalpublic-sector-accounting-pronouncements 3. Палешева, Н. В., & Швец, Е. В. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА И КОНТРОЛЯ БЮДЖЕТНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ НА ОСНОВЕ ОБЗОРА НАКОПЛЕННОГО ОПЫТА
13 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Iqtisodiy barqarorlik va huquqiy-ijtimoiy tizimning innovatsion rivoji НЕДОСТАТКОВ И НАРУШЕНИЙ. ЭКОНОМИКА И СОВРЕМЕННЫЙ МЕНЕДЖМЕНТ: ТЕОРИЯ, 59. 4. Barroy, H., & Gupta, S. (2021). Fifteen years later: moving forward Heller’s heritage on fiscal space for health. Health Policy and Planning, 36(8), 1239-1245. 5. Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. 01.01.2014. https://lex.uz/docs/-2304138 6. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” (yangi tahriri) Qonuni, 13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son. https://lex.uz/uz/docs/-2931253