scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZULFIYA-OʻZBEK AYOL SHOIRALARI ORASIDA MILLIY RUH TIMSOLI

Sattarova, Sitora

Abstract

This article refers to the poetry of the Uzbek poetess Zulfiyakhonim, in whose work the image of a woman - a loving mother and a faithful woman - is studied. Also, the writer's art of creating a poetic image is illuminated through the analysis of poems. The study of Zulfiyakhonim Israilova's work shows that in the spirit and tone of such a creative work, in its meaning and direction, in the ideas and ideals expressed in it, the sad and passionate lament of a simple Uzbek woman is embodied. In this sense, the factor that ensured the warmth of Zulfiya's work is her active humanism, poetic symbolism, and a world of attractive feelings. The article reflects precisely these aspects of the poet's poetry.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 45 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ZULFIYA-OʻZBEK AYOL SHOIRALARI ORASIDA MILLIY RUH TIMSOLI Chilonzor tuman 2-son texnikum ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Sattarova Sitora Alibek qizi Annotarsiya Ushbu maqolada o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim she’riyatiga murojaat etilib, uning ijodida ayol – mehribon ona va vafodor ayol timsoli sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, adibaning poetik timsol yaratish san’ati she’rlardagi tahlil orqali yoritiladi. Zulfiyaxonim Isroilova ijodining o‘rganilishi shuni ko‘rsatadiki, bunday ijod mahsulining ruhiyati va ohangida, uning ma’no-mazmuni va yo‘nalishida, unda ifodalanayotgan g‘oya va ideallarida sodda bir o‘zbek ayolining mungli hamda jo‘shqin nolasi mujassamlashgan. Shu ma’noda, Zulfiya ijodining haroratini ta’minlagan omil ham undagi faol insonparvarlik, poetik timsol va jozibali tuyg‘ular olamidir. Maqolada shoira she’riyatining aynan shu jihatlari o‘z ifodasini topgan. Kalit so‘zlar: Zulfiya, o‘zbek adabiyoti, ayollar obrazi, madaniyat, ma’naviyat Аннотация В данной статье рассматривается поэзия узбекской поэтессы Зульфии, в творчестве которой женщина рассматривается как символ любящей матери и верной женщины. Также искусство создания поэтического образа писательницы освещается через анализ стихотворений. Изучение творчества Зульфии Исроиловой показывает, что в духе и тоне такого творческого произведения, его смысле и направленности, выраженных в нем идеях и идеалах воплощен скорбный и страстный плач простой узбекской женщины. В этом смысле фактором, обеспечившим тепло творчества Зульфии, является ее активный гуманизм, поэтический образ и мир привлекательных чувств. В статье отражены именно эти аспекты поэзии поэтессы. Ключевые слова: Зульфия, узбекская литература, образ женщины, культура, духовность Annotation This article refers to the poetry of the Uzbek poetess Zulfiyakhonim, in whose work the image of a woman - a loving mother and a faithful woman - is studied. Also, the writer's art of creating a poetic image is illuminated through the analysis of poems. The study of Zulfiyakhonim Israilova's work shows that in the spirit and tone of such a creative work, in its meaning and direction, in the ideas and ideals expressed in it, the PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 46 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us sad and passionate lament of a simple Uzbek woman is embodied. In this sense, the factor that ensured the warmth of Zulfiya's work is her active humanism, poetic symbolism, and a world of attractive feelings. The article reflects precisely these aspects of the poet's poetry. Keywords: Zulfiya, Uzbek literature, image of women, culture, spirituality Benazir ayol, buyuk ona hamda sadoqat va vafo timsoliga aylangan Zulfiya Isroilova inson qalb tug‘yonlarining o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgani ham bizda boy taassurot uyg‘otdi. Uning dostonlari, balladalari, elegiyalari, nasriy she’rlari, hikoya va ocherklari, publitsistik maqolalari har qanday o‘quvchini chuqur mushohada yuritishga chorlaydi. Aksariyat she’rlari butun dunyo xalqlarini tinchlik va do‘stlik atrofida birlashtirishga da’vat etadi. Urush yillaridagi vatanparvarlik hissi yo‘g‘rilgan she’rlari insonni jasoratga undaydi. Zero, ulug‘ shoira she’rlaridan birida inson ruhining boqiyligi, ezgulik va adolatning abadiyligi xususida so‘z yuritib, “Baxtim shu – o‘zbekning Zulfiyasiman” deya yozganida ham chuqur ma’no mujassam. Zulfiya ijodi o‘z davrining pokiza buloqlaridan suv ichgan nafis va go‘zal durlardir. Shu bois ham inson ruhiyatining betakror kuychisi she’rlari kitobxonni nafosatga, ezgulikka do‘st tutinib, navnihol bahor faslining oppoq tongiga еtaklaydi. Qalbini o‘zgacha harorat bilan isitadi. Otashqalb shoiraning tinchlik haqidagi, inson ruhiyatini g‘ajib tashlay oladigan hijron to‘g‘risidagi, tabiatning ajib bir holati tasvirlangan she’rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, onajonlarga, ma’shuqalarga xos, tushunarli, anglatarli bo‘lgan she’riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg‘ularining porloq yulduzi charaqlab turadi. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzodga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi. 1935—1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So‘ngra 1938—1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Dav-lat nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, 1950—1953 yillarda esa «O‘zbekiston xotin-qizlari» («Saodat») jurnalida bo‘lim boshlig‘i. 1953—1980 yillarda esa bosh muharrir bo‘lib ishladi. Zulfiya 17 yoshida yozgan «Xayot varaqlari» (1932) birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.Zulfiyaning PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 47 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ijodiy kamolotida o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi.Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni chog‘da mazkur to‘plamlardagi she’rlari shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.Urush davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o‘rin olgan.Shoiraning urushdan so‘nggi yillarda yozilgan «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo‘shig‘i» (1953) kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965) to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uni «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi ocherk va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustoddarning yorqin xotiralariga bag‘ishlangan. Zulfiya H. Olimjonning «Semurug‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pesa va opera librettosini ham yaratgan. Zulfiya «Uylar», «Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan.Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. 1940-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet Ittifoqining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, „davr gʻoyalari“ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 48 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi. Buyuk shoira, sadoqatli yor va vafo kuychisiga yuksak e’tibor, chuqur ehtirom sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyunda qabul qilingan farmoni bilan mamlakatda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida izlanayotgan, faol, fidoyi, tashabbuskor va iqtidorli qizlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ham biz, O‘zbekiston xotinqizlariga juda manzur bo‘ldi. O‘tgan davrda o‘zining a’lo bilimi, xulqi, adabiyot, san’at kabi sohalardagi iste’dodini keng namoyon etgan yuzdan ortiq iqtidorli qiz ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan. Demak, Zulfiyaxonim ijodi o‘zbek xalqi qalbida hamisha porlab turadi. Zulfiyaxonim bo‘lgan. Hayotidagi mehnatsevarligi, intiluvchanligi, sadoqatli yor ekani, badiiy ijodda betinim izlanuvchan bo‘lgani, hayot qiyinchiliklarini mardonavor еngishi, erishilgan yutuqlari oldida o‘zini yo‘qotmasligi har qanday o‘zbek xotinqizlari qalbida o‘zgacha havas uyg‘otadi. Atoqli shoiramiz Zulfiyaning she’rlari hozirgi kunga ham o‘z mazmun mohiyatini yo‘qotmagan, minglab adabiyot ixlosmandalarining qalbidan chuqur iz olib kelmoqda. Zulfiya o‘zbek ayol shoiralari orasida milliy ruh, vatanparvarlik, sadoqat va ayollik go‘zalligi timsoli sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning she’rlari bugun ham o‘quvchini hayajonga soladi, g‘urur bag‘ishlaydi va milliy qadriyatlarga sadoqatni uyg‘otadi. Zulfiya siymosi — o‘zbek ayolining g‘ururi, kuchi va mehrining ramzidir. ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES 1. Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975. 1. 2.Naim Karimov. m. G. Gulyama, 1983. 2. 3.Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965. 3. 4.Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. Toshkent: „Yozuvchi“, 2000. 4. 5.Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985. 5. Z.A.TURSUNOVA A.N.ASKAROVA. ZULFIYAXONIM – SADOQAT VA MATONAT TIMSOLI. USLUBIY QO‘LLANMA. Ҳиндистон.ISBN: 978-9325942-45-8. 6. Tursunova Zebunniso Avazbek qizi, & Askarova Nargiza Abdivalyevna. (2023). ZULFIYAKHANIM IS THE SYMBOL OF A STRONG AND INTELLIGENT UZBEK WOMAN. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 12, 126– 129. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 49 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 7. Shavkatova Ismigul Sharif qizi, & Askarova Nargiza Abdivalievna. (2023). ZULFIYAXONIM HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR. E Global Congress, (1), 73– 77. 8. Boymurodova Xolisa, & Askarova Nargiza Abdivalievna. (2023). ZULFIYAXONIM – BAXT VA XAYOT KUYCHISI. E Global Congress, (1), 68–72.