scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

VATANPARVARLIK TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MAZMUN-MOHIYATI TO'G'RISIDA MILLIY VA XORIJIY OLIMLARNING PSIXOLOGIK YONDASHUVLARI

G'ovsiddinova Nozanin Sunnatullo qizi

Abstract

Ushbu maqolada vatan, vatanparvarlik borasida ajdodlarimizning fikr mulohazalari, vatanparvarlik tuyg’usining mohiyati haqida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari taxlil qilingan.

Full text

227 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 VATANPARVARLIK TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK MAZMUN-MOHIYATI TO’G’RISIDA MILLIY VA XORIJIY OLIMLARNING PSIXOLOGIK YONDASHUVLARI G’ovsiddinova Nozanin Sunnatullo qizi Jamoat xavsizligi universiteti “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedirasi 1-kurs magistranti, el-pochta: nozanin[email protected] tel: +998933-662-20-24 https://doi.org/10.5281/zenodo.17560057 Annotatsiya. Ushbu maqolada vatan, vatanparvarlik borasida ajdodlarimizning fikr mulohazalari, vatanparvarlik tuyg’usining mohiyati haqida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari taxlil qilingan. Kalit so’zlar: vatan, vatanparvarlik, yoshlar, uchunchi renessans, dolzarb muammolar, Amerika yoshlari, vatanparvarlikning psixologik tuzilmasi. THE CONCEPT OF PATRIOTISM, ITS PSYCHOLOGICAL CONTENT-ESSENCE OF NATIONAL AND FOREIGN SCIENTISTS' PSYCHOLOGICAL APPROACHES Annotation. This article analyzes the views of our ancestors on the homeland, patriotism, scientific research of national and foreign scientists on the essence of the feeling of patriotism. Keywords: homeland, patriotism, youth, third renaissance, current problems, American youth, psychological structure of patriotism. ПОНЯТИЕ ПАТРИОТИЗМА, ЕГО ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ СОДЕРЖАНИЕ – СУЩНОСТЬ В ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ПОДХОДАХ ОТЕЧЕСТВЕННЫХ И ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ Aннотация. В статье анализируются представления наших предков о Родине и патриотизме, а также научные исследования отечественных и зарубежных учёных о сущности чувства патриотизма. Ключевые слова: Родина, патриотизм, молодёжь, Третий ренессанс, актуальные проблемы, американская молодёжь, психологическая структура патриотизма, Barchamiz guvohi bo’lyabmizki dunyoda bo’lib o’tyotgan turli taxlikali vaziyatda har bir yosh avlodning o’z ma’naviy jihatdan barkamol, yetuk inson bo’lishi, har bir vaziyatga har taraflama mantiqan o’ylab, tafakkur qilib, xulosa chiqarishi va harakatlanishi, xushyor va ogoh bo’lishi talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan har tomonlama yangilanish va rivoshlanish davrida va har bir tizimini qayta, to‘liq modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichida, eng ilgʼor, eng jonkuyar, eng vatanparvar, jamiyatimiz manfaatlariga sodiq, yoshlarimizni keng qamrovli oʼrganish, uni psixodiagnostik usullar bilan baholash hamda ularda vatanparvarlik ruhini rivojlantirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar, ilmiy modellar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri ekanligi belgilandi. Jumladan, harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan strategik hujjatlarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanimizga xizmat qilishga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. 228 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yod g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda [1]. Uchunchi renessans davri har birimiz o’z oldimizga ushbu savollarni qo’yishimiz va shu savollarni ijobiy yechim topishini maqsad qilishimiz kerak. 1.Z-avlod Qanday ish bilan shug’illanyabdi ? 2.Bugungi kunda yoshlar qay darajada milliy qadryatlarimiz, an’analarimizga muonand tarzda harakatlanyabdi ? 3.Yoshlarda idrok, tafakkur, irodaviy sifatlar, muloqot, sabr, qatiyatliylik sifatlari bugungi kunda qay darajada shakllangan? 2. Yoshlarning bugungi hayot tarzi qanday va bu kiyingi 5 va 10 yilda o’zi va jamiyatga qanday effekti bor? Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-iyun kuni “Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (267-son) qabul qilindi. Shunga asosan 2023-2027 yillarda «Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash» samaradorligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish boyicha esa «Yo‘l xaritasi « ham belgilab olingan. Qaror bilan 2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish kontseptsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 1 Mamlakatimizda olib borilayotgan chora tadbirlarning o’zi har tomonlama bugungi kunda bir tanu bir jon bo’lib har bir yosh avlodni ham ma’nan ham jismona va eng muhimi psixologik barkomol shaxs bo’lishi va vatanni kamol topishi uchun birgalikda harakat qilishimiz shart hisoblanadi. Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga еtgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urfodatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt-iqbol bеradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidеk: «Har bir kishining tug`ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani dеyilur. qar kim tug`ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik еrlarni boshqa еrlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson еrlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi» 2 Vatan - bu xalqning o‘tmishi, buguni va kеlajagidir. Vatan - muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi.U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy еtimlikdan asrovchi manzil, ma'naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘choqidir.Inson uchun vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambag’ali ham bo‘lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi. Vatan in'om etilmaydi, qarzga bеrilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va bеtakrordir. 1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining. (2023, 06 26). Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash . 267-sonli qarori. 2 Abulla Avloniy “ Turkiy Guluston ,yoxud axloq’’ www.ziyouz.com 16-bet 229 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Vatanni eng oliy nе'mat singari boshimiz uzra baland ko‘tarib, har on va har soniyada uning tuproqini ko‘zlarga surtib, unga ta'zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir. Vatan mеhrini, vatan sеhrini, uning mo‘'tabarligiyu uluqvorligini so‘z bilan ifodalash qiyin. Har bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mеning bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan bo‘lur edim, dеb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bеbaho o‘gitdir. Vatanni his qilgan - anglagan insongina vatanparvarlik tushunchasini mazmun-mohiyatini his qiladi. Vatanparvarlik hammamizning o‘z ishimizga mas'uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko‘z qorachiqiday asrash, boyliklariga boylik qo‘shishga o‘z ulushimizni qo‘shish, ilm-fan cho‘qqilari sari intilish va boshqalardir. Vatanparvarlik bir so‘z bilan aytilganda o‘z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo‘shish: - ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning bеlgisidir; - vatanparvarlik – xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishdir. - Vatanparvarlik bu sadoqatdir, e’tibor, adolat, vafo, harakatdir. Vatanparvarlik — kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o‘z vatanlari taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o‘zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg‘ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o‘tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo‘ladi. AQSHda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish masalasiga juda katta e’tibor qaratiladi. Chikago universitetining tadqiqotlariga ko‘ra Amerika xalqi milliy g‘ururi Venesueladan keyin ikkinchi o‘rinda turishi aniqlangan. Amerikada vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish kichik maktab yoshi davridan ta’lim va tarbiya maskanlarida olib boriladi. Amerika yoshlari boshqa davlat yoshlaridan farqli o‘laroq dars mashg‘ulotlarini davlat madhiyasi va Vatanga qasamyod qilish bilan bilan boshlaydi. Maktabda yoshlarni “Amerika haq, chunki u haq” g‘oyasini singdirish va milliy bayramlar, jumladan, 4-iyul mustaqillik kuni, 12oktayabr Amerika kashf qilingan kun (Kolumb kuni), noyabr oyida “Shukronalik kuni”, 11noyabr kuni Amerika uchun kurashgan shaxslarni yod olish kuni munosabati bilan paratlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi ularda o‘z davlati va millatga nisbatan vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga zamin yaratadi. Yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlar AQSh me’yoriyhuquqiy normalarida o‘z aksini topgan. Xitoyda vatanparvarlik tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratiladi. Xitoyda vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanishi ularning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadimgi tarixi va bir tomondan jamoaviy mehnat qilish, ikkinchi tomondan milliy psixologik fazilatlar (qat’iy intizom, shaxsning jamoaga nsbatan yuqori darajadagi bog‘liqligi, shaxsning o‘ziga xos tabiati, hamdardlik) hamda qadiriyatlari bilan bog‘liq. Bu mamlakatda vatanparvarlik yangilangan Xitoy mintaqalari va xalqini birlashtirgan va siyosiy to‘ntarishning barcha qiyinchiliklarini yengishga yordam bergan yuqori darajadagi jamoaviy jipslik bilan taqqoslanadi. Vatanga muhabbat, hokimiyatga sodiqlik va ishonch Xitoy jamiyatining o‘zgarmas qadriyatlaridir. 230 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Xitoy Xalq Respublikasining asosiy huquqiy hujjati – Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasida (24-modda) shunday deyilgan: “Davlat Vatanga, xalqqa, mehnatga, fanga, sotsializmga muhabbat bilan ajralib turadigan, vatanparvarlik, kollektivizm va internatsionalizm, kommunizm, xalq orasida dialektik va tarixiy materializmga asoslangan ta’limni amalga oshiradigan jamoat axloqini anglatadi”[5]. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi kafedrasi dotsenti psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sirliyev Erkin Nazarovichning qiyosiy ta’xlillarida biz bevosita chet-el va O’zbekiston madaniyatida vatanparvarlik tushunchasini har bir davlatning milliy qadriyatlari ,qonun qoidalari asosida shakllanganligining guvohi bo’lamiz. Shaxsda vatanparvarlikning psixologik tuzilmasini tadqiq qilgan V.N.Myasishchevning fikricha, vatanparvarlik komponentlari shaxsning davlatga, xalqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan quyidagi munosabatlarida namoyon bo‘ladi[6,53]:  davlatga munosabat – davlat ramzlarini, davlatning tarixiy, madaniy an’analarini, davlat tilini bilish va ularga nisbatan munosabatda ko‘rinadi;  xalqqa munosabat – xalqning mentaliteti, qadriyatlari, asosiy xususiyatlarini anglash, vatanparvarlik, millatchilik, egotsentrizm, xalqning tinchlik va harbiy safarbarlik holatiga munosabat, xalq manfaatida vatanparvarlikni ifoda etishga ehtiyojini his qilishda ifodalanadi;  shaxsning o‘ziga vatanparvar sifatida munosabat – o‘zining huquqlarini, burch hamda majburiyatlarini bilishida namoyon bo‘ladi. V.N.Myasishchevning fikrisha shaxsning vatanparvarlik tuyg’usi 3 komponent asosida namoyon bo’lishini o’rgandik va obektivlik asosida taxlil qilingan , men o’ylaymanki shaxsning individual xususiyatlari asosida ham taxlil qilish yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini yanada rivojlantrishga imkon bo’ladi . Xulosa qilib, vatanparvarlik — bu insonning o‘z Vatani bilan bevosida champarchas bog‘liqligi, uning taraqqiyotida faol ishtirok etish istagi, hamda o‘z xalqining qadriyatlari va manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan psixologik holatdir. U shaxsning ijtimoiy yetukligi, axloqiy qadriyatlari va fuqarolik ongining ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Vatanparvarlikni shakllantirish jarayonida psixologik mexanizmlar — identifikatsiya, iroda, ijtimoiy ta’sir, o‘zini anglash va ijtimoiy emotsiyalar muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bu tuyg‘uni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimi, ommaviy axborot vositalari va madaniy muhit orqali izchil qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Biz yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg’usini shakllantrishimiz uchun ularning shaxs xususiyatlarini bilishimiz zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-4375-son qarori.. 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining . (2023, 06 26). Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash . 267-sonli qarori. 3. Abulla Avloniy “ Turkiy Guluston ,yoxud axloq’’ www.ziyouz.com 16-bet 4. Mamatov X.T., Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qonun va qonunosti hujjatlarining ahamiyati.Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar to‘plami. – Samarqand: O‘R QK KMTM, 2024 214218.bet 231 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 5. Sirliyev Erkin Nazarovich https://doi.org/10.53885/edinres.2024.04.2.051 6. Мясищев В.Н., Социальная психология личности. - Л.: 1974. С. 53