DUNYONING RIVOJLANGAN MAMLAKATLARIDA AMAL QILAYOTGAN TA'LIM-TARBIYANING OPTIMAL MODELLARI VA ULARDAN FOYDALANISH BO'YICHA TAVSIYALAR
Abstract
Ushbu maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amal qilayotgan ta’lim-tarbiyaning optimal modellari, ularning asosiy prinsiplari, tayanadigan yondashuvlari, tahlil qilingan. Jumladan, Finlandiya, Singapur, Malaziya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Rossiyadagi ta’lim- tarbiya modellari, ularning o‘ziga xos jihatlari, ustuvor yo‘nalishlari haqida fikr yuritilgan, ta’lim-tarbiyaning optimal modellari bilan O‘zbekistonda amal qilayotgan ta’lim modelini integratsiyalash, ta’lim-tarbiyaning optimal modellari asosida O‘zbekiston ta’lim modelini boyitish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 17 DUNYONING RIVOJLANGAN MAMLAKATLARIDA AMAL QILAYOTGAN TA’LIM-TARBIYANING OPTIMAL MODELLARI VA ULARDAN FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYALAR R.G.Safarova Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Milliy tarbiya, mutafakkirlar hamda jadidlarning pedagogik ta’limotlari” ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof. https://doi.org/10.5281/zenodo.17560115 Annotatsiya. Ushbu maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amal qilayotgan ta’lim-tarbiyaning optimal modellari, ularning asosiy prinsiplari, tayanadigan yondashuvlari, tahlil qilingan. Jumladan, Finlandiya, Singapur, Malaziya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Rossiyadagi ta’limtarbiya modellari, ularning o‘ziga xos jihatlari, ustuvor yo‘nalishlari haqida fikr yuritilgan, ta’lim-tarbiyaning optimal modellari bilan O‘zbekistonda amal qilayotgan ta’lim modelini integratsiyalash, ta’lim-tarbiyaning optimal modellari asosida O‘zbekiston ta’lim modelini boyitish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Kalit so’zlar: ta’lim-tarbiyaning optimal modellari, faoliyatli yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, qadriyatlar, o‘qituvchi, ma’naviy tarbiya, axloqiy tarbiya, mas’uliyatlilik, vatanparvardik, madaniyatlar dialogi, intizomlilik. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida davlatning ustuvor siyosati sifatida ta’limga alohida e’tibor qaratiladi. Davlat va jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy mexanizmi sifatida ta’limtarbiyaning ustuvor modellari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim-tarbiyaning optimal modellari sirasiga AQSh, Janubiy Koreya, Finlyandiya, Yaponiya, Germaniya, Singapur, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarda ta’lim modellari umumiy jihatdan innovatsion, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvga tayangan holda shakllantirilganligi bilan xarakterlanadi. Jumladan Finlyandiyaning ta’lim-tarbiya modelida shaxsga yo‘naltirilgan, ta’limda teng imkoniyatlarni taqdim etish, individual va jarayonli baholash, o‘quvchini ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli tayorlash kabi ta’lim-tarbiya modellariga ustuvorlik berilgan. AQSh ta’lim-tarbiya tizimida esa inklyuziv va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim modeli amal qiladi. Uning asosiy mohiyati o‘quv tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarga erkinlik va mustaqil fikrlash uchun sharoit yaratish, STEM (Science, Technology, Engineering, Math) texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion pedagogik texnologiyalardan vaziyatli foydalanish tashkil etadi. Yaponiyaning ta’lim-tarbiya modeli ham o‘ziga xos bo‘lib, unda integrativ hamda tarbiyaviy yondashuv ustuvorlik qiladi. Yaponiyaning ta’lim modeli ta’lim-tarbiya birligi, jamoaviylik, intizomlilik, mehnatsevarlik prinsiplariga tayangan holda ishlab chiqilgan, ushbu modelda amaliy bilimlar va milliy qadriyatlar uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgan. Singapurning ta’lim modeli bugungi kunda o‘zining innovatsion xarakteriga egaligi bilan dunyodagi aksariyat pedagoglarning e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Ushbu modelda pragmatik va strategik ta’lim-tarbiyaga alohida o‘rin ajratilgan. Uning asosiy shiori “Bilimli millat - kuchli millat”, “O‘qituvchi islohot markazida”.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 18 Turkiya ta’lim-tarbiya modeliga oid tajribalarni o‘rganish ham pedagogik bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Turkiya ta’lim modelining markazida “4K” kompetenesiyalari turadi. Uning asosini milliy qadriyatlarga tayanish tashkil etadi. Turkiyaning ta’lim-tarbiya modeli milliy tarix, madaniyat va islomiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan. Ushbu modelda “Atatürk ilmiy va ma’naviy qadriyatlar” g‘oyasi asos qilib olingan. Ta’limning asosiy vazifasi millatga foydali, vatanparvar va insonparvar avlodni tarbiyalashdan iborat. Zamonaviy ta’lim dasturlari XXI-asr ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan “4K” ta’lim modeliga tayangan holda ishlab chiqilgan. Ushbu model ta’lim oluvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish va muloqot va kollaboratsiyada ishlash, kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Turkiya ta’lim model doirasida STEM ta’lim (Science, Technology, Engineering, Math) keng joriy etilgan. Turkiya Bolonya shartnomasining ishtirokchisi, Yevropa ta’lim makoni hamkori sifatida ta’lim tizimini rivojlantirishga oid innovatsion yondashuvlarga hozirjavoblik bilan munosabatda bo‘lib kelmoqda. Turkiya ta’lim modelida ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishining ustuvorligi ta’minlangan. Umumiy o‘rta ta’lim muassalarida din va axloq madaniyati (“Din Kültürü ve Ahlak Bilgisi”) fanlari majburiy hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida FATİH loyihasi (Fırsatları Artırma ve Teknolojiyi İyileştirme Hareketi), interaktiv doskalar, planshetlar va raqamli resurslar, raqamli o‘quv platformasi faol ishlaydi. Xitoy ta’lim modelining asosiy xususiyatlari Konfutsiy ta’limotiga asoslangan axloqiy tizimni o‘zida mujassamlashtirgan. Ushbu davlatning ta’lim modelida Konfutsiy ta’limoti ta’limtarbiyaning asosiy negizini tashkil etadi. O‘quvchilarni jamiyat a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, intizomlilik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik, qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. O‘qituvchi jamiyatda katta hurmatga ega, ikkinchi ota sifatida qabul qilingan. Ta’lim davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblandi. Ta’limning har bir bosqichida standartlar, baholash tizimi va dasturlar bir xil markazlashgan tarzda amal qiladi. Maktablar reyting, natija va intizom ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi. Ta’lim jarayonida qat’iy, tizimli talabchanlik siyosati amal qiladi. O‘quvchilar bilimni tez va aniq o‘zlashtirishlariga ko‘ra baholanadilar. Oliy ta’limga kirish imtiholarida (Gaokao) esa yuqori darajadagi raqobatlashuv kuzatiladi. So‘ngi yillarda Xitoy ta’lim tizimida STEM, AI, Big Data, robototexnika sohalariga alohida e’tibor qaratilib, juda katta investitsiyalar kiritilgan. Xitoy ta’lim modeli doirasida onlayn platformalar va sun’iy intellekt asosidagi ta’lim tizimlari ishlab chiqilgan. Yosh avlodga milliy madaniyatni singdirish, xitoy tili va tarixini o‘rgatishga ustuvorlik berilgan. Shu bilan bir qatorda Xitoy ta’lim modeli xalqaro dasturlar (IB, Cambridge, Confucius Institutes) bilan integratsiya qilingan. Shuning uchun ham Xitoy universitetlari xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Rossiya ta’lim modeli davlat tomonidan boshqariladigan markazlashgan tizim maqomiga ega. Shunga ko‘ra ta’lim davlat siyosatida strategik yo‘nalish hisoblanadi. Barcha maktablar yagona federal standartlar (FGOS) asosida ishlaydi. Ta’lim sifati maxsus agentliklar tomonidan nazorat qilinadi. Rossiya ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarning nazariy bilimni chuqur egallashlariga alohida e’tibor qaratiladi. Aniq, tabiiy va texnika fanlarini o‘qitishga ustuvorlik berilgan. Akademik maktablar an’anasi mustahkam asosgan ega. Bunday maktablar sirasiga Lomonosov, Mendeleev, Vernadskiy va boshqalarning ilmiy maktablarini kiritish mumkin. O‘quvchi va talabalarni ma’naviy rivojlantirish masalasi ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi. Rossiya ta’lim modeli “Inson jamiyatning asosiy qadriyati” degan prinsipga asoslangan. Ta’lim jarayonida bilim berish bilan bir qatorda axloqiy, vatanparvarlik va ijtimoiy mas’uliyatlilikni tarbiyalashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Raqamli maktab (Sifrovaya
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 19 shkola), ochiq ta’lim (Otkrыtoe obrazovanie), aqilli shaharlar (Umnыe goroda) kabi milliy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim modeli doirasida STEM va IT yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilingan va keng joriy etilmoqda. Bir qator onlayn ta’lim platformalar mavjud. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda ta’lim-tarbiyaning optimal modellari amal qilmoqda. Ularning aksariyati har bir davlatning strategik maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ta’lim davlat siyosatining ustuvor maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan hodisa bo‘lib, umummilliy siyosat darajasida namoyon bo‘lmoqda. Ta’limning optimal modellarini o‘rganish va tahlil qilishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining ta’lim modelini dunyoning ilg‘or mamlakatlari ta’lim modellari bilan integratsiyalash, ulardagi ilg‘or va samalari jihatlardan ijodiy foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish, shu asosda O‘zbekiston ta’lim tizimini nazariy, amaliy jihatdan takomillashtirishdan iborat. Shu maqsadda biz ta’limning optimal modellarida o‘z ifodasini topgan faoliyatli, rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan, innovatsion va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida O‘zbekiston ta’lim modelini rivojlantirish, uning mazmunida qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik, qat’iyatlillikni rivojlantirishga intilish, ijtimoiylashish, qat’iy intizomlilik, fuqarolik tuyg‘ularini ulug‘lash, shaxslararo qadriyatli munosabatda bo‘lish, madaniyatlar dialogini kengaytirish, 21 asr ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan “4K” kompetensiyalari asosida o‘quvchi hamda talaba-yoshlarni rivojlantirish, o‘qituvchiga jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida yondashish tajribasini qabul qilish, innovatsion dasturlarni yaratish va qo‘llash, o‘quvchi va talabalarga milliy va umuminsoniy madaniyatni singdirish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilishga ularni o‘rgatish kabi sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan bilimlar va ijtimoiy amaliy tajribalarni singdirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Образования в России https://ru.wikipedia.org/ 2. Образования в Турции https://ru.wikipedia.org/ 3. Система образования в Китае https://www.portalchina.ru/articles/education-system