KURSANTLARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING SAMARALI MODELLARINI QO'LLASH BO'YICHA XALQARO VA TARIXIY-MILLIY TAJRIBA
Abstract
Ushbu maqolada kursantlarni milliy ruhda tarbiyalashning samarali modellarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro va tarixiy-milliy tajriba o‘rganilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 50 KURSANTLARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING SAMARALI MODELLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA XALQARO VA TARIXIY-MILLIY TAJRIBA Medetova Raushan Mamadiyarovna1, IsmаilovDosbol Tileyberdiyevich2 1Milliy tarbiya pedagogikasi instituti bo‘lim mudiri, pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; 2O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Janubiy harbiy qo‘mondonlik fakulteti (Janubiy operativ qo‘mondonlik) Umumiy taktika sikli boshlig‘i, umumqo‘shin tayyorlash kafedrasining katta o‘qituvchisi, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17562064 Annotatsiya. Ushbu maqolada kursantlarni milliy ruhda tarbiyalashning samarali modellarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro va tarixiy-milliy tajriba o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: kursant, ta’lim, milliy ruh, xalqaro va milliy tajriba, o‘qituvchi. O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning bir qancha qarorlarida kursantlarni rivojlantirish uchun amaliyotlarni to‘g‘ri tashkil etish, ularni har xil tadbirlarni tashkil etishga jalb qilish va iqtidorli kursantlarga maksimal bilim berish kabi imtiyozlar belgilandi. Bular “Yoshlar daftari” va “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar bilan birga yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga va o‘z yetakchilik salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga imkon yaratmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar orqali amalga oshirilgan islohotlar yoshlarning tashabbuskorligini, o‘ziga ishonchini va jamiyat hayotiga daxldorlik hissini kuchaytiradi hamda faoliyat orqali shaxsda mas’uliyat, tashabbuskorlik, o‘zini nazorat qilish va qaror qabul qilish kabi yetakchilik sifatlarini rivojlantiradi. Jamoaviy sport o‘yinlari, rolli o‘yinlar, musobaqalarni tashkil etish va mentorlik qilish orqali yoshlar amaliy sharoitda liderlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan yoshlar bilan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida intellektual sog‘lom raqobatni shakllantirish, talabayoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorni qabul qildi. Yana bir muhim dastur bu – “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi bo‘lib, u 2018-yil 27iyunda PQ-5466-son bilan tasdiqlangan. Mazkur dastur asosida yoshlarning startap loyihalariga moliyaviy yordam, kasbiy yo‘naltirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ijtimoiy faol, tashabbuskor va yetakchi yoshlarga alohida e’tibor qaratildi. 2023-yil 29-iyundagi 267-son “2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish Konsepsiyasi”ning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish; yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha davlat
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 51 va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini yanada faollashtirish. Yuqoridagi davlat dasturlari va konseptsiya yoshlarning faolligini oshirish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etish, qobiliyatlarini namoyon qilish uchun zarur infratuzilma va imkoniyatlarni yaratdi. Bu esa, mamlakat taraqqiyotining barqaror kelajagini kafolatlaydigan yosh avlodni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Yosh avlodning ijtimoiy faolligi jamiyat taraqqiyotining turli sohalarida muhim o‘rin egallaydi. Bu jarayon nafaqat iqtisodiyot, siyosat, turizm va tibbiyot kabi yo‘nalishlarda, balki ta’lim tizimida ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari, kasb-hunar egallashlari, intellektual va ma’naviy salohiyatlarini oshirishlari bilan namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda nodavlat tashkilotlar va jamoat birlashmalari ham faol ishtirok etmoqda. Zero, mamlakat taraqqiyoti yoshlarning faolligiga bog‘liq. Zamonaviy O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning bilim va salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish muhim vazifalardan biridir. Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarga o‘zlarini har tomonlama rivojlantirish, jamiyatda shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etish imkonini beradi. Bugungi kursantlar – kelajak bunyodkorlari bo‘lib, ularning ta’lim jarayonidagi faol ishtiroki mamlakat taraqqiyoti yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Shu o‘rinda kursantlarning kasbiy tayyorgarligiga ahamiyat eng muhim jihatlardan biri va davlat siyosati darajasidagi maslahamdir. Chunki, shaxsiy baquvvat shaxsda kasbiy qobiliyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tarbiya orqali shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish turli xil yondashuvlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, AQShda ko‘plab oliygohlarda jamoalari tarkibida faoliyat yurituvchi talabalar uchun maxsus “student-athlete leadership” dasturlari ishlab chiqilgan. Ushbu dasturlar kursantlarni nafaqat jamoa doirasida, balki akademik faoliyatda ham namuna bo‘lishga undaydi. Ya’ni, ta’lim birgalikda olib borilib, kursantda kompleks shakllangan shaxsiy ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Rossiyada kursantning shaxsiyati turli xil fazilatlarning kombinatsiyasi sifatida ifodalanishi mumkin bo‘lgan tizim sifatida qaraladi: shaxsiy va axloqiy (vatanparvarlik, harbiy burchga sodiqlik, mas’uliyat, altruizm, vijdonlilik, sezgirlik va boshqalar); umumiy ijtimoiy (fuqarolik ongi, dunyoviy e’tiqod, adolat, sezgirlik, ijodiy faollik va boshqalar); harbiy (intizom, mas’uliyat, qonunga itoatkorlik, fuqarolik ongi); harbiy-professional (harbiy-professional vakolatlarni, kasbiy mahoratni, korporativ ofitser ruhini, jasoratni, kasbiy qobiliyatlarni, davlat vatanparvarligini rivojlantirish). Finlyandiya tajribasida esa, kursantlar alohida o‘rin tutadi. Bu yerda har kursant o‘zining shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlariga qarab ma’lum bir rolga ajratiladi. Kimdir jamoa lideri bo‘lsa, boshqalar yordamchi, tashkilotchi yoki hakam sifatida faoliyat yuritadi. Bunday taqsimot barcha kursantlarda jamoaviy ishlash, hamkorlik, mas’uliyat va tashabbuskorlikni kuchaytiradi. Natijada, har kursant o‘zining shaxsiy salohiyatini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. Yaponiyada esa, tarbiya tizimi, asosan, “avval intizom – keyin o‘qish” tamoyiliga asoslangan. Bu yondashuv kursantlarning o‘zini tuta bilish, qat’iyatlilik, iroda va mas’uliyat kabi sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Bularda o‘quv mashgulotlari faqatgina rivojlantiriishga emas, balki shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirish, jamoada muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatini ham beradi. Shuningdek, boshqa rivojlangan davlatlar tajribasida orqali shaxsni rivojlantirish keng qo‘llaniladi. Masalan, Germaniyada tarbiya darslarida va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlariga katta e’tibor qaratilib, kursantlar kichik guruhlarda muammolarni hal qilish orqali shaxsiy ko‘nikmalarini egallaydilar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 52 Buyuk Britaniyada esa, kursantlar tashkiliy ishlarni va musobaqalarni o‘tkazish orqali real tajriba orttiradilar. Umuman olganda, xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tarbiya nafaqat shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirishga, balki ularni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bu jarayonlar orqali kursantlar mas’uliyatli bo‘lishni, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yishni, tashabbus ko‘rsatishni va muammoli vaziyatlarda samarali qaror qabul qilishni o‘rganadilar. Tarbiya nafaqat dunyoqarashini, balki shaxsiy sifatlarini shakllantiruvchi muhim pedagogik resursdir. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari orqali yoshlar orasida nafaqat sog‘lom raqobat, balki hamkorlik, boshqaruv va qaror qabul qilish fazilatlari rivojlanadi. Bu esa, ularni kelajakda mas’uliyatli bo‘lishiga tayyorlaydi. Tarbiya orqali shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: jamoaviy o‘yinlari kabi o‘yinlar jamoada hamkorlik va muvofiqlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi; simulyatsiya va rolli o‘yinlar orqali kursantlar kapitan, murabbiy yoki hakam rolida ishtirok etib, real muammolarni hal qilish va tezkor qarorlar qabul qilishni o‘rganadilar; loyihalar orqali tajribaga ega bo‘ladilar. AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Yaponiya kabi davlatlar tajribasi ta’limni uyg‘unlashtirish orqali kursantlarni tarbiyalashning samarali ekanligini isbotlaydi. Bu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, faqat jismoniy rivojlanish vositasi emas, balki iroda, intizom va mas’uliyatni tarbiyalaydigan muhim pedagogik resurs hamdir. Shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirish bugungi ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Davlat dasturlari, ta’lim muassasalarining innovatsion yondashuvlari va eng muhimi, tarbiyaning amaliyotga joriy etilishi kursantlarni nafaqat kasbiy jihatdan, balki ijtimoiy va ma’naviy tomondan ham yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shaxsiy qobiliyatiga ega kursantlar akademik natijalarini yaxshilashdan tashqari, jamiyatda faol o‘rin egallashga, yangi g‘oyalarni ilgari surishga va mamlakat taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shishga qodir bo‘ladilar. Tarbiya mashg‘ulotlari – bu nafaqat kasbiy rivojlanish, balki shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarni tarbiyalovchi muhim vositadir. Ular orqali kursantlar: o‘z fikrini erkin bildirishni, guruhda ishlashni, boshqalarni yetaklashni o‘rganadilar. Shu boisdan o‘quv mashg‘ulotlari pedagogik jarayonning ajralmas qismi sifatida qaralishi va u orqali ijtimoiy faol, liderlik salohiyatiga ega yoshlarni tayyorlash tizimi takomillashtirilishi va har bir ta’lim muassasasi talabalarda yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ибраимов Х., Қуронов М., Ибрагимова Ф. Педагогика тарихи ва назарияси: Дарслик. – Т.: Шаффоф, 2023. – 392-б. 2. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni: https://lex.uz 3. Ибраимов Х. ва бошқ. Ота-она – мураббий: Услубий кўлланма. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2024. – 220 б. 4. Медетова Р.М. Толерантность народов обеспечит плодотворное развитие международного сотрудничества // Материалы научно-практического семинара «Профессиональное становление личности XXI века в системе непрерывного образования: теория, практика и перспективы». 19 апреля 2019 года. – Т. 1. – Т.: Филиал МГУ в г. Ташкенте, 2019. – С. 147-149.