scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM-TARBIYANING OPTIMAL MODELLARINI QO'LLASH ORQALI YOSHLARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH

Alimov Mirsardar Soatovich

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim-tarbiyaning optimal modellarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish jarayonidagi masalalar yoritiladi. Bundan tashqari, darslarda milliy g‘urur, ona yurtga sadoqat, mustaqillik va ozodlik qadriyatlarini o‘quvchilarga singdirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 60 UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIMTARBIYANING OPTIMAL MODELLARINI QO‘LLASH ORQALI YOSHLARDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH Alimov Mirsardar Soatovich Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Milliy tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari” ilmiy-tadqiqot bo‘limi katta ilmiy xodimi, pedagogika fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562081 Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim-tarbiyaning optimal modellarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish jarayonidagi masalalar yoritiladi. Bundan tashqari, darslarda milliy g‘urur, ona yurtga sadoqat, mustaqillik va ozodlik qadriyatlarini o‘quvchilarga singdirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: vatanparvarlik g‘oyalari, metodika, mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil, milliy qadriyatlar, tarixiy meros, ona yurt, ozodlik, ma’naviyat, tarbiya, milliy g‘urur, istiqlol. O‘zbekiston Respublikasi o‘z istiqbolini sog‘lom va barkamol avlod timsolida ko‘radi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurish maqsadini ro‘yobga chiqarishni ham yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, vatanparvar bo‘lishi, Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z kuchi, bilim va salohiyatini oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat hamda harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanadi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi”. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha davlat dasturlari, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini oshirish konsepsiyalari qabul qilingan, yoshlarning vatanparvarlik borasidagi tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi va davlat tomonidan moliyaviy ko‘mak beriluvchi ko‘plab jamoatchilik asosidagi faxriylar va jamoatchilik tashkilotlari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasida ham yoshlarda Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiya”si qabul qilingan. Unga ko‘ra, yoshlarni milliy g‘oya va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 61 yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudratini va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasini mustahkamlash maqsadida harbiy ta’lim-tarbiya beradigan joylarda “Temurbeklar maktabi” tashkil etilgan, turli soha va tarmoqlarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan yigitlar uchun “Mard o‘g‘lon” nomli Davlat mukofoti va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, o‘qishda, mehnatda, jamoat ishlarida har tomonlama faol bo‘lgan yigit-qizlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yetarli bilimga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni tayyorlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Milliy gvardiya tasarrufida Jamoat xavfsizligi universiteti, “Temurbeklar maktabi” va Harbiy musiqa akademik litseyi, shuningdek, respublikamiz bo‘ylab jami 56 ta maktabda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda 4 tadan maktabda harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyat yuritmoqda. Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim maktablarida “Yosh gvardiyachi” sinflari ochilgan. Shunga muvofiq respublikamiz bo‘yicha 121 ta sinf faoliyat boshladi. Ularda 3 ming 253 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. 2024-2025 yangi o‘quv yilida bu sinflarning soni yanada ko‘paygan. Ushbu sinflarda o‘qish muddati besh yil bo‘lib, 6 sinfni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi va 7-11 sinflarda tahsil oladi. Maktablarda tashkil qilingan qabul komissiyalari tomonidan mazkur sinflarga kirish istagini bildirgan nomzodlardan tegishli hujjatlar 1 iyuldan 20 iyul kuniga qadar qabul qilinadi. 25 avgust kunigacha belgilangan tartibda jismoniy tayyorgarlik va tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilish bo‘yicha tanlov teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi. Tanlovning yakuniy natijalari 25 avgust kuni e’lon qilinadi. Milliy gvardiyaning Harbiy musiqa akademik litseyiga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyining 5-sinfiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinfini bitirgan iqtidorli o‘g‘il-qizlar o‘qishga qabul qilinadi. Nomzodlarning hujjatlari 1 iyundan 20 iyunga qadar qabul qilinadi. Kirish imtihonlari 20-30 iyun kunlari davomida o‘tkazilib, unda nomzodlar ona tili, o‘qish, matematika, psixologik sinov va ijodiy imtihon topshiradi. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari akademik litsey qabul komissiyasi tomonidan 5 iyulgacha ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Prezidentimizning 2019-yil 28-iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi. “Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, litseyning yillik qabul kvotasi 150 nafarni tashkil etadi. Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom hamda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarning ustavi asosida amalga oshiriladi. “Temurbeklar maktabi”ga umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab- INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 62 internatlarining 9-sinfini tamomlagan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan va test sinovlarini topshirib, yuqori natijalarni ko‘rsatganlar o‘qishga qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktyabrdagi qaroriga muvofiq 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiyakademik litseyiga qiz bolalar ham qabul qilinadi. Bunda saralash bosqichi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Nomzodlar uchun dastlabki tanlash ularning arizalari asosida yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda 1 apreldan 30 aprelga qadar o‘tkaziladi. Unda nomzod to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi ma’lumotlar to‘planadi. Harbiy-kasbiy tanlash bosqichi nomzodning yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari boshqarmalarida 1 maydan 20 iyun kuniga qadar o‘tkaziladi. Unda nomzodning sog‘ligi, savodxonlik darajasi, jismoniy tayyorgarligi baholanib, sinovdan o‘tganlarning yig‘ma jildlari “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi. Mazkur samarali ishlar davlatimizda o‘quvchi-yoshlarning vatanparvarlik tarbiyasiga qo‘shgan hissasi desa bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ибраимов Х., Қуронов М. Умумий педагогика: Дарслик. – Т.: Sahhof, 2023. – 416 б. 2. Постановление Президента № ПП-289 «О мерах по повышению качества педагогического образования и дальнейшему развитию деятельности высших образовательных учреждений по подготовке педагогических кадров» от 21 июня 2022 года.