scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK OILALARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOLANI TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Fazilov Djamoliddin Kamolitdinovich

Abstract

mazkur maqolada o‘zbek oilalarida aksiologik yondashuv asosida bolani tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildirib o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 67 O‘ZBEK OILALARIDA AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOLANI TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Fazilov Djamoliddin Kamolitdinovich Qori Niyoziy nomida Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil tadqiqotchisi, pedagogika fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562102 Annotatsiya. mazkur maqolada o‘zbek oilalarida aksiologik yondashuv asosida bolani tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasasi, milliy qadriyatlar, kitob, risola, maqola, urf-odat. O‘zbek oilalarida ota-onalar va ularning farzandlari o‘rtasida bo‘ladigan har kunlik muloqotlarida, ommaviy axborot va ta’lim muassasalarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarining xabarlarida qadriyat, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar kabi so‘zlar ko‘p qo‘llanilmoqda. Nomoddiy madaniy merosimiz va madaniy boyliklar, yodgorliklar, ma’naviy meros, an’ana, urf-odatlarga nisbatan ham qadriyat iborasini, umumiy atama sifatida ishlatilayotganligini kundalik hayotimizda ko‘p uchratamiz. Ayniqsa, oxirgi 20 yillar mobaynida o‘zbek oilalarida qadriyatlar asosida tarbiyalash iborasining ishlatilishi kamayib borayotganligi, farzandlarimiz zamonaviylashib ketayotganligi bois qadriyat so‘zi kitob, risola, maqola va xabarlarda uchrab turibti desak adashmagan bo‘lamiz. Qadriyatlarning mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari borisida, xilma-xil fikrlar bayon qilinmoqda. Bularning barchasi qadriyat, oilaviy qadriyatning o‘zi nima, biz nimaga asoslanib biror narsa, voqea, hodisa, munosabat, faoliyat va boshqalarni qadrlaymiz, degan savol tugilishiga sabab bo‘lmokda. Bu savollarga javobning birinchisi qadriyat tushunchasini ta’riflash bo‘lsa, ikkinchisi uning mazmun-mohiyatini tahlil qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Manbalarda aksiologiya qadriyatlar nazariyasi, qadriyatlarning tabiati, ularning voqelikdagi oʻrni va qadriyatlar dunyosining tuzilishi, yaʼni turli qadriyatlarning oʻzaro, ijtimoiy va madaniy omillar va shaxs tuzilishi bilan bogʻliqligini oʻrganadi. O‘zbek oilalarida umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish mazmun-mohiyati, jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, intelektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalash, uzluksiz ta’lim tizimida esa bolani milliy g‘oyaga doir bilim va tafakkurini yuksaltirish, shuningdek, farzandlarimiz ongida umuminsoniy qadriyatlar, mehrmuruvvat, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik ta’sir vositalari orqali singdirish bugungi kunning dolzirb masalalaridan biri bo‘lib turibti. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlarda bo‘lib o‘tadigan har bir tashrifi va yoshlar bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda kelajak avlod, yoshlar masalasiga to‘xtalib, mamlakatimizning eng katta-boyligi – yoshlarni ma’naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalash hamda kelajak avlodning yetuk kadralari bo‘lib raqobat maydoniga INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 68 chiqishi ta’lim muassasalari pedagoglari va oilalar, ota-onalar oldida turgan eng muhim masalalardan biri ekanligini takror va takror ta’kidlab o‘tadi. Ota - ona oilaning asosi bo‘lsa farzand uning ustunidir. Oilada bolaning shakllanishida etnik madaniyat, urf-odat, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Shu bilan birga, bolani hayotga moslashashi va uni jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori qo‘yiladi hamda mustahkamlanadi. Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni nihoyatda muhim bo‘lib, farzandlar dastlabki tarbiyani oilada oladilar, ularning odob-axloqi, dunyoqarashi oilada shakllanadi. Ota-ona o‘z farzandining kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishini hohlaydi, shuning uchun ham ulardan oilada farzand tarbiyasida alohida yondashuv talab etadi. Oilada farzand ta’lim-tarbiyasi haqida gap ketganda, buyuk allomalar o‘zlarining qarashlarini, oilada ota-onaning farzaand tarbiyasidagi o‘rni va bolaga tarbiya berishning o‘ziga xosligi haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tganlar. Jumladan, Manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Xibat ul xaqoyiq”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Abu Rayhon Beruniyning hikmatlari, Ibn Sinoning “Tadbir-almanozil”, Alisher Navoiyning “Maxbub ul-qulub”, Xusayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muxsiniy” va boshqa asarlarida farzand ota-onaning baxti, uning to‘g‘ri tarbiyalanishi jamiyatning, balki, millatning ham tayanchi va suyanchiga aylanishi muhim o‘rin egallaydi, deb aytib o‘tilgan. Abu Lays Samarqandiy o‘zining “Bo‘ston ul-orifiyn” asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: “Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi”, - degan edi. Demak, sharq allomalari o‘zlarining qarashlarida ma’naviy-barkamol insonni tarbiyalash uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab, bu masalada otaonaning bola tarbiyasidagi o‘rnini alohida belgilab berganlar. Shu bilan birgalikda, Respublikamiz olimlari ushbu masalaning asosiy jihatlariga to‘xtalar ekan, akademik X.Ibraimov, professor M.Quronov, pedagogika fanlari nomzodi J.Fozilov, F.Zaripov muallifligida yozilgan “Ota-ona murabbiy” nomli uslubiy qo‘llanmada ham tarbiya usullarini bilmaydigan nodon ona bir umr javrab, bolasini o‘zidan begonalashtirib, natijaga erishmay o‘tishi, “Bolam qayerda, nima qilayapti ekana?”, degan xavotirda yashashi, chunki bolasidan ko‘ngli to‘q emasligi, oqila ona esa o‘z vaqtida farzandiga kerakli e’tibor berganligi va uning natijasida bir umr bolasidan xotirjam yashashi haqida so‘z yuritilgan. Bu tabiat qonuni hech bir bola yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. Uning yomon bo‘lishiga oilada o‘z vaqtida bolaga e’tiborsiz bo‘lish, uni qimmatli vaqtini behuda o‘tkazishiga va bolani yoshligidan oilaviy qadriyatlar, hayotda nima yaxshiyu, nima yomonligini, o‘z vaqtida bilim olish va hunar o‘rganishning foydali tomonlarini o‘rgatilmaganligi oqibatidir. Chunki, farzand tarbiyasida qadriyatga tayangan holda ota-onaning va oilaning o‘rni har bir daqiqaning ahamiyati juda yuqoriligini barchamiz bilishimiz va bunga amal qilishimiz lozim. Oilada har bir bolaga shaxs sifatida qarash va unga tarbiya berish, uni hayotda o‘z o‘rnini topishida uning mavjud o‘zbekona urf-odatlar, qadriyatlar, ota-bobolarimizni tarbiyaga oid so‘zlari, allomalarimizning qarashlari va hadis ilmi namoyandalarining o‘gitlari muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birgalikda, oilada farzandiga qadriyatlarga tayangan holda tarbiya berish bilan bir qatorda bolani bilim olishi uchun ham barcha sharoitlarni yaratish ota-onaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi kerak. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 69 Bilim olishni xohlovchi har bitta farzand imkon boricha ko‘proq kitob o‘qiydi, dunyo bilimlarini egallaydi, tengdoshlarini oldida o‘ziga ishonch va intilish, bundanda ko‘proq bilim egallash ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Buning natijasida esa bola hayotni ko‘proq tushuna yetadi, o‘z bilimini mustahkamlaydi, vaqtni behuda sarflanmaydi, atrofdagilari bilan o‘z bilimini bo‘lishish va tengdoshlari hamda atrofdagilari olgan bilimlaridan bahramand bo‘lishga erishadi. Bola shaxsining oiladagi tarbiyasida sub’ektiv ta’sir sifatlarini rivojlanishi ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentligini rivojlantirishda individual yondashuvga murojaat etishni talab etadi. Aksiologik yondashuv asosida umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishning tarkibiy qismlari Xorijiy mamlakatlarda olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda «kompetensiya» kategoriyasi kiritilganidan boshlab, kompetentlik va kompetensiya tushunchalarini ajratish ustida ham asoslar yaratilgan. Bunga misol qilib mashhur britaniyalik psixolog Dj.Ravenni keltirish mumkin. U o‘zining «Zamonaviy jamiyatda kompetentlik» nomli ishida kompetentlikning psixologik nazariyasini yaratgan bo‘lib, unga ko‘ra kompetentlik biologik irsiyatga, qobiliyatlar va boshqa individual xususiyatlarga bog‘liq bo‘lgan inson psixikasining mahsuli hisoblanadi, uning rivojlanishi esa yashash muhitiga bog‘liqdir (ota-ona, maktab, oila, ishchi jamoa, do‘stlar va h.k.) deb ta’kidlab o‘tgan. Olimning tadqiqotlarida bola tarbiyasida individual yondashuvning mazmun-mohiyatini tadqiq etar ekan, «motivatsiya», «maqsadni belgilash», «xulq» tushunchalariga tayanadi va ular o‘z navbatida inson qadri, uning axloqiy majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sabab oilada farzand tarbiyasining obektiv komponenti pedagogik-psixologik rivojlanishning muayyan darajasini o‘zlashtirilishini tushunish kerak, chunki ularning tarbiyalashda individual sifatlarining barcha sohalarini rivojlantirish orqali erishish mumkin. Demak, oilada bolani har tomonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetishi ta’lim va tarbiyani ota-ona, ta’lim muassasalari va jamoatchilik uyg‘un olib borishi, yoshlarni nafaqat bilimli, balki, ma’naviy, axloqiy hamda kasbiy tayyorlangan, va hayotda o‘z o‘rnini topishida oila va ota-onaning, jamoatchilikning o‘rni beqiyosligida namoyon bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, yangi O‘zbekiston sharoitida oilada umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishning asosiy maqsadi, yoshlarda bunyodkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatan sog‘lom yoki nosog‘lom, ezgu yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalarning bo‘lishi mumkinligini yoritish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. “Ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid metodik bilimlarini rivojlantirish mexanizmlari: muammo va yechimlar” Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari 2025-yil 6-may. 2. X.Ibraimov va boshqalar. “Ota-ona Murabbiy”. Ota-onalar uchun uslubiy metodik qo‘llanma. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy-uyi. TOShKENT-2024 yil 3. J.Fozilov va boshqalar “O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirish” Toshkent “Sharq” nashriyot matbaa konserni 2000 yil. 16 b/t.