O'QUVCHILARNING INTELLEKTUAL SOHALARINI RIVOJLANTIRISHDA MODULLI O'QITISH TEXNOLOGIYALARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada modulli o‘qitish texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish, ularning o‘quv faolliklarini oshirish kabi masalalarga yechim topishga qaratilgan. Maqolada “miyaga hujum”, “pinbord”, “sinkveyn”, “klaster” kabi usul va metodlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 75 O‘QUVCHILARNING INTELLEKTUAL SOHALARINI RIVOJLANTIRISHDA MODULLI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI E.J.Kenesbaeva Innovatsion texnologiyalar universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistanto‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562138 Annotatsiya. Ushbu maqolada modulli o‘qitish texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning kreativ, mantiqiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish, ularning o‘quv faolliklarini oshirish kabi masalalarga yechim topishga qaratilgan. Maqolada “miyaga hujum”, “pinbord”, “sinkveyn”, “klaster” kabi usul va metodlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: modul, intellekt, Breynshtorming, o‘quv faolligi, kreativ fikrlash, mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash, mantiqiy fikrlash. Kirish. Bugungi taraqqiyot intellektual jihatdan rivojlangan, kreativ fikrlash layoqatiga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifasiga ta’lim jarayonida ustuvor o‘rin ajratishni talab qilmoqda. O‘quvchilarni intellektual jihatdan rivojlantirish uchun o‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash muhim ahamiyatga ega mazkur metodik ta’minotning asosini esa, modulli o‘qitish texnologiyalari tashkil etishi lozim. Asosiy qism. Modulli o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlari, mustaqil fikrlash darajalari, o‘quv faolliklarini ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion usul va metodlardan foydalanish alohida pedagogik ahamiyatga ega. Chunki, innovatsion o‘qitish metodlari pedagogik jarayonning samaradorligi va o‘quvchilarning intellektual sohalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ular o‘quvchilarni o‘quv faolligini ta’minlashga ko‘maklashadigan, turli didaktik vositalarni qo‘llash uchun asos yaratadi. Modulli o‘qitish texnologiyalari orqali o‘quvchilarning intellektual sohalarini rivojlantirishda quyidagi usul va metodlar samarali hisoblanadi: “Miyaga hujum”, “Sinkveyn”, “Klaster”, “Kubiklar”, “Rolli o‘yinlar”, “Echimlar daraxti”, “Muzyorar”, “Ikki qismlik kundalik”, “B-B-B”, “Venn diagrammasi”, “T-chizma”, “Zigzag”, “Keys”, “Pinboard” kabilar. O‘quvchilarni intellektual rivojlantirishda modulli o‘qitish texnologiyalari samarali didaktik vosita bo‘lib hisoblanadi. Shunday texnologiyalardan biri “Breynshtorming” texnlogiyasidir. Ushbu texnologiya yordamida o‘quvchilarda shakllangan intellektual ko‘nikmalar namoyon bo‘ladi. Breyshntorming - g‘oyalarni generatsiyalash metodi bo‘lib, kichik guruhlarga jamlangan o‘quvchilar oldiga muammoli topshiriqlar qo‘yiladi. Mazkur topshiriqlarni bajarish uchun o‘quvchilar muayyan g‘oyalarni yaratadilar. Ushbu metod yordamida o‘zlarining shaxsiy qarashlari va farazlarini ilgari surishga muvaffaq bo‘ladilar. O‘quvchilarni intellektual rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlardan yana biri “miyaga hujum” metodir. Mazkur usul yordamida o‘quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida mustaqil hamda kreativ fikrlashga muvaffaq bo‘ladilar. O‘qituvchi topshiriqlarning еchimini ta’minlashda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni muvofiqlashtirishga harakat qiladi. O‘quvchilar tomonidan ilgari surilgan farazlarni dalillash, o‘z nuqtai nazarlarini asoslash uchun ularga imkoniyat yaratiladi. Mazkur metod bir qator didaktik vazifalarning muvaffaqiyatli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 76 bajarilishini ta’minlaydi. Ushbu metod yordamida o‘quvchilarda kreativ faollik ko‘rsatish motivlari shakllantiriladi. Quyida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish jarayonida g‘oyalarni generatsiyalashga undaydigan “Miyaga hujum” metodidan foydalandik. Modulli o‘qitish texnologiyasi asosida tashkil etiladigan o‘quv jarayonida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish maqsadida “Pinboard” metodidan foydalanish mazkur yo‘nalishda samaradorlikni ta’minlash imkonini beradi. Pinboard metodi - inglizcha “pin”– “mustahkamlash”, “board” - doska degan ma’noni bildiradi. Bu o‘qitish metodining modulli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni intellektual faollikka undashdagi ahamiyati shundan iboratki, unda bahs-munozara va dialog jarayonlari o‘quvchilarning amaliy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish orqali ularda kreativlikni shakllantirishning samarali mexanizmi hisoblanadi. Bu metod yordamida o‘quvchilar o‘zaro dialog va baxsmunozaraga kirishadilar, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda muayyan izchillikda bayon etish ko‘nikmalari faollashadi, ularda izlanuvchanlik, hozirjavoblik sifatlari tarkib topadi. Biz tadqiqotlarimiz davomida modulli texnologiyalar vositasida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish ularda kreativlikni ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi metodlarga ham murojaat qildik. Masalan, insert, klaster, sinkveyn. Sinkveyn usuli – fransuz tilida «besh qator» ma’nosini bildiruvchi pedagogik strategiya. Sinkveyn tuzish, murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi [1]. U o‘quvchilarda axborotlarni umumlashtirishga yordam beradigan qofiyasiz she’rdir. O‘quvchilar o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar to‘playdilar va uni o‘z nutqlarida turli shakllarda bayon etadilar. Sinkveyn tuzish uchun o‘quvchilar intellektual faollik, kreativ fikrlash, hozirjavoblik, sezgi va hissiyotlarni tavsiflay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari lozim. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuniga oid o‘quv faoliyati o‘quvchilarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi. Natijada ular mazkur mavzu doirasida kreativ fikrlash layoqatiga ega bo‘ladilar. Sinkveyn tuzish jarayonida o‘quvchilar quyidagi talablarni bajarishlari kerak: Sinkveynning dastlabki qatorida o‘quv mavzusi birgina so‘z bilan ifodalanishi, ushbu so‘z ot so‘z turkumiga mansub bo‘lishi; keyingi qatorida esa o‘quv mavzusi sifat turkumiga oid ikki so‘zni mujassamlashtirishi; uchinchi qatorda mavzu doirasida amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari uchta so‘z orqali aks ettirilishi, ular fe’l yoki ravishdoshlardan iborat bo‘lishi; to‘rtinchi qator o‘quvchining o‘quv mavzusiga nisbatan munosabatini bildiruvchi to‘rtta so‘zni qamrab olishi, unda tugallangan fikr bayon etilishi; beshinchi qator esa mavzuni ifodalovchi sinonim so‘zdan iborat bo‘lishi talab qilinadi. Sinkveynlar o‘quv axborotlarni umumlashtiruvchi, murakkab fikrlarni ifodalash imkonini beruvchi, sinonim so‘zlardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratuvchi didaktik metod hisoblanadi. Ushbu metod yordamida o‘quvchilarning intellektual sohalari faollashadi, o‘zlashtirgan bilimlari ko‘nikmalar va kompetensiyalarga aylanadi, ularda o‘quv mavzusini o‘zlashtirish motivlari shakllanadi, o‘rganilayotgan didaktik jarayonga kreativ yondashishga intiladilar. Modulli o‘qitish texnologiyasi yordamida o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish asosida mustaqil, kreativ fikrlash imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu jihatdan “Klaster” metodi katta didaktik imkoniyatlarga ega. Ushbu metod yordamida o‘quvchilarda rang-barang fikrlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Ular o‘quv mavzusiga turli jihatdan yondasha boshlaydiar. “Klaster” atamasi “g‘ujm”, “bog‘lam” ma’nolarini anglatadi. “Klaster” (tarmoqlar) metodi – 1) o‘quvchilarni mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, atamalar, tushunchalar va voqealarning bir-biri bilan bog‘liqligini anglab olishga o‘rgatuvchi metod. 2) klaster (g‘uncha,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 77 bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, tahsil oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradigan metodni ifodalovchi tushuncha [2]. Klasterlarga ajratish orqali o‘quvchilarda mantiqiy, kreativ fikrlash motivlarini shakllantirish amalga oshiriladi. Shuningdek mazkur metod yordamida o‘zlashtirilgan bilimlarni faollashtirish, ularni ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga aylantirish refleksiv fikrlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida foydalaniladi. Ushbu metod o‘quvchilada g‘oyalarni generatsiyalash, o‘zlashtirilgan bilimlardan samarali foydalanishga ko‘maklashuvchi pedagogik strategiyasi sifatida qo‘llaniladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni muayyan mavzu doirasida kreativ fikrlash va intellektual faollik ko‘rsatishga undaydi. Klasterlar yangi mavzuni o‘tish oldidan tuziladi. Mazkur jarayonda quyidagi ketma ketlikka asoslaniladi: dastlab atama yoki tayanch ibora yoziladi, keyin mavzu doirasida uchraydigan atama va iboralar muayyan ketma ketlikda yoziladi, bayon qilingan fikrlar orasidagi aloqadorlik aniqlanadi, shundan keyin fikrlar mantiqiy jihatdan davom ettiriladi, ular mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda tasniflanadi, so‘z va iboralar orasidagi aloqadorlikning ta’minlanganligi o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi. Klaster tuzishda sinfdagi barcha o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlanadi. Xulosa. О‘quvchilаrni intellektuаl rivоjlаntirishgа xizmаt qilаdigаn mоdulli о‘qitish texnоlоgiyаlаri о‘quvchilаrning imkоniyаtlаrini hisоbgа оlgаn hоldа tаnlаnishi vа tizimlаshtirilishi lоzim. О‘quvchilаrni inellektuаl sоhаlаrini muvаffаqiyаtli rivоjlаntirish uchun bilish jаrаyоnining qоnuniyаtlаri, tаshkil etish prinsiplаri, аmаl qilish mexаnizmlаrini hisоbgа оlgаn hоldа о‘quv tоpshiriqlаrini tаnlаsh nаzаrdа tutilаdi. Shu bilаn bir qаtоrdа pedаgоgikа vа psixоlоgiyаdа о‘quuchilаrni intellektuаl sоhаsidа tо‘plаngаn tаjribаlаrdаn kelib chiqqаn hоldа didаktik jаrаyоnlаrni tаshkil etish muhim аhаmiyаtgа egа. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: Jamoa. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. – 2015. – 376 b. 2. Pedagogika: ensiklopediya. III jild / tuzuvchilar: Jamoa. –Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 400 b. 3. Sаfаrоvа R.G., Yusupоvа F.I. Umumiy о‘rtа tа’lim mаktаblаridа mоdulli о‘qitish jаrаyоnidа pedаgоgik texnоlоgiyаlаr bаnkidаn fоydаlаnish mexаnizmlаri. – T.: Tаfаkkur qаnоti, 2017. – 148 b.