INKLYUZIV TA'LIMDA XALQARO TAJRIBALAR
Abstract
Mazkur maqolada inklyuziv ta'limning xalqaro miqyosdagi rivojlanish yoʻnalishlari va amaliy tajribalari tahlil qilinadi. Dunyodagi ilgʻor mamlakatlar – AQSh, Finlandiya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarning inklyuziv ta'lim sohasidagi siyosati, qonunchilik asoslari, o‘quv dasturlari va pedagogik yondashuvlari oʻrganiladi. Xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi IDEA qonuni, Finlandiyaning barqaror ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash modeli, Singapurning texnologik yondashuvi va Yaponiyaning madaniy-insonparvarlik tamoyillari misolida inklyuziv ta'limga bo‘lgan yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 78 INKLYUZIV TA’LIMDA XALQARO TAJRIBALAR Rabbimova Sarvinoz Jurabek qizi1, I.E.Davronov2 1Buxoro davlat pedagogika instituti, 1-bosqich magistri; 2Ilmiy rahbar, Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17562145 Annotatsiya. Mazkur maqolada inklyuziv taʼlimning xalqaro miqyosdagi rivojlanish yoʻnalishlari va amaliy tajribalari tahlil qilinadi. Dunyodagi ilgʻor mamlakatlar – AQSh, Finlandiya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarning inklyuziv taʼlim sohasidagi siyosati, qonunchilik asoslari, o‘quv dasturlari va pedagogik yondashuvlari oʻrganiladi. Xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi IDEA qonuni, Finlandiyaning barqaror ijtimoiy qoʻllabquvvatlash modeli, Singapurning texnologik yondashuvi va Yaponiyaning madaniyinsonparvarlik tamoyillari misolida inklyuziv taʼlimga bo‘lgan yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: inklyuziv taʼlim, xalqaro tajriba, AQSh taʼlim tizimi, Finlandiya modeli, Singapurda inklyuziya, Yaponiya tajribasi, taʼlim siyosati, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik yondashuvlar, taʼlimdagi tenglik, inklyuzivlikning qonunchilik asoslari. Abstract. This article analyzes the international development trends and practical experiences of inclusive education. The policy, legislative framework, curricula and pedagogical approaches in the field of inclusive education of the world's most advanced countries - the USA, Finland, Singapore, Japan - are studied. In particular, the approaches to inclusive education are analyzed using the example of the IDEA law in the United States, the Finnish model of sustainable social support, the technological approach of Singapore and the cultural-humanistic principles of Japan. Keywords: inclusive education, international experience, the US education system, the Finnish model, inclusion in Singapore, the Japanese experience, educational policy, children with special needs, pedagogical approaches, equality in education, legislative frameworks of inclusion. Аннотация. В статье анализируются международные тенденции развития и практический опыт инклюзивного образования. Изучаются политика, законодательная база, учебные программы и педагогические подходы в области инклюзивного образования наиболее передовых стран мира — США, Финляндии, Сингапура, Японии. В частности, анализируются подходы к инклюзивному образованию на примере закона IDEA в США, финской модели устойчивой социальной поддержки, технологического подхода Сингапура и культурно-гуманистических принципов Японии. Ключевые слова: инклюзивное образование, международный опыт, система образования США, финская модель, инклюзия в Сингапуре, японский опыт, образовательная политика, дети с особыми потребностями, педагогические подходы, равенство в образовании, законодательные основы инклюзии. XXI asrda taʼlim sohasida kechayotgan islohotlar va globallashuv jarayonlari har bir davlatdan barcha fuqarolar uchun sifatli, adolatli va teng imkoniyatlarga ega taʼlim tizimini yaratishni talab qilmoqda. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bolalar uchun teng va sifatli taʼlim olish huquqini taʼminlash masalasi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 79 dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan inklyuziv taʼlim modeli zamonaviy taʼlim tizimining muhim yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Inklyuziv taʼlim — bu barcha bolalarni, ularning imkoniyatlaridan qat’i nazar, umumiy taʼlim muassasalarida birgalikda o‘qitishni nazarda tutuvchi yondashuv bo‘lib, inson huquqlari, adolat va ijtimoiy tenglik tamoyillariga asoslanadi. Jahonning ko‘plab davlatlari ushbu yondashuvni amaliyotga joriy etish orqali nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatga to‘laqonli integratsiyasini taʼminlash, ularning ijtimoiy faolligi va mustaqil hayotga tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv taʼlimni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yagona yondashuv yetarli emas. Har bir mamlakat o‘zining madaniy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy sharoitlarini inobatga olgan holda, bu yo‘nalishda turli strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Masalan, Finlandiya, AQSH, Italiya, Yaponiya, Singapur kabi mamlakatlar inklyuziv taʼlimni yo‘lga qo‘yishda samarali tizim va metodikalardan foydalanib, dunyoda ilg‘or tajribalarni yaratgan. Mazkur maqolada aynan mana shunday ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganiladi, ularning asosiy yondashuvlari, qonunchilik asoslari, o‘qituvchilar tayyorlash va metodik taʼminotdagi yutuqlari tahlil qilinadi. Ushbu tajribalarning o‘rganilishi esa O‘zbekiston taʼlim tizimida inklyuziv taʼlimni yanada takomillashtirish uchun muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) inklyuziv taʼlimni qonunchilik va amaliyot asosida rivojlantirgan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning taʼlimga bo‘lgan huquqlari IDEA — yaʼni “Individuals with Disabilities Education Act” (Nogironligi boʻlgan shaxslar taʼlimi toʻgʻrisidagi qonun) orqali kafolatlangan. Ushbu qonun ilk bor 1975-yilda qabul qilingan bo‘lib, u maxsus ehtiyojli bolalarga bepul, moslashtirilgan va sifatli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlaydi. Ushbu qonunning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: - bepul va moslashtirilgan taʼlim (FAPE) - har bir bola, nogironligidan qatʼi nazar, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qila oladigan sharoitda, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan taʼlim olish huquqiga ega. - eng kam cheklovli muhit (LRE) - imkon qadar barcha bolalar umumiy sinflarda, sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qishlari kerak. - individual taʼlim dasturi (IEP) - har bir maxsus ehtiyojli o‘quvchi uchun individual o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Bu reja bolaning o‘ziga xos ehtiyojlari, qobiliyati va rivojlanishiga moslashtirilgan bo‘ladi. - ota-onalarning ishtiroki - ota-onalar taʼlim jarayonining faol ishtirokchisidir; ular IEP tuzishda, taʼlim qarorlarini qabul qilishda ishtirok etadilar. AQShda umumiy taʼlim maktablari inklyuziv o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmalar, yordamchi texnologiyalar (masalan, audio kitoblar, kommunikatsion qurilmalar), malakali kadrlar (maxsus pedagoglar, terapevtlar, psixologlar) bilan taʼminlanadi. “Resource room” (resurs xonalar) va “co-teaching” (hamkorlikda dars o‘tish) tizimlari orqali o‘qituvchilar nogiron bolalar bilan individual va kichik guruhlarda ishlash imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu tizim orqali millionlab bolalar ijtimoiy hayotga moslashish, o‘ziga ishonch hosil qilish va jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. AQSh tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv taʼlim nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar uchun, balki butun taʼlim muhitining sifatini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 80 yaxshilashga xizmat qiladi. Inklyuziv yondashuv tenglik, bag‘rikenglik, ijtimoiy adolat kabi qadriyatlarning amaliy ko‘rinishiga aylanmoqda. Finlyandiya taʼlim tizimi dunyoda eng ilgʻor, adolatli va barqaror tizimlardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Ushbu muvaffaqiyatlarning muhim omillaridan biri – inklyuziv taʼlimga bo‘lgan yondashuvdir. Finlandiya taʼlim siyosatining asosida har bir bolaning o‘ziga xos ehtiyojlariga qarab sifatli va teng imkoniyatli taʼlim taqdim etish yotadi. Inklyuzivlik bu yerda nafaqat nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarni umumiy taʼlim tizimiga qo‘shish, balki har bir bolani individual yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlash degan tushuncha bilan uyg‘unlashgan. Finlandiyada inklyuziv taʼlim tamoyillari maktabgacha taʼlimdan boshlab, umumiy o‘rta taʼlimgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda amal qiladi. O‘quvchilar orasidagi tafovutlarni kamaytirish, ijtimoiy ajralishni oldini olish, o‘quvchining ruhiy va jismoniy holatini hisobga olgan holda taʼlim berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bu yondashuv “erta aniqlash va erta aralashuv” (early identification and intervention) tamoyiliga asoslanadi. Yaʼni, bola taʼlim jarayonida muammoga duch kelganidan keyin emas, balki oldindan ehtimoliy qiyinchiliklar aniqlanib, tegishli pedagogik yordam koʻrsatiladi. Finlandiyada har bir maktabda maxsus tayyorlangan “resurs o‘qituvchilar”, logopedlar, psixologlar va maxsus pedagoglar faoliyat olib boradi. Ular oddiy o‘qituvchilar bilan hamkorlikda har bir bolaning rivojlanish holatini monitoring qiladi va zarur bo‘lsa, individual taʼlim rejalarini tuzadi. Shuningdek, kichik sinfda o‘quvchilar sonining kamligi, taʼlim jarayonining bosqichma-bosqichligi va stresssiz muhit yaratilishi bolalarning inklyuziv taʼlimga moslashishini osonlashtiradi. Muvofiq qonunchilik ham inklyuziv taʼlimni mustahkamlab turadi. Finlandiya taʼlim to‘g‘risidagi qonunida barcha o‘quvchilarga, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarga ham, sifatli taʼlim olish huquqi kafolatlangan. Bunda “har bir bola muvaffaqiyatga erishishi mumkin” degan g‘oya markaziy o‘rinni egallaydi. Finlandiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv taʼlim nafaqat alohida ehtiyojli bolalar uchun, balki jamiyatning barcha aʼzolari uchun foydali hisoblanadi. Taʼlimdagi adolat, hamkorlik, barobar imkoniyat va erta aralashuv yondashuvlari orqali Finlandiya taʼlimi inklyuzivlik borasida nafaqat mintaqaviy, balki global o‘lchamda yetakchi modelga aylangan. Singapur taʼlim tizimi yuqori sifatli, samarali boshqaruv va innovatsion yondashuvlari bilan dunyo miqyosida eʼtirof etilgan. Ushbu davlatda inklyuziv taʼlim sohasidagi islohotlar ham tizimli va uzluksiz tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Inklyuziv taʼlimning Singapurdagi yondashuvi nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarga taʼlim imkonini berish, balki har bir o‘quvchining iqtidorini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Singapurda inklyuziv taʼlimni joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2004-yilda qabul qilingan “Maxsus taʼlimga ehtiyojli bolalar to‘g‘risida Milliy strategiya” asosida barcha bolalarga sifatli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash ko‘zda tutilgan. 2012-yildan boshlab esa barcha umumiy o‘rta maktablarda Learning and Support for Students with Special Educational Needs (SEN) dasturi joriy qilindi. Bu dastur orqali maktablarda maxsus tayyorgarlikka ega o‘qituvchilar (Learning Support Coordinators) faoliyat yuritmoqda. Singapurda inklyuziv taʼlim ikki asosiy shaklda amalga oshiriladi: 1. Integratsiyalashgan maktablar - bu maktablarda maxsus ehtiyojli o‘quvchilar boshqa tengdoshlari bilan birgalikda o‘qiydi va individual yondashuv asosida darslar olib boriladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 81 2. Maxsus maktablar - og‘ir nuqsoni yoki chuqur ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Ular davlat tomonidan moliyalashtiriladi va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Singapurda inklyuziv taʼlimni samarali amalga oshirish uchun o‘qituvchilar muntazam ravishda Special Needs Education kurslarida qatnashadi. Har bir maktabda kamida bitta maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlay oladigan malakali pedagog bo‘lishi shart. Shuningdek, Singapur Milliy Taʼlim Instituti (NIE) tomonidan maxsus modul va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘qituvchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.Singapurda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) inklyuziv taʼlimda keng qo‘llaniladi. Maxsus dastur va ilovalar orqali nutq, eshitish, harakat va o‘rganish muammolari bo‘lgan o‘quvchilarga individual yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, har bir maktabda psixolog va ijtimoiy mutaxassislar faoliyat olib borib, o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlashga ko‘maklashadi. Singapur tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv taʼlimni samarali amalga oshirish uchun davlat siyosati, pedagogik yondashuv, kadrlar tayyorlash va texnologik imkoniyatlar uyg‘unligi zarur. Singapurda bu yondashuv bosqichma-bosqich, chuqur rejalashtirilgan holda joriy etilgan bo‘lib, boshqa davlatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun ham o‘rnak bo‘la oladi. Yaponiya taʼlim tizimi dunyo miqyosida yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, so‘nggi yillarda inklyuziv taʼlimni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Yaponiya hukumati inklyuziv taʼlimni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun alohida emas, balki barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish g‘oyasi sifatida talqin qiladi. Bu yondashuv ularning ijtimoiy integratsiyasini taʼminlashga va taʼlim tizimidagi diskriminatsiyani kamaytirishga qaratilgan. Yaponiyada 2007-yilda ratifikatsiya qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasi asosida taʼlim sohasida tenglik va inklyuzivlikni taʼminlash maqsadida muhim huquqiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. 2013-yilda qabul qilingan “Nogironlar huquqlari asosiy qonuni”ga ko‘ra, barcha bolalarga, shu jumladan jismoniy yoki aqliy nuqsoni bo‘lganlarga, umumiy taʼlim maktablarida taʼlim olish imkoniyatlari yaratilishi kerak. Yaponiyada inklyuziv taʼlimni samarali tashkil etish uchun pedagoglarning tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega. Maxsus pedagogika bo‘yicha qo‘shimcha malaka oshirish dasturlari orqali o‘qituvchilar alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashga o‘rgatiladi. Shuningdek, maktablarda maxsus pedagoglar va psixologlar faoliyat yuritadi.Inklyuziv taʼlimni rivojlantirishda jamiyat va ota-onalarning roli katta. Yaponiya tajribasida ota-onalar farzandlarining individual taʼlim rejalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Maktablar bilan hamkorlikda bolalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan taʼlim muhitini yaratishga harakat qilinadi. Yaponiya inklyuziv taʼlimda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, hali to‘liq inklyuziv tizim shakllanmagan. Baʼzi hollarda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar hanuz maxsus maktablarga yo‘naltiriladi. Shunga qaramay, Yaponiya hukumati jamiyatda turli ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning to‘liq integratsiyasiga erishish yo‘lida doimiy islohotlarni davom ettirmoqda.Xulosa qilib aytganda, Yaponiya tajribasi inklyuziv taʼlimni bosqichma-bosqich, ehtiyotkorlik bilan joriy qilish va mavjud taʼlim tizimini moslashtirish orqali amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. Bu tajriba boshqa mamlakatlar uchun ham foydali model bo‘la oladi, ayniqsa uzluksiz qo‘llab-quvvatlash, pedagogik tayyorgarlik va huquqiy bazani shakllantirish borasida. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, inklyuziv taʼlim samaradorligi davlat siyosati, pedagogik yondashuvlar, texnik vositalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyat madaniy munosabatlariga bevosita bog‘liq. AQSh, Finlandiya, Singapur va Yaponiyaning tajribalari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 82 Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni yanada takomillashtirishda muhim manba bo‘la oladi. Ularni o‘rganish orqali respublikamizda har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, to‘laqonli va sifatli taʼlim muhitini yaratish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ–42-sonli qarori. Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy dastur. 2. Karimova D. (2022). O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish istiqbollari. “Pedagogika” ilmiy-amaliy jurnali, 2(4), 45–50. 3. Tursunova D.A. Xalqaro tajribada inklyuziv ta’lim: tahlil va yondashuvlar. “Ta’lim va rivojlanish” ilmiy jurnali,(2021). 4. Ergasheva M. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari. “Pedagogik izlanishlar” jurnali, (2021), 32–36. 5. Aʼzamova M. (2023). Yaponiya va Finlandiyada inklyuziv taʼlim: o‘zbek tajribasi uchun imkoniyatlar. “Ilmiy pedagogika” jurnali, (2023). 6. Ainscow M., Booth, T., Dyson, A. Improving schools, developing inclusion. Routledge.(2006) 7. U.S. Department of Education. IDEA (Individuals with Disabilities Education Act). Washington, DC.(2020). 8. European Agency for Special Needs and Inclusive Education (EASNIE). Inclusive Education in Action.(2018)