ABU NASR FAROBIY MEROSIDA TA'LIM VA AXLOQIY TARBIYANING UYG'UNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada buyuk sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiyning ta’lim va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. “Fozil shahar” konsepsiyasi asosida komil insonni shakllantirish masalalari yoritilib, ilmiy bilim va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligi Farobiy merosining asosiy xususiyati sifatida ko‘rsatib beriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 95 ABU NASR FAROBIY MEROSIDA TA’LIM VA AXLOQIY TARBIYANING UYG‘UNLIGI Kurbanova Rita Jarasovna Qoraqalpoq davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17562197 Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk sharq mutafakkiri Abu Nasr Farobiyning ta’lim va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. “Fozil shahar” konsepsiyasi asosida komil insonni shakllantirish masalalari yoritilib, ilmiy bilim va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligi Farobiy merosining asosiy xususiyati sifatida ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Abu Nasr Farobiy, fozil shahar, komil inson, ta’lim, axloqiy tarbiya, ilm, qadriyatlar. Abu Nasr Farobiy (873–950) Sharq uyg‘onish davrining eng buyuk mutafakkirlaridan biri bo‘lib, falsafa, mantiq, pedagogika, axloq va siyosatshunoslik sohalarida bebaho meros qoldirgan. Uning ilmiy qarashlari, ayniqsa, ta’lim va tarbiya masalalariga doir fikrlari bugungi kunda ham dolzarbdir. Farobiy ta’limni faqat bilim berish jarayoni emas, balki insonning ma’naviy-axloqiy komillikka erishish vositasi sifatida talqin etadi. Farobiy ta’lim tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim–tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim–tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida”, “Ixso–al–ulum”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi asrlarida ijtimoiy–tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. [2] Mashhur yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Farobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Farobiy nazarida, haqiqiy ta’lim shunchaki bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki insonning xulq-atvori va axloqini shakllantirishga xizmat qilishi kerak. U “fozil inson” tushunchasini ilgari surib, ma’naviy yetuklik va ilmiy bilim uyg‘unlashgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasini asoslab berdi. Abu Nasr Farobiy o‘rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim, Farobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Farobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Farobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. Farobiy o‘zining mashhur “Fozil shahar ahlining qarashlari” asarida jamiyat taraqqiyoti bevosita ta’lim va tarbiyaning sifatiga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi. Uning fikricha, fozil shaharda yashovchi odamlar ilm, donolik, adolat, saxovat va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda yashashlari zarur. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog‘ – salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o‘tkir, 5 – o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilimma'rifatga havasli, 7 – taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 96 aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg`onni va elg`onchilarni yomon ko‘radigan, 9 – o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur'atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.[1 ] Farobiy bu fazilatlarni har bir etuk insonda ko‘rishni istaydi. Farobiy o‘zining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo‘ladi. Bunda u, kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy hususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim ko‘nikmalariga e'tibor berishlik zarur deydi. U o‘zning «Baxt saodatga erishuv yo‘llar haqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U, - bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo‘lga kiritadi». Farobiy davlatni etuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya'ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan ko‘ra bilishi, boshqalarga g‘amxo‘r bo‘lishi lozim deydi. Forobiy ta'lim tarbiyaga bag`ishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma'nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Farobiy o‘z ishlarida ta'lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini, alohida ta'kidlaydi. Farobiy «Baxt – saodatga erishuv to‘g`risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta'kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi. Farobiy inson kamolotga yolg`iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki, har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim. Bunga Abu Nasr Farobiy ta'lim – tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki, maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta'lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan komolga etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g`ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g`ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi. Demak, Farobiy ta'lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta’lim va tarbiya tushunchalariga birinchi marta ilmiy ta’rif bergan olim sifatida tanilgan.[3] Uning ta’kidlashicha, ta’lim – bu insonga o‘qitish va tushuntirish orqali nazariy bilim berish jarayoni; tarbiya esa – nazariy fazilatlarni va muayyan hunarlarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq-odob qoidalari hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatishdir. Farobiy nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni boshlagan har bir inson xulq-odob jihatidan ham pok bo‘lishi lozimligini alohida uqtiradi. U “Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to‘g‘risida” risolasida shunday deydi: “Falsafani o‘rganishdan avval o‘zingizni hirs va nafs istaklaridan shunday tozalangki, sizda faqat kamolotga intilish hissi qolsin, na maishat, na shahvoniy tuyg‘ularga berilishga moyillik bo‘lsin. Bunga esa faqatgina so‘zda emas, balki amalda ham xulq-axloqni poklash orqali erishish mumkin. Shundan keyingina inson o‘z nafsini,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 97 ruhini va qalbini tozalab, uni xato va adashishdan asrab, haqiqat yo‘liga boshlovchi fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi.” Abu Nasr Farobiy merosi ta’lim va tarbiya uyg‘unligining beqiyos namunasi bo‘lib, uning asarlarida komil inson konsepsiyasi mukammal asoslab berilgan. Mutafakkirning ilm va axloqni uyg‘unlashtiruvchi qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shunday ekan, Forobiy merosidan foydalanish yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri”. Nodir va dono fikrlar. — T.: " O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. — 160 b. 2. Ravshanovna O.R. (2024). Abu Nasr Farobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning orni haqida. xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, 1(1), 230-233. 3. Pedagogika tarixi. [matn] o‘quv qoMlanma / Qambarov M. - Toshkent: Bavoz, 2022.-288 bet 4. Xadjaev В.Х. Umumiy pedaggogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. Т.: Sano-standart. 2017-y. 5. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova М., Hasanov R. Pedagogika tarixi.-Т.: O‘qituvchi, 1996 y.