TA'LIM OLUVCHILARNING BADIIY DIDINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITALAR
Abstract
Ushbu maqolada Sharq adabiy janrlarining shakllanishi va rivojlanishi va ularning asosiy jihatlari muhokama qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 121 TA’LIM OLUVCHILARNING BADIIY DIDINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITALAR Rahmonova Sayyora Radjabovna Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Tillar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlar nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562335 Annotatsiya. Ushbu maqolada Sharq adabiy janrlarining shakllanishi va rivojlanishi va ularning asosiy jihatlari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: G‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, musammon, tarje’band, qit’a, ruboiy, muammo, chiston, tuyuq, fard, janr. Annotatsiya. V dannoy state rassmatrivaetsya stanovlenie i razvitie literaturnыx janrov Vostoka ix osnovnыe aspektы. Klyuchevыe slova: Gazel, mustazad, muxammas, musaddas, musamman, kita, rubai, chiston, tuyuk, fard, janr. Annotation. This article discusses the formation and development of the literary genres of the East and their main aspects. Keywords: Ghazal, mustazad, muhammas, musaddas, musamman, qita, rubai, chiston, tuyuk, fard, genre. Hech bir adabiy janr adabiyotshunoslarning tavsiyasi asosida paydo bo‘lgan emas. Ertak, doston, maqol ham, g‘azal, tuyuk, ruboiy ham uzoq davrlar mobaynida stixiyali tarzda shakllangan. Nafaqat Sharq, balki G‘arb adabiyotidagi janrlar ham shu tariqa vujudga kelgan. Sonet, oda, drama, komediya, tragediya janrlarini biror adabiyotshunos kashf etmagan. Adabiyotshunoslar bor – yo‘g‘i mavjud asarlarga xos xususiyatlarni aniqlashtirib, umumlashtirgan, xolos. Janrlar uzoq asrlar davomida turli ellarda, turli tillarda yuzaga kelgan. Sharq va G‘arb adabiyotidagi janrlarning o‘zaro mushtarak jihatlari shundan dalolat beradi. Sharq adabiyotidagi g‘azal, ruboiy, tuyuqning ham, G‘arb adabiyotidagi sonet, odaning ham o‘ziga xos “qolip” i mavjud. Bu jihatdan g‘azal va sonet orasida umumiy o‘xshashlik seziladi. Maqsud Shayxzoda “Taqriban o‘n asrdan berli sharqli oshiqning, sharqli haqiqatjo‘larning yurak mayllariga va fikriy izlanishlariga tarjimon bo‘lib kelgan g‘azal xalqlarimizning eng sevimli va mahram sirdoshi, ulfati bo‘lib qoldi” deydi. Demak, g‘azalning paydo bo‘lganiga ming yildan oshgan. Sonet esa o‘n uchinchi asr boshlarida Italiyada mustaqil she’riy janr sifatida yuzaga kelgan. Sonet o‘n to‘rt misrali – ikkita to‘rtlik va ikkita uchlikdan iborat she’rdir. Sonetda misralar, albatta, o‘n bir bo‘g‘inli bo‘lishi va a-b-b-a, a-b-b-a, v-v-g, d-g-d tarzida qofiyalanishi shart. G‘azal esa birinchi bayti o‘zaro qofiyadosh, keyingi baytlarining ikkinchi misrasi birinchi baytga qofiyadosh she’r shaklidir. Ayon bo‘ladiki, g‘azal ham, sonet ham qat’iy shaklga asoslanadi. Shundan kelib chiqqan holda, shoir va tarjimon Abdula Sher “Sonetni g‘azalga taqlidan yaratilgan she’riy shakl, deb taxmin qilish mumkin. Ma’lumki, g‘azalning mumtoz namunasi yetti bayt – o‘n to‘rt misradan iborat” deydi. Haqiqatan ham sonet va g‘azalning qofiyalanish tartibi, har ikkalasining bandlardan tarkib topishi va hajmi o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik shunday xulosaga kelish imkonini beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 122 Lekin Sharq adabiyotidagi g‘azal uzoq asrlar davomida o‘zining qat’iy shaklini saqlab qolgani holda, G‘arb adabiyotidagi sonet muayyan o‘zgarishlarga uchragani ham ta’kidlash joiz. Masalan, yuqorida ko‘rsatilgan. Bu Vilyam Shekspir sonetlarida ham, hozirgi zamon shoirlari ijodida ham kuzatiladi. G‘azal, tuyuk, ruboiy kabi janrlarning asrlar davomida hech o‘zgarmasdan kelganligi Sharq adabiyotining an’analarga asoslanishi, sonetlarning turli ko‘rinishi mavjudligi esa G‘arb adabiyotining ko‘proq yangilikka intilishi bilan bog‘likdir. Hozir ham Sharqda aruz qoidalariga andakkina to‘g‘ri kelmaydigan she’r g‘azal sifatida tan olinmaydi. She’r g‘azal bo‘lishi uchun uning misralarida uzun va qisqa hijolar ma’lum bir tartibda takrorlanishi shart, deyiladi. Misralari turli bo‘g‘indan iborat, erkin qofiyalangan sarbast, erkin, oq she’rni “she’r emas, shig‘ir” deydiganlar ham ko‘plab topiladi. Lekin qat’iy qolipni yoqlaydiganlar qanchalik haq bo‘lishsa, yangilik tarafdorlarining qarashlari ham shunchalik aniq asosga ega. Shunday ekan, ilm – fanda bo‘lgani singari san’at va adabiyotda ham izlanishlarga yo‘l berish, dadil harakatlarni qo‘llab quvvatlash samara keltiradi. Sonet qolipidan bir oz chetga chiqilgan she’rlarga e’tiroz bildirib, inkor etishni ma’qullab bo‘lmaydi. Chunki qolip dastak qilib olinsa, juda ko‘p san’at durdonalaridan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Vilyam Shekspir dramalari, sonetlari necha yuz yillardan beri qayta – qayta tarjima qilinadi. Ular to‘g‘risida keskin tanqidiy fikrlar ham bildiriladi. Lekin Vilyam Shekspir dramaturgiya va teatr san’atini beqiyos yuksaklikka ko‘targani hamisha e’tirof etiladi. Uning yozib qoldirgan bir yuz ellik to‘rtta soneti ham hech e’tibordan tushmay keladi. Negaki V. Shekspir sonetlarida insoniy his – kechinma, ehtiroslarni juda ta’sirchan ifodalangan. Boshqa shoirlarning sonetlari janr qonuniyatlariga to‘la mos kelsa – da, ular ta’sirchan emas. Bu xildagi sonetlar shaklga taqlidan yozilgani bilinib turadi. Shaklni mazmundan ustun qo‘yish har qanday janrni chuchmal bir narsaga aylantirib qo‘yadi. Mazmunni majburlab, bir qolipga solish uni sayozlashtiradi. She’riyatimizdagi aksariyat sonetlarning bir marta ham o‘qishga arzimasligi ularda fikrning majburlab bir qolipga solinishidan kelib chiqqan. Bir xil shakl, bir xil manzara har qanchalik chiroyli, ko‘rkam bo‘lmasin, bora – bora me’daga tegadi. Cho‘lpon o‘tgan asr boshlarida adabiyotimiz bir qolipga tushib qolgani tufayli nochorlashganini ta’kidlangan. Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy kabi ijodkorlar adabiyotimizga yangicha shakllar – yangi janrlar olib kirishgan. Usmon Nosir, Cho‘lpon o‘zbek she’riyatida dastlabki sonetlar yaratishgan. Usmon Nosirning sonetlari janr talablariga to‘la mos keladi. Barot Boyqobilov, Rauf Parfining sonetlarida esa janr qolipiga bir qadar amal qilinmagani seziladi. Umuman, aksariyat sonetlarda vazn va qofiya talablari buzilishi kuzatiladi. O‘zbekchaga o‘girilgan sonetlarda ham xuddi shu holat qozga tashlanadi. Bu shoirning ham, tarjimonning ham janr qonuniyatlariga itoat qilishi juda qiyin kechishidan kelib chiqadi. His – tuyg‘u, kechinmalarni g‘azal, sonet qolipiga solish ijodkor uchun o‘tib bo‘lmas to‘siqqa aylanib, uning fikrini so‘ndiradi. Shuning uchun ba’zan janr konuniyatlardan ko‘z yumishga to‘g‘ri keladi. Sonetning ikki xil shakli – klassik sonet va erkin sonet keng tarqalgan. Klassik sonetda janr qoidalariga to‘liq amal qilinsa, erkin sonetdamavjud tartibdan bir oz chetga chiqiladi. Har qanday she’rdagi, jumladan, sonetlardagi vazn va qofiya bilan bog‘liq nuqsonlar avvalo fikrni o‘sha qolipda ifodalashning imkonsizligi bilan boqlikdir. Shuning uchun she’riyatdagi bu hodisaga jiddiy kamchilik emas, balki fikr talabi bilan yuz bergan o‘zgarish sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har qanday shakl, qolip vaqt o‘tishi bilan eskiradi. Sharq mumtoz she’riyatidagi mustahzod, musaddas janrlarida she’r bitish endilikda noyob hodisaga aylangani, g‘azal, ruboiy, tuyuq hozir she’riyatning manzarasini belgilamasligi ham shundan dalolat beradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 123 Shunday ekan, g‘azal, ruboiy yoki sonet singari adabiy janrlarning qat’iy qonuniyatlari o‘zgarishsiz qolishini talab qilish hamisha ham o‘zini oqlamaydi. Drama, komediya, tragediya, roman, qissa, hikoya janrlarining shakli, hajmi beqiyos darajada o‘zgargan. Sofokl, Shekspir, Tolstoy, Chexov asarlari bilan hozirgi komediya, drama, roman, hiqoyalar taqqoslansa, shunga aniq ishonch bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Hojiahmedov A. She’r san’atlarini bilasizmi? – Toshkent: Sharq, 1999. 2. Hojiahmedov A. O‘zbek aruzi lug‘ati. – Toshkent: Sharq, 2005. 3. Sharq mumtoz poetikasi. Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 4. Rustamov A. Aruz haqida suhbatlar. – Toshkent: Fan, 2011.