TA'LIM OLUVCHILARNING XOTIRASINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada pedagogik psixologiyaning va umuman kundalik hayotimiz va ayniqsa o‘quv faoliyatining samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi dolzarb muammolaridan biri – xotira va uning xususiyatlari haqida so‘z yuritamiz.Inson xotirasi noyob hamda juda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan inson psixikasining kuplab aqliy jarayonlaridan biridir. Biz unga umrimizning xar bir kunida murojaat qilamiz va har qanday biz uchun ahamiyatli va yorqin lahzalarni,turli zarur ma’lumotlarni kerak bo‘lgan zaxoti yodga olishimiz kundalik turmushimizni nechog‘lik kulaylik va osoishtalikga aylantiradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 124 TA’LIM OLUVCHILARNING XOTIRASINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI Shayusupova N.E. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Tillar, ijtimoyi-gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi” o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562345 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik psixologiyaning va umuman kundalik hayotimiz va ayniqsa o‘quv faoliyatining samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi dolzarb muammolaridan biri – xotira va uning xususiyatlari haqida so‘z yuritamiz.Inson xotirasi noyob hamda juda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan inson psixikasining kuplab aqliy jarayonlaridan biridir. Biz unga umrimizning xar bir kunida murojaat qilamiz va har qanday biz uchun ahamiyatli va yorqin lahzalarni,turli zarur ma’lumotlarni kerak bo‘lgan zaxoti yodga olishimiz kundalik turmushimizni nechog‘lik kulaylik va osoishtalikga aylantiradi. Kalit so‘zlar Xotira, qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira,operativ xotira, ixtiyoriy xotira, ixtiyorsiz xotira,esda saqlash, eslash, reminissensiya. Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saklash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g‘oyaviy yunalishi katta o‘rin egallaydi. Bu yo‘nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o‘zining shu faoliyati uchun muhim bo‘lgan voqea, xodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu urinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning o‘z tajribasini esda olib kolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmi asosida bosh miya po‘stlog‘ida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog‘lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib kolish paytida assotsiatsiyalar kosil bulganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida biladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‘xtalar ekanmiz, so‘nggi yillarda texnikaning hoyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo‘lgan extiyoj benixoya ko‘payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o‘z navbatida, xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar xamda kibernetiklar tomonidan o‘rganilishiga olib keldi. Natijada, xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muximi molekulalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra, biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilmani hosil bo‘lishi bilan bog‘likdir. O‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan bosh miya nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o‘zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo‘lgan o‘zgarish va bog‘lanishlar darrov uzilib ketadigan bo‘lmay, ancha mustahkam bo‘ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 125 Xotira turlari Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asosi va uning tavsifnomasi sifatida: - esda olib qolish, - esda saqlash, - esga tushirish, - unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog‘likligi olinadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikatsiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqgan «Umumiy psixologiya» darsligida xuyidagi klassifikatsiya uchraydi: 1. Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning hususiyatiga qarab: xarakat, emotsional, obrazli va suz mantiq xotira. 2. Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. 3. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga kura: qisxa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira. Harakat xotirasi - inson faoliyatining har bir turida ruxiy faollikning u yoki bu kurinishlarini ustunlik qilishida kuzatiladi. Turli xarakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi. Mazkur xotira turining ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat malakalari bilan bir qatorda, har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, chopish, xatti-xarakatlar, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish harakat xotirasini taqozo etadi. Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish hususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har bir odamga O‘z turmush tajribasidan ma’lumki qachonlardir uqigan kitoblar, tamosha qilgan kinofilmlar faqat «taassurotlar», bog‘lanishlar zanjirini еchishning dastlabki tuguni sifatida namoyon buladi. Bu xotira xis-tuygular, ruxiy kechinmalar, xissiyotlar, extiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning hususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo habar berib turish imkoniyatiga ega. Obrazli xotira - tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisalarning aniq obrazlarini, ularning hususiyatlari va bog‘lanishlarini esdaq xoldirish, ongda mustaxkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi So‘z-mantiq xotirasimazmunini fikr va muloxdzalar, anik xukm xdmda xulosa chikarishlar tashkil etadi. Suz-mantik xotirasining vujudga kelishida birinchi signallar tizimi bilan bir katorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki, so‘z mantik xotirasi fakat insongagina hos bo‘lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, his-tuyg‘u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jixatdan keskin fark qiladi.. Shu bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi so‘z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog‘liqdir. Suz-mantiq xotirasining o‘sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi. Ixtiyoriy xotira -deganda ma’lum maksadni ruyobga chikarish uchuy muayyan davrlarda akliy xdrakatlarga suyangan xdlda amalga oshirilishidan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 126 Ixtiyorsiz xotiraning muxim xususiyatlaridan biri ma’lum maksadsiz asabiy, irodaviy zur berishsiz xdyotiy axdmiyatga eta bulgan ma’lumot, xabar, axborot, ta’surotlarning ko‘pchilik kismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan inson faoliyatining turli jabxalarida uz xotirasini boshkarish zarurati tutilib kolittti mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, xolatlar, vaziyatlarda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi axamiyati katta. Esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlarni qayta esga tushirish xotiraning aloxida turi sifatida karaladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi. Qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok kilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi. Operativ xotira deb - inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchuy xizmat kiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holatga aytiladi. Hozirgi zamoy psixologiyasida ushbu xolatni namoyon qilish uchun quyidagi misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yamiz. Shu boisdan oralik natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yakinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Mazkur holat matnni talaba yoki o‘quvchi tomonidan o‘qishda, uni ko‘chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyatni amalga oshirishda yakkol ko‘zga tashlanadi. Xotira jarayonlari. Xotira faoliyati esda koldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya pustida muvaqqat nerv boshlanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o‘zining faolligi jixatidan ikkiga bulinadi: a) ixtiyoriy esda qoldirish; b) ixtiyorsiz esda qoldirish. Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol uynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog‘lik narsa va xodisalar beixtiyor oson esda qoladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 127 Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo‘yib mavzu belgilanadi. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning mahsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o‘zining kerakli kuchini sarf kiladi. Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg‘ul bo‘lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv hujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko‘p qismi unutiladi. Materialni uqib o‘rganib olingandan keyinok uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vakt o‘tgandan keyin uni to‘la xotirlay olishlikning sababi materialni uqib, o‘rganib olishda ruy beradigan charchashdir. Materialni eslash uchun bulgan kuchli xoh,ish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni kayta esga tushirishdagi kiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ishga chalg‘ib ketgan insonlarda tormozlanish tarkab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bulgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustax,kamlashga bo‘lgan kizikishning mavjudligi materialni uzoqrok esda saqlashga olib keladi. Uiutish vaqtga boqlik bo‘ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan bo‘lib, unutish, materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ruy beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi. Shu tariqa inson xotirasining ko‘plab jihatlari mavjud bo‘lib biz ularni ba’zilari haqida to‘htalib o‘tdik. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Маклаков А. Г.. Общая психология. — СПб.: Питер, 2001. — 592 с.: ил. — (Серия «Учебник нового века»)ИСВН 5-272-00062-5. 2. Ученые запи ски института непрерывного педагогического образования. Вып.2. Великий Новгород: НовГУ им. Ярослава Мудрого, 2000. 3. Рубинштейн, С. Л. “ Основы общей психологии” – Издателство: Питер, 2002 г