scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY ADABIY MEROSINING TA'LIM-TARBIYAVIY AHAMIYATI

Urinov Islomjon Olimjon o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiyning asarlarining mazmun-mohiyati, o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti va o‘zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissasi va shaxsiyati hamda ijodiga bo‘lgan e’tibor haqida so‘z boradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 130 ALISHER NAVOIY ADABIY MEROSINING TA’LIMTARBIYAVIY AHAMIYATI Urinov Islomjon Olimjon o‘g‘li Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i https://doi.org/10.5281/zenodo.17562361 Annotatsiya. Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiyning asarlarining mazmun-mohiyati, o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti va o‘zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissasi va shaxsiyati hamda ijodiga bo‘lgan e’tibor haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Ma’rifat, turkiy til, adabiyot, ilm-fan, manba, urf-odat, falsafa, umumbashariy, tarqqiyot. Alisher Navoiy va adabiy ta’sir masalalari juda keng va murakkab mavzulardan biridir. Navoiy nafaqat o‘z davrida, balki undan keyingi asrlarda ham turkiy va fors-tojik adabiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Navoiyshunoslik tarixi uzok davrlarga borib taqalsa-da, mustaqillik yillarida adabiyotshunoslikning bu soxasi yangi oʻzanlarda rivojlandi. Bu davrda oʻzbek navoiyshunosligida shoir asarlari manbalari tasnifi, nashrlari, tekstologik taxlili, tarixiybiografik, qiyosiy-tarixiy, ilmiy-tasavvufiy tadkqiqi borasida muayyan yutuklarga erishildi. Ayni paytda, shoir ijodini umumjaxoniy koʻlamda, muallif diniy-ma’rifiy dunyoqarashi, badiiykonseptual prinsiplari asosida xolisona oʻrganish bugungi adabiyotshunoslik oldida turgan muhim masalalardandir. Zero, “...adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo, xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekani, buyuk shoirimiz Choʻlpon aytganidek, adabiyot va madaniyat yashasa, millat yashashi mumkinligini unutishga bizning aslo xaqqimiz yo‘qligi[1] bugungi adabiyotshunosligimiz oldiga qanchalik katta vazifalar qoʻyilganligini koʻrsatadi. Ilm va ma’rifat gʻoyalarining tasavvufiy adabiyotda, xususan Alisher Navoiy ijodida tutgan oʻrni va poetik talkini xaqida mazkur ishlarda ma’lum oʻrinlarda va ma’lum manosabat bilan fikrlar bildirilgan boʻlsa-da, lekin bu masala yahlit ilmiy-monografik tadqiqot doirasida oʻrganilmagan. Shu munosabat bilan taniqli adabiyotshunos olim I.Xaqqul bu masalada shunday fikr bildirgan edi: “Ma’rifat va oriflik xaqida tinimsiz gapiriladi, toʻxtovsiz yoziladi. Ammo irfoniy nuqtai nazardan “Orif kim? Ma’rifat nima?” – degan savolga toʻlaqonli javob qaytaradigan bir maqolani ham uchratmaysiz”[2]. Adabiyotshunos olim uzining “Navoiyga kaytish” nomli kitobida xam bu masalaning maxsus oʻrganilmagani haqida aloxida toʻxtalib oʻtgan[3]. Mazkur xolat navoiyshunoslik sohasida xali oʻrganilmagai qirralarning borligidan dalolatdir. Navoiy o‘z asarlarida nafaqat shaxsiy his-tuyg‘ularini, balki jamiyatdagi muhim masalalarni ham yoritgan. U, adolat, sevgi, do‘stlik va insoniylik kabi qadriyatlarni o‘z asarlarida aks ettirib, o‘z zamonidagi ijtimoiy muammolarni tanqid qilgan. Navoiy, o‘z ijodida qahramonlar orqali xalqning ruhiyatini, urf-odatlarini va an’analarini aks ettirgan. U, o‘z zamonida xalqning muammolari, umidlari va orzularini o‘z asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy, o‘zining “Xamsa” asarida turkiy tilning badiiy imkoniyatlarini kengaytirgan. Bu asar, beshta dostonni o‘z ichiga oladi va turkiy adabiyotda yangi sahna ochadi. Navoiy, o‘z asarlarida INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 131 chuqur ma’nolarni ifodalashga intilib, turkiy tilni badiiy ifoda vositasi sifatida ishlatgan. U, o‘z zamonida turkiy tilning imkoniyatlarini kengaytirib, uni adabiyot va ilm-fan sohalarida muhim rol o‘ynashiga sabab bo‘lgan[4]. Navoiy, o‘z asarlarida insonning ichki dunyosi, uning histuyg‘ulari va hayotiy tajribalari haqida chuqur fikrlar bildirdi. U, insoniyatning ma'naviy qadriyatlari, axloqiy tamoyillari va hayotiy saboqlarini o‘z asarlarida aks ettirib, o‘z zamonidagi ijtimoiy muammolarni yoritishga harakat qilgan. Bu esa uning asarlarini nafaqat adabiyot, balki falsafa sohasida ham muhim manba sifatida qabul qilishga sabab bo‘ldi. U o‘z asarlarida turkiy tilning go‘zalligini va kuchini namoyish etgan. U, o‘z zamonida turkiy tilni badiiy ifoda vositasi sifatida ishlatib, o‘z asarlarida chuqur ma’nolarni ifodalagan. Navoiy, turkiy tilni nafaqat o‘z zamonasida, balki kelajak avlodlar uchun ham boyitishga intildi. Uning asarlari, turkiy tilning rivojlanishida muhim manba bo‘lib qolmoqda. Navoiy, o‘z asarlarida xalqning ruhiyatini, urfodatlarini va an’analarini aks ettirgan.[5] U, o‘z zamonida xalqning muammolari, umidlari va orzularini o‘z asarlarida ifodalagan. Navoiy, o‘z asarlarida insonning ichki dunyosi, uning histuyg‘ulari va hayotiy tajribalari haqida chuqur fikrlar bildirdi. Bu esa uning asarlarini nafaqat adabiyot, balki falsafa sohasida ham muhim manba sifatida qabul qilishga sabab bo‘ldi. Alisher Navoiy, o‘zining ijodi orqali turkiy tilni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U, turkiy tilni badiiy ifoda vositasi sifatida ishlatib, o‘z asarlarida chuqur ma’nolarni ifodalagan. Navoiy, o‘z zamonida turkiy tilning imkoniyatlarini kengaytirib, uni adabiyot va ilm-fan sohalarida muhim rol o‘ynashiga sabab bo‘lgan. Uning asarlari, turkiy tilning rivojlanishida muhim manba bo‘lib qolmoqda. Navoiy, o‘z asarlarida turkiy tilning go‘zalligini va kuchini namoyish etgan. U, o‘z zamonida turkiy tilni badiiy ifoda vositasi sifatida ishlatib, o‘z asarlarida chuqur ma’nolarni ifodalagan[6]. Buyuk shoirning barcha asarlari umumbashariy insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan, shuning uchun ham barcha turkiy xalqlar uni o‘z shoiri deb biladi va alohida mehr bilan o‘qib-o‘rganadi. Taniqli turk olimi Jahon Oqquyuji maʼlumotiga ko‘ra, Turkiyada Alisher Navoiy asarlarining 100 dan ziyod qo‘lyozmalari saqlanadi. Yana bir turk olimi Yusuf Chetindog‘ esa: “Ayniqsa, XVI asr umumturk olamida “Navoiy asri” deb atalsa, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, deya eʼtirof etgan. Tarixiy kitoblar shundan dalolat beradiki, Alisher Navoiy asarlari Turkiyaga uning hayotligi davridayoq kirib borgan. Chunonchi, turk sultoni Boyazid Ikkinchi bilan shaxsan tanish bo‘lgan Alisher Navoiy 1481 yilda unga 33 ta g‘azalini yuboradi. Turk sultoni ularni Bursaga – o‘sha davrning mashhur shoiri Ahmad Poshoga yuborib, ushbu g‘azallarga nazira yozishni so‘raydi. G‘azallar shoirda kuchli taassurot qoldiradi va ularning barchasiga nazira bog‘laydi. XV–XVI asrlarda 70 ga yaqin turk shoirlari Navoiydan ilhomlanib, uning sheʼrlariga naziralar yozganlari adabiy manbalarda keltirilgan. Jumladan, Saydi Ali Rais Kotibiy degan turk shoiri Alisher Navoiy ijodining chinakam muxlisi bo‘lib, uning ko‘plab g‘azallariga nazira yozgan va buning uchun unga «Alisheri soniy» degan tahallus berilgan. Alisher Navoiy butun hayoti davomida o‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham ijod qilib, barakali meros yaratdi. Uning bu tildagi she’rlari 1490-yillarning o‘rtalarida, Eron olimi Yusuf Sheroziy taxminicha, 1495-1500-yillar orasida muallif tomonidan devon holiga keltirilgan va “Devoni Foniy” nomi bilan mashhur. Mazkur devoni 1963-yilda Tehronda, 1965-yilda Toshkentda, 1993-yilda Dushanbada nashr etilgan. O‘zbek olimi Sulaymonov tavsifi bo‘yicha, “Devoni Foniy’da, “Debocha”dan tashqari, 7 qasida, 554 g‘azal, 1 musaddas, 1 marsiya, 72 qita, 73 ruboiy, 16 tarix, 373 muammo, 9 lug‘z bor. “Devoni Foniy”dagi g‘azallarning aksariyati mashhur fors shoirlari she’rlariga tatabbulardan iborat. Jumladan Jomiyning 52, Hofiz INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 132 Sheroziyning 237, Xisrav Dehlaviyning 33, Sa’diy Sheroziyning 25, Mavlono Kotibiyning 5, Shohiy Sabzavoriyning 5, Kamol Xo‘jandiyning 4 va boshqa g‘azaliga tatabbu bog‘langan. Alisher Navoiy fors tilida yozgan original g‘azallariga “Muxtara”, “Ixtiro” deb sarlavha qo‘ygan bo‘lib, ularning soni 50 dan ortiq. Alisher Navoiy shoir bo‘lish bilan birga o‘z davrining ulug‘ olimi, mutafakkiri ham edi. Navoiysiz bu davr fani va madaniyati taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Alisher Navoiy ilmiy tadqiqotlari va izlanishlarining katta qismi, tabiiyki, til va adabiyot masalalari bilan bog‘langan. Shu ma’noda “Majolis un-nafois” tazkirasini yaratish bilan Alisher Navoiy o‘z davri adabiyotiga, uning ijodkorlariga o‘ziga xos haykal o‘rnatdi. Unda o‘zbek va forsiy tillarda ijod qilgan 359 shoirning hayoti va yozgan asarlari haqida noyob ma’lumotlar berilgan, bu ijodkorlarning yutuklari va kamchiliklari, o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan. Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlari “Majolis un-nafois”ning davomiday bo‘lib, bu davr adabiyoti, fani va madaniyatining yirik namoyandalari hayotini o‘rganishda eng qimmatli manbalardir. Bu asarlar badiiy-tasavvuf adabiyotining manoqib (yoki manqaba) janriga tegishli bo‘lib, uslubining samimiyligi bilan ajralib turadi. Alisher Navoiyning katta adabiy va tarixiy ahamiyatga ega “Munshaot” asari uning turkiy tilda o‘z zamondoshlari — podshohlar va shahzodalar, ilm va adabiyot axdlari bilan olib borgan yozishmalari majmuidan iborat, maktub janrining mukammal namunalari sanaladi. Maktublarning miqdori turli qo‘lyozmalarda turlicha, bir-birini to‘ldiradi. Alisher Navoiy o‘zining forsiy maktublarini ham yig‘ib, “Munshaot” tuzgan. Biroq u bizgacha yetib kelmagan. Biz ushbu misollar orqali nima demoqchimiz? Ya’ni oʻsha davrlarda bir adabiy muhitda mashxur boʻlgan ijod namunalarini boshqasida oʻsha xududning adabiy tili va uslubiga moslashtirib koʻchirish, tarqatish odat sanalgan. Buni qaysidir ma’nosida oʻzaro yaqin, qardosh tillar doirasidagi ilk badiiy tarjimalar deb baholash mumkin. Shu ma’noda turkiy she’riyatning eng yirik vakili Alisher Navoiyning ijodi usha davrdagi boshka turkiy mamlakatlar, jumladan Usmoniylar va Oqquyunlilar davlatiga kirib borgani, bu yurtlardagi adabiy muhitga katta ta’sir koʻrsatishi tabiiy xol edi. 30 yoshga kirib ulgurmagan Navoiyning Fazallari Oqquyunlilar davlatiga kirib borishi, uning asarlari shu mamlakat adabiy tiliga tabdil qilingan xolda koʻchirilishi ham Alisher Navoiy ijodiga u yashagan makondan tashqarida juda erta boshlanganidan dalolat beradi. Yukoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Navoiy yashagan davrda oʻnlab, yuzlab turkiy qavm, qabila va urugʻlar mavjud boʻlsa-da, xar bir qavmning oʻz yozma tili mavjud emasdi. Ular kundalik extiyoj uchun, qabilalaro muloqot tili, yozma til sifatida, joylashgan xududidan kelib chiqib, sharqiy yoki gʻarbiy turkiy tillardan biridan foydalanilgan. XVIII-XIX asrlargacha turkiy tildagi barcha ilmiy, diniy va badiiy asarlarni, xujjatlarni xam faqat shu ikki guruhga boʻlish mumkin. Alisher Navoiy ham bu tafovutni yaxshi tushungan, u oʻz asarlarida bu ikki guruhga mansub xalqlar va tillarni turk va turkmonga ajratgan. Navoiy turkmoniy tilda bitilgan baytlarni imkon darajasida, oʻz oʻquvchilariga etarli darajada tushunarli boʻlishi uchun turkiylashtirib — sharkiy turkiy tilga moslashtirib beradi. Shu bilan birga Navoiyning asarlarini ham gʻarbiy turkiy tilda soʻzlashuvchi muxlislari oʻz laxjalariga moslashtirib ko‘chirishgan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 133 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori” mavzusida O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasi//Xalq so‘zi. 2017-yil, 4-avgust. 2. Haqqul I., Ochilov E. O‘zbek mumtoz adabiyoti va tasavvufni o‘rganish muammolari// O‘zbek tili va adabiyoti, 2003. 2-son. 69-bet. 3. Haqqul I. Navoiyga qaytish. – Toshkent: Fan, 2007. – 64-65-betlar. 4. Qodirov, A. (2018). Navoiy merosi: Adabiy tahlil. Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti nashri. 5. Xolmatov, S. (2016). Alisher Navoiy va uning davri. Buxoro: Buxoro Davlat Universiteti nashri. 6. Rahmonov, T. (2017). Navoiy asarlarida falsafa. Toshkent: Fan va texnologiya nashri.