AQLIY TARBIYA- AJDODLARIMIZNING PЕDAGOGIK MЕROSIDA MARKAZIY MASALA SIFATIDA
Abstract
Mazkur maqolada ajdodlarimizning pedagogik ta’limoti bugungi kunda ham talabalarning aqliy kamolotini ta’minlash, ularning bilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi shuningdek, shaxs kamoloti va aqliy taraqqiyotini ta’minlashning o‘ziga xos yo‘llarini haqidagi qarashlari keng yoritib beriladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 133 AQLIY TARBIYAAJDODLARIMIZNING PЕDAGOGIK MЕROSIDA MARKAZIY MASALA SIFATIDA Pazilova Meruert Ermekbayevna Nukus davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17562372 Annotatsiya. Mazkur maqolada ajdodlarimizning pedagogik ta’limoti bugungi kunda ham talabalarning aqliy kamolotini ta’minlash, ularning bilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi shuningdek, shaxs kamoloti va aqliy taraqqiyotini ta’minlashning o‘ziga xos yo‘llarini haqidagi qarashlari keng yoritib beriladi. Kalitli so‘zlar: aqliy kamolot, intellektual rivojlantirish, didaktik qarashlar. Аннотация. В данной статье широко освещены взгляды наших предков на то, что педагогическое учение и сегодня служит ценным источником для обеспечения интеллектуального развития студентов, расширения их познавательных возможностей, а также на конкретные пути обеспечения личностного развития и интеллектуального развития. Ключевые слова: умственная зрелость, интеллектуальное развитие, дидактические взгляды. Abstract. This article extensively covers our ancestors' pedagogical teachings that serve as a valuable resource for ensuring students' intellectual development today and expanding their cognitive capabilities, as well as their views on specific ways of ensuring personal development and intellectual progress. Keywords: intellectual maturity, intellectual development, didactic views. Dunyoda pedagogik ta’limotlarni o‘rganish, uning shaxs aqliy kamolotidagi ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab berish, talabalarni intellektual rivojlantirishda pedagogik merosdan unumli foydalanishning nazariy-fundamental asoslarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan pedagogik merosning shaxs bilish faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlari, talabalarni intellektual rivojlantirishdagi o‘rni, ularning bilishga qiziqishlari, ehtiyojlari, motivlarini rivojlantirish imkonini bera olishi nuqtayi nazaridan, mazkur yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ko‘lami kengayishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish sohasidagi pedagogik ta’limotlar uzoq tarixga ega bo‘lib, ushbu qarashlar muntazam rivojlanib kelgan. Ayniqsa Qur’oni Karimning bosh g‘oyasi insonlarni bilim olish, rivojlanish va muntazam harakatlanishga undashdan iborat. Zero, Qur’ondagi dastlabki da’vat o‘qish, qiroat qilishga safarbar etishdir. Qur’on – barcha insonlar aql-zakovatda teng ekanini e’tirof etadi [1]. Shaxsning bilish faoliyati va uni rivojlantirish nazariyasiga alohida hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri Abu Nasr Forobiy (873-950) dir. Forobiy o‘z didaktik qarashlarida shaxs fazilatlarini ikki guruhga ajratib ko‘rsatgan. Ular: tug‘ma va insonning hayotiy faoliyati davomida shakllanadigan fazilatlari. Farobiyning fikricha, tug‘ma fazilatlarga insonning o‘ta
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 134 o‘tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o‘ta qobiliyatliligi kiradi. Asosiy axloqiy fazilatlarni shaxs hayotiy faoliyati davomida egallaydi. Yuksak aql-zakovat egasi bo‘lgan insonlar ham ta’limtarbiyaga ehtiyoj sezadilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida ularning bilish imkoniyati kengayadi degan g‘oyani ilgari suradi. Bunday insonlarning bilish layoqatlarini ta’lim-tarbiya jarayonida kengaytirib, ularni faollashtirishga erishish lozim deya uqtiradi mutaffakkir [2.;24]. Sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri Jaloliddin Davoniy ham shaxs kamoloti va aqliy taraqqiyotini ta’minlashning o‘ziga xos yo‘llarini ko‘rsatib bergan. U rivojlanish doimiy harakat va faoliyat mahsuli ekanligini ta’kidlagan. Jaloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asarida aqliy va axloqiy tarbiya masalalari o‘zaro mutanosiblikda talqin qilingan, inson jamiyatda, kishilar orasida, ular bilan munosabatda rivojlanadi, degan fikrni ilgari surgan. Davoniyning ta’kidlashicha, aqlli inson jamiyatning barcha sohasida faol qatnashadi. Uning aqliy bilishni ustun qo‘yishi ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq masalalarini talqin etishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham Davoniy shaxs ta’lim-tarbiyasida aqliy tarbiyaga alohida e’tibor qaratish lozimligini uqtirgan. Shuningdek, Davoniy “Ilm kishilarni yomon odatlardan, razil ishlardan saqlaydi”, ilm egallash bilan shug‘ullanish doimiy bo‘lishi kerak [3.;12], – deb hisoblaydi. Mutafakkir shaxsning sifatlarini ikki guruhga bo‘lgan: tug‘ma sifatlar va insonning ijtimoiy faoliyati davomida vujudga kelgan sifatlar. Tug‘ma sifatlar sirasiga shaxsning aqliyaxloqiy sifatlari va qobiliyatlarini kiritgan. Insonning faraz qilishi, o‘zaro bir-birini tushunishi kabi faol aqliy harakatlari uning tug‘ma sifati mahsuli hisoblanadi. Ajdodlarimizning pedagogik merosida aqliy tarbiya markaziy o‘rin egallaydi. U insonga berilgan eng ulug‘ ne’mat ekanligini mutafakkirlar qayta-qayta ta’kidlaganlar. Shaxs o‘zining bilish faoliyatlarini rivojlantirish uchun aqlan yetuk bo‘lishi kerak. Ajdodlarimiz aqlni ikki yo‘nalishda tavsiflaganlar: a) narsa-hodisalar va borliqning haqiqiy manzarasini idrok etishga asoslangan bilimlar majmui; b) insonning mavjud bilimlarni idrok etish imkoniyati. Ajdodlarimizning pedagogik ta’limoti bugungi kunda ham talabalarning aqliy kamolotini ta’minlash, ularning bilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi. Mutafakkirlar yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradigan ustozlarga ham alohida talablar qo‘yganlar. Bu haqida Koshifiy o‘zining “Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” asarida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tgan: “Birinchidan, shayx komil ma’rifat egasi bo‘lsin… Ikkinchidan, o‘tkir farosatli, odamshunos kishi bo‘lib, bir nigoh tashlash bilan muridning qobiliyatini ilg‘ab olsin. Uchinchidan, yetuk ruhiy-ma’naviy quvvati bo‘lsin, toki agar murid tariqat yo‘lidan adashsa, unga ma’naviy madad berib, mushkulini oson qilolsin, to‘g‘ri yo‘lga solsin. To‘rtinchidan, yetarli darajada erkin odam bo‘lsin, ya’ni hech narsaga muhtojligi bo‘lmasin. Beshinchidan, ixlosi mustahkam bo‘lib, riyo va ta’mani tark etsin, mol va mansab deb birovga sarg‘aymasin, egilmasin. Oltinchidan, rostlik va beg‘araz do‘stlikni shior qilsin, haq so‘zni hap yerda, hap qanday sharoitda ayta olsin, gapirganda ikkiyuzlamachilik qilmasin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 135 Yettinchidan, qalbida shafqat nuri porlab tursin, murid manfaati va umummanfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘ysin” [4.;12]. Ushbu talablar bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning yuksak saviyali, bilimdon, zukko va ziyraklik bilan talabalarga yondashishlari kerakligini anglatadi. Allomalar shogirdlarining sifatlari haqida ham to‘xtalganlar. Jumladan, Husayn Voiz Koshifiy mazkur sifatlarni quyidagicha tavsiflaydi: “Agar muridning nechta sifatlari bo‘lishi kerak, deb so‘rasalar, o‘nta deb aytgil. Avval shuki, u balog‘at yoshiga yetgan bo‘lishi kerak. Chunki balog‘atga yetmagan kishini tavbaga keltirib bo‘lmaydi va tavba qilmagan odam muridlikka munosib emas. Ikkinchidan, u oqil odam bo‘lishi lozim, chunki aqlli bo‘lmasa, so‘zning pastu-balandi, ramziy-botiniy ma’nolarini anglamaydi. Uchinchidan, muslim bo‘lsin, agar musulmon bo‘lmasa, tavba keltirishi mumkin emas. To‘rtinchidan, talabgor bo‘lsin, ya’ni talab yo‘liga jiddu jahd bilan qadam qo‘ymasa, taraqqiy etmaydi. Beshinchidan, sadoqatli bo‘lsin, chunki agar sidqu dildan kirishmasa, pirning ma’rifati ko‘nglidan joy olmagay va agar pirning so‘zi diliga ta’sir etmasa, u maqsadiga yetolmaydi. Oltinchidan, tobe’ bo‘lsin, ya’ni pirning ixtiyoridan bir qadam ham chekinmasin. Yettinchidan, baland idrokli bo‘lsin, ya’ni o‘tkir zehn va ziyraklik bilan to‘g‘pi yo‘lni topib olsin. Sakkizinchidan, qabul etuvchi bo‘lsin, ya’ni pirning so‘zlarini rost deb qabul qilsin va pirga maqbul tushsin. To‘qqizinchidan, qanoatli bo‘lsin, ya’ni faqat zaruriy ehtiyojga yarasha narsalar (yeb-ichish, kiyinish) bilan qanoatlansin, ortiqchasini talab qilmasin, zero ortiqcha talablar kishini tariqat shyg‘lidan chetlashtiradi. O‘ninchidan, solim (bugun) bo‘lsin, ya’ni boshqa pirga qo‘l bermagan bo‘lsin, boshqa kishi bilan kelishib, ahd qilmagan bo‘lsin, chunki ahdu-paymon bitta bo‘ladi...”[4.;25] Mutafakkir ajdodlarimiz yoshlarga hayotni qadrlash haqida ham qimmatli o‘gitlar berganlar. Ular jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy mezon sifatida aql-zakovat, kuchli farosat, ruhiy ishorat, sahovat, halol mehnat qilish va ogohlikdan iborat ekanligini alohida ajratib ko‘rsatganlar. Mutafakkirlarimiz ilmiy faoliyatida yoshlarni ilm-ma’rifat egallashga undash va bu yo‘lda faol harakatlanishga ustivor o‘rin berilgan. Amaliy faoliyat tajribasi va bilimlarni egallash zarurligi mutafakkirlar tomonidan e’tirof etilgan. Ular yoshlarni muntazam ogohlikka chaqirganlar. Bugungi kunda talabalarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish orqali ta’limni startegik yo‘nalishlari ustida fikrlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Ushbu maqsadda talabalarning nafaqat intellektual, balki ijtimoiy-shaxsiy faolliklarini ham ta’minlash nazarda tutiladi. Chunki ajdodlarimiz har doim shaxsning faolligi va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaganlar. O‘qitishning faol, intensiv metodlari yordamida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish, imkoniyatlarini kengaytirish mumkin bo‘lsa, o‘sha metodni o‘quv jarayoniga olib kirish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki, ushbu metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual, ijtimoiy, shaxsiy faolliklarini ta’minlash uchun qulay pedagogikpsixologik muhitni vujudga keltirish imkonini beradi. Bunday muhitda talabalar o‘zlarini mazkur jarayonning faol ishtirokchisi sifatida xis etadilar va o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshiradilar. Natijada o‘quv materiallarini to‘liq o‘zlashtirish imkoniyati vujudga keladi. Talabalarni faollikka undovchi didaktik prinsiplar professor-o‘qituvchilarga ham, bo‘lajak o‘qituvchilarga ham muayyan talablar qo‘yishni taqozo etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 136 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Қуръони Карим. Ўзбекча изоҳли таржима. / Таржима ва изоҳлар муаллифи Аловуддин Мансур. – Т.: Камалак, 1992. – 544 б. 2. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри.- Т.: Халқ мероси,1993.- 224 б. 3. Аликулов Х. Жалолиддин Давоний. Тошкент, Узбекистон, 1992. - 20. 4. Ҳусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султоний. –Т.: Халқ мероси, 1994. – 112 б.