scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLARDA IJTIMOIY VOQELIKNI ANGLASHNING QADIMGI FALSAFIY POYDEVORLARI: SHAXS VA JAMIYAT ALOQASI

Xudayberganov Azizbek Obidjonovich

Abstract

Ushbu maqolada qadimgi falsafiy bosqichda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqalar, ijtimoiy ong va axloqiy mas’uliyat masalalarini konseptual tarzda tahlil qilindi. Yunon mutafakkirlari Aristotel va Platon, shuningdek, Qadimgi Sharq falsafasi va Zaratushtra, Konfutsiy, Sokrat hamda Demokritning qarashlari asosida shaxsning ijtimoiy tabiati, uning jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi va ijtimoiy voqelikni anglashdagi roli yoritiladi. Maqola yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirishda oilaviy, siyosiy va madaniy omillarning ahamiyatini ko‘rsatib, qadimgi falsafiy tafakkur psixologik va madaniy mexanizmlar asosini yaratganligini ta’kidlaydi. Natijada, ijtimoiy ong, shaxsning axloqiy mas’uliyati va jamiyat bilan uzviy aloqasi qadimgi falsafiy davrning eng muhim psixologik tamoyillari sifatida ajratib ko‘rsatiladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 136 YOSHLARDA IJTIMOIY VOQELIKNI ANGLASHNING QADIMGI FALSAFIY POYDEVORLARI: SHAXS VA JAMIYAT ALOQASI Xudayberganov Azizbek Obidjonovich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 1-kurs mustaqil izlanuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17562376 Annotatsiya. Ushbu maqolada qadimgi falsafiy bosqichda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqalar, ijtimoiy ong va axloqiy mas’uliyat masalalarini konseptual tarzda tahlil qilindi. Yunon mutafakkirlari Aristotel va Platon, shuningdek, Qadimgi Sharq falsafasi va Zaratushtra, Konfutsiy, Sokrat hamda Demokritning qarashlari asosida shaxsning ijtimoiy tabiati, uning jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi va ijtimoiy voqelikni anglashdagi roli yoritiladi. Maqola yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirishda oilaviy, siyosiy va madaniy omillarning ahamiyatini ko‘rsatib, qadimgi falsafiy tafakkur psixologik va madaniy mexanizmlar asosini yaratganligini ta’kidlaydi. Natijada, ijtimoiy ong, shaxsning axloqiy mas’uliyati va jamiyat bilan uzviy aloqasi qadimgi falsafiy davrning eng muhim psixologik tamoyillari sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: Qadimgi falsafa, ijtimoiy ong, shaxs va jamiyat, axloqiy mas’uliyat, Aristotel, Platon, Konfutsiy, Zaratushtra, Sokrat, Demokrit, ijtimoiy voqelik, ijtimoiy barqarorlik, psixologik mexanizmlar, madaniy omillar, ijtimoiy munosabatlar. Abstract. This article conceptually analyzes the complex relationships between the individual and society, social consciousness, and moral responsibility in the ancient philosophical stage. Based on the views of the Greek thinkers Aristotle and Plato, as well as the philosophy of the Ancient East and Zarathustra, Confucius, Socrates, and Democritus, the social nature of the individual, their inextricable connection with society, and their role in understanding social reality are highlighted. The article highlights the importance of family, political, and cultural factors in shaping the social consciousness of young people, emphasizing that ancient philosophical thought laid the foundation for psychological and cultural mechanisms. As a result, social consciousness, the moral responsibility of the individual, and their organic connection with society are highlighted as the most important psychological principles of the ancient philosophical period. Keywords: Ancient philosophy, social consciousness, individual and society, moral responsibility, Aristotle, Plato, Confucius, Zarathustra, Socrates, Democritus, social reality, Аннотация. В данной статье концептуально проанализированы вопросы сложных связей между личностью и обществом, общественного сознания и нравственной ответственности на древнем философском этапе. На основе взглядов греческих мыслителей Аристотеля и Платона, а также философии Древнего Востока и Заратуштры, Конфуция, Сократа и Демокрита освещается социальная природа личности, ее неразрывная связь с обществом и роль в понимании социальной реальности. В статье указывается на важность семейных, политических и культурных факторов в формировании общественного сознания молодежи, подчеркивается, что древнее философское мышление заложило основу для психологических и культурных механизмов. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 137 В результате социальное сознание, нравственная ответственность личности и ее неразрывная связь с обществом выделяются как важнейшие психологические принципы древнего философского периода. Ключевые слова: Древняя философия, общественное сознание, личность и общество, нравственная ответственность, Аристотель, Платон, Конфуций, Заратустра, Сократ, Демокрит, социальная реальность. Kirish. Ijtimoiy voqelikni anglash va shaxsning jamiyat bilan bog‘liqligi qadimgi davrlardan boshlab inson tafakkurida markaziy mavzu sifatida ko‘rilgan. Qadimgi falsafiy tafakkurda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqalar birinchi marta konseptual tarzda yoritilgan. Shu davrning mutafakkirlari shaxsning axloqiy va siyosiy mas’uliyati, ijtimoiy ongining shakllanishi hamda jamiyatdagi tartib va barqarorlik masalalarini falsafiy tahlil orqali o‘rgangan. Shu nuqtai nazardan, qadimgi falsafiy bosqich insonning ijtimoiy tabiati va uning jamiyatdagi roli haqida ilk konseptual tushunchalarni yaratgan davr sifatida tarixiy ahamiyatga ega. Bu bosqichda ijtimoiy ongni shakllantirishda turli madaniy va falsafiy maktablarning hissasi katta bo‘lgan. Masalan, Yunon mutafakkirlari Aristotel va Platon insonni tabiatan ijtimoiy mavjudot sifatida ko‘rib, uning jamiyat hayotiga integratsiyasi va ijtimoiy mas’uliyatini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Qadimgi Sharq va Zaratushtra falsafasi shaxsning axloqiy qarorlari va ijtimoiy mas’uliyatini jamiyatning barqarorligini ta’minlash omili sifatida ko‘rsatgan. Bu fikrlar yoshlar va jamiyat o‘rtasidagi uzviy aloqaning qadimgi falsafiy tafakkurdagi birinchi konsepsiyasini tashkil etadi. Shuningdek, Konfutsiy, Sokrat va Demokrit kabi mutafakkirlar shaxsning ichki ruhiy holati, axloqiy qadriyatlari va o‘zini anglash jarayonining ijtimoiy ongni shakllantirishdagi rolini ochib bergan. Ularning qarashlariga ko‘ra, shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashdagi faoliyati, axloqiy qaror qabul qilish qobiliyati va jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shu tariqa, qadimgi falsafiy bosqich yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirishda birinchi nazariy poydevor sifatida xizmat qilgan va keyingi tarixiy va psixologik tadqiqotlar uchun asos yaratgan. Asosiy qism. Qadimgi falsafiy bosqich insonning ijtimoiy tabiati, jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi va ijtimoiy munosabatlarda faolligi mavzusini o‘rganishning ilk konseptual davri hisoblanadi. Bu davrda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqalar falsafiy tafakkur orqali tahlil qilingan, shaxsning axloqiy va siyosiy mas’uliyati, ijtimoiy ong shakllanishi, jamiyatdagi tartib va barqarorlik masalalari birinchi marta ilmiy yondashuv bilan yoritilgan. Shu davrning eng muhim xususiyati shundan iboratki, shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashida tabiat va jamiyatning uzviy aloqasi asosiy omil sifatida ko‘rilgan. Yunon mutafakkirlari, xususan Aristotel, insonni “ijtimoiy mavjudot” sifatida ko‘rib, uning jamiyat hayotidagi roli va ijtimoiy munosabatlarga integratsiyasini ta’kidlagan. Aristotelning mashhur fikri shundan iboratki: “Inson tabiatan ijtimoiy mavjudotdir; tabiatan ijtimoiy bo‘lmagan kishi yoki bizning e’tiborimizdan tashqarida yoki insondan yuqoriroqdir.” 1 Bu qarash insonning ijtimoiy tabiatini tushunmasdan uning hayotini anglashning imkonsizligini ko‘rsatadi. Aristotelga ko‘ra, insonning axloqiy va siyosiy xulqi jamiyat bilan uzviy bog‘liq va shaxsni to‘liq tushunish uchun uning ijtimoiy muhitini hisobga olish zarur. Shu nuqtai nazardan, 1 Aristotel. Politics (translated by Benjamin Jawett). – Kitchener. Batoche books. 1999. P.13. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 138 insonning ijtimoiy voqelikni anglashdagi faoliyati uning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini aniqlash bilan chambarchas bog‘liq. Aristotel shuningdek, ijtimoiy ong shakllanishida oilaviy, siyosiy va madaniy omillar o‘rni muhim ekanini ta’kidlagan. Platon esa o‘zining “Davlat” (Republic) va “Simpozium” (Symposium) asarlarida insonlarning bir-biriga bo‘lgan muhabbat va hamkorligini ijtimoiy ongning asosi sifatida ko‘rsatgan: “Insonlar bir-biriga muhabbat bilan bog‘langan.” 2 Platon bu iqtibosda insonlarning tabiiy muhabbat tuyg‘usi jamiyatning barqarorligi va tartibini ta’minlashda muhim ekanini bildiradi. Unga ko‘ra, shaxslar bir-biriga muhabbat va hurmat orqali jamiyatni barqaror qiladilar, bu esa ijtimoiy ong va shaxsning axloqiy fazilatlarini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, Platon yoshlarning tarbiyasi va jamiyatga moslashuvi orqali ijtimoiy voqelikni anglashdagi birinchi psixologik mexanizmlar paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu fikr, yoshlar orasida ijtimoiy ongning shakllanishi, mas’uliyat va axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatining rivojlanishida muhim poydevor hisoblanadi. Avesto va Qadimgi Sharq falsafiy manbalari ham shaxsning ijtimoiy va axloqiy vazifalarini ko‘rsatgan: “Yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ish.” 3 Zaratushtra bu tamoyil orqali insonning axloqiy qarorlari, fikrlari va harakatlari jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy tartibga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Shu tarzda qadimgi Sharq tafakkuri shaxsning ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy qadriyatlarini birinchi marta konseptual ravishda yoritgan. Bu iqtibos yoshlarning ijtimoiy voqelikni anglashida axloqiy qadriyatlar va ichki motivatsiya rolini ochib beradi. Konfutsiy ham shaxsning ijtimoiy mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr bildirgan: “Yuqori odam so‘zda kamtar, ishda esa ustundir.” 4 Bu bilan U shaxsning ijtimoiy ongini shakllantirishda axloqiy me’yorlar va amalda namoyon bo‘ladigan fazilatlar muhimligini ko‘rsatadi. Konfutsiy ta’limotida shaxsning harakati, ijtimoiy mas’uliyati va atrofdagi odamlar bilan munosabatlari jamiyat barqarorligining asosi sifatida qaraladi. Shu bilan birga, yoshlar uchun ijtimoiy ongning shakllanishi va axloqiy qaror qabul qilish qobiliyati qadimgi davr falsafiy tafakkurida asosiy e’tibor markazi bo‘lgan. Sokrat esa shaxsning o‘zini anglash va ijtimoiy mas’uliyatini ta’kidlagan: “O‘rganilmagan hayot yashashga arzimaydi.” 5 Sokrat bu fikro orqali insonning ichki psixik jarayoni va ijtimoiy ong o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, shaxs o‘z hayotini va xatti-harakatlarini tahlil qilmasa, ijtimoiy mas’uliyatni to‘liq anglay olmaydi. Shu bilan yoshlar orasida tanqidiy fikrlash va o‘zini anglash jarayonlari qadimgi falsafiy davrda ilk marta konseptual tarzda belgilangan. Demokritning qarashlariga ko‘ra, inson baxti moddiy narsalarda emas, ruhiy holatda yashaydi: “Baxt molda emas, ruhda yashaydi.” 6 Bu iqtibos shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashida ichki ruhiy holat va axloqiy qadriyatlarning ahamiyatini ochib beradi. Shu tariqa, qadimgi falsafiy bosqich shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashidagi birinchi psixologik va madaniy mexanizmlarni shakllantirgan. Natijada, qadimgi falsafiy bosqich shaxsning ijtimoiy ongini, axloqiy mas’uliyatini, jamiyat bilan uzviy bog‘liqligini va ijtimoiy normalar orqali barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini birinchi marta ilmiy tahlil qilgan. Shu bosqich yoshlarning ijtimoiy voqelikni 2 Platon. Symposium (by R.G.Bury) - London. W.Heffer and sons. 1909. P. 137 3 Avesto. Yasna 51:18 - 4 Konfutsiy, Analects, 14.29. – London. Penguin books. 1998. P. 78 5 Платон. Диалоги. Апология Сократа.(Переводчик: Жебелев С.А и др.) – москва. АСТ. 2025. Ст. 74 6 Демокрит. Фрагменты. – Москва. Директ-Медиа. 2002. Ст. 309. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 139 anglashidagi psixologik asoslarni yaratib, keyingi tarixiy va psixologik tadqiqotlar uchun poydevor bo‘lgan. Xulosa. Qadimgi falsafiy bosqich insonning ijtimoiy tabiati va jamiyat bilan uzviy bog‘liqligini o‘rganishning ilk konseptual davri sifatida tarixiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Bu davr mutafakkirlari shaxsning axloqiy va siyosiy mas’uliyati, ijtimoiy ongining shakllanishi va jamiyatdagi tartibni saqlash masalalarini falsafiy tahlil orqali birinchi marta ilmiy yondashuv bilan yoritgan. Shu tariqa, inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqalarni tushunishga yo‘l ochildi. Yunon mutafakkirlari Aristotel va Platon insonni tabiatan ijtimoiy mavjudot sifatida ko‘rib, uning ijtimoiy munosabatlardagi faolligini va jamiyat hayotiga integratsiyasini ta’kidlagan. Bu qarashlar shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashidagi faoliyati va mas’uliyatini belgilashda muhim nazariy poydevor sifatida xizmat qilgan. Shu bilan birga, yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirish jarayonida oilaviy, siyosiy va madaniy omillar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Qadimgi Sharq falsafasi va Zaratushtra ta’limotida shaxsning axloqiy qarorlari, fikrlari va harakatlari jamiyatning barqarorligi va tartibini ta’minlash omili sifatida ochib berilgan. Konfutsiy va Sokrat esa shaxsning ichki ruhiy holati, axloqiy fazilatlari va o‘zini anglash jarayonining ijtimoiy ongni shakllantirishdagi rolini ta’kidlagan. Shu bilan qadimgi davr falsafiy tafakkuri shaxsning axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatini birinchi marta konseptual tarzda yoritgan. Demokritning qarashlariga ko‘ra, inson baxti moddiy narsalarda emas, ruhiy holatda yashaydi. Bu iqtibos shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashida ruhiy va axloqiy omillarning ahamiyatini ochib beradi. Shu tariqa, qadimgi falsafiy bosqich shaxsning ijtimoiy voqelikni anglashidagi psixologik va madaniy mexanizmlarni shakllantirgan, yoshlarning ijtimoiy ongini rivojlantirish uchun nazariy asos yaratgan. Umuman olganda, qadimgi falsafiy bosqich shaxsning ijtimoiy ongini, axloqiy mas’uliyatini, jamiyat bilan uzviy bog‘liqligini va ijtimoiy normalar orqali barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini birinchi marta ilmiy tahlil qilgan. Shu bosqich yoshlarning ijtimoiy voqelikni anglashidagi psixologik asoslarni yaratib, keyingi tarixiy va psixologik tadqiqotlar uchun mustahkam poydevor bo‘lgan. Natijada, ijtimoiy ong, shaxsning axloqiy mas’uliyati va jamiyat bilan uzviy aloqasi qadimgi falsafiy tafakkur asosida shakllangan eng muhim psixologik tamoyillardan biri sifatida qaraladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Aristotel. Politics (translated by Benjamin Jawett). – Kitchener. Batoche books. 1999. P.192. 2. Platon. Symposium (by R.G.Bury) - London. W.Heffer and sons. 1909. P. 258 3. Avesto. Yasna 51:18 – 4. Konfutsiy, Analects, 14.29. – London. Penguin books. 1998. P. 256 5. Платон. Диалоги. Апология Сократа.(Переводчик: Жебелев С.А и др.) – Москва. АСТ. 2025. Ст. 352 6. Демокрит. Фрагменты. – Москва. Директ-Медиа. 2002. Ст. 540.