scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻQUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASI- MA'NAVIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Аbdullayev Muxammadimin Egamberdiyevich, Yoʻldasheva Zarnigor Iqboljon qizi

Abstract

Ushbu maqolada oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi - ma’naviy taraqqiyotning muhim omili ekanligi haqida so‘z yuritilib, ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchalariga, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalariga to‘xtalib o‘tilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 147 OʻQUVCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIMA’NAVIY TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI SIFATIDA Аbdullayev Muxammadimin Egamberdiyevich1, Yoʻldasheva Zarnigor Iqboljon qizi2 1Аndijon davlat universiteti Psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD); 2Turon universiteti Andijon filiali magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17562397 Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi - ma’naviy taraqqiyotning muhim omili ekanligi haqida so‘z yuritilib, ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchalariga, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalariga to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviy-axloqiy tarbiya, insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy gʻurur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, imon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, oʻz-oʻzini nazorat qilish va oʻz-oʻzini baholash. Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос о том, что духовнонравственное воспитание студентов является важным фактором духовного развития, а также затрагиваются понятия духовно-нравственного воспитания, его задачи. Ключевые слова: духовно-нравственное воспитание, гуманизм, трудолюбие, национальная гордость, патриотизм, доброта, вера, творчество, активность, инициативность, самоконтроль и самооценка Annotation: This article discusses the fact that spiritual and moral education of students is an important factor of spiritual development, and touches on the concepts of spiritual and moral education, the tasks of spiritual and moral education. Keywords: spiritual and moral education, humanity, hard work, national pride, patriotism, kindness, faith, creativity, activity, initiative, self-control and self-assessment. Bugungi davrda, oʻquvchilarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jamiyat va inson hayotining rivojlanishida muhim oʻziga xos axamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy soha yangicha yondoshuvlar, bilimlar bilan boyitilmoqda. Mazkur masalani yoritishimizdan avval biz ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchasiga toʻxtalib oʻtsak maqsadga muvofiq boʻladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya Yosh avlodni xalqning boy milliy-madaniy tarixiy ananalariga, urf-odtlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladigan tarbiya 1 . Ma’naviy-axloqiy tarbiya ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanib, Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki oʻzaro bogʻliq vazifani shart qilib qoʻyadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar. ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar koʻrnishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablari ishlab chiqish; ikkinchidan, inson oʻz xattiharakatlarini yoʻnaltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qoʻya bilishi va ularning xatti-harakatlarini baholay 1 J.Xasanboyev, X.Toʻraqulov, M.Xaydarov, O.Xasanboyeva. Pedagogika fanidan izohli lugʻat.T. “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2008-yil. 204-bet. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 148 olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bogʻliq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirishdir. Bugungi kunda oʻquvchilarda ma’naviy - axloqiy tarbiyani shakllantirish ularning ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Oʻquvchilarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - Oʻquvchilarda axloqiy his-tuygʻular va xatti-harakatlarni tarbiyalash; - Xulq madaniyati va ijobiy his-tuygʻularni tarbiyalash; - Axloqiy xulq-atvor koʻnikmalarini shakllantirish. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tub mohiyati hozirgi ijtimoiy shart-sharoitda jamiyat istiqboli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, oʻzligini anglash, vatani va xalqining nimaga qodirligini, oʻz qadr-qimmatini bilishi, yuksak gʻoya va kashfiyotlarni toʻgʻri yoʻnaltira bilishdan iboratdir. Bugungi globallashuv zamonida ham eng muhim muammolardan biri shaxsning ma’naviyaxloqiy kamolotidir. Aynan bugungi kunda shu hislatni shakllantirish va rivojlantirish oʻqituvchilar zimmasiga bogʻliq boʻlmoqda. Shu oʻrinda xaqli bir savol tugʻilmoqda. Oʻquvchilarning, umuman shaxsning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi qachondan boshlanishi kerak? Bu jarayon faqatgina maktabda emas, balki bola tugʻilishi bilan oilada boshlanishi, soʻngra malakali va tajribali oʻqituvchilar tomonidan maktabda toʻldirilib, davom ettirilishi kerak. Tariximizga nazar tashlasak, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga azaldan alohida e’tibor qaratilgan. Buni biz allomalarimizdan Yusuf Xos Hojibning “Qutadgi biligʻ ”, Ahmad Yassaviyning hikmatli oʻgitlaridan, Alisher Navoiy hikmatlaridan ham bilishimiz mumkin. Sharq xalqlarida tilni tiyishlik, odamlar orasida oʻzini tutishlik, ovqat vaqtidagi odob, umuman, yurish-turish qoidalari ishlab chiqilib, yozilmagan qoidalarga aylantirilgan. Shuningdek azaldan shakllanib ulgurgan turli urf - odatlarimiz, an’analarimiz, oʻyinlarimiz ham borki, yoshlarni ham nazariy, amaliy xatti-harakatlarimiz bilan tarbiyalashimiz, ta’lim va tarbiyani uygʻun shaklda olib borishimizga zamin yaratishimiz mumkin. Albatta oila va shu qatori maktab va oʻqituvchilarning asosiy oʻrni mavjud. Agar oʻqituvchi qanchalik bilimli boʻlsada, ma’naviyati va axloqi bilan namuna koʻrsata olmasa, barcha xatti-harakatlar yoʻqqa chiqishi mumkin. Chunki ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishda nafaqat oʻrgatish va shu bilan birga oʻrnak va namuna boʻlishi orqali erishiladi. Ayniqsa hozirgi globallashuv asri boʻlgan va virtual olam rivojlangan bir davrda insonning shaxs sifatida tanazzulga uchrashining oldini olish uchun ham toʻgʻri axloqiy tarbiyani yoʻlga qoʻyish, ham oilada, ham ta’limda ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalarini belgilab olish dolzarb vazifalardan sanaladi. 2 Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya oʻzaro bogʻliqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega boʻlib, shaxs ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim oʻquvchilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati toʻgʻrisida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga boʻlgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni boʻlib, izchil, uzliksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim. 2 Oʻrinova P. Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiya. Scientific progress. Vol.3, issue 4. 2022. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 149 Ma’naviy-axloqiy tarbiya oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan nazariy ma’naviyaxloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil yetish borasida koʻnikma va malakalarni hosil qilish, ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlarni qaror toptirish va ma’naviy madaniyatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan murakkab jarayon hisoblanadi. Oʻquvchi hulqi, xatti-harakatlarida ma’naviy madaniyatlilikning asosiy me’zonlari: insonparvarlik, mehnatsevarlik, milliy gʻurur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, imon, ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, oʻz-oʻzini nazorat qilish va oʻz-oʻzini baholashni talab etadi. Bu talab oʻquvchinining vatan, ota-ona, doʻstlari, jamoa oldidagi burchiga, vazifalariga, ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon boʻladigan faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi. Buning uchun eng avvalo, inson fazilatlarining oʻzaro munosabatlarini va oʻrnini aniqlab olmogʻi lozim. Insonnning ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatida tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar oʻz navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonnning ijobiy sifatlari majmuidan iborat. Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir. Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli boʻlgan ijobiy-axloqiy sifatlar majmui. Yuqorida keltirilgan barcha ijobiy xislatlar oʻquvchi shaxsini ma’naviy - axloqiy darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. 3 Oʻquvchilar ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy-obe’ktiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning oʻzaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga koʻrsatiladigan ta’sirning ijobiy, moʻtadil holatda boʻlishini ta’minlashda koʻrinadi. Oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish quyidagi tamoyillarga muvofiq yoʻlga qoʻyiladi: Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish – faoliyat jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni, har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga oʻquvchilarni undashni ham koʻzda tutadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida oʻquvchi (tarbiyalanuvchi) ning oʻzoʻzini tarbiyalashni kuchaytirishi katta ahamiyatga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida barkamol shaxs tarbiyalanib voyaga yetkaziladi. Axloq va ma’naviyat chuqur ichki oʻzaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub boʻlgan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi, axloq esa, oʻz navbatida, guruh a’zolari boʻlgan individlar ma’naviyatining oʻzaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon boʻladi. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni boʻlgan ma’naviy kamolotga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega boʻlib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Axloq - ijtimoiy ong va tarbiyaviy ta’sir etish shakli sifatida. Axloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi. Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar axloqiy kategoriya deb ataladi. Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgoʻylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni oʻzida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi. 3 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. - Toshkent, Oʻqituvchi, 1992.B-16 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 150 Ma’naviyat va axloq oʻz navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni boʻlib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi. Ma’naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviyaxloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xattiharakati va xulqi aniqlanadi. Ma’naviyaxloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuygʻular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda oʻz xulqiga nisbatan his-tuygʻularni uygʻotishga ragʻbat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga koʻra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi ragʻbat bilan hosil boʻladigan faoliyat eng asosiy boʻlib hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat boʻladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa oʻquvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini oʻrganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. - Toshkent, Oʻqituvchi, 1992.B-16 2. Oʻrinova P. Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiya. Scientific progress. Vol.3, issue 4. 2022. 3. J.Xasanboyev, X.Toʻraqulov, M.Xaydarov, O.Xasanboyeva. Pedagogika fanidan izohli lugʻat.T. “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2008-yil. 204-bet.