JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARNING TURLARI VA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jazoni ijro etish muassasalarining turlari, ularning huquqiy maqomi va ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijrosini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mamlakatimiz jinoyat-ijroiya qonunchiligi insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashib borayotgani, afv etish va jamoat birlashmalari kafilligi asosida jazodan ozod qilishning yangi tizimi joriy etilgani ta’kidlanadi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 264 JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARNING TURLARI VA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH Shuxrat Irnazarov Termiz Davlat universiteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi” kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17562989 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jazoni ijro etish muassasalarining turlari, ularning huquqiy maqomi va ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijrosini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mamlakatimiz jinoyat-ijroiya qonunchiligi insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashib borayotgani, afv etish va jamoat birlashmalari kafilligi asosida jazodan ozod qilishning yangi tizimi joriy etilgani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Ozodlikdan mahrum qilish, jazoni ijro etish muassasalari, manzilkoloniyalar, turmalar, tarbiya koloniyalari, qattiq tartibli koloniyalar, maxsus tartibli koloniyalar, insonparvarlik, jinoyat-ijroiya qonunchiligi. TYPES OF PENAL INSTITUTIONS AND THE ORGANIZATION OF THE EXECUTION OF SENTENCES IN THE FORM OF DEPRIVATION OF LIBERTY Annotation. This article covers the types of penal institutions in the Republic of Uzbekistan, their legal status and the organization of the execution of sentences of deprivation of liberty. It is noted that the criminal-executive legislation of our country is being improved on the basis of humane principles, and a new system of release from punishment based on pardon and the guarantee of public associations has been introduced. Keywords: Deprivation of liberty, penal institutions, penal colonies, prisons, correctional colonies, strict regime colonies, special regime colonies, humaneness, criminal-executive legislation. ВИДЫ УЧРЕЖДЕНИЙ ПО ИСПОЛНЕНИЮ НАКАЗАНИЙ И ОРГАНИЗАЦИЯ ИСПОЛНЕНИЯ НАКАЗАНИЙ В ВИДЕ ЛИШЕНИЯ СВОБОДЫ Аннотация. В статье рассматриваются виды учреждений по исполнению наказаний в Республике Узбекистан, их правовой статус и организация исполнения наказаний в виде лишения свободы. Отмечается, что уголовно-исполнительное законодательство нашей страны совершенствуется на основе гуманных принципов, введена новая система освобождения от наказания на основе помилования и поручительства общественных объединений. Ключевые слова: Лишение свободы, учреждения по исполнению наказаний, исправительные колонии, тюрьмы, исправительные колонии, колонии строгого режима, колонии особого режима, гуманность, уголовно-исполнительное законодательство. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, jumladan ma’muriy, jinoiy, jinoyatprotsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqyelik bo‘ldi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 265 Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi”. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida og‘ir jazolardan biri sifatida ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo‘lib, bu borada huquqshunos olimlar ham mazkur jazo haqida o‘z fikrini bildirgan. Jumladan, M.Usmonaliyev va G‘.O.Ermatovlar “jinoyatchilikka qarshi kurashda faqat qattiq jazo choralarini qo‘llash orqali ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini, G‘. Abdumajidov “o‘ta og‘ir jazo jinoyatchilikka qarshi kurashishda samara bermasligini”, professor Q.R.Abdurasulova “sudlar tomonidan faqat muqaddam sudlangan shaxslarga og‘ir jazo tayinlanishini”, A.A.Shamansurov, Ch.A.Sattorov, A.R. Payziyevlar esa “ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa jazolarni qo‘llash samarasiz bo‘lganida”6 qo‘llanilishi zarurligini o‘rinli qayd etadilar. Ayrim holatlarda, jazoni ijro etish joylariga yuborilgan mahkumlar qayta tarbiyalanish o‘rniga, jinoyat olamining barcha qonun-qoidalarini o‘zlashtirib, “professional” jinoyatchilarga aylanishiga sabab bo‘lmoqda1. Natijada keng jamoatchilik diqqat-e’tiboridan chetda qolish ehtimoli ko‘proq bo‘lmoqda. Bunday shaxslarni “qayta tarbiyalash” murakkab kechadi. Oxir oqibatda, jinoyat sodir etgan shaxsni umrbod ta’qib etilishi davlatga, jamiyatga nisbatan ishonchsizligini vujudga keltirishi mumkin. Shu o‘rinda professor I. Ismailov o‘rinli ta’kidlaganidek, “Amaliyot javobgarlikni kuchaytirish, ayniqsa ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy jazolarni qo‘llash orqali jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali tashkil etib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda”. Mazkur holatlarni batafsil o‘rganish maqsadida, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlardan “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llanilishi natijasida qanday imkoniyatlardan mahrum bo‘ldingiz” deb so‘ralganida, ularning 43 foizi “oilasi bilan birga bo‘lishdan, ularga moddiy tomondan yordam berishdan mahrum bo‘lganligi”, 24 foizi “kelajakda o‘qish va erkin ish tanlash huquqidan mahrum bo‘lganligi”, 14 foizi “sudlanganlik holatini keltirib chiqarganligi”, 19 foizi “ozodlikka chiqqandan so‘ng jamiyatga moslashishida qiyinchiliklarga duch kelishi”ni qayd etganlar. Shu o‘rinda professor E.X. Narbo‘tayev fikricha, “qonunchilikda jazolash yo‘nalishini kuchaytirish tendensiyasiga barham berish kerak”. Bu borada professor R. Kabulov “Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga katta xavf tug‘diradigan yoki boshqa jazo turlarini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlayotgan shaxslarga oxirgi jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi kerak”, deya o‘rinli ta’kidlaydi. Shu o‘rinda F.M. Muhitdinov o‘rinli ta’kidlaganidek, “xususiy manfaat bu omma manfaatining bir qismini tashkil etadi”.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 266 Mamlakatimizda barcha shaxslarning manfaatlari davlat qonunlari bilan adolatli himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuni ham qayd etish kerakki, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan jazolarni qo‘llash orqali mahkumlarning jazoni ijro etadigan organlariga yuk kamayadi va ularni saqlash uchun mablag‘lar tejaladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Og‘ir jazo, ayniqsa, fuqarolarni jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarning jinoyatchilikning oldini olishdagi ahamiyatini oshirib ko‘rsatish o‘rinsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning og‘irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog‘lik anglashiga bog‘liq. Jazoning muqarrarligi jinoyatchilikning oldini olishda samarali ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi”. Professor I. Ismailov ta’kidlaganidek, jinoyatlarning oldini olish shunisi bilan afzalki, bu faoliyatga jinoyat sodir etgan shaxsning jazolanishi muqarrarligini ta’minlash uchun sarflanadigan ancha kam xarajat qilinishi bilan bir vaqtda, insonni, ayniqsa yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, hayotda atrofidagi yaqin kishilari, boshqa insonlar va jamiyat uchun foydali bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishga undaydi hamda uni amalga oshirishda ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 50-moddasiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir. Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi (JIK 45-m.). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 128-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq “Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining maqomi, vazifalari, huquq va majburiyatlarini, jihozlanishini va faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi. Jazoni ijro etish muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimi tarkibiga kiradi va quyi turuvchi boshliqlarning yuqori turuvchi boshliqlarga va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga bo‘ysinishi asosida faoliyat yuritadi. Jazoni ijro etish muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va bank hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrlarga, shuningdek, o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun muassasaning nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega bo‘ladi. Jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi: – jazoni ijro etish koloniyalari, jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 267 – tarbiya koloniyalari; – turmalar; – mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar. Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari funksiyalarini bajaradi. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Jazoni ijro etish koloniyalari o‘z navbatida manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus rejimli koloniyalarga bo‘linadi va voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir. Manzil-koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: – ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; – umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar (JIK 46-m.). Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: – og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; – o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; – og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar (JIK 47-m.). Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi: – ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; – ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar (JIK 48-m.). Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi (JIK 49-m.).
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 268 Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga1 hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o‘tkazilgan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qo‘yilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, umumiy tartibli koloniyalarida jazoni o‘tash tartibi va shartlariga asosan jazoni o‘taydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati bo‘lmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv o‘rniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. Quyidagi mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar: – voyaga yetmagan shaxslar; – ajnabiy fuqarolar; – fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; –sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar (JIK 53-m.). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Jinoyat-ijroiya kodeksi birinchi bo'lim 7-81 bob; 2. Jinoyat kodeksi 46, 481, 83, 84'-moddalari; 3. Jinoyat-protsessual kodeksining 541, 542-moddalari; 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 4006-son Qarori; 5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha go'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 84-son Qarori; 6. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yildagi 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazotayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son Qarori; 7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevraldagi "Jamoat xavfsizligini ta'minlash 8. departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to'g'risida"gi 42-sonli buyrug'i; O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi "Muayyan huqugdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida"gi 157-sonli buyrug'i