scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANIB BORISHIGA TASHQI SAVDO HAMDA INVESTITSIYA KO'RSATKICHLARI TA'SIRINI STATISTIK BAHOLASH

Ergashev Mirjon Yorqin o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada eksport hamda investitsiya ko‘rsatkichlarini milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati empirik tahlil asosida baholangan. Tadqiqot davomida xorij hamda mahalliy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilgan. Tashqi savdo hamda investitsiya ko‘rsatkichlarini hisobga olishda xalqaro tashkilotlarning tajribalariga tayanilgan. Ilmiy izlanishlar natijasi asosida xulosa va takliflar berilgan.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANIB BORISHIGA TASHQI SAVDO HAMDA INVESTITSIYA KO‘RSATKICHLARI TA’SIRINI STATISTIK BAHOLASH Muallif: Ergashev Mirjon Yorqin o‘g‘li 1 Affiliyatsiya: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17563405 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada eksport hamda investitsiya ko‘rsatkichlarini milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati empirik tahlil asosida baholangan. Tadqiqot davomida xorij hamda mahalliy olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilgan. Tashqi savdo hamda investitsiya ko‘rsatkichlarini hisobga olishda xalqaro tashkilotlarning tajribalariga tayanilgan. Ilmiy izlanishlar natijasi asosida xulosa va takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: Yalpi ichki mahsulot, savdo, tashqi savdo, eksport, import, investitsiya. KIRISH Birlashgan millatlar tashkilotining Savdo va rivojlanish boshqar-masi (UNCTAD) “Savdo va rivojlanish haqida hisobot” qo‘llanmasiga ko‘ra, “2023 yil Jahon iqtisodiyotida tashqi savdo hajmi notekis va sayoz global tiklanish jarayonini boshdan kechirdi. Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo hamda Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan boshqa barcha davlatlarning tashqi savdo faoliyatida 2022 yildan keyingi davrda sekinlashish tendensiyasi kuzatilgan” 1 . Xalqaro savdo jarayonlaridagi tendensiyalar statistik natijalariga ko‘ra, eksport hajmi bo‘yicha XXR AQShdan o‘zib ketib dunyodagi yetakchi eksportyor davlat aylandi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdoning ortib borayotgan roli ko‘plab mamlakatlardagi singari mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishidagi umumiy tendensiyasiga mos keladi. Shu munosabatda, tashqi savdo faoliyatini tashkil qilishdan bir qancha muhim jihatlar mavjud: birinchidan, yuqorida taʼkidlaganimizdek, hozirgi vaqtda savdo ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida muhim dastak hisoblanadi. Bunda mamlakatlar savdo orqali maʼlum kategoriyadagi tovar va xizmatlarda mutloq va qiyosiy ustunlikka ega bo‘lishadi. Natijada, tejalgan resurslarni turli sohalarga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi. ikkinchidan, tadqiqotlar shuni ifodalaydiki, tashqi savdo faoliyatini globallashuvi barcha daromadli va rivojlanish darajasidagi mamlakatlar uchun ishlab chiqarish, isteʼmol va bandlik ulushlarining ortib borishini import, eksport va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillar shuni 1 “TRADE AND DEVELOPMENT REPORT 2023” - Growth, Debt and Climate: Realigning the Global Financial Architecture (unctad.org) “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish ko‘rsatadiki, mamlakatlarning savdo muzokaralari soni va ko‘lami sezilarli o‘sishni qayd etgani aholi faravonlik darajasini oshishiga xizmat qilmoqda [1]. 2024-yil Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev 2 tomonlaridan bildirilgan “Eksport imkoniyatlarimiz kо‘p. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlab, eksportbop mahsulotlar chiqarish mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bо‘lishi kerak. Shu orqali eksportni kо‘paytiramiz va yangi ish о‘rinlariga ega bо‘lamiz. Yagona tо‘g‘ri yо‘limiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni kо‘paytirish” degan fikrlari mamlakatimiz iqtisodiyotida eksport va investitsiyalar o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi jahon iqtisodiyotining globallashuvi va unda milliy iqtisodiyotlarning ishtiroki eng muhim va eng dinamik omillaridan biridir. Bugungi kunda ushbu jarayonlar ko‘proq masalalar ko‘lamini qamrab oladi va ko‘p tomonlama hamda mintaqaviy darajalarda amalga oshiriladi. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Biz ushbu ilmiy tadqiqotimizda bir necha olimlarning savdo va tashqi savdo atamalariga taʼrif bergan ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘rib chiqdik. Kanadalik olim V. Bryus – “Kanada ensiklopediyasi”da tashqi savdo to‘g‘risida fikr bildirgan. Unga ko‘ra “tashqi savdo - bu turli mamlakatlar rezidentlari o‘rtasida tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish va sotish”. Savdogarlar jismoniy shaxslar, xususiy korxonalar yoki davlat idoralari bo‘lishi mumkin[2]. Polshalik olim Ye.F. Avdokush "Xalqaro iqtisodiy aloqalar" kitobida tashqi savdo bo‘yicha quyidagi fikrlarni berib o‘tgan. "Tashqi savdo" atamasi mamlakatning boshqa davlatlar bilan pul yevaziga tovar olib kirishi (importi) va pul evaziga mamlakatdan tovarlar chiqishi(eksporti)dan iborat bo‘lgan savdosini bildiradi. Olim turli xil tashqi savdo faoliyati mahsulotning ixtisoslashuviga ko‘ra quyidagilarga bo‘lgan[3]: - tayyor mahsulot savdosi; - mashina va asbob-uskunalar savdosi; - xom ashyo savdosi; - xizmatlar savdosi. Tashqi savdo bo‘yicha iqtisodchi olimlarimiz ham o‘z fikrlarini bildirganlar, shu jumladan iqtisodchi olim M.Mirsaidov o‘zining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kitobida tashqi savdoga quyidagicha taʼrif bergan: “Tashqi savdo iqtisodiy tushuncha bo‘lib, bir davlat bilan boshqa bir davlat o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning to‘langan importi va eksportidan tashkil topgan savdosini anglatadi”[4]. Yana bir guruh iqtisodchi olimlarimiz O.Sh. Dadabayev, S.S. Soatov, A.M. Sagitov tashqi savdo almashinuvdir, yaʼni mamlakat moddiy resurs-larini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin bo‘lgan tovarlarni olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatdir deb taʼrif berib, tashqi savdoni Bojxona statistikasining predmeti sifatida taʼkidlashgan[5]. TADQIQOT METODOLOGIYASI Har qanday iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda statistik ko‘rsatkichlar tizimi muhim rol o‘ynaydi shu jumladan, tashqi savdo jarayonlarni tadqiq etishda ham tashqi savdo faoliyatini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi 2 SH.M. Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bо‘yicha yig‘ilish. 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Puxta rejalashtirilgan strategiyalar uchun, albatta, shaffof statistik ko‘rsatkichlarga chuqur ehtiyoj seziladi. 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo ko‘rsatkichlari va yalpi ichki mahsulotning o‘zgarish dinamikasi 3 Tashqi savdo statistikasi ko‘rsatkichlarini o‘rganishda iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.Y. Surinova tomonidan quyidagicha taʼrif berilgan: “Jahon iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichi turli mamlakatlarning globalizatsiya va iqtisodiy integratsiya jarayonining mustahkamlanishi bilan xarakterlanadi. Bu jarayon tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini quyi ko‘rsatkichlar tizimi orqali o‘z aksini topadi. Tashqi savdo ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi tovarlar va xizmatlar, shuningdek, mamlakat to‘lov balansining ko‘rsatkichlari hisoblanadi”[6]. TAHLIL VA NATIJALAR O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 2024 yilda 65,9 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 3,8 % o‘sishga erishganini ko‘rishimiz mumkin. Ko‘lami bo‘yicha eksport mamlakat yalpi ichki mahsulotining 39 % dan ko‘proq qismini, import esa deyarli 61 % qismini tashkil qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini o‘sishi tendensiyasi tashqi savdo aylanmasining o‘zgarish tendensiyasiga o‘xshash. Mutloq qiymatlarga qaraydigan bo‘lsak, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 26,95 mlrd. AQSH dollarni, import esa 38.99 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan. Mos ravishda 2023 yil bilan taqqoslaganimizda eksport 8,4 %, import esa 0,8 % o‘sishni ko‘rsatgan. Oldingi yillarga qaraganda eksportda o‘sish tendensiyasi tezlashgan hamda importni o‘zgarish surʼatiga yaqinlashgan. Biroq, import hajmi eksport hajmidan sezilarli kattaligi sabab mamlakat tashqi savdo aylanmasida saldo ko‘rsatkichi manfiy qolmoqda (1-rasm). 3 O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi. 0 20000 40000 60000 80000 100000 120000 140000 2010 2015 2020 2023 2024 mln.AQSH doll. Yillar Eksport Import YAIM 13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi eksporti va yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi regression bog‘langanlik grafik ifodasi Bizning fikrimizcha, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni statistik tadqiq etishda, agar obʼyekt mamlakat miqiyosida bo‘lsa YAIM ko‘rsatkichlariga nisbatan taqqoslash orqali foydalaniladi. Hudud miqiyosida esa YAHM (yalpi hududiy mahsulot) va YAIM asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Regressiya tenglamasi grafigidan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz eksporti bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi bog‘lanish zichligi kuchli. Tahlilimiz asosida cheddok shkalasi orqali O‘zbekiston eksporti va uning yalpi ichki mahsuloti o‘rtasidagi Pirson korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblab chiqdik. 1-jadval Korrelyatsiya koeffitsiyentining qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi YAIM O‘zbekiston Respublii eksporti Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi YAIM 1,0000 O‘zbekiston Respublikasi eksporti 0,8278 1,0000 Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 0,9156 0,7565 1,0000 Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi eksporti va yalpi ichki mahsuloti o‘rasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,8278 ga teng. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, amalga oshirilayotgan eksport hajmlari yalpi ichki mahsulotga kuchli ijobiy taʼsir o‘tkazmoqda. bu yerda: lny – Respublikamiz YAIM; lnx1 – Respublikamiz eksporti; 14 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish lnx2 – Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi. XULOSA VA TAKLIFLAR Tadqiqotlarimiz natijasi shuni ko‘rsatyaptiki, mamlakatimiz eksportini 1 % ga ortishi, mamlakatimiz YAIMini 0,294 % ga ortishiga olib keladi. Mamlakatimga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1 % ga ortishi, mamlakatimiz YAIMini 0,319 % ga ortishiga olib keladi. Modelimizning har bir parametri statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lib, parametrlarning t-statistika qiymatlari jadval qiymatidan katta. Bundan tashqari modelimiz uchun fisher mezoni 15,4 ga tengligi modelni umumiy ko‘rinishda muhim ahamiyat kasb etishini ifodalaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. BMT Savdo va rivojlanish tashkiloti – System of National Accounts / United Nations Statistics Division, 2024. par.6.7,6.15. 2. Bryus V. - Kanada: Tarix, geografiya, iqtisodiyot, madaniyat. 1985. 3. Avdokush E.F. – International economic relations: Textbook. M.: 2001. — 368p. 4. Mirsaidov M. – Xalqaro-iqtisodiy-munosabatlar. O‘quv qo‘llanmasi. www.sies.uz. 2021. Toshkent. 156b. 5. Dadabayev O.Sh., Soatov S.S., Sagitov A.M. – Bojxona statistikasi va tizimli yahlil, 2021. 6. Bashkatova B.I., Surinova A. Y.. — 2-e izd., pererab. i dop Mejdunarodnaya statistika: uchebnik dlya magistrov / pod red.. — M.: Izdatelstvo Yurayt, 2015. — 701 s. — Seriya: Uchebniki NIUVSHE.