METABOLIK SINDROMDA GEPATOBILIAR TIZIM HOLATI VA ANIQLANGAN OʻZGARISHLARNI YANGI OʻSIMLIK PREPARATLARI BILAN KARREKSIYALASH
Abstract
Metabolik sindrom - bu bir qator metabolik buzilishlarni oʻz ichiga olgan holat boʻlib, unda ortiqcha vazn, gipertoniya, giperglikemiya va dislipidemiyalar koʻp uchraydi. Bu holatlar oʻz navbatida, yurak-qon tomir kasalliklari va jigar faoliyatining buzilishlariga olib kelishi mumkin. Metabolik sindromdagi asosiy gepatobiliar oʻzgarishlar, eng avvalo, mayda yogʻ tomchilarining yigʻilishlari va jigarning yogʻ bosishi (steatoz) boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Full text
Ishtirok etish shakli (onlayn/oflayn) oflayn Eslatmalar (ishtirokchi tomonidan to‘ldiriladi) Tezis, ma’ruza va multimedia taqdimoti namoyish etiladi 2-ilova METABOLIK SINDROMDA GEPATOBILIAR TIZIM HOLATI VA ANIQLANGAN OʻZGARISHLARNI YANGI OʻSIMLIK PREPARATLARI BILAN KARREKSIYALASH Olimova Madinabonu Maxmudovna Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Davolash ishi yo‘nalishi 5-kurs talabasi Qadamboev Bekzod Bekp‘latovich Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi assistenti Ilmiy rahbar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi PhD,Dotsenti Kurbanova Nodira Navruzovna Kirish. Metabolik sindrom - bu bir qator metabolik buzilishlarni oʻz ichiga olgan holat boʻlib, unda ortiqcha vazn, gipertoniya, giperglikemiya va dislipidemiyalar koʻp uchraydi. Bu holatlar oʻz navbatida, yurak-qon tomir kasalliklari va jigar faoliyatining buzilishlariga olib kelishi mumkin. Metabolik sindromdagi asosiy gepatobiliar oʻzgarishlar, eng avvalo, mayda yogʻ tomchilarining yigʻilishlari va jigarning yogʻ bosishi (steatoz) boʻlishiga olib kelishi mumkin. Mazkur tadqiqotlar va klinik tajribalarga asosan, salvifalin gepatobiliar tizimdagi oʻzgarishlarni yaxshilashga va metabolik sindromga oid koʻplab muammolarni davolashga katta umidlar beradi. Eksperimental metabolik sindrom rivojlanishida hujayralarning energetik metabolizmi izdan chiqishi, mitoxondriyada ATF sintezi kamayib ketishi va toʻqimalarda energiya yetishmovchiligi aniqlangan. Bunday strategiya gipoglikemik birikmalarni aniqlashni, ularning mitoxondriya darajasidagi buzilishlarni korreksiyalashni va qandli diabetni oldini olish va davolashning yangi samarali usullarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Metabolik sindromda gepatobiliar tizimning holati va aniqlangan oʻzgarishlar, shuningdek, yangi oʻsimlik preparatlari – salvifolin bilan tiklash mavzusi juda muhim va murakkabdir. Salvifolin — bu tabiiy oʻsimlik asosidagi preparat boʻlib, metabolik sindromning oʻzgarishlariga, shu jumladan, jigarning yaligʻlanishini kamaytirishga, mahsulotlarni singdirish jarayoniga yordam beradi. Tadqiqot maqsadi. ekspermental metabolik sindrom modelida kalamushlar ichki a’zolari mitoxondriyalarining membranaviy buzilishlarida oʻsimlik moddalaridan salvifolin bilan korreksiyalashdan iborat.
Materiallar va usullar. in vitro tajribalarimizda salvifolinning gepatobiliar tizimi va oshqozon osti bezi mitoxondriyalariga ta'siri oʻrganildi. Tadqiqot natijalari. Olingan natijalarga koʻra, kalamush gepatobiliar tizimi va oshqozon osti bezi mitoxondriyasi boʻkishini, 10 mkm salvifolin, nazorat guruhiga nisbatan mos ravishda, 12,5±1,4% va 18,7±2,15% ga, 100 mkmda esa 68±5,2% va 84,25±5,8% ga ingibirlashi aniqlandi. Salvifolinning 150 mkm konsentrasiyasi gepatobiliar tizimi va oshqozon osti bezi mitoxondriyalari holatini, nazorat guruhidagilarga nisbatan mos ravishda 79,1±5,8% va 93,6±7,4% ga ingibirlashi aniqlandi. Salvifolinning kalamush gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi mitoxondriyasini yarim maksimal ingibirlovchi konsentrasiyasi mos ravishda IC 50=45,6±3,8 mkm va IC 50=27,9±2,3 mkm ni tashkil etdi. Shunday qilib, salvifolinning oʻrganilgan 10-150 mkm konsentrasiyalarida gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi hujayralari mitoxondriyasining boʻkishiga ta’sir etib, mitoxondriyalar oʻtkazuvchanligini ingibirlashi aniqlandi. Salvifolinning 20 - 100 mkm diapazondagi konsentrasiyalari gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi K/ATF-kanalini qisman faollaganligi aniqlandi. Olingan natijalarning koʻrsatishicha, salvifolin in vitro sharoitida gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi K/ATF kanalini faollaydi. Metabolik sindromga oid gepatobiliar buzilishlarni davolashda, salvifalin oʻzining faol moddalari bilan jigarning funksiyasini tiklashga yordam beradi. Preparatni qoʻllash jigarni yogʻ bosishini, yalligʻlanishini va toksik ta'sirlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Xulosa. Salvifolin kabi tabiiy preparatlar metabolik sindromga qarshi kurashda potensialga ega. U jigarning yogʻlanishini kamaytirish va metabolik buzilishlarni olishda katta rol oʻynaydi. Amalga oshirilgan korxonalar va klinik tekshirishlar natijalari buning samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.