scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY TAJRIBA

Nigmanov Azizbek Ulugbekovich; Nuriddinova Ozodaxon Suyarovna

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining nazariy asoslari, uning shakllari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Integratsiyaning samarali kechishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va institutsional omillar yoritilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tajribasi asosida xalqaro integratsiyaning amaliy natijalari o‘rganilgan. Maqolada global integratsiya jarayonlarining hozirgi tendensiyalari va ularning jahon iqtisodiyotiga ta’siri ham tahlil qilinadi.

Full text

10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY TAJRIBA Mualliflar: Nigmanov Azizbek Ulugbekovich 1, Nuriddinova Ozodaxon Suyarovna 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti 1, Xalqaro Nordik universiteti 1-JI-24 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi talabasi 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564015 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining nazariy asoslari, uning shakllari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Integratsiyaning samarali kechishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy va institutsional omillar yoritilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tajribasi asosida xalqaro integratsiyaning amaliy natijalari o‘rganilgan. Maqolada global integratsiya jarayonlarining hozirgi tendensiyalari va ularning jahon iqtisodiyotiga ta’siri ham tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: xalqaro iqtisodiy integratsiya, globalizatsiya, Yevropa Ittifoqi, bojxona ittifoqi, iqtisodiy hamkorlik, yagona bozor, valyuta ittifoqi. KIRISH So‘nggi o‘n yilliklarda xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayoni global iqtisodiy tizimning muhim omiliga aylandi. Integratsiya mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi, yagona bozorlarning shakllanishi va milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytiradi. Globalizatsiya jarayoni integratsiyani tezlashtiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunda transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xalqaro moliyaviy oqimlar va transmilliy korporatsiyalar faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiyaning nazariy asoslari, turlari, shakllanish shartlari va amaliy tajribalari o‘rganiladi. ASOSIY QISM “Integratsiya” atamasi lotincha integratio – “butunlikni tiklash” so‘zidan olingan bo‘lib, u turli qismlarning yagona tizimga qo‘shilish jarayonini bildiradi. Iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo‘jaliklarning o‘zaro bog‘lanishi va yagona iqtisodiy makon shakllanish jarayonidir.[1] Integratsiya ikki darajada amalga oshiriladi:[1] • Makroiqtisodiy daraja – davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy ittifoqlar, savdo bitimlari, bojxona va valyuta siyosatining muvofiqlashtirilishi; • Mikroiqtisodiy daraja – korxonalar, kompaniyalar va transmilliy korporatsiyalar darajasida ishlab chiqarish va sarmoya integratsiyasi. Integratsiyaning shakllari quyidagicha tasniflanadi: 1. Erkin savdo zonasi – ishtirokchi mamlakatlar o‘zaro bojlarni bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlarga nisbatan mustaqil siyosat yuritadi. “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 2. Bojxona ittifoqi – ichki bojxona to‘siqlari yo‘q, tashqi savdoda esa yagona boj siyosati mavjud. 3. Umumiy bozor – tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchining erkin harakati ta’minlanadi. 4. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – yagona valyuta, umumiy iqtisodiy siyosat va moliyaviy institutlar joriy etiladi. 5. To‘liq integratsiya – yagona siyosiy, iqtisodiy va huquqiy tizim shakllanadi. Bu shakllar integratsiyaning evolyutsion bosqichlarini ifodalaydi – erkin savdo zonasidan to to‘liq iqtisodiy ittifoqqa qadar. Iqtisodiy integratsiyaning muvaffaqiyatli kechishi bir qator ob’ektiv shartsharoitlarga bog‘liq: 1. Ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘xshash bo‘lishi; 2. Savdo va investitsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning yuqoriligi; 3. Siyosiy tizimlarning barqarorligi va muvofiqligi; 4. Madaniy va tarixiy yaqinlik; 5. Geografik yaqinlik va transport imkoniyatlari. Integratsiya jarayonining iqtisodiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • bozor hajmining kengayishi; • ishlab chiqarish samaradorligining oshishi; • sarmoyalar oqimining ko‘payishi; • bandlik darajasining o‘sishi; • “masshtab effekti” tufayli xarajatlarning kamayishi. Biroq, integratsiya ham ayrim xarajatlarni keltirib chiqaradi – masalan, bojxona daromadlarining qisqarishi yoki raqobatbardoshlikning vaqtincha pasayishi. Ammo uzoq muddatda bu salbiy omillar iqtisodiy o‘sish bilan qoplanadi.[2] Bugungi kunda dunyoda yuzlab integratsion tuzilmalar faoliyat yuritmoqda. Jahon savdo tashkiloti (JST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilgacha 300 dan ortiq mintaqaviy bitimlar ro‘yxatga olingan, ularning aksariyati – erkin savdo zonalari shaklida. Ular orasida uchta asosiy integratsion markaz ajralib turadi: 1. Yevropa Ittifoqi (EI) 2. Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi (NAFTA) 3. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ASEAN, APEC) Yevropa Ittifoqi integratsiyaning eng rivojlangan modeli hisoblanadi. 1951-yilda 6 ta davlat tomonidan Yevropa Ko‘mir va Po‘lat Hamjamiyati asos solingan bo‘lib, keyinchalik 1957-yilda Rim shartnomasi orqali Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (EEH) tashkil etildi. 1993-yilda esa Maastrix shartnomasi qabul qilinib, u Yevropa Ittifoqining huquqiy asosiga aylandi.[3] Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi: • yagona valyuta – yevroni joriy etgan; • yagona bozor va yagona bojxona tizimiga ega; • ijtimoiy, agrar, transport, energetika siyosatida yagona yo‘nalishga amal qiladi. XI asrda integratsiya jarayonlari mintaqaviy doiradan chiqib, global miqyosda amalga oshmoqda. Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin: • Osiyo va Tinch okeani hamkorlik tashkiloti (APEC) • Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) • Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EAEU) • Afrika qit’asi erkin savdo zonasi (AfCFTA) [4] 12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish Bu tuzilmalar jahon savdo hajmining 80 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Integratsiya hozirda nafaqat savdo va investitsiya, balki innovatsion, ekologik va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida ham chuqurlashmoqda. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish tamoyillari zamonaviy integratsiya siyosatining markaziga aylanmoqda. XULOSA Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy iqtisodiyotlarning birlashuvi va yagona iqtisodiy makonning shakllanish jarayonidir. U globalizatsiyaning chuqurlashgan shakli bo‘lib, mamlakatlarga bozor hajmini kengaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va investitsion muhitni yaxshilash imkonini beradi. [5] Yevropa Ittifoqi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, integratsiya bosqichma-bosqich amalga oshirilganda, u nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni ham mustahkamlaydi. Bugungi kunda integratsiya jarayonlari global miqyosda davom etmoqda va yangi shakllarda – raqamli va yashil iqtisodiyot asosida rivojlanmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Balassa, B. (2013). The theory of economic integration (routledge revivals). Routledge. 2. Engman, M. (2005). The economic impact of trade facilitation. 3. EI bilan tanishing // https://european-union.europa.eu/principlescountries-history/history-eu_en 4. Нигманов, А. У. (2020). ERKIN IQTISODIY ZONALARDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHNING ASOSIY YONALISHLARI. ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО , 1 (2). 5. Krugman P., Obstfeld M. International Economics: Theory and Policy. New York: Addison-Wesley, 2018