O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI MA'NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darsligida berilgan asarlarni mualliflari hayoti va ijodini o‘rganish orqali o‘quvchilarni haqiqiy hayotga tarbiyalash.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 182 O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MA'NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Zulfiyaxon To‘ychiyeva Abdulxamid qizi Qo‘qon davlat unversiteti tayanch doktoranti (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17564069 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘qish savodxonligi darsligida berilgan asarlarni mualliflari hayoti va ijodini o‘rganish orqali o‘quvchilarni haqiqiy hayotga tarbiyalash. Kalit so‘zlar: jasorat, bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qish savodxonlik, matn, adib, yozuvchi, shoir, o‘qituvchi, savodxonlik, dars. Аннотация. Цель данной статьи – подготовить учащихся к реальной жизни посредством изучения жизни и творчества авторов произведений, представленных в учебнике по чтению и грамоте. Ключевые слова: смелость, знания, навыки, компетентность, грамотность чтения, текст, писатель, поэт, учитель, грамотность, урок. Abstract. This article aims to educate students for real life by studying the lives and works of the authors of the works given in the reading literacy textbook. Keywords: Courage, knowledge, skills, competence, reading literacy, text, writer, poet, teacher, literacy, lesson. O‘zbek bolalar she’riyati tarixi xususida fikr yuritilar ekan, ushbu adabiyotning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o‘qish kitoblaridan boshlanishini alohida qayd etish joiz. Zero, bolalar adabiyoti, aslini olganda, ma’rifatparvarlikning farzandidir 1 . Darhaqiqat, shoirlar o‘z she’rlariga butun ruhiyatini aks ettiradi. Ushbu she’rni ham o‘qib olam-olam quvonch olasiz. Shunda qalbim charaqlab, Onajonim quchganman Ta’zim qilib, bosh egib, Dildan qasam ichganman: Oyga uchsam, onamni Olib uchay kiftimda. Gard qo‘ndirmay bir umr, Ko‘taraman kaftimda 2 . Bu she’rdagi shoirning orzu-umidlaridan kitobxon, albatta, ta’sirlanmay qolmaydi. Ushbu she’rni muallifi esa jismonan majruh edi. Shoir 33 yil davomida she’r va hikoyalar yozgan 3 . Bu – shoirning mangu yashashidan darak! 4 Ushbu shoir hayoti har bir o‘quvchi uchun o‘rnak bo‘lmog‘i zarurdir. Biz yoshlarga shunday imkoniyatlar berilayotgan paytda, jismonan sog‘lom bo‘la turib bu imkoniyatlardan 1 O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. I nazm. – Toshkent: Cho‘lpon, 2009 – B. 9. 2 G‘afforova T, Nurullayeva Sh, Mirzahakimova Z. O‘qish kitobi: 2 - sinf uchun darslik. –Toshkent: “Sharq” NMAK bosh tahririyat, 2018 – B.118. 3 Umarali Qurbonov. Dilbar va gullar. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1990 – B.3. 4 Zulfiya To‘ychiyeva. //O‘qish kitobi adiblari. – Toshkent: Bayoz, 2020 – B.167.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 183 foydalanmaslik ayb emasmi? Bolalar uchun shunday jasoratli insonlar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar berib borish zarurdir. Shunda zamon talablariga javob beruvchi yosh avlodni tarbiyalaymiz. DTSda quyidagicha belgilangan: “o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi;” 5 o‘rganilgan asarning mualliflarini ajrata olish uchun esa ularni qisman bo‘lsada tanishish zarurdir. “O‘zbek bolalar adabiyoti” va “Bolalar adabiyoti antologiyasi”da esa Shukrullo Abdullayev, Dilfuza Kamoljonova, Yusuf Fayzullo, Mirzo Karim, Oydinniso, Zikrilla Ne’mat, Faxriddid Hayit, Nurmat Maqsudiy, Sharifa Salimova, Go‘zal Begim, Hamidulla Murodov, Habib Rahmat, Zohir A’lam, Yamin Qurbon, Berdaq, Abduqodir Hayitmetov, Mirkarim Osim, Abdusodiq Irisov haqida ma’lumotlar yo‘q. Bu esa o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi. Balki, o‘qish darsligiga qo‘shimcha kitob ishlab chiqish vaqti kelgandir. Bolalarni adabiyotga qiziqtirish uchun bolalar adabiyotini darslik sifatida kiritish zarur emasmi? Yangi tahrirdagi 3-sinf darsligining eski darsliklardan afzalligi zamonaviy hikoya va ertaklarning berilishidir. O‘quvchi yoshiga juda mos tushgan. Darslikka kiritilgan asarlarni mualliflarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun ba’zi jihatlarni tavsiya sifatida berib o‘tish mumkin: – asarlar berilgandan keyin mualliflari haqida ham ma’lumot ilova qilishni; – qo‘shimcha bolalar adabiyotlarini yaratish, uni yangilab borish; – hayoti o‘rnak bo‘lguvchi shoirlarni ijodini berishni; Umarali Qurbonov 1956-yil 15-mart kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog‘ida tug‘ilgan. 33 yil davomida she’r va hikoyalar yozgan. Umarali Qurbonov haqida Tohir Malik shunday yozadi: “Ko‘pchilik uni oddiy bolalar shoiri yoki oddiy muxbir sifatida bilardi. Uning qismati kamdan-kam odamlarga ma’lum edi. U haqida rapqonlik yozuvchi Oltmish O‘sarov qissa ham yozgan, shunga qaramay hatto yozuvchilarimiz ham uning taqdirini yaxshi bilmas edilar. Tabiat uni majruh qilib yaratgan bo‘lsa-da metin iroda bergandi. Men temir irodali, dono bu yigitni ko‘rganman. Onadan tug‘iliboq to‘shakka mixlangan, ota-onalari uning atak-chechak qilganini ko‘rib quvonishmagan, maktabga kuzatishmagan…. Umarali tug‘ma majruh edi. Tabobat uni oyoqqa qo‘yishga ojiz edi. Uning otasi Qurbon Uzoqov 60-yillarning ko‘zga ko‘ringan bolalar shoiri edi. Ikkinchi jahon urushidan majruh qaytgan bu odam muallimlik qilib, qishloq bolalariga nur berdi, shoirlik qilib yurt bolalariga shodlik ulashdi. So‘ng… umrini farzandi Umaraliga bag‘ishladi. Qurbon akani ko‘rganimda, gaplashganimda bolalarini tashlab boshqaga uylanayotgan nomard otalarni o‘ylayman. Shu emasmi jasorat egasi deya Qurbon akani misol keltiraman”. Umarali maktabga qatnamay o‘rta ma’lumot oldi. Qo‘llari dastlab qalam ushlashga ham ojiz edi. U tabiatning bunday nomardligi bilan murosa qila olmadi. Qalamni tishlab yozishni o‘rganmoqchi bo‘ldi. Tabiat uni majruh qilib yaratgani bilan metin iroda bergan ekan. Umarali hayotda o‘z o‘rnini topish uchun kurashdi. Uning hayotda o‘z maqsad va maslagi bor edi. Bir she’rida “ne uchun dunyoga kelding, odamzot”, deb savol berib, o‘zi javob 5 Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. – Toshkent, 2017 – B.14.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 184 qaytargan edi. Bir she’rida lovullayotgan gulxan nomidan gapirib, “Balki quyosh bo‘lajakman… Intilmasam, so‘najakman” deb yozgandi. U o‘qidi, o‘rgandi, yozdi. U yolg‘iz emasdi. Qishloq ahli, maktab u bilan birga edi. Har yili mart oyida, bahorgi ta’tilda kitob bayrami boshlanganida, bolalar Umaralining uyiga kelishardi. U yotgan kichkina karavot hovliga olib chiqilardi. Kitob bayrami shu hovlida boshlanib, so‘ng tumanning boshqa maktablariga ko‘chardi. Endi kitob bayrami Umaralisiz boshlanadi… Endi bu kichkina karavotning egasi yo‘q. Tokchalardagi Navoiy, Gyote, Fuzuliy...ning kitoblari ham egasiz. Ko‘rsa ko‘z quvonadigan tarzda husnixat bilan yozilgan daftarlar yetim endi… Umarali o‘ttiz uch yil umr ko‘rdi. Jasorat deganda faqat pulemyot o‘qiga ko‘ksini tutganlar emas, maqsad bilan yashagan, kurashgan odamlar hayoti ham misol bo‘lishi kerak. Umarali jasorat bilan yashadi. Atrofdagi odamlar esa unga mehrlari bilan dalda berishdi. Umarali Qurbonovning o‘limini, afsus, kech eshitdik. Kitoblari chiqqan bo‘lishiga qaramay, u Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lmagan ekan. Qurbon aka bilan gaplashib o‘tirib loqayd ekanimizdan ranjidim. Vaqti kelganda savodxonligi chiqmaganlar ham Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Umarali o‘shanda ham chetda qolib ketgan ekan. 1989 yil yanvar oyida Umarali yashagan xonada o‘tirganimizda Qurbon aka “Bu uyni muzey qilamiz” deb aytdilar. Oradan ko‘p o‘tmay, bu ishlar amalga oshirildi. Shoir yashagan uy muzeyga aylantirildi. Rapqon qishlog‘ining markaziy ko‘chasiga Umarali Qurbonov nomi berildi. Uning tug‘ilgan kuni – 15 martda Rapqonda bolalar adabiyoti bayrami boshlanadi. Umaralining ko‘chasi, uyi sira huvillamaydi, aksincha, hamisha adabiyot muxlislari bilan gavjum. Bu – shoirning mangu yashashidan darak! FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. G‘afforova T, Nurullayeva Sh, Mirzahakimova Z. O‘qish kitobi: 2 - sinf uchun darslik. – Toshkent: “Sharq” NMAK bosh tahririyat, 2018 – B.118. 2. Umarali Qurbonov. Dilbar va gullar. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1990 – B.3. 3. Zulfiya To‘ychiyeva. //O‘qish kitobi adiblari. – Toshkent: Bayoz, 2020 – B.167. 4. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. – Toshkent, 2017 – B.14. 5. O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. I nazm. – Toshkent: Cho‘lpon, 2009 – B. 9.