AUDITORLARNING PROFESSIONAL FIKRI VA MULOHAZALARINING SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
Ushbu maqolada auditorlarning professional fikr va mulohazalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Auditorlik faoliyatida qaror qabul qilish jarayoni ko‘p omilli bo‘lib, normativ-huquqiy muhit, buyurtmachi bosimi, audit bozoridagi raqobat, regulyatorlarning faolligi, sud-huquq amaliyoti hamda iqtisodiy barqarorlik kabi tashqi omillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Full text
10 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish AUDITORLARNING PROFESSIONAL FIKRI VA MULOHAZALARINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Muallif: Parpiyev Jaxongir Ilxomjonovich 1 Affiliyatsiya: Namangan davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17564097 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada auditorlarning professional fikr va mulohazalarining shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Auditorlik faoliyatida qaror qabul qilish jarayoni ko‘p omilli bo‘lib, normativ-huquqiy muhit, buyurtmachi bosimi, audit bozoridagi raqobat, regulyatorlarning faolligi, sud-huquq amaliyoti hamda iqtisodiy barqarorlik kabi tashqi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: auditorlik faoliyati, professional mulohaza, tashqi omillar, ichki omillar, normativhuquqiy muhit, mustaqillik, raqobat muhiti, buyurtmachi bosimi, institutsional omillar. Auditorlik faoliyatida professional mulohazani shakllantirish murakkab va ko‘p omilli jarayon bo‘lib, bunda tashqi muhit omillari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, auditorning qaror qabul qilishida ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillar sifatida normativhuquqiy muhit, buyurtmachi bilan aloqalar, audit xizmatlari bozori holati, raqobat darajasi, tartibga soluvchi institutlar faolligi, sud-huquq amaliyoti va iqtisodiy barqarorlik darajasi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu omillar auditorning erkin va mustaqil mulohaza yuritishiga imkon yaratishi yoki aksincha, bosim ostida qolgan qarorlarni qabul qilishga olib kelishi mumkin. Auditorlarning professional mulohazasini shakllantirishda tashqi va ichki omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular integrallashgan holda ta’sir ko‘rsatadi. Har bir omil mustaqil holda auditorning fikriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa-da, aynan ularning o‘zaro munosabati va kombinatsiyasi auditorlik xulosalarining sifatini, asoslanganligini va ob’yektivligini aniqlab beradi. Bunday integratsiya psixologik, institutsional va metodik jihatlarning kesishgan nuqtasida yuz beradi va bu jarayonlar auditorlik qarorlarini shakllantirishda aniqlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Prasad Pranil o‘z tadqiqotida quyidagicha ta’kidlaydi: “Agar auditorlar faoliyat yuritayotgan muhitda standartlar tez-tez o‘zgarib tursa yoki ular yetarlicha tushuntirilmasa, ular o‘z professional mulohazalarini shakllantirishda ikkilanib qoladilar va ko‘pincha an’anaviy, xavfsiz yo‘lni tanlaydilar”. Bu holat O‘zbekiston amaliyotiga ham taalluqli bo‘lib, yangi standartlarning joriy qilinishi va ularni to‘liq tushuntirishdagi uzilishlar auditorlar mulohazasida noaniqlik keltirib chiqarishi mumkin. Tashqi omillarning muhim bir qatlami - buyurtmachining auditorga ko‘rsatadigan bevosita yoki bilvosita ta’siri hisoblanadi. Ayrim holatlarda bu bosim auditorni xolis qaror qabul qilish imkoniyatidan mahrum qiladi. Batul Hasan bu haqda shunday deydi: “Ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda mijozlar auditorlarga ijobiy xulosa olish maqsadida jiddiy bosim o‘tkazadilar, bu esa ularning mustaqilligini “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
11 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish xavf ostiga qo‘yadi va mulohazalarni noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi”. Bu O‘zbekistonda ham mavjud muammo bo‘lib, buyurtmachi bilan moliyaviy manfaatlar to‘qnashuvi auditorlik xulosasining aniqligini pasaytiradi. Shuningdek, McGillis S. o‘zining xalqaro taqqoslov tadqiqotida madaniy va institutsional omillarni auditorlik mulohazasiga ta’sir etuvchi muhim tashqi komponent sifatida ko‘rsatadi: “Masalan, Braziliya kabi yuqori iyerarxiyaga asoslangan jamiyatlarda auditorlar ko‘pincha mijoz kutgan qarorga yaqin mulohaza bildiradi, Kanada kabi tenglikka asoslangan muhitlarda esa auditorlar professional shubhani qat’iy saqlab qoladi”. Bu fikr madaniyat va boshqaruv strukturalari orqali shakllanadigan tashqi ta’sirlar auditorlik fikrining erkinligini belgilab berishini ko‘rsatadi. Tashqi omillardan yana biri - audit xizmatlari bozorida raqobat muhitining mavjudligi yoki yo‘qligi bilan bog‘liq. Agar bozorda bir necha kuchli audit tashkiloti bo‘lsa, mijozlar sifatli xizmatni tanlashga harakat qiladi va bu holat auditorni mustaqil fikr yuritishga rag‘batlantiradi. Aksincha, bozor tor, monopolistik yoki rasmiyatchilik ustuvor bo‘lgan holatlarda, auditorlar mulohazasi ko‘pincha shablon asosida va asoslanmagan bo‘ladi. A.R.Gubaydullina bu haqda quyidagicha fikr bildiradi: “Professional mulohaza faqat auditor tashqi bosimdan himoyalangan va sifat nazorati hamda regulyatsiya tizimi mustaqil va uzluksiz ishlayotgan sharoitdagina ishonchli bo‘lishi mumkin”. Prasad Pranil ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, shunday deydi: “Auditorlik tashkilotlarining regulyatorlar oldida javobgarligi oshgan sari, ularning professional mulohazasi ko‘proq standartlarga asoslangan va ehtiyotkor bo‘ladi”. Auditorning professional mulohaza yuritish qobiliyati faqat tashqi me’yoriy muhit va auditning institutsional kontekstiga bog‘liq emas, balki bevosita uning individual fazilatlari va ichki psixologik-axloqiy tayyorgarligiga ham chambarchas bog‘liqdir. Bu ichki omillar auditorning o‘z kasbiy faoliyatiga munosabati, axloqiy qadriyatlari, bilim va tajribasi, analitik fikrlash darajasi, stressga bardoshliligi, qaror qabul qilishdagi mustaqilligi kabi ko‘plab xususiyatlar bilan belgilanadi. Bunday omillarni chuqur o‘rganish auditor mulohazasining sifati va aniqligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Quyida auditorlarning professional mulohazasiga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillar integratsiyasining murakkab tizimi sxematik ko‘rinishda keltirilgan. Sxemada har bir bosqichning o‘zaro bog‘liqligi, turtki (drayver), cheklov (limitator) va kuchaytiruvchi (katalizator) funksiyalari aniqlashtirilgan. Biroq, hali bu natijalar ildam qadamlar bilan odimlayotgan Yangi O‘zbekiston uchun albatta yetarli emas. Oldimizda xorijiy investitsiyalarni boshqarishda dolzarb muammolar turganini bir zumga ham unitib bo‘lmaydi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni samarali boshqarish yo‘lida bir qator muammolar: 1) investitsion infratuzilmaning ba’zi hududlarda rivojlanmaganligi; 2) huquqiy kafolatlarning yetarli darajada barqaror emasligi; 3) malakali kadrlar yetishmasligi; 4) transport-logistika tizimidagi cheklovlar; 5) ayrim sohalarda byurokratik to‘siqlarning saqlanib qolganligi. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun davlatning investitsion siyosatini yanada erkinlashtirish, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish, hududiy investitsiya markazlarini tashkil etish zarur.
12 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 1-rasm. Auditor professional mulohazasiga ta’sir qiluvchi omillar integratsion modeli Ushbu modeldan ko‘rinib turibdiki, auditorlik qarorlari hech qachon yakka omil asosida shakllanmaydi. Har qanday tashqi omil auditorning ichki resurslari orqali qayta ishlanadi va bu qayta ishlash jarayonida shaxsiy axloq, bilim va psixologik barqarorlik muhim o‘rin tutadi. Tashqi bosim kuchli bo‘lishi mumkin, ammo kuchli ichki tamoyillar mavjud bo‘lmasa, professional mulohaza sifatsiz va asossiz bo‘ladi. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda auditorlarning ichki salohiyatini oshirish bilan birga, tashqi me’yoriy va institutsional muhitni yanada sog‘lomlashtirish zarur. Faqat ana shu holatdagina professional mulohaza integratsiyalashgan, muvozanatli va ishonchli shaklga ega bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. McGillis S. Auditor professional skepticism–a cross-cultural study in the global International Financial Reporting Standards environment: the case of Canada and Brazil: дис. – 2020. 2. Батул Тауфике Хасан. Внешние и внутренние факторы, влияющие на профессиональные суждения аудиторов: дис. ... д-ра философии / Батул Тауфике Хасан. – Сидней: Macquarie University, 2021. – 248 с. 3. Бхиде А. Требуются ответственные суждения//Harvard Business Review. - 2010. - С.46-57. 4. Генералова Н.В. Профессиональное суждение и его применение при формировании отчетности, составленной по МСФО//Бухгалтерский учет. - 2005. - №23. - С.54-61. 5. Губайдуллина А.Р. Профессиональное суждение бухгалтера как инструмент формирования бухгалтерской (финансовой) отчетности: дис. ... канд. экон. наук: 08.00.12 / А.Р. Губайдуллина. – Казань, 2014. – 176 с. 6. Панкова С.В., Саталкина Е.В. Профессиональное суждение бухгалтера и аудитора: сходства и различия//Международный бухгалтерский учет. 2011. №21 (171). - С.10-15. 7. Прасад Пранил. Влияние изменений в аудиторском регулировании и стандартах на суждения и принятие решений аудиторами: дис. ... д-ра философии / Прасад Пранил. – Сидней: Macquarie University, 2017. – 249 с. 8. Справочник по внешнему и внутреннему аудиту хозяйствуюшчих субъектов на территории Республики Узбекистан. - Т.: Норма. 2007. - 84 с.
13 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 9. Туякова З.С., Саталкина Е.В. Классификация профессионального суждения как современного инструментария бухгалтерского учета//Вестник ОГУ. - 2010. - №1(107). - С.90-97. 10. Шапошников А.А. Профессиональное суждение и его роль в аудите//А.А.Шапошников, Т.В.Синицына//Аудиторские ведомости. -2006. - №4. - С. 4-7.