ONA TILI TA'LIMIDA O'QUVCHILARDA ISHONCHLI VA TA'SIRCHAN NUTQ SO'ZLASH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda ishonchli va ta’sirchan nutq so‘zlash ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Muallif kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda zamonaviy interaktiv metodlar - rolli o‘yinlar, munozaralar, notiqlik mashqlari orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish muhimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o‘quvchilarning aniq, asosli va hissiy jihatdan boy nutq so‘zlash malakasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy topshiriqlar misol tariqasida keltirilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 223 ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILARDA ISHONCHLI VA TA’SIRCHAN NUTQ SO‘ZLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH Burxonova Sarvinoz Azizbek qiz Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU Oʻzbek tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17564190 Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda ishonchli va ta’sirchan nutq so‘zlash ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Muallif kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda zamonaviy interaktiv metodlar - rolli o‘yinlar, munozaralar, notiqlik mashqlari orqali o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish muhimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, o‘quvchilarning aniq, asosli va hissiy jihatdan boy nutq so‘zlash malakasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy topshiriqlar misol tariqasida keltirilgan. Kalit so‘zlar: ona tili ta’limi, ishonchli nutq, ta’sirchan nutq, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, notiqlik, og‘zaki nutq, o‘quvchilarda nutq ko‘nikmasi. Annotation: This article explores the theoretical and methodological foundations for developing confident and expressive speech skills in students during native language lessons. The author emphasizes the importance of enhancing communicative competence through modern interactive teaching methods, such as role-playing, discussions, and rhetorical exercises. Practical tasks are also presented, aimed at helping students articulate their thoughts clearly, persuasively, and with emotional impact. Keywords: native language education, confident speech, expressive speech, communicative approach, interactive methods, public speaking, oral speech, students’ speech skills. Аннотация. В статье рассматриваются теоретические и методические основы формирования у школьников уверенной и выразительной речи на уроках родного языка. Автор подчеркивает важность развития коммуникативных навыков через современные интерактивные методы обучения, включая ролевые игры, дискуссии и упражнения по ораторскому искусству. Также предложены практические задания, способствующие развитию у учащихся умения говорить ясно, аргументированно и эмоционально насыщенно. Ключевые слова: обучение родному языку, уверенная речь, выразительная речь, коммуникативный подход, интерактивные методы, ораторское мастерство, устная речь, речевые навыки учащихся. Bugungi zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarda nafaqat bilim berish, balki egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini ham shakllantirishni asosiy bosqichlardan biri sifatida baholaydi. Ayniqsa, ona tili ta’limida o‘quvchilarning og‘zaki nutq madaniyatini yuksaltirish, ularni ishonchli va ta’sirchan gapira olishga o‘rgatish — muhim vazifadir. So‘z va fikr erkinligi, g‘oyalarni mustaqil ravishga ifoda etish jamiyatda to‘laqonli yo‘lga qo‘yilgan bir davrda nutq madaniyati, muloqot etikasiga oid bilimlar faqat adabiy til doirasida emas, balki kommunikativ yondashuv asosida, amaliy ko‘nikma sifatida shakllantirilishi kerak.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 224 O‘zbek tilini o‘qitish metodikasining asosiy maqsadi (til imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli va unumli foydalanish) ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; mantiqiy ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish; milliy istiqlol g‘oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish; talaba shaxsini ma’naviy (balog‘at va fasohat ilmi bilan) boyitishdan iborat. 1 Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirilmoqda. Bu yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi nafaqat bilimni egallashi, balki uni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi kerak. Aynan shu jihatdan ishonchli va ta’sirchan nutq ko‘nikmasi — o‘quvchining ijtimoiy hayotda, ta’limda, mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun zarur ko‘nikmadir. Ijtimoiy-iqtisodiy muhitda insonning muvaffaqiyati uning o‘z fikrini to‘g‘ri, tushunarli, ta’sirchan yetkazish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq. Ishga kirish, loyiha taqdimoti, jamoaviy faoliyat — bularning barchasi kuchli nutq madaniyatini talab qiladi. Ko‘p hollarda ona tili darslari faqat grammatik qoidalarni yodlashga asoslanib qolmoqda. Aslida esa ona tili darslarining asosiy maqsadi — to‘g‘ri, aniq va ta’sirli ifoda vositalaridan foydalanishni o‘rgatishdir. Til vositalarini bevosita amaliy, nutqiy faoliyatga yo‘naltirish – dars samaradorligini oshiradi. Ta’limda o‘quvchining faol ishtiroki asosiy tamoyillardan biridir. Aynan interaktiv yondashuvlar — suhbat, bahs, notiqlik mashqlari o‘quvchini o‘rganish jarayonida faol subyektga aylantiradi. Bu esa ishonchli va ta’sirchan nutq ko‘nikmasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Yosh avlodda o‘z fikrini bildira olish, dalillay olish, boshqa fikrlarni tinglab, munosabat bildirish ko‘nikmasini rivojlantirish – kelajakdagi faol, demokratik qarashlarga ega fuqaroni tarbiyalash demakdir. Mashxur metodist olim A. Ribnikova “Til o‘qitishning maqsadi nutq o‘stirishda“, – deb ta’kidlagan. O‘quvchilarda ishonchli va ta’sirchan nutq so‘zlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun quyidagi metodik yondashuvlar samarali hisoblanadi: Kommunikativ yondashuv – darsni suhbat, bahs-munozara, rolli o‘yinlar, nutqiy mashqlar asosida tashkil etish. Interaktiv metodlar – “Baliq skeleti”, “Aqliy hujum”, “Mikrofon”, “Bahs” kabi metodlar orqali o‘quvchini mustaqil fikrlashga undash. Notiqlik mashqlari – matn asosida dalillash, fikrni isbotlash, muayyan mavzuda auditoriya oldida chiqish qilish orqali nutqni rivojlantirish. Tinglash va baholash – o‘quvchilarning bir-birini tinglash, tahlil qilish, fikr bildirishi orqali og‘zaki nutq faoliyatini faollashtirish. Ko‘pchilik ommaviy nutq matnlarida nutqning uchta umumiy maqsadi muhokama qiladi: ma'lumot berish, ishontirish va xushnudlik berish. Garchi bu umumiy maqsadlar nazariy jihatdan bir-biridan farq qilsa-da, amalda ular bir-biriga mos keladi. Hatto ma'lumot beruvchi nutqni talab qiladigan holatlarda ham (tushunishni kuchaytiradi), ko‘pincha ishontiruvchi va qiziqarli elementlar mavjud. Birinchidan, notiq tinglovchilarni taqdim etilgan faktlar to‘g‘riligiga ishontirishga harakat qilganligi sababli, barcha ma'lumotli nutqlar isbotli tarkibiy qismga ega. Ikkinchidan, yaxshi yozilgan nutq, jozibali illyustratsiyalar, rang-barang til, g‘ayrioddiy faktlar va kuchli vizual tasvirlar orqali hatto eng quruq, texnik ma'lumotni ham qiziqarli qilishi mumkin. 2 1 To‘xliyev.B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. Toshkent – 2006. 14-bet 2 Jo‘raqulova G. “Nutqning ishonchlilik tamoyili” maqola. Ommaviy axborot vositalarida til va uslub masalasi:tahlil, tasnif, qiyosxalqaro konferensiya. 2023-yil. 502-bet
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 225 Ona tili ta‘limining bosh maqsadi ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat ekan, nutq o‘stirish muammosi til ta‘limida alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, ona tili mashg‘ulotlarida nutq o‘stirish, nutqiy me`yorlarni tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish yo‘llari o‘rgatiladi. Shu ma‘noda nutq o‘stirish maktabda ona tili o‘qitishning bosh maqsadi hisoblanadi. Maktabning asosiy vazifasi o‘quvchida tinglovchiga huzur bag‘ishlovchi ravon, ta‘sirchan, ixcham nutqni tarbiyalashdan iborat. O‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida bir qator amaliy tadbirlarni qo‘llash lozim. Bular: 1. Faqat ona tili va adabiyot darslaridagina emas, balki barcha darslarda nutq madaniyatini birinchi o‘ringa qo‘yish. 2. O‘quvchilar nutqidagi adabiy tilga xos bo‘lmagan faktlarni to‘plab, ularning adabiy til me`yorlariga zidligini aniq misollarda ko‘rsata borish: o‘jak— buzoq, doyi-tog‘a... kabilar. 3. Aytilishi bilan yozilishi mos kelmaydigan tovush va so‘zlar ( go‘sht, 46 maktab), shuningdek, ayrim shevalarda unlilardagi yo‘g‘on va ingichka talaffuziga fonetika bo‘limidagi mashg‘ulotlarda alohida e`tibor berish. 4. Orfoepik bilimlarni mustahkamlash darslari tashkil qilish. 5. Mohir notiqlarning nutqlarini eshittirish ( suxandonlar nutqi, monologlar). 6. Sinfdan, maktabdan tashqari mashg‘ulotlar (majlisda so‘zlash, anjumanlar,badiiy kitob yuzasidan subhatlar) orqali ham nutq o‘stirish. Har bir ona tili o‘qituvchisi dars jarayonida yuqoridagilarga amal qilsa, o‘quvchilar nutqini o‘stirishga zamin yarata oladi. O‘quvchilarning ona tilini har tomonlama o‘rganishi ularni mahalliy sheva ta’siridan qutqarib, adabiy talaffuzga odatlantiruvchi birinchi darajali vosita hisoblanadi. 3 O‘quvchilarning ona tilini har tomonlama o‘rganishiularni mahalliy sheva ta’siridan qutqarib, adabiy talaffuzga odatlantiruvchi birinchi darajali vosita hisoblanadi. Jamiyatdagi har bir shaxs o‘z ona tilini puxta o‘rganib olsagina, uning zehni, ongi va umumiy madaniy darajasi ortadi. O‘z tilining keng imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shaxsgina boshqa fanlar asosini chuqur o‘zlashtirishga dadil qadam tashlay oladi. Og‘zaki hamda yozma nutqdan foydalanish malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchi kelajakda mutaxassis sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotda faoliyat ko‘rsata oladi. Mustaqil turmushga uning ona tilidan o‘rgangan bilimlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalari, to‘g‘ri va chiroyli so‘zlash san`ati, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda ifodalash ko‘nikmalari, ish qog‘ozlari bilan ishlay olish ko‘nikmalari qo‘l keladi. Ona tili darslarida ishonchli va ta’sirchan nutq so‘zlash ko‘nikmasini shakllantirish orqali o‘quvchilar nafaqat nutq madaniyatini egallaydi, balki ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli muloqotga kirisha oladigan shaxs sifatida kamol topadi. Ushbu ko‘nikmalarni maktab davridanoq shakllantirish — kelajakda ijtimoiy faol, fikrini ochiq bildiradigan, madaniyatli fuqaro yetishtirishga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. To‘xliyev. B, Shamsiyeva, M, Ziyodova T. Toshkent – 2006. 14-bet 3 Yusupova G., Xudayarova M., Buranova Sh. Ona tili darslarida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullarimaqola. Science timejurnal. 2023-yil. 46-47-betlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INTERNATIONAL AND HISTORICAL EXPERIENCE, PROBLEMS, SOLUTIONS”, OCTOBER 30-31, 2025 226 2. G. Jo‘raqulova. “Nutqning ishonchlilik tamoyili” maqola. Ommaviy axborot vositalari til va uslub masalasi: tahlil, tasnif, qiyosxalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2023. 502-bet. 3. G. Yusupova, M. Xudayarova, Sh. Buranova. Ona tili daslarida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullarimaqola. Science time-jurnal 46-47-betlar. 4. Yo‘ldosheva D.N. Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013. – 168-bet. 5. Mirzaqulov T. Grammatika o‘qitishning lingvistik asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1994. 56-bet.